Agar insonlarni hammasi bir xil bo'lganida ularda eksperiment o'tkazmagan bo'lar edik. Lekin dunyo ana shu har xillikdan qiziqarlidir. Shuning uchun har bir individual shaxsni emas, ularni guruhlarga bo'lib o'rganishimiz mumkin.
Birinchi eksperiment yoki vosita guruhlararo reja (between - subjects design) deb nomlanadi. Bu eksperimentda ikki turli xil guruhlar, ishtirokchilar farqi yoki ikkinchi tur eksperimentda ya'ni guruh ichidagi eksperiment rejasida (within - subjects design) bir guruhdagi ishtirokchilar o'rganiladi.
Tasavvur qiling, biz talabalarda tanaffus vaqtidagi dam olishi ularni o'zlashtirish ko'rsatkichini ko'tarishi bo'yicha eksperiment o'tkazmoqchimiz. Buning uchun biz ikki guruhni olib, birinchi gurhga dam olish sharoitida talabalarga 2 soat ichida o'rganib chiqish uchun material beramiz. Ikkinchi guruh talabalariga ham o'sha materialni 2 soat ichida o'rganib chiqish beriladi, faqat har yarim soatda 5 daqiqadan dam olish uhun ruhsat beriladi. Har ikki holatda ham talabalardan so'ralganda ham bu sharoit qoniqtirganini aytib o'tishadi. Endi biz guruhlararo eksperiment o'tkazishimiz mumkin yoki bir guruhdagi ishtirokchilarni har biri materialni qanchalik darajada o'zlashtirgani bo'yicha guruh ichidagi eksperiment o'tkazishimiz mumkin.
Guruhlararo eksperimentda guruh a'zolari mustaqillik darajasi teng bo'ladi.
Ba'zi eksperimentlarda mantiqiy imkoniyatlar yetarli bo'lmaydi, bo'lsa ham unda rejani tuzish qiyin bo'ladi. Nihoyat reja qiyin bo'lgan taqdirda ham to'liq natija olmaymiz. Lekin guruhlararo eksperimentlarda bunday emas.
Shunday bo'lsa ham hamma ishni o'z kamchligi bo'lganidan guruhlararo eksperimentlarda ham kamchliklar mavjud. Har doim guruhlar har xil a'zolardan tashkil topganligi tufayli, har doim guruhni boshqacha shakllanganligini ko'ramiz. Masalan, uxlagisi kelayotgan bolalarni majburlab teleko'rsatuv ko'rsatishda, bolalarda agressiyani hosil qiladimi degan eksperimentimizda har xil sharoit bo'lishi mumkin: ayrim bolalar kam ta'minlanmagan oiladan bo'lganliklari uchun bolada majburlash odatiy holga aylangan, ayrim bolalar esa teleko'rsatuvlarni tomosha qilishni yaxshi ko'rishi mumkin.
Shuning uchun, bir - birini yaxshi tanimaydigan odamlarni turli xil yo'llar bilan guruhlarga bo'lishimiz lozim. Masalan, tanga tashlab, qog'ozga guruh nomini yozing, turli o'yin orqali va hakozo. Bunday jarayonda guruh a'zolarini bir - birini ta'nimasligi yoki bir - birini haddan ortiq yaxshi bilishi eksperiment uchun katta kamchilikdir. Bu guruhlarda bo'linishlar ko'p bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |