Psixologik diagnozning 3 bosqichi farqlanadi:
Simptomatik diagnozda mavjud har qanday EHM bajarishi mumkin bo‗lgan tadqiqotda olingan natijalar qayta ishlanadi.
Etiologik diagnozda (kelib chiqish sabablari) biror xususiyatning mavjudligigina emas, balki uning vujudga kelish sabablari ham hisobga olinadi.
Tipologik diagnozda sinaluvchi shaxs tuzilishida olingan natijalarning ahamiyati va o‗rni aniqlanadi.
Test – shaxsning aqliy taraqqiyoti, qobiliyati, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‗llaniladigan qisqa standart masalalar.
Testlashtirish – psixodiagnostika metodlaridan biri bo‗lib, standartlashtirilgan savol va topshiriqlar yordamida individual farqlarni o‗rganish, alohida shkalalar bilan o‗lchash.
Etuklik testlari psixodiagnostika metodlaridan biri bo‗lib, konkret bilim, malaka va ko‗nikmalarning o‗zlashtirish darajasini aniqlab beradi. Etuklik testi uchga bo‗linadi: harakat testlari, og‗zaki va yozma testlar. Harakat testlari mexanizmlar, materiallar, asboblar bilan ishlash layoqatini aniqlab beradi.
Intellektual testlar – psixodiagnostika metodlaridan biri bo‗lib, individning aqliy taraqqiyoti darajasini aniqlab beradi.
Proektiv test motivatsiyaning anglanilmagan to‗liq anglanilmagan shakllarini o‗rganishga qaratilgan va bu jihati bilan inson psixikasining tobora intim sohasiga kirishning yagona psixologik metodidir.
«Proektiv» atamasi ilk bor Lourens Fenk tomonidan 1939 yili qo‗llangan. Shuningdek, u shaxsni tadqiq etishning proektiv metodlari tasnifini ham keltiradi:
Strukturalash metodlari (Rorshaxning siyoh dog‗lari testi, bulutlar testi, uch o‗lchamli proektsiya testi).
Konstruktsiyalash metodikalari (MAR, olam testi).
Sharhlash metodikalari (SATO, TAT, Rene Jil‘ testi).
To‗ldirish metodikalari (tugallanmagan gaplar, hikoyalar, One assotsiativ testi).
Katapsis metodikalari (psixogramma, proektiv o‗yin).
Ekspressiyani o‗rganish metodikalari (dastxat, muloqot tahlili).
Ijod mahsulini o‗rganish metodikalari (rasmli testlar, yozma ishlar va hokazo). Psixodiagnostikaning sir saqlash tamoyili – sinaluvchining ruxsatisiz olingan natijalarni e‘lon qilmaslik, bu birinchi navbatda balog‗at yoshiga etgan odamlarga taalluqlidir. Agar sinaluvchilar balog‗at yoshiga etmaganlar bo‗lsa hamda psixodiagnostik natijalarni e‘lon qilish uchun ota- onalar bolalar uchun ma‘naviy va huquqiy mas‘ul bo‗lgan shaxslarning ruxsati bo‗lishi shart. Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganlik tamoyilida metodikaga validlik, ishonchlilik talabi qo‗yiladi, ya‘ni olingan natijalarga to‗liq ishonch imkonini bersin.
Do'stlaringiz bilan baham: |