Epidemik parotit (tepki) o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, so'lak bezlari, asosan quloq
kiruvchi filtrlanuvchi virusdir. Bu virus tashqi muhit sharoitlari va ultra binafsha
nurlarga o'ta ta'sirchan bo'lib, dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida tezda halok
havo-tomchi yo'li bilan yuqadi, ayrim hollarda idish-tavoqlar, o'yinchoqlar orqali
Odatda kasallik o'tkir boshlanib tana haroratining 36-39 ºº C gacha ko'tarilishi
davom etadi. Bezlarning kattalashuvi ostki jag’ suyagining choki bilan
so'rg’ichsimon suyak o'rtasidagi chuqurlikni to'ldirib, quloq sirg'asining oldingi
pastki va orqa tomonlarigacha yoyilib ketadi. Shishning ustki va atrofida terining
qonsistensiyada bo'lgani holda atroflari qo'lga yumshoq tegadi. Kattalashgan bezlar
bo'shlig'idagi chiqish joylari qizaradi va biroz shishadi. Kasallikning 2-3 kuniga
bemorning yuz tizimi o'ziga xos shaklga kiradi. Kasallikning 8-10 kuniga borib,
osti so'lak bezlari ham prosessga qo'shilib ketadi. Epidemik parotitning yengil turi
6-7 kun, o'rtacha og'irlikdagi turi 9-10 kun, og'ir turida kasallik belgilari 2-3 hafta
mobaynida saqlanib qoladi. Epidemik parotit patologik prosessga nerv tizimi va
har xil bez organlarning qo'shilib ketishi bilan birga davom etib borishi mumkin.
Bu organlarning zararlanishini asorat deb emas, balki xastalikning asosiy ko'rinishi
deb hisoblash to'g'riroq bo'ladi.
Me'da osti bezlarining zararlanishi (pankreatit), parotit alomatlari keskin
ifodalanmagan holatda o'tadi va qorinda qattiq og’riqlar paydo bo'lishi bilan
xarakterlanadi. Bu og’riqlar qorinning gir aylanasi bo'ylab seziladi. Bemorning
ko'ngli aynib qusadi, ishtaxasi yo’qoladi, ichi ketadi, qoni va siydigida amilaza
miqdori ko'payadi.
Oldin quloq oldi bezlari kattalashmasdan turib, birlamchi orxit boshlanib qolishi
ham mumkin. Bu kasallik tana haroratining ko'tarilishi odamning lohas bo'lishi eti
uvishib qaltirashi moyaklar (orasi) sohasida qattiq og'riq turib, chov sohasiga va
belga tarqalishi bilan ta'riflanadi. Moyak shishib, kattalashadi, bezillab turadi,
odam yura olmaydi. Kasallik belgilari 2-3 kun zo'rayib boradi, dardning 3-5
kunidan boshlab asta-sekin yo’qolib boradi. Parotitda aksari serozli (virusli)
meningit qayd qilinadi.
Epidemik parotitni aniqlab olish tipik hollarda qiyinchilik tug’dirmaydi.
Kasallikning yengil formalarida, parotit meningiti yoki orxiti bo'lganda kasallik
tashxisi ancha qiyinlashadi. Yaxshi yig'ilgan anamnez va epidemiologik
ma'lumotlar kasallikni aniqlab olishga yordam beradi. Bundan tashqari kasallikka
serologik tekshirish usullari yordamida tashxis qo'yiladi.
Davosi. Epidemik parotitda davo qilishning spesifik vositalari yo'q. Davolash
asosan simptomatik usulda olib boriladi. Kasallik yengil o'tayotganda bemorni
o'rniga yotqizib, tegishli rejimga amal qilish zarur. Bolaga tez-tez suyuqlik
beriladi, og'zini 2 % li natriy gidrokarbonat eritmasi bilan chayiladi. Ovqatni iliq,
suyuq holda berish lozim. Kattalashib turgan bezlar sohasini issiq qilib bog'lab
qo’yish, sollyuks lampasi bilan isitish. UVCh terapiya buyuriladi. Og’riqni
qoldirish, isitmani tushirish maqsadida aspirin, analgin tayinlanadi. Meningitning
belgilari kuchayganda, orqa miya kanali punksiya qilinadi. Pankreatit belgilari
aniqlanganda bemorga 1-2 kun suv-choy parhezi buyurilib, venaga glyukoza
eritmalari Ringer eritmasi albumin, zardob o'mini bosadigan suyuqliklar
yuboriladi. Orxitda bemor yotib davolanishi 1-2 hafta mobaynida malhamli
bog'lam qo’yish tavsiya qilinadi. Og'ir hollarda 4-5 kun qortikosteroid
gormonlar buyuriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: