Ma’ruza № 2
Chet tilini o‘qitish metodlarini qisqacha obzori
Darsning o‘quv maqsadi: chet tilini o‘qitish tarixi, G.Palmir va M.Uest
metodlari, aralash metodlar, pedagogic jarayon, XIX asrninmg oxiri XX asrning
11
boshlaridagi metodika, “Natural” metod, to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘qitish metodi haqida
ma’lumot berish.
Tayanch so‘zlar:
metod immanentik
til umumta’lim
tafakkur
harflar
muvofiqlik tushuncha
mazmun (mundarija) grammatika
vositalar konstruksiya
sintez
tarjima
Asosiy savollar:
1. Chet tilini o‘qitish metodikasining tarixi
2. G. Palmer metodi. M. Uest metodi. Bilvosita metodlar
3. Aralash metodlar
4. O‘zbekistonda chet tilini o‘qtish tarixi
Ossuriya (mil av. 3, 2 asrlar), Misr (mil. Av. 6-5asrlar) va Yunoniston (mil.
Av.3, 2 asrlar)paydo bo‘lgan yillardayoq va asosan qadimgi Rim (mil. Av. 2, 1
asrlar)ning gullab-yashnagan davrdagi mazkur mamalakatlar orasida mavjud
bo‘lgan tijoriy va madaniy otivlenniy ko‘rinishdagi chet tili bilimlari mutlaqo zarur
bo‘lgan. Chet tilini bilish to‘la o‘rta asr davomida ham katta rol o‘ynagan. Bu
haqida o‘sha davrning ko‘plab adabiy xotiralari, shuningdek, boshqa tildan olinib,
g‘arbiy Yevropa tillari lug‘atlariga kiritilgan o‘zlashtirmalar guvohlik beradi.
Dastlab, yunon, keyinchalik, lotin tillari xususiy ta’lim va maktablarda o‘qitilgan
asosiy chet tilari hisoblangan. 15 yuzyillik davomida asosiy chet tillaridan biri
bo‘lgan lotin tili alohida katta rol o‘ynagan.lotin tili cherkov, fan va dipolmatiya
tili bo‘lgani holda dunyo bo‘yicha birinchilikka da’vogarlik qilgan va maktab
ta’limining asosiy preldmetlaridan biriga aylanadi. G‘arbiy Yevropada ona tilining
shakllanishi va rivojlanishi bilan fransuz (18-19) va ingliz (20) tillari, oxirgi vaqtda
bir qator boshqa tillar unga almashina boshlaydi.bu tillarning diplomatik, tijoriy va
ilm olamida keng tarqalishiga qaramay, o‘z ahamiyatiga ko‘ra lotin tilidan
sezilarli darajada ortdadir.
Lotin tilini o‘qitish uchun keyinchalik tirik tillarni o‘qitish metodikasiga o‘z
ta’sirini kzrsatgan va 18 asrning oxiri va 19 asrning birinchi yarmida hamma
joylarda, maktablarda tarjimali metodlar qo‘llanilardi. Tirik tillarini o‘qitish
metodikasi o‘lik tillarni o‘qitish metodikasi obrazi bo‘yicha qurilgan. 19 asr
boshlarida asosiy sifatida chet tillarini o‘qitish umuta’lim vazifasi o‘rtaga
qo‘yildai.
Chet tilini o‘rta maktabda o‘qitishga faqfatgina mantiqiy tafakkurni
rivojlantiruvchi vosita qaraladi. Bu bo‘yicha maktabda o‘qitishning asosiy ob’ekti
sifatida mantiq bilan otojdestvlyuyushiy grammatika hisoblanadi. Chet tili
leksikasi o‘rganilayotga ngrammatik ko‘rinishlarga illyustratsiya bo‘libgina xizmat
12
qiladi. Tilning ovozli tuzilishi rganilmaydi. O‘quvchilar faqatgina harflarni o‘qish
va ularning moslashuvi o‘qitiladi. Tarjimali meiod vakillari Tillarning umumiyligi
va tarkibi bo‘yicha tushunchalarning to‘la mos kelishi hamda ularning ifoda etilishi
usulidan kelib chiqqan holda chet tilin o‘qitishning asosiy afzalligining biri deb
so‘zma-so‘z tarjima qilishni biladilar.
Chet ona tili tizimi har doim ham mos kelmagani sababli metodistlar ong osti
yoki ngli ravishda ularni yaqinlashtirishga, ya’ni lna tili vositasida chet tili
konstruksiyalarini leksik va grammatik (jihatdan) so‘zma-so‘z tarjima qilishga
majbur bo‘lar edilar. Bunda ona tili chet tiili normalari ostida ko‘rsatilib buzilgan
shaklda berilardi.
Tarjimali metod tarafdorlari tomonidan qo‘llangan so‘zma-so‘z tarjima til
materialining mustahkamlanishi va ma’nosini ochishning asosiy vositasi sifatida
o‘sha tushunchalarning boshqa til shakllari orqali tushuntirilishi uchun xizmat
qilardi. Bunday metodika 2 til tizimi qiyoslab o‘rganishga layoqatli bo‘la olmas,
balki, til faktlariining mexanik tarzda qo‘yib (soopostovlenie) qo‘yishga
yo‘naltirilgan bo‘lardi.
Tarjimali metodlar orasida ikki asosiy turi ajratiladi: 1. grammatik jihatdan
tarjima qiladiganlar tarafdorlari alohida grammatik k o‘rinishlarni o‘qitishni asosiy
(xusus) deb bilardilar, ya’ni ular o‘rganilayotgan tilning grammatik qoidalaridan
kelib chiqqanlar. 2. matn bo‘yicha tarjima qilish-buning tarafdorlari chet tilini
o‘qitishni matnga asslangan holda qurar edilar.
Grammatik jihatdan tarjima qilish metodi
2 yuzyillikdan ko‘p vaqt mobaynida mavjud bo‘lib, uzoq davom etgan
kurashdan so‘ng o‘z o‘zrnini yangi bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) metodga berdi.
Grammatik jihatdan tarjima qilish vakillari chet tili umumiy ta’lim beradigan
maqsad bilan o‘rganilishi lozim deb hisoblaydilar. Ular uni mantiq bilan
grammatikani bir deb qarab, grammatik mashqlar yordamida mantiqiy fikrlash
rivojlanishini ko‘rdilar. Chet tilini o‘rganishdagi maqsad o‘sha davrning atoqli
lingvistlaridan Gumboldning so‘zlarida o‘zining yaxshi ifodasini topgan:
“Ommaviy o‘qitish seksiyasida tillarni o‘qitishda shunday uslubni qo‘llash
lozimki, til unutilsa hamtilni xotirada saqlanib qolgan qismini butun hayotga
foydali qilib saqlab qoladi, bunda nafaqat xotiranigina emas, balki aqlni o‘stirish
uchun, hukmlarni tanqidan tekshirish va umumiy dunyoqarashni shakllantirish
amalga oshiriladi. Tilni o‘qitishdan maqsad – bu uning umumiy strukturasi haqida
bilimlarni xabar berishdir”.
Grammatik jihatdan tarjima qilish metodi vakillari quyidagi qoidalarni o‘rtaga
tashladilar:
1. chet tilini o‘qitish asosida asl tilni aks ettirgani uchun yozma nutq qo‘yilgan
bo‘lishi lozim.
2. kurs asos (boshi)ga grammatika qo‘yiladi, grammatika o‘qitishning asosiy
predmeti hisoblanadi va kursning tuzilishi va leksik tanlab olish(tanlov)ni
aniqlaydi.
3. mantiqiy fikr yuritish jarayonining tashuvchilari (veduo‘ie) sintez va
deduksiya deb qabul qilinadi, shuning uchun ham o‘quvchilar grammatik qoidalar
va so‘zlarni o‘rganish, keyin esa shu asosda jumlalar tuzish taklif qilinadi.
13
4. gramatik shakl va so‘zlarning ma’nolarini ochishning asosiy usuli so‘zma-
so‘z tarjima qilish hisoblanadi, zero barcha tillar umumiy grammatikaga egava turli
tillarning so‘zlaribir-biridan harflarning turli kombinatsiyasi bilan farq qiladi.
5. til materialining o‘zlashtirilishi tarjima va mexanik yodlab olish vositasi
bilan amalga oshishi lozim.
6. chet tili so‘zlarini kon.tekstdan tashqari holatda yodlab borish tavsiya
qilinadi. , zero, birinchidan, ular ona tilining so‘zlaridan faqatgina shakl bo‘yicha
(ma’no hajmi va ularning muvofiq kelishi hisobga olinmas edi) farqlanadilar.
Ikkinchidan esa o‘rganilgan grammatik ko‘rinishni illyustirivka qilishlariga ko‘ra
muhimdir.
Pedagogik jarayon quyidagi shaklda olib borilgan: o‘quvchilarga grammatik
qoidani, undan so‘ng esa ularning oa tilidagi tarjimasi o‘rganish taklif qilinadi.
Grammatika va so‘zlarni o‘rganib olib o‘quvchilar alohida gaplarni ona tilidan
chettiliga tarjima qilshni mashq qilishlari lozim edi. Bu jumlalar o‘rganilgan
grammatik qoidalarni va so‘zlarga namuna bo‘lgan.
Grammatik jihatdan tarjima qilish metodi vakillari o‘qish malakasini oshirishga
harakat qilganlar. Lekin 19 asrning 30-40-yillarida tilni og‘zaki nutqda yaxshi
bilishga sezilarli darajada talab oshadi. Buning natijasida tilni og‘zaki nuqtda
yaxshi bilishni o‘rgatishni o‘z oldiga qo‘ygan qo‘llanmalar paydo bo‘la blshlaydi.
Lekin bu usul bu vazifani amalga oshirish uchun oz foyda keltiruvchi bo‘lib
chiqdi. Buning o‘rniga matn bo‘yicha tarjima qilish keldi. bu yo‘nalishning
vakillari chet tilidagi matnni o‘qish ga asosiy diqqatni qaratiadilar. Bunda
ta’limning tarkibida ham farq mavjuddir. Bu metodning tarafdorlari chet tilini
o‘qitishun xrestomatik xarakterda bo‘lgan va badiiy adabiyotning asl matnlarni
jalb etdilar.
Agar ikki metodni solishtirsak, ularni tarjima metodlari deb nomlash huquqni
beruvchi ko‘plab umumiylikni ko‘rishimiz mumkin. ular ikkisi vaqt jihatidan
yoyilishi va ayni lingvistik konsepsiyalar jihatidan bir biriga mos keladi:
umumgrammatika mavjud ,til tafakkur bilan birxillashtiriladi, so‘z bilan bog‘liq
tushuncha, tilga sovugan mantiqiy kategoriya sifatida qaraladi.
19 asr oxirlari, 20 asr boshlarida turli nomlar bilan atalgan yangi metodlar
tarqaladi:intuitiv, ko‘rgazma-intuitiv, tabiiy, natural, to‘g‘ridan-to‘g‘ri metodlar.
Metodik adabiyotda mazkur metodlarni ifoda etish uchun “to‘g‘ridan-to‘g‘ri” va
“natural” atamasi ko‘poq qo‘llaniladi. Natural metod to‘g‘ridan-to‘g‘ri metodning
xillik ko‘rinishi sanaladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri metod haqida batafsil to‘xtalamiz. Bu
metod metod tarafdorlarining o‘quvchining tilidan o‘tib, chet tili so‘zlari va uning
grammatik shakllarni bevosita ularning ma’nosi bilan bog‘lashga harakat
qilganlarinatijasida deb nomlangan. Bu metodning qayta ishlanishida atoqli
psixolog va lingvistlar ishtirok etdilar. To‘g‘ridan-to‘g‘ri metod vakillari o‘z
oldilariga maqsad qo‘ydilar: o‘quvchilarni chet tilini amalda bilishga o‘rgatish.
Chet tilini amalda bilish dastlabo‘quvchilarni og‘zaki nutqqa o‘rgatish vazifasi
bilan bir deb qabul qilinardi. Tilni og‘zaki nutq bilan amaliy bilishni bir deb qabul
qilish bizning kunimizgacha saqlanib qoldi. Inson tilni yaxshi biladi deyilganda
mazkur tilda erkin gaplashishini nazarda tutiladi.
14
Dastlabki bosqichda barcha tilni o‘qitish yoki ijtimoiy xarakterdagi muayyan
mavzular atrofida qurilagan, yoki matn asosida tuzilgan. O‘rganilayotgan
materialda ilg‘or (eng oldindagi) bosqichda o‘rganilayotgan tilning xalqi va
mamlakati hayoti haqida matnlar tavsiya qilingan. O‘rganilayotgan materialni
saralash tematika prinsipiga ko‘ra amalga oshiriladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri metodni asoslash uchun til va asosan psixologiya
ma’lumotlari keng jalb etilgan. Tilga va uni taqiqi etish mtodlariga mutlaqo
yangicha qarash o‘qitish metodikasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. O‘qitish ob’ekti
zamonaviy tirik til bo‘lib qoldi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qitish metodi bo‘yicha tipik dars quyidagicha qurilardi:
1. o‘quvchilarga bir qator predmetlar surati tushirilgan rasmlar taqdim etilgan
va o‘qituvchi ularni gapda nomlab beradi. Mas., “Bu kravot”, “Mana krovat”, “Bu
kravot deb nomlanadi”.
2. o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan aytilgan iboralarni avvaliga alohida-
alohida, keyin jo‘r bo‘lib qaytaradilar.
3. Shu usul bilan, ibora taxminan 10 marta qaytarilaganidan keyin yod olingan
bo‘ladi. O‘quvchilarga “Bu nima?”, “Bu nima deb nomlanadi?” ko‘rinishidagi
savollari beriladi. Keyin mazkur predmetning xonadagi joyi, rangi, shakli,
materiali haqida savollar so‘raladi.
4. o‘quvchilar o‘qituvchi bilan birga qaytarishlari lozim bo‘lgan kartinka bilan
bog‘liq tasvir beriladi.
5. matnning (leksik va gramatik) tahlilini qo‘shgan holda turli mashqlar
o‘tkaziladi.
6. barcha mashqlardan keyin dialog ko‘rinishida qayta ishlanadi va
o‘quvchilarga yod olingan til materialini qo‘llagan holda o‘zi haqida gapirib
berish taklif qilinadi.
Chet tilini o‘qitish metodikasi yangi davrining boshi 20 yuzyillikning 3-
o‘nyilligi bilan belgilanadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan metodlar-isloh metodlari ham o‘z kelajak
rivojlanishlarini oladilar. Asosiy maqsadga bog‘liq holda ular quyidagi turlarga
bo‘linadi:
a) produktiv o‘qitish metodlari
b) tilni reseptiv bilish. Birinchi tur orasida G. Palmerning og‘zaki metodi,
audiolingval va audiovizual metodlari salmoqli o‘ringa ega.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan metodlar chet tilini o‘qitish metodini yaxshi
saralangan til materiallari asosida quradilar. G. Palmer boshchiligida (G. Palmer
ingliz tili bo‘yicha darsliklar tizimi va qo‘llanmalar, o‘quv lug‘atlar va grammatika
muallifi) ilk bor metodikada o‘quv maqsadlari bo‘yicha leksik material prinsipi
asoslanadi (o‘z asosiga ega bo‘ladi).G. Palmer fikricha, maktabdda o‘qish ob’ekti
bo‘lib matnlar, jiddiy saralangan lug‘atlar asosida taqdim etilgan adabiy
so‘zlashuv tili hisoblanadi. Ularni tanlash uchun G.Palmer quyidagi prinsiplarni
taklif etadi:
1. chastotalik (ko‘p ishlatilish) - leksik birliklarni boshqalariga nisbatan izchil
qo‘llanilishi
15
2. struktural muvofiqlik - leksik birliklarning jumlaning boshqalari bilan
munosibligi sifatida layoqat
3. konkretlilik – konkret tushunchalarni anglatuvchi leksik birliklarni birinchi
navbatda minimum ichiga kiritish, zero ularnitashqi ko‘rinish vositalari yordamida
semantizatsiyalash mumkin.
4. proporsionallik (Nisbiylik)– nutqning turli qismlari minimumda tibiiy tilda
taqdim etilgan nisbatda bo‘lishi lozim.
5. maqsadga ongli ravishda mos kelish- agar leksik birlik bayon etilgan
prinsiplariga muvrfiq javob bermasa ham uni minimum ichiga kiritish mumkin,
agar u tanlab bo‘lingan so‘zlar bir semantik guruh ni tashkil qilsa (mas., “bir”,
“ikki”, “uch” va boshqa sonlar bilan bilan bir qatorda ular u qadar tez-tez
qo‘llanuvchi bo‘lmasada, millionlar ham qo‘shiladi).
G. Palmer chet tili kursidan qat’iy nazar (kursiga bog‘liq bo‘lmagan tarzda) har
doim og‘zaki nutqdan boshlash lozim deb hisoblaydi. U aktiv va
passivprinsiplariga diqqatni qaratadi. Aktiv ishga u gapirishni va yozuvni, passivga
o‘qish va tinglashni nisbat qiladi (kiritadi). Ona tilini bilishni aktiv qo‘llashdan
(ko‘ra) passiv qabul qilishning vaqti uzoqroq bo‘lganligidan kelib chiqqan holda,
G. Palmer dastlabki eshitib passiv qabul qilish prinsipini ko‘rib chiqadi.
O‘qitishning boshlang‘ich bosqichiga muvofiq tarzda“inkubasion davr” deb
nomlangan davrni kiritish lozim,bunda uquvchilar nutq oqimida “cho‘miladilar”,
o‘uituvchining chet tilidagi nutqini tinglab, gapiralayotganni umumiy ma’nosini
anglashga xarakat qiladilar.
Chet tilini bilishga ongli ravishda erishi ham mumkinligini yo‘l qo‘ygan hoda,
G. Palmer intuitiv, ong osticha (o‘rganiladigan) yo‘lni tan oladi. U o‘quvchilarning
intuitiv tushunish qobiliyatlarini rivojlantirish uchun chet tilidagi nutqni jest,
mimika va predmetlarni ko‘rsatgan holda nazorat ostida eshitishni taklif qiladi.
Tilni intuitiv o‘zlashtirishga (so‘zlar, jumla va dialoglarni) yodlab olish ham
layoqatni uyg‘otadi. G. Palmer og‘zaki metodning quyidagi xarakteristikasini
taqdim etadi: og‘zaki metod “ishning qanday yozma shakli bo‘lmasin ... o‘qish
uchun qandaydir materiallarning yo‘qligini... istisno etadi.. o‘quvchilarda tilning
intuitiv o‘zlashtirish layoqatini oshiruvchi ish shakllarini ko‘zda tutadi”
2
.
Tilni reseptiv bilishga o‘qitish metodlari
M. Uest 20 yuzyillikning 20-30-yillarida o‘z tizimini qayta ishlab chiqdi. U
“o‘qishni o‘qib turib o‘rgan” tezisini ko‘tarib chiqdi, matnlarga e’itbor beradi, zero
ular (o‘qituvchi emas)o‘quvchilarga o‘rgatadi. Darsda o‘quvchining asosiy faolyat
turi – o‘qishdir, shuning uchun M. Uest matnlarning tuzilishiga asosiy e’tiborni
qaratadi, zero o‘quv jarayonini boshqarish, uning fikricha, darslik orqali amalga
oshiriladi (o‘qituvchi faqatgina darsni boshqarish lozim bo‘ladi).
M. Uest o‘qitishdan maqsad tarkib (mundarija, mazmun) ning umumiy tutish
orqali(matnning umumiy mazmunini tushungan holda) ichda tez o‘qish bo‘lishi
lozim deb hisoblaydi, kitobni o‘quvchi detallarga e’tiborni qaratmay, faqat asosiy
mazmunni kuzatishi lozim. o‘qishning aynan shu turin (boshqasi emas)ni darsning
birinchi kunlaridanoq rivojlantirish lozim.bu maqsadga erishi uchun M. Uestning
2
9Палмер Г. “Устный метод обучения иностранным языкам”. М. 1960г. Стр.14
16
fikricha, ishning maktabda odat bo‘yicha qabul qilingan yaroqsiz ko‘rinishidir: va
ovoz chiqarib o‘qish va “kuzatuvchi o‘qish” (m. Uestn kiritgan atama) o‘quvchini
har bir so‘zga diqqat qilishga o‘rgatadi, bu esa ravon o‘qish rivojiga to‘siq bo‘ladi
3
.
Shuning uchun ishning asosiy qabuli sifatida poiskovoy(izlovchi) o‘qishni qo‘lash
taklif etiladi, u orqali o‘quvchi ko‘zi bilan matnni mkayyan fikr yoki faktni izlab
ko‘rib chiqadi.
Matnlar ortida ikki funksiya o‘rin oladi: a)o‘quvchilarda izdlvchi o‘qish
malakasini shakllantirishuning asosiy chertasi deb M. Uest ravonlik va izchill
tushunish deb hisoblaydi. b) o‘quvchilarda lug‘atni yig‘ib borish, bu, uning
fikricha, o‘qishga o‘rgatishdagi asosiy muammolardan hisoblannadi.
Aralash metol (20asr) hech qanday yagona metodik tizimni namoyon etmadi.
Undan tashqari, uning ko‘pgina vakillari umuman metodni muayyan shart-
sharoitlar ta’sirida o‘zgarishi mumkin bo‘lgan,ma’lum maqsadga erishishga
qaratilgan qabul kompleksi deb hisoblaydilar(P.Xegboldt,F.Klosse).Bu yo‘nalish
izdoshlari
bevosita
va
grammatik
tarjima
metod
unsurlarini
turlicha
uyg‘unlashtiradilar(E.Otto,A.Bolen,K.Flagstad,P.Xegboldt,
F.Leyzinger,
F.Klosse).Ularni barchasini bir qator xolatlarni umumiyligi birlashtiradi, bu esa
ularni bir yo‘nalishga mansub deyish uchun asos bo‘ladi.
Bizning respublikamizda chet tiliin o‘qitish tarixi 6 davrga bo‘linadi
4
.
1-
davr-19 asrning 70-yillaridan to 1917 yilgacha
2-
davr-1917yildan 1930 yi boshigacha
3-
davr-1930yil-40-yillarning birinchi yarmi
4-
davr-40-yillarning o‘rtalaridan 60-yillar boshigacha
5-
davr-1960 yillardan to 1970 yillar oshigacha
6-
davr-1970 yil boshidan to bizning kunimizning 1970-yiligacha
Chet tilini o‘qitishning metodika sohasidagi ilmiy izlanishlar bizning
respublikamizda 1950 yillar o‘rtasida boshlanadi. Bu davrda “O‘zbek metodikasi”
tushunchasi paydo bo‘ladi. Bu davrga respublikada oiginal darslik va qo‘llanmalar
, ilmty-metodik adabiyotlar bo‘lmay, rus tiliga ixtisoslashgan maktablar uchun
mo‘ljallangan metodika qo‘langan.
“O‘zbek metodikasi” sohasidagi ilmiy-aktiv tadqiqot ishlari 70-yillar
boshlaridan o‘tkazila boshlandi va hozirgi kunda ham muvaffaqiyatli tarzda olib
borilmoqda. Respublikamizning qator metodist-olimlarning ishlari mavjud bo‘lib,
ular Muxtor Eshlnxonovich Umarxujaev, Jamoliddin Buronov, O‘tkir Yusupov,
qahramon Sattorovich Taymetov, Qudrat Musaev va boshqalardir.
Savollar:
1.
Chet tilini o‘qitish metod tarixi haqida nima bilasiz?
2.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan metodlarni tavsiflab bering.
3.
Aralash metol haqida gapirib bering.
4.
Chet tilini o‘qitish metodikasining respublikamizdagi tarxini gapirib
bering.
3
Биринчисини у оғзаки нутқни (ўқишни эмас) ўқитиш воситаси сифатида қўллайди, иккинчисини эса тўлиқ
дарс жараёнидан истисно этади.
4
Методист Римма Александровна Зарипова
17
Adabiyotlar:
1. J. Jalolov. “chet tilini o‘qitish metodikasi”, o‘qituvchi, 1996 y. 66-72-betlar
2. R. A. Zaripova “chet tillar metodikasidan qo‘llanma”. Toshkent. O‘qituvchi.
1986. 67-119-betlar
3. M. V. Lyaxovsikiy, A. A. Mirolyubov “chet tilini o‘qitish metodikasi o‘rta
maktabda”, “Oliy maktab”, 1982y, 100-139-betlar.
Ma’ruza № 3
Sharq tilini o‘qitish vositalari
Darsning o‘quv maqsadi: o‘qitishning asosiy vositalari, yordamchi vositalar,
fonogrammalar va ularning turlari, o‘qitishning an’anaviy metodi, noan’anaviy
metodi, “O‘qitishning vositalari” tushunchasini, o‘qitishning kompyuter vostalari
va boshqa ko‘rgazmali qurollardan foydalanish kabi muhum tomonlarini
tushuntirish.
Tayanch so‘zlar:
Til informatsiya
Vosita fonogramma
Urf bo‘lgan muhit
Material chet tillik
Kanal ovoz yozish
Asosiy savollar:
1. O‘qitishning yordamchi vositalari
2. Fonogrammalar. Fonogramma turlari
3. Chet tili darsligi va uni tavsiya etish
Sharq tilini o‘qitishning yordamchi vositalari deganda barcha materiallarni,
o‘qitish maqsadlarini tayin etishda va rasional vaqt ichida minimal kuch sarflagan
holda (sarflab)muayyan masalani hal qilishga yanada muvaffaqiyatli tarzda
erishishni( masalani muvaffaqiyatli tarzda hal etishni) ta’minlovchi o‘quv
jarayonining qurollari (orudiya) tushuniladi.
Barcha yordamchi guruhlar ikki katta guruhga bo‘linadi:
1. o‘qitishning an’anaviy(notexnik) vositalari
2. zamonaviy texnik o‘qitish vositalari
O‘qitishning an’anaviy (notexnik) vositalari.
Axborot kirib
kelish kanali
“O‘qitish vositasi” tushunchasining
tuzilmasi
Atama
O‘quv materiali
O‘quv quroli
Tinglash
(eshitish)
Ko‘rish
Moddiy
dunyo
ob’ektlari.
Moddiy dunyo
ob’ektlari.
Ko‘rgazma
qo‘llanmalar.
18
Moddiy
dunyo
ob’ektlarinistatik
tasviri.Yozuv
shaklida xorijiy va
ona tili.
Rasm, kartina,
otkritkalar.
Darslik, o‘quv
qo‘llanma, daftar,
plakat,jadvallar.
Inson hulqining
tashqi ,tilga tegishli
bo‘lmagan omillar
Inson a’zolari
Bir paytning
o‘zida tinglash va
ko‘rish
Tabiy
og‘zaki
nutq(ona
yoki
xorijiy til)
Insonning nutq
a’zolari
Sharq tillarini o‘qitishda an’anaviy o‘qitish vositalari ichida informatsiyani
faqatgina eshitish kanali orqali tanishtirishga yo‘naltirilgan vosita mavjud
emasligiga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir.
O‘qitishning zamonaviy texnik vositalari
A
xboro
t kirib
kelish
kanali
“O‘qitish vositasi” tushunchasining tuzilmasi
Atama
O‘q
uv
material
i
O‘quv quroli
Texnik qurilma
Ti
nglas
h
(eshit
ish)
Ona
va
xorijiy
til
og‘zaki
shaklda
Magnit
lenta,
disk, radioto‘lqinlar
Musiqa
sentri,magnitofon,diktofon,r
adiopriyomnik
fonogra
mma
K
o‘rish
Atrf
dunyo
ob’ektla
rini
tasviri
.Yozuv
shaklid
a
xorijiy
va ona
tili.
Slayd,
diafilm,kinotasma,v
ideotasma.
Ovoz
berilmagan
rasm,
kartina,
otkritkalar.
Prektor,
videomagnitofon,filmoskop
fotogra
mma
Bi
Pred
Ovoz
berilgan
Videomagnitofon,televiz
videofon
19
r
paytn
ing
o‘zid
a
tingla
sh va
met,
nutq
vaziyatl
arini
tasvirla
sh
uchun
“mexan
ik
og‘zaki
nutq”
kinotasma,magnit
tasma,radioto‘lqin
or
ogramma
Mana shu tarzda o‘qituvchi darsda metodik reja asosida o‘z ishida uch texnik
vositani qo‘llay oladi: fonogramma, fotogramma va videoongramma.
Fonogramma deb o‘qitishning proekt apparati yordamida namoyish etiladigan,
nutqiy informatsiyani ko‘rish kanali orqali yo‘naltiruvchi yordamchi vositaga
aytiladi.
Videofonogramma deganda ovoz-nur texnik jihoz yordamida namoyish
etiladigan va nutqiy informatsiyani ko‘rish va eshitish kanali orqali yo‘naltiradigan
yordamchi vosita tushuniladi.
Ko‘rgazma qurollari o‘laroq yordamchi vositalarning qo‘lanishi yangi leksik
birliklarning semantizatsiyasi vaqtida yoki grammatik materialni tushuntirishda
muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Chet tilida og‘zaki nutq malakasi va ko‘nikmasini
rivojlanish uchun syujet, voqea va dialoglarning rivojlanish chizig‘i talab
qilinadi.... o‘hshash holatlarda o‘quvchilar bayon eti shakli ustida
ishlaydilar, mundarija asosi ko‘rgazma vositalari haqida to‘liq yoki qisman
ma’lumot beradi.
Ishning bu shakli 5-8 sinflarda sharq tillarini o‘qitish uchun xarakterlidir, 9-12-
sinflarda urf bo‘lgan ko‘rgazma vositalari va fotogramma og‘zaki nutqning malaka
va ko‘nikma rivojlanishi uchun tez-tez qo‘llaniladi.
Agar dars davomida tasma ovozni keng qo‘llansa, quyidagilar o‘zlashiladi:
1.
fonogramma va videofonogramma yordamida muvaffaqiyatli tarzda
sun’iy chet tili muhiti amalga oshiriladi.
2.
o‘quv jarayonida fonomaterialni keng qo‘llash natijasida sharq
tillarini o‘qitish yanada to‘laqonli ravishda amalga oshadi. O‘qitishga bu tarzda
yondashish orqali o‘quvchilarda tinglanayotgan nutqda yodga olinadigan
voqealarda ishtirok etish hissi, tasavvuri shakllanadi.
3.
Ohzaki nutqni o‘qitishdagi asosiy vazifalardan biri-o‘quvchini chet
tilidagi nutqni yaxshi audirovat qilishga o‘rgatishdir. Bu holatga o‘quvchi yetarli
20
darajada keng ko‘lamdagi (doirali) turli shaxslardagi ovozli nutqlarini tushuna
olgandagina amalga oshishi mumkin. audirovik doirasiga erishish uchun birgina
yo‘l mavjud: o‘quvchilar tez-tez fonomaterial assida mashqlar
bajarishlari lozim.
chet tili og‘zaki nutqini o‘qitish uchun fonomashqlarning uyidagi turlari
ajratiladi:
fonogrammaning birinchi turi – o‘qitishning birinchi bosqichida, ya’ni
audirovka malakasi shakllantirish ishlari o‘tkazilganda lozim bo‘ladi.
Ikkinchi turi –ajratilgan (alohida) til birliklari ko‘rinishida taqdim qilinmagan,
balki bog‘langan nutq ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Uchiinchi turi – biror izoh va tushuntirishsiz “tabiiy”dialogni namoyon etish
imkonini beradi.
Mavzuga oid nutq suhbatdosh bilan muloqotnin dinamikasi shaklning bu turi
o‘qitishning prodvinutiy bosqichida tavsiya qilinadi.
Beshinchi tur – grammatik material ustida ish olib borishda til materialini
bilishda foydalaniladi. Bunday mashqlarni bajarish o‘quvchilarga davomiy
gapiradigan narsalarni yaxshilab anglash da yordam beradi. O‘zlashtirish darajasi
eshitiliuvchi fonomaterial imitatsiya qilish yo‘li bilan tekshiradi.
Metodikada zamonaviy chet tili darsligiga qo‘yilgan 7 ta asosiy talablar
ko‘rsatiladi:
1.
tizimlilik va bekamlilik
2.
o‘qitish bosqichlari xususiyatlarni hisobga olish zaruriyati
3.
darslik materialining ...
4.
ona tili xususiyatlarining hisobga olinishi
5.
darslik materialini tanlashga ilmiy asoslangan holda yondashish
6.
darslik materialining nutqiy yo‘nalganligi
7.
konsentrik va siklik tuzilish
Darslik o‘quvchi uchun o‘ziga xos do‘st, o‘zgacha hisoblanadi. darslik asosiy
tarkibi mashqlar tashkil qiladi. Darsliklar o‘qitishga to‘liq yondashuvni aks
ettiradi, bu amaliyotda nutq faoliyatining barcha to‘rt ko‘rinishini bilan paralel
ravishda o‘qitishni bildiradi, to‘rt ko‘rinish audirovka, gapirish, o‘qish va
yozishlardir.
Lekin qo‘llanma sifatidagi chet tilini o‘qituvchi (o‘rgatuvchi) darslik
eshitiluvchi nutqni yetkazib bermaydi. Shuning uchun darslikka tamosha
qilinadigan va eshitiladigan informatsiyalar sinxron tarzda yozilgan videofilm,
videokassetalarni ilova qilish lozim.
Kitobning o‘qituvchi oldidagi asosiy vazifasi uning oldiga o‘quvchilar kitobida
bayon etilgan barcha o‘quv vazifalarni to‘g‘ri hal etish va maqsadni yanada
tushununishga yo‘naltirilgan konkret metodik tavsiyalar qo‘yish, o‘qituvchiga
darslarni, alohida darslarni metodik savodli ravishda (gramotno) qurishda yordam
qilishdan iboratdir.
Savolar:
2.
o‘qitishning yordamchi turlari haqida gapirib bering.
3.
fonogrammaning qanday turlarini bilasiz?
21
4.
chet tilidarsliklari qanday tayin etiladi?
Adabiyotlar:
1. J. Jalolov. “Chet tili o‘qitish metodikasi”, 87-96-betlar
2. N. I. Gez., M. V. Lyaxovshkiy, “Metodika obuchenii in. Yazqk vershnqx
shkol”, str. 74-99.
Do'stlaringiz bilan baham: |