O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/122
Sana01.01.2022
Hajmi2,97 Mb.
#297994
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   122
Bog'liq
wzzVRtjXaqtawYSsjn36umLR9G9UQozSJRDSuvji

 
2.10.Pitra bilan urib puxtalash usuli 
 
Pitra  bilan urib puxtalash usuli  [1]  ishlov berayotgan  muhitlarning  kinetik 
energialaridan  foydalanishga  asoslangan,  bu  muhitlar  ishlanayotgan  yuzalariga 
siqilgan havo, bosim ostidagi suyuqlik, pitra otadigan apparatlarning aylanayotgan 
kurrakchalar  yordamida  yetkazilishi  mumkin.  Pitra  bilan  urib  puxtalash  usuli 
murakkab shaklli detallarga ishlov berish va mahalliy puxtalash uchun qo‟llaniladi.  
Ishlov  berayotgan  muhit  sifatida  diametri  0,8…1,2  mmli  ДСЛ  markali 
po‟latdan  tayyorlangan  quyma  pitradan,    diametri  0,8…3,0  mmli  ШХ15  markali 
po‟lat  zoldirlardan,  diametri  50…5000  mkmli  po‟lat  mikrozoldirchalardan 
foydalaniladi.  Hozirgi  kunda  eng  samarali  usul  –  bu    mikrozoldirchalar  bilan 
puxtalash,  bu  usul  mayda  rezbalar,  kichik  ariqchalar,  o‟tish  radiuslarga  ishlov 
berishga imkon beradi.  Mikrozoldirchalar bilan puxtalash pitra va po‟lat zoldirlar 


61 
 
bilan  puxtalashga  qaraganda  ishlangan  yuzaning  kichikroq  g‟adir-budurligini 
ta‟minlaydi.  
Masalan, samolyotlarning konstruktsiyalarida ВТ6Ч, В95, 1163АТ markali 
qotishmalardan tayyorlangan yirik, murakkab shaklli, katta, ishorasi o‟zgaruvchan 
yuklanishlarda  ishlaydigan  detallar  qo‟llaniladi.  Bunday  detallarni  ishlab  chiqish 
mexanik ishlov berish murakkabligi va ichki zo‟riqishlar yig‟ilgan joylari ko‟pligi 
bilan  ajralib  turadi.  Texnologik va konstruktiv zo‟riqishlar  yig‟indisi  detallarning 
mustahkamlik  xossalariga  salbiy  ta‟sir  qilishi  mumkin.  Shuning  uchun,  sanoat 
korhonalarning  eng  muhim  vazifasi  ishonchliligi  yetarli  bo‟lgan  va  uzoq  muddat 
ishlaydigan detallarni ishlab chiqarishdan iboratdir. 
Yirik  o‟lchamli  detallarning  sirti  juda  ko‟p  qovurg‟alardan  tashkil  topgan 
bo‟lishi  mumkin,  shuning  uchun,  bunday  detallarning  kerakli  yuzalariga 
ajratadigan tekisliklar bo‟lmasa, puxtalovchi asbob bilan yetish va puxtalash ancha 
qiyin.  
Yirik  o‟lchamli  detallarni  puxtalashda  asosiy  qiyinchilik  ularning  katta 
o‟lchamlari bilan bog‟liq. Puxtalash usulini tanlash yuzalarning shakliga, iqtisodiy 
va texnologik nuqtai nazardan ma‟qulligiga bog‟liq. Jarayonning samaradorligidan 
tashqari  tanlash  mezonlariga  minimal  metal  sarfi  va  texnologik  jarayonlarning 
mukammalligi, ishlatiladigan moslamalarning oddiyligi va oson boshqa detallarga 
rostlanishi, ishlov berish rejimlarni qulay o‟zgartirish imkoniyati tegishlidir. 
Pitra  bilan  urib  puxtalash  usuli  boshqa  usullarga  qaraganda  quyidagi 
afzalliklarga  ega:  belgilangan  natijalarga  ko‟ra  jarayonni  oson  boshqarish 
imkoniyati;  asosiy  operatsiyalarning  mexanizatsiyasini  va  abtomatizatsiyani 
ta‟minlanganligi; yuqori samaradorligi. 
Detallarning  konstruktiv  xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  puxtalovchi 
texnologiyalar ishlab chiqilgan. Sxemalarning mukamalligi maksimal ish unumini 
yo‟qotmasdan sirt qatlamning kerakli sifatini  ta‟minlaydigan puxtalovchi blokdagi 
purkash  moslamalarni  joylashganligi  va  konstruktiv  yechimini  oddiyligi  bilan 
baholanadi. 
 
 
2.11rasm. Yassi yuzalarni puxtalash sxemasi. 


62 
 
Yassi yuzalarga ishlov berilganda eng ma‟qul sxema  – bu yopiq kamerali 
sxema (2.11 rasm). Kamerani ichida ish davomida 100…500 mm/min tezlik bilan 
harakatlanadigan  ejektorlar  bilan  jihozlangan  puxtalovchi  blok  joylashgan.  Bu 
harakatdan tashqari kamera ishlanayotgan yuzaga nisbatan boylama va ko‟ndalang 
harakatlanish hamda gorizontal o‟q atrofida aylanish  imkoniyatiga ega 
Ishlov  berish  yopiq  sikl  bo‟yicha  amalga  oshadi.  Ejektsion  apparat  „4‟ga 
siqilgan  havo  berilganda  ishchi  muhit  „2‟  ni  zarrachalari  ma‟lum  tezlikgacha 
tezlashadi va ishlanayotgan yuza „1‟ni bombardimon qiladi, keyin ular kamera „3‟ 
ni  tagiga  to‟planadi  va  yana  ejektorlarga  yuboriladi.Siqilgan  havo  kamera 
devorlaridagi tirqishlardan chiqib ketadi. Ishchi muhit zarrachalar tashqariga chiqib 
ketmasligi  uchun  ishlanayotgan  yuza  va  kamera  orasida    nisbiy  germetiklik 
ta‟minlanadi. 
Bikrlik  qovurg‟ali  yuzalarni  puxtalash  uchun  ikkita  bir-biridan  ishlov 
berish  jarayonni  mexanizatsiyalash  vositalar  bilan  farq  qiladigan  sxema  ishlab 
chiqilgan. Sxemaning bittasi 2.12 rasmda keltirilgan. Ishlov berilayotgan detal „3‟ 
ni  yuzalariga  nisbatan  bo‟ylama  va  ko‟ndalang  harakatlanayotgan  arava  „2‟  ni 
ustida puxtalovchi bloklar „1‟ joylashgan. 
Blok  tarkibiga  kirgan  ejektorlar  ishlanayotgan  yuzaga  nisbatan  ma‟lum 
burchak  va  ma‟lum  masofada  joylashgan.  Ular  detal  bo‟lab  bir  o‟tishda 
ishlanayotgan yuzaga ishlov beradi.  
Ishchi  muhit  sifatida  tajribalrda  asosan  qattiqligi  yetarli  va  yaxshi  plastik 
xossalarga ega bo‟lgan  diametri 0,8…1,2 mmli ДСЛ turdagi  quyma po‟lat pitra 
ishlatiladi.  Tajriba  o‟tkazish  jarayonida  puxtalanish  jadalligini  taqqoslash  uchun 
diametri  1,5…2  mmli  ШХ    markali  po‟latdan  tayyorlangan    zoldirlarni  qo‟llash 
mumkin. Zoldirlar bilan urib puxtalash jarayonida namunalarni egilishi po‟lat pitra 
bilan urganga qaraganda 13…16% ga katta bo‟ladi. Ishlab chiqarishda ishchi muhit 
sifatida yuqori mustahkamlikka ega bo‟lgan kalibrlangan po‟lat zoldirlarni qo‟llash 
maqsadga muvofiqdir.  
 
 
2.12 rasm. Bikrlik qovurg‟ali detalni puxtalash sxemasi 
 
To‟yinish  davri,  yani  namuna-guvohlarning  egilishi  deyarli  o‟zgarmay 
qolgancha o‟tgan  vaqt ochiq yuzalar uchun bosim 
р
 = 0.35…0,45 MPa da 35…40 


63 
 
soniyni, 
р
  =  0,25…0,35  MPa  da  45…60  soniyani  tashkil  qiladi.    To‟yinish 
nuqtasida butun ishlangan yuza (ishchi  muhit zarrachalarining izlari qolgan yuza)  
90…95% ni tashkil qiladi.  Konus naychadandan ishlanayotgan yuzagacha masofa 
„Ɩ‟ (Ɩ=100…250 mm) to‟yinish davriga deyarli ta‟sir qilmaydi. 
Tanlangan  ejector  turi  uchun  „Ɩ  „  ni  oshishi  bilan    vaqt  birligi  ichida 
ishlangan  sirt  maydoni  kengayadi.  Ɩ  =  100…150  mm  bo‟lganda  puxtalanish 
jadalligi  o‟zgarmaydi,  lekin  u  keskin  tushib  ketadi  „Ɩ  „  masofa  oshib  borsa  (2.13 
rasm).  Shuning  uchun  zarrachalar  chiqib  kelayotgan  tekislikdan  ishlanayotgan 
yuzagacha masofa 150 mm dan oshmasligi kerak. 
Bu  detallarni  sifatini  belgilovchi  asosiy  parametr.    Bosim  oshishi  bilan 
deformatsiya jadalligi oshadi (2.14 rasm). 
Yarim yopiq yuzalar puxtalanganda soplalar ishlov berilayotgan yuzalarga 
aniq burchak ostida o‟rnatiladi, ichku ustunlarga ishlov berilganda ishchi muhitni 
yo‟nalishini o‟zgartirish uchun maxsus moslmalar qo‟llaniladi.  
Pastda, yon tomonda va tepada joylashgan yuzalarga ishlov berilganda bir 
xil  natijani  olib  bo‟lmaydi,  chunki  pastki  ustunlarga  ishlov  berilganda 
zarrachalarning  kinetiл  energiyaning  bir  qismi  konus  naychada  yo‟qoladi. 
Qaytarilgan zarbada o‟zaro urilish energiyasi to‟g‟ri zarbaga qaraganda 10…15% 
ga  kichik  bo‟ladi.  Yon  tomoni  va  tepadagi  ustunlar  hamda  bikrlik  qovurg‟alari 
puxtalanganda hamma  yuzalar  bir  xil puxtalanishini ta‟minlaydigan ishlov berish 
rejimlarini tanlash lozim. 
Pitra  bilan  urib  puxtalash  usulida  pitra  urish  kamerasi  qo‟llaniladi.  Pitra 
otish apparatlar yordamida detallarga ishlov berish uchun dasturli boshqariladigan   
УДП-2- 1,5; УДП-2-2,5; УДП-2-3,5 markali qurilmalar ishlatiladi. 
УДП-2-3,5  markali  qurilmaning  imkoniyatlaari  juda  keng,  chunki  unda 
gabarit o‟lchamlari 32000х3500х500mmli detallarga, ya‟ni bugun mavjud bo‟lgan 
va kelajakda yaratiladigan buymlarga ishlov berish mumkin.  
 
 
 
 
 
2.13  rasm.  Namunalarning  egilish 
qiymatlarini „f ‟ishlov berilayotgan 
yuzalargacha  bo‟lgan  masofa    „Ɩ  „ 
 
2.14  rasm.    Namunalarning  egilish 
qiymatlarini  „f  ‟  to‟yinish  vaqtiga 
bog‟liqligi Ɩ = 100mm: 1 – t = 20 s;  


64 
 
bog‟liqligi  t  =  40  s:    1  -  p  =  0,25 
MPa;  2  -  p  =  0,35  MPa;  3  -  p  = 
0,45 MPa; 
2 – t = 40 s; 3 – t = 60 s. 
 

Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish