O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/122
Sana01.01.2022
Hajmi2,97 Mb.
#297994
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   122
Bog'liq
wzzVRtjXaqtawYSsjn36umLR9G9UQozSJRDSuvji

2.7. Тermomexanikaviy ishlov berish 
 
Termomexanikaviy  ishlov  berish  (TMIB)  ishlov  berilayotgan  materialga 
o‟zgaruvchan yoki doimiy temperaturada kristall panjaraning nuqsonlarini bevosita 
yoki  bilvosita  rivojlanishiga  hamda  strukturaviy  va  fazaviy  o‟zgarishlarning 
kinetikasi 
va 
termodinamikasini 
o‟zgarishiga 
olib 
keladigan 
tashqi 
deformatsiyalaydigan  kuchlarni  qo‟yishdan  iborat.  Muvozanatda  bo‟lmagan 
jarayonlar  natijasida  polikristall  materiallarning  ajoyib  fizik-mexanikaviy 
xossalarini  ta‟minlaydigan  metastabil  holatlar  vujudga  kelishi  mumkin.  Metallga 
deformatsion-termik birgalikdagi ta‟sirlarning barchasi o‟ziga xos xususiyatga ega: 
struktura  shakllanishini  fizikaviy  jarayonlari  kristall  panjaraning    nuqsonlarini 
paydo bo‟lish, yo‟qolish, taqsimlanish sharoitlarda kechadi, bu jarayonlar nafaqat 
termik,  balki  deformatsion  ta‟siri  natijasida    ham  vujudga  keladi. 
Termomexanikaviy ishlov berish – bu har xil ketma-ketlikda amalga oshiriladigan 
deformatsiya,  qizdirish  va  sovitish  operatsiyalar  majmuidir.  Bularning  natijasida, 
plastik  deformatsiya  tufayli  metal  qotishmaning  kristall  tuzilishida  kuchli 
nuqsonlar paydo bo‟ladi va oxirgi strukturasi, ya‟ni uning xossalarini shakllanadi.  
TMIBni tasniflash belgisi sifatida deformatsiyalash va termik ishlov berish 
operatsiyalar  ketma-ketligi  qabul  qilingan,  bunda  operatsiyalar  rekristallanish 
temperaturasidan yuqorida va pastda o‟tkazilishi bilan farq qiladi.  Temperaturani, 
deformatsiyalash  darajasi  va  tezligini  hamda  deformatsiyadan  keying  tutib  turish 
vaqtni  o‟zgartirib,  har  xil:  dinamik  poligonal  (ko‟pburchakli),  dinamik 
rekristalangan, statik rekristalangan strukturalarni olish mumkin.    


56 
 
Issiq  holda  deformatsiyalash  paytida  va  undan  keyin  hosil  bo‟lgan 
strukturaviy  va  substrukturaviy  o‟zgarishalr  mustaqil  kechadigan,  lekin  bir-biriga 
ta‟sir  qiladigan  qaytish,  poligonlanish  va  rekristallanish  jarayonlar  majmuidan 
iborat. Yiqori temperaturali  MTIB  dinamik  poligonlangan strukturani  martensitga 
toblash  va  keying  past  temperaturali  bo‟shatishdan  iborat.  Issiq  holda 
deformatsiyalangan  austenitning  perlit  yoku  beynit  sohalarda  parchalaadi. 
Parchalanish  o‟zgarmas  temperaturada  kechsa  yuqori  temperaturali  izotermik 
termomexanikaviy  ishlov  berish  (YuTITMIB)  vujudga  keladi.  Austenitning  issiq 
holda  deformatsiyasini  termomexanikaviy  ishlov  berish  uchun  foydalanish 
mumkin.  Bu  holda  plastik  deformatsiya  natijasida  shakllangan  austenit  sovitish 
jarayonida  martensitga  o‟tadi,  keyin  yuqori  temperaturali  ohirgi  ishlov  berishda 
yakuniy shrukturaga o‟tadi.  
Deformatsiyani  austenitni  metastabil  holatiga  to‟g‟ri  keladigan 
temperaturaviy sohada o‟tkazish past temperaturali TMIB ning mazmunidir. Agar 
parchalanish  izotermik  sharoitda  kechsa  va  perlit  va  beynit  strukturalari  hosil 
bo‟lsa, yuarayon past temperaturali izotermik termomexanikaviy ishlov berish deb 
nomlanadi.  Yuqori  temperaturali  termomexanikaviy  ishlov  berishdan  oldin  yoki 
keyin  o‟tkaziladigan  issiq  yoki  sovuq  holdagi    plastik  deformatsiya  dastlabki 
termomexanikaviy ishlov berish deb nomlanadi. 
TMIB  ning  har  xil  turlari  ma‟lum  ketma-ketlikda  ba  bir  necha  marta 
ishlatilishi  mumkin.  Deformatsiyaning  birinchi  bosqichi  austenit  stabil  bo‟lgan 
sohada  o‟tkaziladi,  plastik  xossalarni  oshishiga  olib  keladigan  austenitning 
dislokatsion strukturasini yaratishga imkon beradi. Ikkinchi bosqich rekristallanish 
temperaturadan  past  bo‟lgan  temperaturalarda  o‟tkaziladi,  bu  mustahkamlik 
xossalarini oshiradi. 
Yuzaga  maxsus  xususiyatlarni  berish  maqsadida  o‟tkaziladigan  TMIB 
butun  hajmga  ta‟sir  qiladigan  ishlov  berishdan  umuman  aytganda  farq  qilmaydi, 
lekin  o‟ziga  xos  kimyoviy-termik  va  diffusion  operatsiyalardan  iborat  bo‟ladi. 
Bunday ishlov berish mexano-kimyoviy-termik ishlov berish (MKTIB) deb ataladi.  
Termo-mexanikaviy  ishlov  berishning  barchasini  oddoy  jatayonlarga 
ajratish mumkin, ularga quyidagilar kiradi: 
-
 
sovuq holda plastik deformatsiya
-
 
issiq holda plastik deformatsiya; 
-
 
nostatsionar jarayonlar
-
 
metastabil holatlar. 
Sovuq  holda  plastik  deformatsiya  qizdirishdan  oldin  yoki  TMIB  ning 
asosiy operatsiyalardan keyin qo‟llaniladi. U dislokatsiyalarning yuqori zichligini 
va  kristall  tuzilishning  boshqa  nuqsonlarni  hosil  qilish  uchun  mo‟ljallangan, 
buning asosida keyinchalik dislokatsion submikrostruktura hosil bo‟ladi.  
Austenitni  va  boshqa  yuqori  temperaturali  fazalarni  issiq  holda  plastik 
deformatsiyasi ham ko‟p strukturaviy nuqsonlar hosil bo‟lishi bilan kechadi, ammo 
material bu holda yuqori plastiklik va diffusion faollik holatida bo‟ladi. Bevosita 
issiq holda plastik deformatsiya davomida ikkita qarama-qarshi kinetik jarayonlar 
kechadi: puxtalanish va bo‟shatilish jarayonlari, bularning tezliklari ko‟p omillarga 


57 
 
bog‟liq:  temperatura,  deformatsiya  darajasi  va  tezligi,  tuzilma  nuqsonlarinin 
energiyasi, dastlabku strukturaviy holat, fazalar takibi va boshqalar.  

Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish