Korrelyatsion tadqiqot natijalarini qayta ishlash.
Korrelyatsion tadqiqot natijalari bu – ―sinaluvchi‖ x ―testlar‖ ko‘rinishidagi bir yoki bir necha matritsalaridir. Qayta ishlashning dastlabki bosqichi – ikki yoki undan ortiq o‘zgaruvchilar orasidagi korrelyatsiya koeffitsientini hisoblab topish. Aloqa chegarasini aniqlash o‘lchov o‘tkazilgan shkala bilan belgilanadi.
Agar o‘lchashlar dixotomik shkala bo‘yicha o‘tkazilgan bo‘lsa, unda aloqa belgilarini hisoblash uchun koeffitsient ishlatiladi. Dixotomik shkalani ko‘pincha nominal shkala bilan adashtiradilar (Dj.Glase va Dj.Stenlilarning ―Pedagogika va psixologiyada statistic metodlar‖ 1976 ni qarang). Dixotomik shkala – intervallar shkalasining varianti; biroq u uchun intervallar shkalasining barcha statistic amallari ham mos tushmaydi. Koeffitsientni aniqlash uchun ma`lumotlar hamrohlik jadvalida berilgan:
Y belgi
|
X belgi
|
|
|
1
1 a
0 c a+c
|
0
b d
d+d
|
a+b c+d n
φ= bc-ad / √(a+c) (b+d) (c+d)
Ma`lumotlar tartib shkalasida berilgan. Tartib shkalasiga mos tushuvchi o‘lchov chegarasi bu Kendell koeffitsienti hisoblanadi. U X va Y larnig borish tartibidagi tasodiy emas hodisalarning hisob-kitobiga asoslanadi. Bizda bir qator sinaluvchilar bor: avval biz bu qatorni tana massasining kamayishi bo‘yicha tartiblab chiqamiz, keyin bo‘yning pasayish tartibi bo‘yicha joylashtiramiz. Har bir juftlik uchun tasodiflar va interversiyalar soni hisoblanadi: agar ular tartibi X va Y tartibi bilan ayniy bo‘lsa tasodif, aksi bo‘lsa interversiya. ―Interversiya‖ va
―tasodif‖ lar orasidagi farq n (1) / 2 ga bo‘linsa koeffitsient kelib chiqadi. Hisob-kitob algoritmi statistika bo‘yicha adabiyotlarda (Dj.Glase va Dj.Stenlilarga qarang) va shaxsiy kompYuterlar uchun stat paketlarda keltirilgan. Ba`zi hollarda tartib shkalasi yordamida olingan natijalarni qayta ishlashda Spirmenning, Pirson koeffitsientining tabiiy sonlar qatori uchun modifikatsiya qilingan korrelyatsiya koeffitsientidan foydalaniladi. Lekin bu koeffitsienti birinchi o‘lchash tartib ikkinchisi interval shkalasida amalga oshirilgan hollarda ishlatish tavsiya etiladi.
Ma`lumotlar interval yoki teng munosabatlar shkalasi yordamida olingan. Bu holda standart hisoblangan Pirsonning korrelyatsiya koeffitsienti yoki Spirmen koeffitsientidan foydalaniladi. Bu holda bitta o‘zgaruvchi – dixotomik, ikkinchisi esa – intervalli bo‘lganligi uchun maxsus biserial korrelyatsiya koeffitsientidan foydalaniladi. Nihoyat agar tadqiqotchi o‘zgaruvchilar orasidagi aloqa notekis degan xulosaga kelsa, u holda ikki o‘zgaruvchining notekis statistik bog`liqlik darajasini o‘lchovchi korrelyatsion munosabat hisoblanadi.
Nazorat uchun savollari
Gistogramma deb nimaga aytiladi?
Sektorli aylanadan qachon foydalanish mumkin? 3.Korrelyatsiya koeffitsienti deb nimaga aytiladi? 4.Interpritatsiya deb nimaga aytiladi?
5. Ch.Spirmenning intellekt modeli qanday shaklda berilgan? 6.Jadval(grafik) turlarini mazmuniga ko‘ra nechta shartli tipga ajratamiz?
GLOSSARIY
«Psixodiagnostika» atamasi psixologik tashxis qo„yish degan ma‘noni anglatib, shaxsning ruhiy holatiga oid to‗liq biror-bir alohida xususiyati haqida xulosa chiqarishdir, bunda «tashxis» shaxsning taraqqiyot ko‗rsatkichi va tavsifnomalarini birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holat va xususiyatlari haqidagi xulosalardan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |