O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta



Download 6,15 Mb.
bet180/193
Sana11.04.2022
Hajmi6,15 Mb.
#542095
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   193
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi (1)

Korrelyatsion tatqiqot nazariyasi korrelyatsion aloqa haqidagi tasavvurlarga asoslangan bo‘lib, K.Pirson tomonidan ishlab chiqilgan va matematik-statistika fani darsliklarida kengroq berilgan. Bu erda esa korrelyatsion psixologik tatqiqotning faqatgina metodologik asoslarigina ko‘rib chiqiladi.
Korrelyatsion tatqiqot o‘tkazish strategiyasi kvazieksperiment o‘tkazish strategiyasiga yaqin. Kvazieksperimentdan farqli jihati shundaki, korrelyatsion tatqiqotda ob`ektga nisbatan boshqaruvchi ta`sirning yo‘qligi. Korrelyatsion tatqiqot rejasi murakkab emas. Tadqiqotchi individning bir necha psixologik xususiyat yoki ma`lum tashqi bosqichlar va psixologik holatlar o‘rtasidagi statistic bog`liqliklar haqida o‘z gipotezasini o‘rtaga suradi. Bunda sababiy bog`liqlik taxmini muhokama qilinmaydi.
Korrelyatsion tadqiqot deb bir necha o‘zgaruvchi o‘rtasidagi statistik bog`lanishlarni tasdiqlash yoki inkor etish uchun o‘tkaziladigan tadqiqotga aytiladi. Psixologiyada o‘zgaruvchi sifatida psixologik xususiyatlar, jarayonlar, holatlar va boshqalar ko‘riladi.
―Korrelyatsion‖ so‘zi o‘zbek tiliga ―o‘zaro munosabat‖ deb tarjima qilinadi. Agar bitta o‘zgaruvchining o‘zgarishi ikkinchisining ham o‘zgarishiga olib kelsa, unda bu ko‘rsatkichlarning korrelyatsiyasi deyiladi. Ikki o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi korrelyatsiyasi ular orasida sabab-oqibat munosabatlari ham mavjud deyish imkonini bermaydi, shunchaki shunday gipoteza bilan chiqish imkonini beradi xolos. Korrelyatsiyaning yo‘qligi esa o‘zgaruvchilar orasida sabab-oqibat munosabatlari bor degan gipotezasini to‘laligicha rad etish imkonini beradi. Ikki o‘lchanayotganlar orasida korrelyatsiyaning mavjudligini aniqlashning bir necha yo‘li bor:

  1. To‘g`ri korrelyatsion aloqa. Bitta o‘zgaruvchining darajasi boshqasining darajasiga to‘laligicha mos tushadi. Misol tariqasida Xikning qonunini keltirish mumkin: axborotni qayta ishlash tezligi alternativlar soni logarifmiga proportsional. Boshqa misol: ijtimoiy ustanovkalarni almashtirishga moyillik va Yuqori shaxsiy egiluvchanlik o‘rtasidagi korrelyatsiya.

  2. Uchinchi o‘zgaruvchi bilan asoslangan korrelyatsiya. Ikki o‘zgaruvchi (a,b) bir-biri bilan tadqiqot jarayonida o‘lchanmagan uchinchi o‘zgaruvchi (v) vositasida bog`langan. Tranzitivlik qoidasiga ko‘ra, agar R (a, B) va R (b, c) bo‘lsa unda R (a, c). bunday korrelyatsiyaga AQSH

psixologlari tomonidan aniqlangan intellekt va daromod darajalari o‘rtasidagi bog`liqlik misol bo‘la oladi. Agar shunday tadqiqot hozirgi zamon Rossiyasida o‘tkazilganda natijalar boshqacharoq ko‘rinish kasb etardi. Bundan ko‘rinadiki hamma gap jamiyatning tuzilishida. Sinaluvchilarning lug`at boyligi va ko‘rsatilayotgan rasmlar tezligi ham korrelyatsiyalanmoqda. Bu korrelyatsiyani asoslayotgan yashirin o‘zgaruvchi umumiy intellekt hisoblanadi.

  1. Hech narsa bilan asoslanmagan tasodifiy korrelyatsiya.

  2. Tanlanmaning turliligi bilan asoslangan korrelyatsiya. Tasavvur qiling, biz tatqiq qilishimiz kerak bo‘lgan tanlanma ikki o‘xshash guruhlardan iborat. Masalan, biz jinsning ekstrovertlikka bog`liqlik darajasini o‘rganmoqchimiz. Ma`lumki, jinsni ―o‘lchash‖ qiyinchilik tug`dirmaydi, ekstrovertlikni esa Ayzenkning ETI-1 testi yordamida tekshiramiz. Bizda ikki guruh bor: matematik-erkaklar va jurnalist-ayollar. Agar biz ekstrovertlik darajasi va jins o‘rtasida bog`liqlikni: ko‘pchilik erkaklar – introvert, ayollar esa – ekstrovert; aniqlasak, bu ajablanarli hol bo‘lmaydi.

Korrelyatsion aloqalarni o‘ziga xosligiga qarab turlarga ajratadilar. Agar bir o‘zgaruvchi darajasining oshishi ikkinchisining ham o‘sishi bilan birgalikda kuzatilsa unda bu ijobiy korrelyatsiya. SHaxsiy bezovtalik qanchalik yuqori bo‘lsa, oshqozon yarasi kasalligi bilan kasallanib qolish ehtimoli ham shunchalik yuqori. Tovushning balandlashishi uni toninig ham oshishiga olib keladi. Agar bitta o‘zgaruvchining o‘sishi ikkinchisining kamayishiga sabab bo‘lsa u holda bu salbiy korrelyatsiya. Zayonts ma`lumotlariga qaraganda oilada bola sonining ortishi ularning intellekt darajasining pasayishiga olib kelar ekan. Mavjudot qanchalik qo‘rqoq bo‘lsa, guruhda liderlikni egallashi ehtimoli ham shunchalik past bo‘ladi.
Agar o‘zgaruvchilar o‘rtasida hech qanday aloqa bo‘lmasa unda bu nulevoy korrelyatsiya bo‘ladi.Psixologiyada bir tekis (ijobiy yoki salbiy) aloqalarga misollar yo‘q. Ko‘pchilik aloqalar
– notekis. Notekis bog`liqlikning klassik misoli bu - Yerks-Dodson qonuni: yosh motivatsiyalari o‘rgatish effektini oshiradi, keyin samaradorlikning tushishi kuzatiladi (―peremotivatsiya‖ effekti). Boshqa misol sifatida ma`lum narsaga erishish motivi hamda qiyinchiliklarni tanlash o‘rtasidagi aloqani keltirish mumkin. Omadga motivatsiyalangan shaxslar o‘rtacha qiyinchilikdagi vazifalarni afzal ko‘radilar – qiyinchiliklar shkalasi bo‘yicha tanlovlar chastotasi qo‘ng`iroqcha sifat diagrammada beriladi.
Tekis korrelyatsiyalarning matematik nazariyasini Pirson yaratgan. Nazariyaning asosini o‘zining matematik statistika fani darsliklarida bergan. Eslatib o‘tamiz, Pirsonning tekis korrelyatsiya koeffitsienti r -1 dan +1 gacha oraliqda joylashadi. U quyidagi yo‘l bilan hisoblab topiladi:


r=∑(X-X,) (Y-Y,)/∑(X-X,)² ∑(Y-Y,)²

Korrelyatsiya koeffitsientining ahamiyati qabul qilingan ahamiyati va tanlanmaning kattaligiga bog`liq. Korrelyatsiya koeffitsienti qanchalik katta bo‘lsa o‘zgaruvchilar orasidagi munosabat to‘g`ri korrelyatsiyaga shunchalik yaqin bo‘ladi.


Korrelyatsion tatqiqotlarni rejalashtirish.
Korrelyatsion tatqiqot rejasi kvazieksperimental rejalarning mustaqil o‘zgaruvchining nomustaqil o‘zgaruvchilarga ta`siri bo‘lmagan vaqtdagi bir turi hisoblanadi. Boshqacha aytganda: tadqiq qilinayotgan guruhlarga o‘zaro ekvivalent sharoitlarda bo‘lishlari zarur. Korrelyatsion tadqiqot vaqtida barcha o‘lchanayotgan o‘zgaruvchilar – nomustaqil o‘zgaruvchilar hisoblanadi. Bu bog`liqlikni aniqlovchi faktor o‘zgaruvchilarning biri yoki o‘lchanmagan, yashirin o‘zgaruvchi bo‘ladi.
Korrelyatsion tadqiqot R sinaluvchilar guruhida bir-biridan mustaqil tarzda olib boriladigan bir necha seriyalarga bo‘linadi. Korrelyatsion tadqiqotning oddiy va qiyosiy turlari mavjud. Birinchi holatda sinaluvchilar guruhi bir xil. Ikkinchi holatda bir necha randolizatsiyalangan, ma`lum xususiyatlariga ko‘ra bir-birigan farqlanadigan guruhlar bilan ishlaymiz. Umumiy holda yuqoridagidek tadqiqotlar quyidagi matritsa bilan belgilanadi: RxO (sinaluvchilar x o‘lchashlar). Uning natijasi korrelyatsiyalar matritsasi hisoblanadi. Natijalar qayta ishlanmasini faol matritsa
qatorlari yoki ustunlarini solishtirib olib borish mumkin. Qatorlarni o‘zaro korrelyatsiyalab biz sinaluvchilarni o‘zaro solishtiramiz; korrelyatsiya esa o‘xshashlik koeffitsienti – insonlarning o‘zaro farqlari deb taxlil qilinadi. Tabiiyki R – korrelyatsiyalarni ma`lumotlar Z yordamida bitta shkalaga keltirilgan bo‘lsada aniqlash mumkin.
Z=X,-X/σ
Ustunlarni o‘zaro korrelyatsiyalab biz, o‘lchanayotgan o‘zgaruvchilar orasidagi statistik aloqa mavjudligi haqidagi gipotezamizni tekshiramiz. Bu holatda ular o‘lchami hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.
Bunday tatqiqot strukturali deb nomlanadi, chunki oxirgi natijada biz o‘lchangan o‘zgaruvchilar matritsasi korrelyatsiyasiga ega bo‘lamiz, bu esa o‘z o‘rnida ular orasidagi aloqa strukturasini aniqlab beradi.
Longityut tadqiqot rejasi o‘zida ma`lum vaqt oralig`ida o‘lchangan bir yoki bir necha o‘zgaruvchilarning alohida seriyalarini mujassamlashtiradi. Longityut tadqiqot – korrelyatsion va kvazieksperimental tadqiqot orasidagi oraliq variant bo‘lib, vaqt tadqiqotchi tomonidan nomustaqil o‘zgaruvchilarning bog`ligini belgilovchi mustaqil ko‘rsatkich sifatida taxlil qilinadi (masalan shaxsiy xususiyatlar).
Korrelyatsion tadqiqotning to‘liq rejasi chegaralari ―sinaluvchilar‖, ―operatsiya‖, ―vaqtincha bosqich‖ deb belgilanuvchi Rx Ox R paralipipidlarini o‘z ichiga oladi.
Tadqiqot natijalarini turlicha analiz qilish mumkin. R va O – korrelyatsiyalarni aniqlash bilan bir qatorda ikki xil korrelyatsiyani – ikki o‘zgaruvchining uchinchisi bilan aloqasini hisoblash yo‘li bilan turli vaqt oralig`ida olingan R x O matritsalarini qiyoslash imkoni ham paydo bo‘ladi. Huddi shu holat R x T va T x O matritsalariga ham tegishli.
Lekin ko‘pincha tadqiqotchilar boshqa turdagi hisob-kitobdan foydalanadilar, ular R x T matritsasini analiz qilib, o‘zgaruvchilarni vaqtda o‘zgarish gipotezasini tekshiradilar.
Korrelyatsion tadqiqotning asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz.


  1. Download 6,15 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish