O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Sirtni - plastik deformatsiyalash (SPD) usullarining tasniflanishi



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/122
Sana01.01.2022
Hajmi2,97 Mb.
#297994
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   122
Bog'liq
wzzVRtjXaqtawYSsjn36umLR9G9UQozSJRDSuvji

2.2. Sirtni - plastik deformatsiyalash (SPD) usullarining tasniflanishi 
 
Mavjud bo‟lgan sirtni-plastik deformatsiyalash usullarining xilma-xilligiga 
qaramasdan,  ularning  barchasi  2.3-jadvalda  keltirilgan  to'rtta  asosiy  guruhga 
birlashtirilishi mumkin. 
1.  Sirtni  puanson  yordamida  statik  deformatsiyalash  -  chekankalash,  
shtamplash, markirlash va boshqalar kiradi. Bunday ishlov berishning  o‟ziga xos 
xususiyati  -  sirt  yuzani    silliq  yoki  fasonli  puansonning  toresti  bilan 
deformatsiyalash. Bunda sirtning  mikronotekisliklari asosiy normal kuchlar ta'siri 
ostida deformatsiyalanadi. 
2.  Sirt    yuzalar  (mikronotekisliklar)ni    deformasiyalshda    asbobni 
ko‟ndalang  va chiziqlar  bo'ylab surish usuli (teshiklarni kengaytirish, kiryalash va 
boshqalar). Ushbu operatsiyalar uchun o‟ziga xos xusussiyati, normal kuchlardan 
tashqari deformatsiyalanayotgan yuzaga asbobni surishda hosil bo‟lgan ishqalanish 
kuchlari ham ta‟sir etadi. 
3.  Sirtni  zoldir  yoki  rolik  bilan  tekislash  (dumalashdagi  ishqalanish 
sharoitida  deformatsiyalash).  Bu  guruhga  rolikllar,  zoldirlar  yordamida  ishlov 
berishning    ko'plab  usullari  kiradi.  Ishlov  berilayotgan  yuzaning  zoldirlar  yoki 
roliklar bosib turgan zonasida siquvchi kuchlanishlar hosil bo‟ladi,  natijada  metal 
plastik  deformatsiyalanib,  asbob  shakliga  o‟xshash  shaklni  oladi.  Bunda  yuza 
gadir-budurliklari  tekislanadi.  Zoldirli  asboblar  bilan  ishlov  berishda,  nuqtaviy 
kontakt hisobiga, sirtning puxtalanishi va tekislanishi bir muncha kichikroq normal 
kuchlarda  amalga oshadi.
 
4. Sirt yuzasini dinamik puhtalash usuli (pitra bilan urib puhtalash, zoldirlar 
bilan  puxtalash,  yuzani  doiraviy  siqish,  chekankalash  va  boshqalar).  Bunda  yuza 
qatlamining  puhtalanishi  va    qattiqlanishi  bir-biriga  uruluvchi  jismlar  massasiga, 
ularning harakati tezligiga va  boshqa omillarga bogliq.  
Puxtalash  sirt  qatlamining  qattiqligini,  toliqishga  chidamliligini  oshirish 
maqsadida  va  ichki  zo‟riqishlarni,  asosan  siquvchi  kuchlanishlarni,  shuningdek, 
sirt yuza notekisliklarning shaklini tartibga solish uchun amalga oshiriladi. Sirtlarni 
plastik  deformatsiyalash  orqali  puxtalash,  mashina  detallarini  ishlab  chiqarish 
jarayonining  yakuniy  operatsiyalarida,  abraziv  va  kesuvchi  asbob  bilan  ishlov 
berishning o‟rniga qo‟llash samarali hisoblanadi. Bikr bo'lmagan detallarga ishlov 
berishda,  zarbali  vositalari,  ultratovush  yoki  impulsli  dinamik  ta‟sir  qilish  sirt 
yuzasini plastik deformatsiyalashning eng mos usuli hisoblanadi. 
 
 
 
 
 


43 
 
Sirtni-plastik deformatsiyalash (SPD) usullarining tasniflanishi 
2.3-jadval 
 
 
№ 
 
Jarayon tavsifi 
Ishlov berilgan 
yuzaning sifati 
 
 
Qo‟llaniladigan 
usullar 
 
Kvalitet 
Yuza  g‟adir 
budurligi,  Ra, 
mkm 
1  Asbobni 
bo'ylab 
va 
ko‟ndalang 
harakat-
lantirib    sirt  yuzasini 
deformatsiyalash 
(mikronotekisliklar) 
7…8 
 
1,25…0,32 
 
 
 
Chekankalash, 
markirlash 
va 
boshqalar.  
 
2  Sirt 
yuzasinin 
statik  
deformatsiyalash 
(puanson bilan) 
6…7 
0,63…0,08 
 
Silindrsimon 
va 
fasonli 
profillarni 
sidirish. 
3  Sirt  yuzasinin  roliklar 
yordamida 
tekislash   
(ishqalanish 
sharoi-tida 
deformatsiyalash) 
6…8 
 
0,63…0,06 
 
 
 
 
Tashqi  va  ichki  sirt 
yuzalarini  zoldir  va 
roliklar 
yordamida 
tekislash,  shesterniya 
tishlarini,  rezbalarni 
kalibrlash. 
4  Sirt  yuzasinin  dinamik 
mustahkamlash 
7…8 
8…10 
0,63…0.2 
25…3.2 
Zoldirlar  yordamida 
puxtalash, 
yuzani 
chekankalash, 
doiraviy siqish 
Pitra 
bilan 
urib 
puxtalash 
 
Ishlov 
berilayotgan 
material 
sirtining 
 
qattiqligi 
va 
plastik 
deformatsiyalashning chuqurligi puxtalash rejimlariga, materialning fizik-mexanik 
xossalariga,  strukturasiga  va  kimyoviy  tarkibiga  bog'liq.  Sirt  qatlamimning 
qattiqligiga deformatsiya  qiluvchi  asbobning  solishtirma bosimi va bu bosimning 
takrorlanishi  eng  katta  ta‟sir  o‟tkazadi.  Solishtirma  bosim    puxtalash    kuch, 
deformatsiyalayotgan  asbobning    va  detalning    geometriyasi,  shuningdek  ishlov 
beriladigan  materialning    fizik  va  mexanik  xususiyatlari  bilan  belgilanadi. 
Dastlabki hisoblarda solishtirma bosimni Brinell (HB) qattiqligiga teng  deb olish 
mumkin. 
Ta‟sir  qilayotgan  kuch  qiymatining  va  takrorlanishi  oshishi    bilan 
puxtalanayotgan  sirtning  qattiqligi  to'g'ri  proportsional  ravishda  ma‟lum 
darajagacha  ko'tariladi  va  keyin  stabillashadi.  Stabillashish  uchastkasining 
boshlang'ich  nuqtasi  ruxsat  etilgan  bosim  darajasini  yoki  yuklanish  davrlarini 
belgilaydi.  Sirt  yuzasini  puxtalash  jarayoni  davom  etsak,  qattiqlikning  va 
chidamlilik  chegarasining  keskin  pasayishi  vujudga  keladi,  shuningdek,  yuqori 


44 
 
ichki  zo‟riqishlar  sababli  sirt  qatlamining  ma‟lum  qismlarida  joyli  emirilishlar 
kuzatilishi  mumkin. Bunday  holda,  puxtalanishning  haddan  tashqari  oshib  ketishi 
hodisasi  yuzaga  keladi.  Yuklanish  necha  marta  ta‟sir  qilinishi  puxtalangan 
strukturaning  toliqish  mustahkamligi  bilan  chegaralanadi  va  quyidagicha 
ifodalanadi: 
 

Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish