Metod
|
Afzalliklari
|
Kamchiliklari
|
Retestli
|
Testlar bilan bir xil band (punkt)lardan foydalanadi Sodda
|
Birinchi test ikkinchisiga ta`sir etishi mumkin
Respondentlar vaqti bilan o‘zgarishi mumkin
|
Paralel uslub
|
Bandlar takrorlanishining ta`sirini minimumga tushiradi Qayta testgacha kam vaqt o‘tadi
Boshlang`ich va yakuniiy testli loixalarda qo‘llash foydali.
|
Turli bandlardan foydalanish ishonchlilikni kamaytiradi.
|
Ikkiga bo‘lish
|
Bandlar takrorlanishining ta`sirini minimumga tushiradi Vaqtni tejaydi, chunki bir
martada o‘tkaziladi.
|
Turli bandlardan foydalanish ishonchlilikni kamaytiradi.
Testning davomiyroq bo‘lishini talab etadi.
|
Tobe o‘zgaruvchi sifatida test natijalaridan foydalanilganda, ba`zan validlikning ancha rasmiy tarifi talab etiladi. Validlikning eng yomon shakli – yaqqol validlikdir, bu tashqi tomondan test o‘lchashi kerak bo‘lgan narsani o‘lchayotgandek ko‘rinishini anglatadi. Yaqqol validlik shunchalik sub`ektivki, juda kam ilmiy qimmatga egaligi ko‘rinib turibdiki; barcha tadqiqotchilar ularnining testlari Yuqori yaqqol validlikka ega deb o‘ylashadi. Validlashtirishning rasmiyroq va asosliroq tartibi – tarkibiy validlikni aniqlashdir. Test qamrab olgan mavzuning tarkibi yaxshilab analiz qilinadi. Keyin test shunday ishlab chiqiladiki, u aniqlangan tarkibning har bir soxasi bo‘yicha savollarning reprezentativ tanlanmasini qamrab olishi kerak. Validlashtirishning uchinchi tartibi – bashoratlovchi validlikni aniqlash. U test qandaydir o‘ziga xos me`zonni muvaffaqqiyatli bashorat qilolishini anglatadi. Masalan, o‘quvchilar kollejga kirayotganlarida topshiradigan testning qimmati shundaki, uning natijalari
o‘quvchining kollejdagi ta`limi jarayonidagi o‘rtacha baxolarini bashorat qilishi mumkin. Imtixon natijalari va o‘rtacha ball o‘rtasidagi kuchli korrelyatsiya Yuqori validlikdan guvoxlik beradi. Raqobatli (diagnostik) validlikni test natijasini qandaydir mezonga solishtirib ham aniqlash mumkin, biroq bunday holatda ikkita o‘lchov ham bir vaqtda o‘tkazilishi borilishi lozim. Masalan, ota-onalar uchun ularning tele ko‘rsatuvlarni ko‘p ko‘radigan bolalarining agressiyasini o‘lchaydigan test ishlab chiqayapmiz, shunday vaqtda biz har bir boladan olingan so‘rov natijalari bilan o‘qituvchilar tomonidan qo‘yilgan agressivlikning miqdoriy bahosi o‘rtasidagi korrelyatsiyani chiqarib raqobatli validlikni aniqlash mumkin. Ko‘rib turganingizdek, tobe o‘zgaruvchining validligini o‘lchash, uning ishonchliligini o‘lchashdan ham qiyinroq. Ko‘pincha biz qlishimiz mumkin bo‘lgan maksimum ish – bizning o‘lchovlarimiz mantiqiy jihatdan validligini ta`kidlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |