Bitta guruhni bir vaqtning o‟zida turli sharoitlarda tadqiq qilish. Bu tadqiqotning rejasi Yuqoridagi tadqiqot rejasiga yaqin. Lekin, mazmuni jihatidan u eksperimentga yaqin chunki guruh tushib qolgan vaziyatlar farqlanadi. Korrelyatsion tadqiqot holatida biz mustaqil o‘zgaruvchi darajasini boshqarmaymiz, shunchaki individning turli sharoitlardagi hulqini izohlaymiz xalos. Bolalarning bog`chadan 1-sinfga o‘tish vaqtida xavotir darajasining ortishi (guruh o‘sha-o‘sha sharoit esa boshqacha) ni misol qilishimiz mumkin. Bu rejaning bosh artefaktlari – tartiblilik effekti va so‘rovning akumulyatsiyasi. Bundan tashqari natijalarga vaqt faktori (tabiiy rivojlanish effekti) ham ta`sir etishi mumkin. Bu rejaning sxemasi juda oddiy: AO, BOd, bu erda A va B turli sharoitlar. Sinaluvchilar tasodifiy tarzda tanlanishi yoki tabiiy guruhni tadqiqot uchun olish ham mumkin. Natijalar taxlili A va B sharoitlardagi so‘rovlar o‘rtasidagi o‘xshashlikka olib kelinadi.
Bir-biriga ekvivalent bo‟lgan juft guruhlardagi tadqiqotlar korrelyatsiyasi. Bu reja egizaklarni ichki juftlik metodi bilan tadqiq qilish uchun ishlatiladi. Dizigota va monozigota egizaklar ikki guruhga bo‘linadi, har bir guruhda egizaklarning bittasi bo‘ladi. Ikkala guruh egizaklarida tadqiqotchini qiziqtirayotgan psixologik xususiyat tekshiriladi. Keyin egizaklar (R- korrelyatsiya) va xususiyatlar (0-korrelyatsiya) orasidagi korrelyatsiya tekshiriladi. Shuningdek egizaklarni tadqiq qilishning yana ko‘pgina murakkab psixogenetik turlari mavjud.
Bir necha xulqni xarakterlaydigan o‟zgaruvchilarning statistik aloqasi haqidagi gipotezani tekshirish uchun strukturali korrelyatsion tadqiqot o‟tkaziladi. U quyidagi dastur bo‘yicha realizatsiya qilinadi. Bizni aynan qiziqtirayotgan yoki umumiy populyatsiya vakillaridan guruh tuziladi. Ishonchlilik va ichki validlilik darajasi Yuqori bo‘lgan testlar tanlanadi. Keyin guruh belgilangan dasturga ko‘ra testdan o‘tadi:
R A(0,) B(0,) C(0,) D(0,) … N(0,,),
Bu erda A, B, C, …, N – testlar, T> - testdan o‘tkazish operatsiyasi.
Tadqiqot natijalari tx n, bu erda t – sinaluvchilar soni, n – testlar. ―xom‖ ma`lumotlar matritsasi qayta ishlanadi, tekis korrelyatsiya koeffitsienti hisoblanadi. tx n, matritsasi hosil bo‘ladi, bu erda n – testlar soni. Matritsa katakchalarida – korrelyatsiya koeffitsienti, uning diagonali bo‘ylab – birliklar (testning o‘zi bilan korrelyatsiyasi). Matritsa shu diagonalga nisbatan simmetrik. Korrelyatsiyalar statistik farqlarga quyidagicha ajratiladi: avval r Z-baholarga aylantiriladi, keyin r ni qiyoslash uchun StYudentning t-mezonidan foydaliniladi. Korrelyatsiyaning ahamiyati jadvalning ahamiyati bilan solishtirilib baholanadi. Qiyoslashda aniqlik kiritilgan vaqtdagi korrelyatsiyaning tasodifiy korrelyatsiyadan farqliligi haqidagi gipoteza qabul qilinadi (a=0.05 yoki a=0.001). Ba`zi hollarda ko‘pgina korrelyatsiyalarni, jumladan xususiy korrelyatsiyalarni aniqlash ehtiyoji paydo bo‘ladi.
O‘lchangan parametrlar sonini kamaytirish uchun latent analizning turli usullaridan foydalaniladi. Ularning psixologik tatqiqotlarda qo‘llanilishiga ko‘pgina ilmiy ishlar bag`ishlangan. Ko‘p o‘lchamli psixologik testdan o‘tkazishda Yuzaga keladigan asosiy artefakt, bu real tabiiy vaqtdir. Korrelyatsion tadqiqot natijalarini taxlil qilishda biz o‘lchovlarni o‘tkazilish vaqti turlicha ekanligidan chalg`iymiz. Bundan tashqari, avvalgi o‘lcham keyingisiga ta`sir etmaydi deb hisoblanadi.
Bu rejani qo‘llash vaqtida Yuzaga keladigan asosiy artefaktlarni sanab o‘tamiz:
davomiylik effekti – avvalgi testni bajarish jarayoni keyingisini bajarilishiga ham ta`sir etadi (simmetrik yoki assimmetrik).
o‘rgatish effekti – turli test sinovi seriyalarini bajargandan so‘ng sinaluvchida o‘ziga xos malaka hosil bo‘lishi mumkin.
fonning va tabiiy rivojlanishning ta`siri effekti sinaluvchining tadqiqot jarayonida boshqarib bo‘lmaydigan dinamikasiga olib keladi.
guruh tarkibi va test jarayonining o‘zaro ta`siri bir xil bo‘lmagan guruhlarda ko‘zga tashlanadi: introvertlar ekstrovertlarga nisbatan imtixonni yomonroq topshiradilar, ―behalovat‖ kishilar tezlik testlarida yomon natija ko‘rsatadilar;
Davomiylik va ko‘chuvchanlik effektini oldini olish uchun eksperimentni rejalashtirishda ishlatiladigan metod – kontrbalansirovkadan foydalanish tavsiya etiladi. Faqat ta`sir o‘rniga testlarni o‘tkazish ketma-ketligi o‘zgartiriladi.
Uchta test uchun kontrbalansirovkali korrelyatsiya quyidagicha ko‘rinadi: 1-guruh: A B C
2-guruh: C A B 3-guruh: B C A
Bu erda A, B, C – turli testlar. Biroq men korrelyatsion tadqiqot davomida davomiylik effekti nazorat qilib borilgan birorta eksperimentni bilmayman.
Bitta misol keltiraman: biz bir-birini almashtiruvchi vazifalar to‘plamini echishga vazifa turining qanday ta`sir qilishini aniqlashimiz lozim edi. Biz sinaluvchiga testlar unga qay tartibda berilayotgani befarq emas degan qarorga keldik. Kreativlikka (Torrens testi) va umumiy intellektga (Ayzenk testi) bog`liq vazifalar tanlandi. Vazifalar sinaluvchiga tasodifiy tartibda berilar edi. Ma`lum bo‘lishicha avvalroq echilgan kreativlik testini natijalari umumiy intellekt testini echish tezligi va aniqligini sekinlashtirar ekan. Teskarisida esa ta`sir sezilmasdi. Bu holatni muhokama qilmasdan (chunki bu murakkab ish) biz assimmetrik davomiylik effekti bilan to‘qnash keldik degan qarorni qabul qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |