Intensiv tashkilotlar.Karachi, Pokistondagi Bayera zavodidagi xodimlar farmatsevtika mahsulotlarini uzluksiz ishlab chiqarish liniyasida ishtirok etadilar. Tuzilmaning texnologiya samarasi bo’yicha birinchi tadqiqotlarni Djoan Vudvordga berish mumkin, u tashkiliy tuzilmaning elementlari muvafaqqiyatga qanday ta’sir ko’rsatishini aniqlash uchun Angliya janubidagi unchalik katta bo’lmagan fabrika tsexlarni o’rgangan.
U ma’lum bir shablonni izlaganida, firmalarni murakkablik darajasiga ko’ra uchta turli texnologiyalarga ajratmaguncha bir fikrga kela olmadi. Birinchi kategoriyada, ishlab chiqarish birliklar ishlab chiqarilishi birliklarda yoki unchalik katta bo’lmagan partiyalarda ko’rsatilgan.
Ikkinchi kategoriyada katta partiyalarni ommaviy ishlab chiqarilishi ko’rsatilgan. Va nixoyat, uchinchi, boshqalarga nisbatan texnik jihatdan ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz jarayon deya qaraladi. Ushbu xulosalarning qisqacha tavsiloti ChIZMA 10-9 DA ko’rsatilagan. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, korxonalar tuzilmasi va texnologiyasiga moslashishi kirish-chiqishlarni o’zgartirish uchun qoidalarga qat’iy rioya qililariga bog’liq
Umuman aytadigan bo’lsak, intensiv tuzilma qanchalik tartib-qoidaga mos bo’lsa, korxonada bunga qat’iy rioya qilinadi, texnologiyalar ko’proq tarkibiy tuzilmaga ega bo’ladi.
Ekologik noaniqlik va tuzilmalar. Ayrim korxonalar sodda va barqaror muhit bilan bog’liq bo’lgan biroz miqdordagi noaniqliklarga, boshqalari esa murakkab va dinamik muhitda katta qiyinchiliklarga duch keladilar. Boshqaruvchilar o’sha muhitdagi ekologik noaniqliklarni tuzilmani tartibga solish, o’zgartirish orqali iloji boricha kamaytirishga harakat qiladilar
Sodda va barqaror muhitda korxonalar uchun intensiv tuzilma ko’proq to’g’ri keladi, samarali bo’ladi. Boshqa tomondan esa noaniklik qanchalik yuqori darajada bo’lsa, korxonanig tuzilmasi shunchalik egiluvchan va moslashuvchan bo’lishi lozim. Masalan, neft sanoati o’zgaruvchan bo’lganligi sababli, neft kompaniyalarining o’zlari egiluvchan, moslashuvchan bo’lishi lozim. Royal Dutch Shell PLC, kompaniyasining bosh direktori lavozimiga Yerun van der Vir tayinlangach, sanoatdagi o’zgaruvchanliklarga bardosh berish uchun korporativ tuzilmani yaratdi. U birinchi bo’lib bir ish qilgan edi, ya’ni u OPEK davlatlari bilan bitimlarni tuzishdaga kompaniyaning juda murakkablashib ketgan analitik jarayonini yo’q qildi, olib tashladi va soddalashtirdi. Tashqi muhitning tuzilma bilan bog’liq bo’lishligi haqidagi ma’lumotlar, nima sababdan ko’p boshqaruvchilar bugungi kunda korxonalarini tezkor va moslashuvchan bo’lishi uchun tuzilmalarini o’zgartirishini, qayta tuzishlarini tushunishga yordam beradi. Jahon Iqtisodiy inqirozi, global raqobatbardoshlik, raqobatbardosh mahsulotlarga tez innovatsiyalarning kiritilishi hamda mijozlar tomonidan sifatga e’tiborning qaratilishi va etkazib berilishiga qo’yilgan juda yuqori talablar dinamik ekologik kuchlarga misol bo’la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |