O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana02.03.2020
Hajmi0,98 Mb.
#41358
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
arab tilini oqitish metodikasi


To‘pni oling, so‘zni ayting 

Bu  o‘yin  qiz  bolalarning  yoshligida  to‘pni  bir-biriga  otib  o‘ynaydigan  o‘yinga 

o‘xshaydi.  Mazkur  o‘yin  o‘qituvchi  tomonidan  sinfda  o‘tkaziladi.  O‘qituvchi 

qo‘lidagi to‘pni o‘quvchilarga tezda otib, o‘zbekcha so‘zni aytadi, o‘quvchi to‘pni 

olishi  bilanoq  o‘sha  so‘zning  arabchasini  aytib,  to‘pni  yana  o‘qituvchisiga 

qaytaradi. Bu o‘yinni  o‘quvchi-talabalar olib borishiga ham ruxsat berish mumkin. 

Bunda  o‘qituvchi  o‘yinni  kuzatib  turadi.  Bu  o‘yinning  ham  o‘ziga  xos  qoidalari 

mavjud  –  bir  so‘z  ikki  marta  takrorlanmasligi  lozim,  javob  berayotgan 

o‘quvchilarga yordam berish ta’qiqlanadi, javob to‘pni qo‘lga olishi bilan berilishi 

lozim.  Agar  javob  belgilangan  muddatda  o‘quvchi  tomonidan  aytilmasa,  u 

o‘yindan chiqadi. Qaysi o‘quvchi o‘yinning boshidan oxirigacha xatosiz va tezda 

so‘zni ayta olsa, o‘sha o‘quvchi g‘olib deb topiladi.  

Bu  o‘yin  o‘quvchilarni  faollikka  va  hozirjavoblikka  o‘rgatadi.  Bunday 

xislatlarni o‘quvchilarda shakllantirish dolzarb masala hisoblanadi. 

 

“Sirli rishta” o‘yini 

O‘yinning  boshida  o‘qituvchi  bu  o‘yinnig  vazifasini  tushuntiradi.  O‘yinga 

avvaldan  tayyorgarlik  ko‘riladi.  O‘yinga  kerak  bo‘lgan  4-5  xil  rangdagi  iplar 

hozirlanadi.  Masalan,  10ta  qizil  ragdagi  ipning  har  biriga  bittadan  jami  10ta 

arabcha  maqollar  yozilgan  karton  yoki  qalin  qog‘iz  ulab  qo‘yiladi.  4xil  ipga 

10tadan maqol yozilgan qog‘oz bilan birlashtirilsa, jami 40ta maqollar to‘planadi. 

Iplarning  ikkinchi  uchi  tortish  uchun  tayyorlab  qo‘yiladi  maqollar  yozilgan 

qog‘ozlar did bilan yasalgan bir qutining ichiga joylashtiriladi. O‘yin boshlanadi. 

O‘quvchilar  stol  ustidagi  qutidan  chiqib  turgan  4xil  rangdagi  iplarning  4xilidan 

bittadan tortadilar va ana shu 4ta arabcha maqolni olib joylariga o‘tiradilar va ular 

o‘z guruh a’zolari bilan har bir maqolni o‘zbek tiliga tarjima qilish va uni sharhlab 

berish uchun tayyorgarlik ko‘radilar. Agar tortilgan ipning o‘rtasida tugun bo‘lsa, 

o‘sha guruh 5 ball yo‘qotgan bo‘ladi. Agar javob berish jarayonida har bir arabcha 

maqolning  o‘zbekcha  o‘xshashini  ham  keltirsalar,  bu  ish  maqtovga  sazovor 

bo‘ladi. 

Mazkur o‘yin – darsning maqsadi – o‘quvchi talabalarning avvaldan yodlagan 

arabcha maqollarini qanday o‘zlashtirganliklarini sinashga qaratilgan. Bu usuldagi 

sinovni har bir o‘quvchi uchun yoki guruhlarga bo‘lib ham o‘tkazsa bo‘ladi. 

O‘yinning oxirida o‘qituvchi unga yakun yasaydi va guruhlarni baholaydi. 

 

Adabiyotlar: 



7. 

J.  Jalolov.  “chet  tilini  o‘qitish  metodikasi”,  “O‘qituvchi”  nashriyoti. 

1996. 14-bet 

8. 


Lebedev V.V “Arabskaya grammatika ” M. 2007 

9. 


Dubinina.N.V , Kovirshina.N.B “Uroki arabkogo yazika” M. 2004 

10. 


Abdussamad Gammuh. “Arabskiy yazik v dialogah” M. 2006 

 

41 


11. 

lyaxovidskiy.M.V “Metodika predpodavaniya in. yazokov” M. 1981 

 

Savollar: 



1)  o‘quv o‘yinlarning tarbiyaviy vazifasi haqida gapiring; 

2)  rus pedagoglarining o‘yin haqidagi fikrlarini sharhlab bering; 

3)  o‘yinning didagtik maqsadi haqida gapiring; 

4)  o‘yin tuzilmasi haqida gapiring. 



 

 

 

 

 

Ma’ruza № 8 

 

Arab tili darslarida jumlalarni tahlil qilish mavzusini o‘tish 

 

Darsning  o‘quv  maqsadi:  jumlalarni  tahlilqilish  daqsadi,  tahlil  qilishning 

ahamiyati,  sintaktik  tahlil  yo‘llari,  ismiy  va  fe’li  jumlalalrni  tahlil  etishdagi  farq, 

jumlalalrni arab tilida tahlil qilish yo‘llari va ahamiayti, tahlilda jumlaning o‘ziga 

hosligi, B.M.Grandening ismiy va fe’liy jumlalarni tarjima qilish haqidagi tahlilini 

talabalarga yetkazish. 

Tayanch iboralar:  

1)  tahlil yo‘llari; 

2)  arab tilidagi tahlil; 

3)  o‘zbek tilidagi tahlildan farqi; 

4)  ismiy jumla; 

5)  fe’liy jumla; 

6)  uning o‘ziga hos hususiyati. 

Asosiy savollar: 

1)  jumlalarni arab tilida tahlil qilishning o‘ziga hos hususiyatlari; 

2)  ismiy va fe’liy jumlalarning tahlil etishning hususiyatlari va farqlari; 

3)  jumlalarni tahlil qilishda chizma va jadvallardan foydalanish. 

Ma’lumki,  barcha  tillarda  bo‘lganidek,  arab  tilida  ham  jumlalarni  sintaktik 

tahlil  qilish  katta  ahamiyatga  ega.  Jumlalarni  to‘liq  tahlil  qila  olish  arab  tili 

mutaxassislarining birinchi va asosiy ishi bo‘lmog‘i kerak. Buning uchun arab tili 

grammatikasidan  yetarli  darajada  bilim  va  malakaga  ega  bo‘lish  talab  etiladi. 

Chunki, arab tili grammatikasini bilgan kishigina julalarni to‘g‘ri tahlil qila oladi. 

Sintaktik  tahlil  shunday  boshlanadi:  gapning  sodda  (yig‘iq,  yoyiqligi),  darak, 

so‘roq,  undov,  qo‘shma  gapligi  aytiladi.  Murakkab  gap  bu  sodda  yoyiq  gapdir. 

Qo‘shma gap bir necha sodda gaplardan tuzilgan bo‘ladi, qo‘shma gap esa bosh va 

ergash  gapdan  iborat  bo‘ladi.  Masalan,  ergash  gapli  qo‘shma  gap  ikkita  gapdan 

tuzilgan bo‘lib, ular o‘rtasida mantiqiy aloqadorlik mavjud. 

Shundan keyin har bir gap bo‘lagi bosh bo‘lak va ikkinchi darajali bo‘lak, bosh 

gap  va  ergash  gaplar  tarkibidagi  so‘zlarning  tahlili  boshlanadi.  Bunda  gaplardagi 


 

42 


har bir so‘z so‘roq berish yo‘li bilan qaysi so‘z turkumiga taalluqli ekanligi aniqlab 

olinadi va ularning ostiga tegishli tinish belgilari chiziladi. 

Jumlalarni tahlil qilishdan avval gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarini 

belgilashda ishlatilaridigan quyidagi tinish belgilarini o‘rganib olmoq zarur.  

 

Ega 


 

Kesim 


 

To‘ldiruvc

hi 

 

Aniqlovchi 



 

Hol 


 

Bosh so‘z 

 

Ergash so‘z 



~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ 

Bosh gap 

 

Ergash gap 



 

 

Agar  jumlaning  kesimi  ot,  sifat,  son,  olmosh,  ravish,  otlashgan  sifat  va 



sifatdosh,  masdar, egalik iboralari (انل ،كل ،يل)  yoki predlogli ot orqali ifodalangan 

bo‘lsa  (ya’ni  arab  tilidagi  “ism”  turkumiga  kirgan  so‘zlar  kirsa)  ismiy  jumla 

deyiladi.  Arab  tilidagi  sodda  ikki  tarkibli  ismiy  jumla  B.k.  da  turgan  ismdan 

tuziladi.  

Ismiy  jumlaning  tuzilish  tartibi  shunday:  avval  ega  aniq  holatda,  keyin  esa 

kesim  noaniq  holatda  keladi.  Ismiy  jumlada  kesim  ega  bilan  jinsda,  sonda  va 

kelishikda moslashadi. 

Ismiy  jumlani  tahlil  qilishda  ega  va  kesimning  arabcha  nomini  bilish  zarur. 

Ismiy jumlaning egasi أدتبملا, kesimi esa, 

ا

ربخل  deb nomlanadi. Quyidagi misollarni 

yodda saqlang: 

 

ربخلا

 

أدتبملا

 

دراب

 

وجلا

 

ملعم

 

انأ

 

 ةرجشلا قوف

 

ريطلا

 

مكيلع

 

ملاسلا

 

تومي

 

ناسنلإا

 

ةديعس

 

يه

 

لله

 

دمحلا

 

رون

 

ملعلا

 

لدتعم

 

  وجلا

 

ذيذل

 

ماعطلا

 

Izoh: Arab nahvchilarining qoidalari bo‘yicha jumla ism bilan boshlansa, ismiy 

jumla,  fe’l  bilan  boshlansa,  fe’liy  jumla  deb  ataladi.  Agar  birinchi  o‘rinda  ism 

kelib,  undan keyin  fe’l  kelsa ham,  bunday  jumla  ismiy  jumla  deb  atalaveradi.  Bu 

holat hozirgi arab tili grammatikasi qoidasiga  ziddir. Masalan, yuqoridagi  ناسنلإا


 

43 


تومي  jumlasini  fiz  fe’liy  jumla  deb  hisoblaymiz.  Arab  nahvchilari  esa  uni  ismiy 

jumla deb ataydilar. 

Demak, ismiy jumlaning tahliliy sxemasi quyidagicha: ربخلا + أدتبملا 

Fe’liy jumlaga kelsak, uning egasi لعافلا, kesimi لعفلا, to‘ldiruvchi   لوعفملا



هب

 deb 


ataladi. Quyidagi fe’liy jumlalarning tahliliga e’tibor bering va yodlab oling. 

 

هب لوعفملا



 

لعافلا

 

لعفلا

 

يهجو

 

  تْــ

 

لسغ

 

ةلاسرلا

 

  تْــ

 

بتك

 

سردلا

 

 ْت ــ

 

مهف

 

ناجنفلا

 

ا ــ

 

رسك

 

قافرلا

 

ا نْــ

 

دعاس

 

 

هب لوعفملا



 

لعافلا

 

لعفلا

 

سبلاملا

 

ملأا

 

تلسغ

 

ناسنلإا

 

الله

 

قلخ

 

لاملا

 

صللا

 

قرس

 

ملفلا

 

دمحم

 

دهاشي

 

 

Demak fe’liy jumlaning tahliliy sxemasi quyidagicha bo‘ladi: 



 

To‘ldiruvchi

 

لوعفم

 

+

 

Ega

 

لعاف

 

+

 

Fe’l 

لعف

 

 

Endi ismiy jumlani arab tilida tahlil qilishga o‘tsak bo‘ladi.  



سيردتلا ةفرغ  يف سلاج بلاطلا – “Talaba auditoriyada o‘tiripti” jumlasining tahlili 

quyidagicha bo‘ladi: 

 

سيردتلا

 

ةفرغ

 

يف

 

سلاج

 

بلاطلا

 

 هيلإ فاضم

 ةملاعو رورجم

ةرسكلا هرج

 

 رورجم مسا

 ةملاعو فاضمو

ةرسكلا هرج

 

رج فرح

 

 عوفرم ربخ

 هعفر ةملاعو

ةمضلا

 

 عوفرم أدتبم

 هعفر ةملاعو

ةمضلا

 

 

رغ  يف  نوسلاج  نودهتجملا  بلاطلا



ةرينملا  سيردتلا  ةف

  –  Tirishqoq  studentlar  yorug‘ 

auditoriyada o‘tirishipti. 

 

ةرينملا

 

سيردتلا

 

ةفرغ

 

يف

 

نوسلاج

 

دهتجملا

نو

 

بلاطلا

 

 تعن

 رورجم

 هرج ةملاعو

ةرسكلا

 

 فاضم

 رورجم هيلإ

 هرج ةملاعو

ةرسكلا

 

 مسا

 رورجم

 فاضمو

 هرج ةملاعو

ةرسكلا

 

 فرح

رج

 

 ربخ

 عوفرم

 ةملاعو

واولا هعفر

 

 تعن

 عوفرم

 ةملاعو

واولا هعفر

 

 أدتبم

 عوفرم

 ةملاعو

 ةمضلا هعفر

 عمج هنلأ

ريسكت ركذم

 


 

44 


 

Yuqoridagi  jumlalarning  tahlili  va  qoidalaridan  shunday  xulosaga  kelish 

mumkinki,  ismiy  jumla  bilan  fe’liy  jumla  ega  va  kesimlarining  nomlari  o‘rtasida 

farq bor ekan. Ismiy jumlaning egasi أدتبملا, kesimi ربخلا deb nomlansa, fe’liy jumla 

fe’l  bilan  bog‘liq  bo‘lganligi  uchun  kesim  ham,  ega  ham,  to‘ldiruvchi  ham  لعف 

o‘zagidan  yasalgan:  kesim  لعفلا,  ega  لعافلا,  to‘ldiruvchi  esa,  هب  لوعفملا  deb 

nomlanadi. 

Sodda  yoyiq  jumla  ikkita  B.k.  dagi  ismdan  iborat  bo‘ladi.  Bunday  gap  egasi 

o‘rnida ism ma’nosida keladigan hamma so‘z turkumi turishi mumkin. 

Arab  tilida  intonatsiya  muhim  o‘rin  tutadi-  ovoz  egada  ko‘tarilib,  kesimda 

pasayadi. 

 

Ismiy jumla  kesimining qoidasi 

Ismiy jumla  kesimi quyidagilardan ifodalangan bo‘lishi mumkin:  

1.  Otdan جرفلا  حاتفم  ربصلا  ،ةمصاع  دنقشط

 

  -  Sabr  osoyishtalikning  kalitidir, 



Toshkent poytaxtdir. 

2.  Olmoshdan  



 تنأ مجرتملا - Tarjimon sen. 

3.  Sifatdan  ضيرع عراشلا

 

 - Ko‘cha kengdir. 



4.  Sondan رشع انثا جوربلا - Burjlar 12 tadir. 

5.  Sifatdoshdan  حوتفم باتكلا

 

 - Kitobochiqdir. 



6.  Predlogli  ot  orqali  ifodalangan  kesim  (bunda  o‘rin  va  payt  ma’nolarini 

anglatadi)  ةسردملا يف وه ،ناتفرغ تيبلا يف

 

 - Uyda ikkita xona bor, u maktabda. 



7.  Ravishdan كلاح فيك ،ًادغ جورخلا - Chiqish ertaga, ahvoling qalay. 

8.  Aniq holatdagi otdan 



ذه

بتاكلا وه لجرلا ا  - Bu kishi yozuvchidir. 

9.  Ba’zan  ismiy  jumla  kesimini  birikuvchi  olmosh  yoki  moslashmagan 

aniqlovchi aniqlab kelishi mumkin.  هرتفد اذهو ميلس باتك اذه - Bu Salimning kitobi, bu 

esa  uning  daftaridir.    Bunday  jumlalarda  kesim  ish-harakatning  o‘rnini  yoki 

predmetning joyini anglatadi. Kitob u yerda - كانه باتكلا 

10. Agar  kesimdan  oldin  ل  predlogi  kelsa,  aloqadorlik,  tegishlilik  ma’nolarini 

bildiradi. عناصم لامعلل - Ishchilarning zavodlari bor. 

Agar bu jumladagi ega va kesim o‘rinlari almashtirilsa, shunday bo‘ladi: 



ا

 عناصمل

لامعلل - Zavodlar ishchilarga tegishli.  

11.  ك  predlogi  yordamida  taqqoslash,  o‘xshatish  ma’nosini  tushinish  mumkin. 



ةضفلاك هايملاو كسمك اهبارت - Uning tuprog‘i muskusdek, uning suvlari esa kumushga 

o‘xshaydi.  

12. Boshqa  turli  ma’nolarda. 

  نم  ناسنلإا  ءلاب

ناسللا

  -  Insonga  keladigan  balo 

tilidandir. ءاود ءاد لكل  -Har bir kasalning davosi bor.  

Ismiy jumlalar darak va so‘roq gaplarga bo‘linadi. 



؟اذه ام ،وه نم ،ةقشلا نيأ - kabi  so‘roq gaplarda ega o‘rnida so‘roq so‘zlar  ،نم ،نيأ

ام  kelayapti.  Kesim  esa  ko‘rsatish  va  kishilik  olmoshlari  orqali  ifodalanayapti. 

So‘roq  gapning  javobida  esa,  ega  kishilik  yoki  ko‘rsatish  olmoshi  bo‘lib  keladi. 

Bunday  jumlalarda  bosh  bo‘lak  o‘zi  bilan  moslashgan  aniqlovchi  olib  kelishi 

mumkin. 


 ةليمج ةنيدملا هذه – Bu shahar chiroylidir. 

 .رتفد اذه ؟اذه ام – Bu nima? Bu daftar. 

 

45 


.ةرجش هذه ؟هذه ام – Bu inma? Bu daraxt. 

.ةلماع يه ؟يه نم – U kim? U ishchi ayol. 

.طابض مه ؟مه نم – Ular kim? Ular zobitlar. 

Ismiy jumlaning kesimi o‘rnida predlogli yoki predlogsiz  ot yoki ravish kelishi 

mumkin 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

  



Ismiy jumlaning kesimi 

 

Predlogli ot 



ةرجش تيبلا يف 

Predlogsiz 

ot 

ريبك ءانب ةعماجلا 

Sifat 


ليوط ملفلا 

Ravish 


كانه تابوعصلا 

 

Ismiy jumla egasining qoidasi 

Quyidagi holatlarda ega doim birinchi o‘rinda turadi:  

a) agar bosh bo‘lakning ikkalasi ham aniq holatda bo‘lsa;  

O‘qituvchi mening do‘stimdir- يقيدص ملعملا 

Sening akang maktab o‘qituvchisi-

أ

ةسردملا ملعم كوخ

 

 



b) agar ega so‘roq olmoshi bilan ifodalangan bo‘lsa; 

Sening xuzuringda kim bor? - ؟كدنع نم

  

 

v) Agar kesim  



إ

 امن   yoki  الاإ  bilan cheklangan bo‘lsa; رعاش ديز امنإ – Darhaqiqat, 

Zayd shoirdir. 

g) Agar ega kelishiklarda o‘zgarmasa. Mustafo Musoni ko‘rdi -  ىسوم ىفطصم ىأر

 

 



Quyidagi  misollarda  yuqoridagi  holatning  teskarisi  bo‘ladi,  ya’ni  ega  ikkinchi 

o‘ringa o‘tib qoladi. 

a) Agar kesim o‘rnida predlogli ot kelsa; Uyda kishi bor - لجر رادلا يف 

Barcha xayrli ishlarning mukofoti bor - باوث ليمج لكل 

b) Agar gap so‘roq yoki inkor so‘z bilan boshlansa;  

Kishilar tik turibtilarmi? -  ؟لاجر مايقأ

 

 

Qishloq katta emas - ةيرقلا ةريبك ام



 

 

U yerda maydon bor -  ناديم كانه



 

 

Misollardan  ko‘rinayaptiki,  agar  ega  kesimdan  keyin  kelsa  “bor”    ma’nosida 



tarjima qilinadi.  

Arab tilidagi ismiy jumlalarda boshqa tillarga o‘xshagan fe’l-bog‘lovchi yo‘q.  

Bunday  jumlalarda  predikativ  bog‘lanish  –  moslashmaslik  ko‘rinishiga  ega  , 

ya’ni ega لا bilan, kesim esa,   



لا siz turadi. Rus tilidagi arab tili darsliklarda ega-

tema,  kesim-rema  deb  yuritiladi.  Ismiy  jumlada  egadan  keyin  moslashgan 

aniqlovchi  kelsa,  u  ega  bilan  jinsda  ,  sonda  va  ikkalasi  ham  B.k.  da  turadi.  Ega 

doim 1chi o‘rinda al bilan turadi va u ot, otlashgan sifat, sifatdosh  va shuningdek, 

fe’l shaklidagi  ىيحي بلغت ديزي دمحأ kabi atoqli otlar bilan ifodalanadi. M:  ،بئاغ ديزي

ةدهتجم  ةبلاطلا  ،بلاط  وه  ،يح  دمحأ  -  Zayd  yo‘q,  Ahmad  hayot,  u  talaba,  talaba  qiz 

tirishqoqdir.  

Quyidagi  ikkita  jumlani  so‘z  birikmasiga  aylantirish  uchun  kesimiga  لا 

qo‘shilsa, moslashgan aniqlovchiga-ya’ni so‘z birikmasiga aylanadi. 

Tirishqoq talaba qiz 

ةدهتجم ةبلاطلا

-

ةدهتجملا ةلاطلا

 

 - talaba qiz tirishqoqdir. 



Tirishqoq o‘rtoq 

رلا

دهتجم قيف

-

دهتجملا قيفرلا

 

 - o‘rtoq tirishqoqdir. 



 

46 


باب  اذه  ko‘rinishidagi    jumlalarni  ham  so‘z  birikmasiga  aylantirish  uchun

 

باب  

kesimiga  aniqlik  belgisi  لا  qo‘shilsa,  moslashgan  aniqlovchi  hosil  bo‘ladi,  ya’ni 

kesim باب predikativlik xususiyatini yo‘qotib, egaga aylanadi. 

Bu eshik - بابلا اذه 

Bunda اذه  ham بابلا ham aniq holatda turibdi va ikkalasi 4 ko‘rinishda- jinsda, 

sonda,  kelishikda  va  holatda  moslashayapti,  shuning  uchun  uni  jumla  emas,  so‘z 

birikmasi deb ataymiz. 

Qachon ega bilan kesimning o‘rnini almashtirish mumkin? Agar kesim o‘rnida 

ravish  (كانه  ،انه)  egalik  iboralari  va  predlogli  ot  orqali  ifodalangan  kesim  kelsa, 

ularning o‘rinlarini almashtirish mumkin bo‘ladi. 

Menda gazet bor – 

 يل ةفيحصلا



 

ةفيحص يل

 – Gazeta menda. 

Bu yerda daraxt bor  رجش انه



ة

 

Daraxt  bu yerdadir انه ةرجشلا  



كانه  ،انه  ravishlari  o‘zgarmas  shaklga  ega.  Ularning  aniq  va  noaniq  holati 

bo‘lmaydi. Uyda velosiped bor –  ةجارد تيبلا يف  



انه  وه  jumlasidagi     

وه aniq  holatda  turipti,  chunki  kesimdan  oldin  kelgan  ega 

doim  aniq  holatda  turadi.  Agar  bu  jumladagi  ega  bilan  kesimning  o‘rinlarini 

almashtiradigan bo‘lsak, bu jumla tekstdagi avvalgi jumlalarda وه o‘rnida biror ega 

eslatilgan bo‘lsa, ana shunday shakldagi jumla ishlatilishi mumkin.  وه انه jumlasi 

hosil bo‘ladi va undagi ega  وه

   noaniq holatda turipdi. Bunga asos-kesimdan keyin 

keladigan ega noaniq xolatda turadi, degan qoida. 

Misollardan  ko‘rinayaptiki,  ega  birinchi  va  ikkinchi  o‘rinda  ham  kelar  ekan, 

lekin bunday jumlalarni moslashgan aniqlovchiga aylantirib bo‘lmaydi, ya’ni وه ga 

  

لا qo‘shib  bo‘lmaydi.  Demak,  jumla  faqat  bosh  bo‘lakdangina  tuzilgan  bo‘lsa  , 



sodda yig‘iq ismiy jumla deyiladi. Agar bosh bo‘lakka ikkinchi darajali bo‘lakning  

(aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol) biror turi qo‘shilsa , sodda yoyiq  ismiy jumla hosil 

bo‘ladi.  Mazkur  jumla  egasiga  هذه  moslashgan  aniqlovchisi  qo‘shilganda 

quyidagicha jumla hosil bo‘ladi. 

Bu velosiped uydadir تيبلا يف ةجاردلا هذه 

Bu sodda yoyiq ismiy jumlaning egasi ةجاردلا ni هذه ko‘rsatish olmoshi aniqlab 

kelayapti  va  bu  ikkalasi  moslashgan  aniqlovchi  xosil  qilayapti, 

  يف


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish