Guruh ichidagi eksperimentlar.
Ayrim eksperimentatorlarga bu optimal tanlov bo'lmasada, guruh ichidagi eksperimentlar ham o'z yaxshi imkoniyatlariga ega.
Agarda guruh ichidagi eksperimentda bizga N (turli xil miqdordagi ishtirokchilar soni, masalan, 20 ta, 30 ta) ta ishtirokchilar zarur bo'lsa ham biz eksperiment o'tkaza olamiz. Lekin guruhlararo ekperimentda biz 2 ta guruhni oladigan bo'lsak N2 yoki 3 ta guruhni oladigan bo'lsak N3 ishtirokchilar bo'lishi lozim.
Agar biz guruh ichida eksperiment o'tkazadigan bo'lsak, biz guruhda oldindan bir necha marta trening shaklidagi amaliyotni o'tkazsak bo'ladi. Chunki bu jarayon biz o'tkazmoqchi bo'lgan eksperimentga guruhni moslashtirib olishga ko'mak beradi.
Guruhlararo eksperiment jarayonida ham guruh ichidagi eksperiment o'tkazishimiz mumkin. Guruh ichidagi eksperiment xulosasi shu darajada ishonchli bo'ladiki, har bir ishtirokchini har xil bo'lganligi uchun ham natijalar turlicha chiqadi.
Agar guruh ichidagi eksperimentlar shunchalik foydali bo'lsa, unda kamchiliklari nimada? Bu savolga psixologlar ko'p bahslashishgan bo'lsada, ana shu kamchiliklar guruh ichidagi eksperiment keraksiz qilmoqda: "Shunday kun keladiki, hech qaysi hurmatli psixolog guruh ichidagi eksperimentdan foydalanmaydi, agarda bunga majbur bo'lsa, guruhlararo eksperimentni o'rnini to'ldiradi". (Poulton, 1973)
Guruh ichidagi eksperimentning eng katta kamchiligi ishtirokchilarni o'zgaruvchanligidir. Ya'ni ular endi mustaqillikga erishganida ma'lum sabablar orqali yana avvalgi holatiga tushishlari mumkin. Bu jarayon ketma - ketlik effekti deb nomlangan.
Ketma -ketlik effekti bir qancha ta'sirlar natijasida bo'lishi mumkin. Bular:
O'rganish ya'ni ishtirokchilar nimaga boshqa bir ishtirokchilardan o'rgangan xulq - atvori. Masalan: guruh ichidagi ishtirokchilarni QWERTY yoki klaviaturada qanday tezlikda yozishi bo'yicha eksperiment o'tkazamiz. Bunda turli xil natijani ko'ramiz: kimdirning tezligi Yuqori, kimnikidir juda yomon va hakozo. Biz endi ishtirokchilarga tayyorlanish uchun vaqt beramiz va 10 kishini tanlab olib, 1 daqiqa ichida 30 ta so'z yozishni aytamiz. Birinchi holatda natijalar juda yomon bo'lsa, ikkinchi holatda natijalar boshqacha bo'ladi. Bundan ko'rinib turibdiki, guruh a'zolari xulq - atvori bir - biriga ta'sir ko'rsatadi.
Tenglashtirish ya'ni bu tushunchani tushuntirish uchun ABBA tenglashtirishidan foydalanamiz va ABBA eng mashxur tenglashtirish hisoblanadi.Ava B, Mustaqil o'zgaruvchilarning ikki xil darajasi, ketma- ketli ABBA uchun navbatma - navbatlikni ta'minlaydi. 1 navbatda A darajasi, 2 va 3 navbatda B darajasi, 4navbatda A darajasi. Har bir ishtirokchi navbatlardan o'tadi. ABBAning mohiyati shundaki, u guruh a'zolarini aralashib ketganini belgilaydi. Lekin shuni aytib o'tishimiz lozimki, AB navbati va BA navbati bir - biriga qarama - qarshidir. (Poulton & Freeman, 1966). Bu jarayon simmetrik o'tkazuvchi deyiladi. Darajalar miqdori ko'payishi to'liq tenglashtirishni qiyinlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |