Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta



Download 3,65 Mb.
bet143/278
Sana23.05.2022
Hajmi3,65 Mb.
#608127
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   278
Bog'liq
Menejment

Ish joylarini almashtirish. Afroamerikalik qo’shma shtatlarning ijro hokimiyati boshlig’i sifatida. Ayol kishi davlat departamenti bo’yicha yuqorilab boryapti. Mamlakatning yuqori sud bosqichlarida lotinlashtirilgan yig’ilishlar olib borilyapti. Hatto eng yuqori siyosiy darajadagi sahnada, biz xilma-xil ishchi o’rinlarini ko’ramiz. Ishbilarmonlar dunyosida, bir paytlar asosan oq tanli erkaklar boshqaruvchi kadrlar bo’lishgan. Gender (jinsiy) jihatdan balans past bo’lgan. Ko’p millatli ishchi kuchlari orasida boshqaruvchi ayollar kamchilikni tashkil etgan. Ammo oq tanli boshqaruvchi kadrlar xali xam aholi sonining umumiy o’zgarishlari orasida oldingi bosqichlarda yetakchilik qilmoqda. Bu bo’limda biz, avval, AQSHning aholisi xususiyatlariga qarab, diqqat-e’tiborimizni demografik an’analarga, so’ngra an’analarning global xilma-xilligiga qaratgan xolda bu o’zgarishlarning ayrimlarini ko’rib chiqmoqchimiz. Bu an’analar o’zgaruvchan ish o’rinlarida o’z ifodasini topib, bu axborotning rahbariyat tomonidan faxmlab olinishini va tushunilishini yuzaga chiqaradi.
AQSH aholisining xususiyatlari. 2010-yildagi aholisini ro’yxatga olish ko’rsatkichlariga muvofiq, ko’rib turganimiz, bo’layotgan o’zgarishlar mustahkamlanmoqda. Ayrim yirik o’zgarishlar sodir bo’layotgan, ko’proq xilma- xillashib borayotgan jamiyat 2050-yilda Amerikaning yuzini tubdan o’zgarishiga olib keladi. Keling, bu o’zgarishlarning ayrim eng dramatik jihatlarini ko’rib chiqaylik.
Qo’shma shtatlar aholisining umumiy soni: Aholining umumiy soni 2005-yilgi
296 mln bilan taqqoslaganda, bashoratlarga qaraganda, 2050-yilda 438 mlnga ko’payadi; bu o’sishning 82 foizi immigrantlar va AQSHda tug’ilgan avlodlari hisobiga amalga oshadi. 2005-yildagi bilan taqqoslaganda, sakkiztadan bittasi immigrant bo’lgan bo’lsa, 2050-yilda har beshinchi amerikalik immigrant sanaladi.
Irqiy etnik guruhlar: umumiy o’zgarishlarga qo’shimcha ravishda aholi, aholining immigrant guruxlari tarkibiy qismlari ham, bashoratlar bo’yicha o’zgaradi.
Kanada, Qo’shma shtatlardek, demografik an’analari bilan tobora eng ko’p xilma-xillik jamiyat bo’lib bormoqda. Bu demografik an’analar ilgarigidek Kanadadagi ish o’rinlariga katta ta’sir ko’rsatmoqda.
Gordon Nikson Kanada banki boshqaruvini o’z qo’liga olgandan keyin, u bank mijozlar bazasi tarkibini ifodalaydigan, ishchi kuchi boshqaruvini samarali o’tkazishning dastlabki qadami sifatida yoyilma, hamma yerda eshitiladigan kengashini yaratdi. Ayollar, immigrantlar va ozchilikni faol tarzda o’ziga yolladi, QBB (qirollik banki boshqaruvi) obro’-e’tiborini harakatga solishga erishishi unga yordam berib, ayollarning tashrifini oshirdi va iqtidorli ozchilikni jalb qila oldi. O’z takliflari bilan o’rtoqlasha oladigan ishchi kuchini yaratdi, bu mijozlarga a’lo xizmat ko’rsatishga va moliyaviy korsatkichlarni yaxshilashga olib keldi.
Aholining qarishi. Millat sifatida, bizning aholimiz qariyapti. Jahon SRV Factbook ma’lumotlariga ko’ra, 2001-yildagi 36.2 yosh bilan taqqoslanganda, AQSH aholisining o’rtacha yoshi hozirda 36.7 yoshni tashkil etadi. Bu kutilmagan holat bo’lsada, hayron qolarli darajada farq qiladi. Yigirmanchi asrning birinchi yarmida Amerika nisbatan “yosh” mamlakat edi, buni natijasida katta miqdordagi bolalar tug’ilishi ro’y berdi, chaqaloqlar va bolalar o’limi kamaydi, shuningdek immigratsiya eng yuqori darajaga ko’tarildi. Shunga qaramay 2050-yilda besh odamdan bittasi 65 va undan katta yoshda bo’ladi. Bu guruxdagi shaxslarning “eng keksasi” 80 va undan katta yoshda bo’ladi. Yosh guruxiga ko’ra xalqi eng zich joylashgan bo’ladi va AQSH jami aholisining 8 foizini tashkil qiladi. “Qarish” bundan keyin ham aholining eng muxim xususiyatlaridan birini belgilovchi omillaridan biri bo’lib qoladi. Siz o’zingizga qanday tasavvur qila olasiz, bunday demografik an’analar balkim, AQSH dagi ish o’rinlariga qanday o’zgarishlar bo’lishini ko’rishimiz mumkin?
AQSH mehnat statistikasi byurosi mamlakatlaridan kelganlar, osiyoliklar, Tinch okeani orollaridan kelganlar, amerikalik hindular va bir qancha boshqa irqiy kategoriyaga mansub aholi qatlamlari tashkil etadi. Shu bilan birga 2016-yilda xodimning o’rtacha yoshi 42,1 da bo’ladi, immigratsiya muammolari ham, aftidan, ish o’rinlaridagi o’zgarishlarning omili bo’lib qoladi. AQSH aholisini ro’yxatga olish byrosi tomonidan yaqinda o’tkazilgan va e’lon qilingan tahlil ma’lumotlariga muvofiq Amerika ishchilarining deyarli oltitadan bittasining kelib chiqishi xorijlik
sanaladi. AQSH da xorijlik ishchi kuchiga, past darajadagi ish xaqi belgilangan bo’lsa-da shunga qaramay, immigrantlarning kelishi eng yuqori foizda, ayniqsa, oxirgi ikki o’n yillikda, haddan ortiq ko’payib ketdi. Ma’lumotlar ro’yxatining yangi tahlili bu xaqiqat emasligini ko’rsatmoqda. Yirik shaxar tumanlarining 25 tasidan 14 tasida ko’pchilik immigrantlar qurilish, supur-sidir yoki ishlab chiqarish kabi bir muncha ish haqi to’lanadigan ishlarga qaraganda, oq yoqali kasblar bilan ko’proq band bo’lishgan.
Mana endi, immigrantlar umumiy soni birdaniga ko’payganida, bu xam ish o’rniga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Va, nixoyat, hozirgi vaqtda ishchi kuchi tarkibiga kiradigan odamlar birmuncha yosh, irqiy jihatdan xilma-xillik va yoki kelib chiqish ixorijlik. Haqiqatda 2016-yilda AQSH ishchi kuchi tarkibiga yangi ishtirokchilarning 68 foizi ayollar bo’lishi yoki rangli odamlar bo’lishi bashorat qilinmoqda. Biznes uchun bunday an’analarning amaliyligi va ishchi kuchini joylashtirish uchyn qanday ahamiyatga ega bo’lishi hisoblanadi va ishchi kuchidagi bunday o’zgarishlarni qamrab oladi. Amerika tarixan “xumchaning erishi” sifatida mashhur edi, bu yerda xilma-xillik millat din va etnik guruxlarga mansub odamlar aralashib ketishgan. Ularning birgalikda emas, bitta bo’lishi istiqbolda endi dolzarb masala bo’lmay qoldi. Tashkilotlar tan olishi lozimki, bunga o’xshash munosabatlar va qadriyatlarni qabul qilib, xodimlar tashkilotlarda aralashib ketishiga umid qila olmaydilar. Buning o’rniga odamlar ish o’rinlariga olib keladigan xilma-xilliklarda qadriyatlar mavjud.
Bu oson bo’lgani yo’q. ozchilik, ayollar va katta yoshdagi xodimlarga muammolar yaratib, aholi orasidagi bu o’zgarishlarni samarali boshqarish uchun menejer va tashkilotlarning qurbi yetmayapti. Ammo boshqarmadagi ko’pchilik korxonalar xilma-xillikni afzal deb bilishadi. Biz bu korxonalarning ayrimlaridagi ish o’rinlarini bu bobning keying qismida muxokama qilamiz.
Mehnat resurslaridagi global o’zgarishlar nima degani?
Muxim ahamiyatga ega bo’lgan jaxon demografik an’analarining ayrimlari global mehnat resurslariga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Birlashgan Millatlat tashkilotining bashorati bo’yicha jahonda yuz berayotgan muxim ahamiyatga ega bo’lgan demografik o’zgarishlar eng qizg’in pallasida. Bu o’zgarishlar jamiyat, iqtisodiyot va bozorlarni keying yuz yillik davomida o’zgartirib yuboradi.
Jahon aholisinig umumiy miqdori. Jahon aholisining umumiy miqdori 2010 yilda qariyib 7 mlrd. jismoniy shaxslarni tashkil etilishi ko’rsatilgan. Shunga qaramay, 2050 yilda bu raqam 9 milliardga yetishi bashorat qilinmoqda. Birlashgan Millatlat tashkiloti aholining umumiy soni yoki stabillashadi yoki doimiy tezlashtirilgan sur’atlar bilan ko’p asrlar davomida o’sa borib, o’z cho’qqisiga yetishini bashorat qilmoqda. Bu yirik o’zgarishlarning asosiy sababi tug’ilishning kamayishi, iqtisodiy jihatdan millatlarning qanday qilib o’sidhi hisoblanadi. Shunga qaramay, Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi, Karib xavzasi va Okeaniya mamlakatlarida tug’ilish yuqoriligicha qolmoqda. Bu mamlakatlarning ko’pchiligi, balkim, “demografik dividend: ishchi kuchiga kiruvchi yoshlarning ko’tarilib boruvchi ulushi, maxsuldorlikni yo’lga qo’yish va iqtisodiy o’sish”ni boshdan kechirmoqda. Bu holat ushbu mamlakatlarning ustunliklaridan biri hisoblanadi. Aholining qarishi.Bu demografik an’ana tashkilotlar uchun muxim hayotiy mazmunning biri sanaladi.
Qanchalik tanqidiy? “Jahon aholisi Hozir mislsiz tezlikda qarib bormoqda” Global qarish to’g’risida siz qanchalik bilasiz? Biz…deb taxmin qilamiz.
Extimol, unchalik ko’p emasdir! Biz jahon aholisi qariyapti, deganda bu yo’nalishning ayrim realiyalarini hisobga olamiz. Hatto tushunish qiyin. Masalan, 65 yoshda va undan katta yoshdagi odamlar tez orada 5 yoshdagi bolalar sonidan tarixda birinchi marta oshib ketadi. Bundan tashqari, 2008 va 2040- yillar oralig’ida 80 yosh va undan katta bo’lgan jahon aholisi 223 foizga oshishi bashorat qilinmoqda.








Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish