Bevosita kuzatsa bo‟ladigan tobe o‟zgaruvchilar, bilvosita ta‟sir o‟tkazadigan tobe o‟zgaruvchilar hamda salbiy va ijobiy ko‟rsatkichlari
Sizning metodingiz xulq-atvorni bevosita kuzatishga qanchalik yaqin bo‘lsa, siz olgan o‘lchovlar shuncha kam baxslarga sabab bo‘ladi. Biroq aytaylik siz inson ongi qanday ishlashini bilmoqchi bo‘lsangiz, u xolda tan oling, keltirgan tobe o‘lchovlaringiz bilvosita bo‘ladi. Masalan, sizni xotira qiziqtiradi va siz eslab qolish uchun berilgan matnni taqdim etishning ikki usulini solishtirmoqchisiz. Bir haftadan so‘ng qatnashchilar matnning qanchasini eslab qolishganini aniqlamoqchisiz. Xo‘sh, nimani o‘lchashingiz kerak?
Vazifa juda oddiy: ulardan nimani eslashlarini so‘rash kifoya. Lekin, aytaylik, ular ikki usulda taqdim etilgan materialdan hech nimani eslay olmadilar. Shunda siz ular hech narsani esda saqlab qolmaganlar deya xulosa bera olasizmi? Buning o‘rniga siz, yaxshisi, tanish testini o‘tkazishingiz va avvalgi material bilan yangi materialni solishtirishlari qanchalik aniqligini tekshirishingiz mumkin. Yoki siz ulardan materialni yana bir bor yodlashni so‘rashingiz va avval yodlaganlari hisobiga bu safar qancha vaqtni tejaganliklarini hisoblashingiz mumkin. Bu metodlarning har biri sizning: odamlar qancha eslab qoldi degan savolingizga turlicha javoblarni berishi mumkin. O‘ylaymanki, keltirilgan misollar orqali siz – boshlanishida bevosita kuzatilayotganga o‘xshab ko‘rinayotgan o‘zgaruvchilar ham sizni qiziqtirayotgan xulq-atvor bilan bilvosita aloqador bo‘lishi mumkinligini tushuna olasiz.
Bilvosita ta‟sir o‟tkazadigan tobe o‟zgaruvchilar hamda salbiy va ijobiy ko‟rsatkichlari
Aytaylik biz qaysi holatda: tugmani bosish uchun berilgan nurli signal yorqin bo‘lgandami yoki xira bo‘lgandami ― odamlar tezroq reaktsiya bildirishlarini bilmoqchimiz. Extimol siz chiroq yonganda sekundomerni yoqib, tugma bosilganda o‘chirarsiz. Shuni tan olish lozimki bunda reaktsiyaning faqat bir tavsifi o‘lchanayapti. Biz boshqa reaktsiyalarni ham, masalan odamlar tugmani qanday bosayotganlarini xohlagan miqdorda o‘lchashimiz mumkin. Individ bir urinishda barmog`ini tugma ustida ko‘chirib, boshqasida to‘g`ri xarakatlantirayaptimi? Boshida u nishonni xato olmayaptimi? Boshqa urinishda u tugmani oxista bosib boshqasida qattiqroq bosmayaptimi? Bunday turli reaktsiyalar to‘plamidan biz faqat birginasini o‘lchash uchun tanlab olayapmiz, ya`ni nurli signal boshlanishidan to tugma bosilgunga qadar bo‘lgan vaqtni o‘lchayapmiz. Boshqacha qilib aytganda biz yakka tobe o‟zgaruvchilarni tanladik.
Biz tanlayotgan har qanday yakka tobe o‘zgaruvchi nimaningdir adekvat me`yori bo‘lishi ham bo‘lmasligi ham mumkin. Aytaylik, odamlardan qo‘llariga qalam olishlarini va Yulduzlarning ko‘zgudagi aksiga qarab ularning chetiga kontur bo‘ylab chiziq tortishlarini so‘radik. Ko‘zgu har qanday tasvirning teskari aksini ko‘rsatishini hisobga olsak, ko‘pchilik odamlar uchun bu vazifani bajarish boshida qiyinchilik tug`diradi. Aytaylik, biz bu vazifada natijaning 1 dan 10 gacha bo‘lgan urinish davomida yaxshilanishini tekshirmoqchimiz. Qaysi tobe o‘zgaruvchi bu yaxshilanishni aks ettiradi?
Menimcha siz 2ko62’rsatmani noto’g`ri tushungansiz!
Bu eksperimentlarda standart tobe o‘zgaruvchi qatnashchi tomonidan chizilayotgan chiziq necha bor Yulduz konturi bilan kesishayotgani bo‘ladi.1-rasmda ikki ishtirokchi tomonidan chizilgan chiziqlar ko‘rsatilgan. Bu ishtirokchilarni 1- va 2- qatnashchi deb ataymiz. Birinchi urinishda 1- ishtirokchi chizgan chiziq chegara bilan 20 marta kesishgan, ikkinchi urinishda esa 6 marta kesishgan. Bu individning tobe o‘zgaruvchisi kutilgan yaxshilanishni aks ettirmoqda. Endi 2- ishtirokchiga qarang. Bu individ har ikkala urinishda ham chegarani 14 marta kesib o‘tdi. Bu tobe o‘zgaruvchi shuni ko‘rsatayaptiki, 2-ishtirokchining ko‘zgudan nusxa olish vazifasi bo‘yicha natijalari yaxshilanmagan. Bu xulosaga ishonasizmi?
Asosiy muammo shundaki, xatto chegarani kesib o‘tish miqdori kabi bevosita kuzatiladigan tobe o‘zgaruvchidan foydalanilganda ham validlikni xisobga olish darkor. Chegarani kesib o‘tish bilan bog`liq xarakat – ko‘zgudan nusxa olish vazifasini bajarish sifatining faqat bitta extimoliy me`yoridir. Alternativ tariqasida biz chizilgan chiziqning umumiy uzunligini o‘lchashimiz va uning necha foizi yulduz chegarasining ichki qismiga tushganini aniqlashimiz mumkin. Yoki har bir urinishdagi chiziq va chegara o‘rtasidagi maydonni o‘lchashimiz mumkin. Yoki urinishlar bajarilgan vaqtni belgilab, ishtirokchilarning qay biri 1-Yulduzdan 10-Yulduzgacha tezroq kelganini aniqlashimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |