Savollar:
Yangi so‘zlarni kiritishning qanday metodalarini bilasiz?
Yangi so‘zlarni mustahkamlashda nimalarni yodda tutish lozim?
Nutqiy tarbiya va nutqiy tayyorgarlik deganda nimani tushunasiz?
Leksik birliklarni semantizatsiyalash va avtomatizatsiyalash deganda nimani tushunasiz?
Adabiyotlar:
Ye. I. Passov “Osnovi metodiki obucheniya inostrannim yazikam”, M., 1977. str. 144-148
B. Z. Xalidov «Uchebnik arabskogo yazika»
J.Jalolov «Chet tilini o‘qitish metodikasi». T. 1996. 128-148-betlar.
Ma’ruza № 6
Arab tili darslarida yangi pedtexnologiya usullaridan foydalanish
Darsning o‘quv maqsadi: yangi pedtexnologiyning ta’limdagi roli va hamiyati, ilg‘or pedagog olimlarning yangi pedtexnologiya haqidagi fikrlari, yangi pedtexnologiyning paydo bo‘lish tarixi, innovatsoin – o‘qitishga hos bo‘lgan yangicha yodoshuv, yangi pedtexnologiya usullarini arab tili darslari jarayonida qo‘llashning o‘ziga hos hususiyatlari, pedtexnologiya usullarining samaradorligi, ochiq dars o‘tish metodikasi haqida ma’lumot berish.
Tayanch iboralar:
yangi pedtexnologiya predmeti;
yangi pedtexnologiya ta’rifi;
o‘yin uslubi;
texnologik karta.
Asosiy savollar:
yangi pedtexnologiya tushunchasi;
yangi pedtexnologiya tushunchasi haqoda rus olimlarining fikrlari;
innovatsiya usuli izofa;
“Ochiq dars” ga qo‘yiladigan talablar;
Hozirgi paytda yangi pedagogik texnologiyaning maqsadi, mazmuni va vazifalari haqida ko‘p olimlar izlanishlar olib bormoqdalar. Chunki u progressiv g‘oyaning tarafdorlari uning mohiyatga katta baho beryaptilar va unga barcha o‘quv muassasalarida talab va ehtiyoj borligi haqiqat. Nafaqat Yevropa va AQShda, balki respublikamiz olimlari ham mentalitetimiz ruhiga mos texnologik uslublar ishlab chiqaryaptilarki, ularning bu sohadagi yutuqlarini chet ellik olimlar ham tan olayaptilar. Quyida rus pedagog olimlarining pedagogik texnologiya haqidagi fikrlarini keltiramiz:
Pedagogik texnologiya o‘ziga xos va potensial yaratiladigan pedagogik natijalarga erishish uchun pedagogik tizimning barcha tashkiliy tomonlariga aloqador nazariy va amaliy (ta’lim tizimi doirasida) tadqiqotlar sohasi sifatida belgilanadi.
“Pedagogik texnologiya – o‘quv jarayonini amalga oshirishning mazmuniy texnikasi” (B.P.Bezpalko).
“Pedagogik texnologiya – rejalashtirilgan o‘qitish natijalariga erishish jarayoni tavsifi” (I.P.Volkov).
“Texnologiya – ishlov berish, holatni o‘zgartirish san’ati, mahorati, malakasi va metodlar yig‘indisi” (V.M.Shepel).
“Pedagogik texnologiya – pedagogik maqsadlarga erishishda foydalaniladigan shaxsiy imkoniyatlar, jihozlar va metodolik vositalarda amalda bo‘lishning tizimli yig‘indisi va tartibini bildiradi” (M.V.Klarin).
“Pedagogik texnologiya – o‘zida turli mualliflar (manbalar)ning barcha ta’riflari mazmunini qamrab olgan mazmuniy umumlashma hisoblanadi” (G.K.Selevko)
V.M.Monaxovning ta’rificha, pedagogik texnologiya – talaba va o‘quvchilarning ularga zarur sharoit yaratish orqali o‘quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha pedagogik faoliyatining har tomonlama o‘ylangan modelidir. Bu satrlar muallifi haq. Yaratilgan va yaratilayotgan yangi pedagogik usul-uslublar imkoniyatlaridan unumli foydalanib har bir o‘qituvchi dars berishni hamda, talabalarga bilim berishni o‘zi loyihalashtirishi, tashkil etishi lozim. Zamonaviy pedagogik texnologiya qotib qolgan, o‘zgarmas g‘oya emas, u doim rivojlanishda, yangilanishda va boyib boradi. O‘qituvchilar uchun hozirgi fan texnika davri o‘z ustida ishlash, izlanish, o‘z malakasini oshirib borish borasida katta imkoniyatlar yaratib berayapti. Bu imkoniyatlardan unumli foydalanib dars berishning yangi samarali yo‘llarini izlab topish – davr talabidir.
Hozir eslaganimizdek, yangi pedagogik texnologiyaning rivojlanishi, uning boyib borishi har bir o‘qituvchi shaxsiy intilishiga bog‘liq. Agar o‘qituvchi pedagogik tajribasiga tayangan holda izlansa, yangicha usul va uslublar topsa, uning zamonaviy texnologik metodlarga qo‘shgan hissasi bo‘ladi.
Biz faqat iste’molchi o‘qituvchi bo‘lib qolmasdan balki boshqalarni ham pedagogik izlanishimiz natijasi bo‘lmish – yangi usul va uslublar bilan ta’minlab turishimiz lozim. Buning uchun XX asrning 60 – yillarida G‘arbiy Yevropa va AQSh olimlari tomonidan yaratilgan yangi pedtexnologiya mazmuni va maqsadini obdon tushunib olishimiz, ularning mohiyatiga e’tibor berib o‘rganishimiz kerak bo‘ladi. Kim bu sohada ko‘p o‘qib o‘rgansa, unda yangi usullar yaratishga imkoniyat tug‘iladi, o‘qitishning yangi qirralarini ochib berishga ilhom bag‘ishlaydi.
Aslini olganda, yangi pedtexnologiya – bu o‘qishga o‘ziga xos bo‘lgan yangicha (innovatsiya) yondoshuvdir. Pedtexnologiyani yaxshi o‘zlashtirgan pedagoglar uchun bu usulning an’anaviy usulga ko‘ra samarali ekanligi ma’lum. Shunday ekan, pedagoglar uchun kadrlar tayyorlash sifatini oshirishda pedtexnologiyani o‘zlashtirish va uni amalda qo‘llash zarurligini bildiradi. Tarbiya jarayonining texnologik muammolarini yechishda har bir tarbiyachi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish yo‘lini o‘tashi, vaqti-vaqti bilan dolzarb bosqichlar orasida faoliyatini nazorat qilib, kuzatishlar kiritib borishi zarur. Dolzarb nuqtalar orasida har bir pedagog muayyan sharoitda, bor imkoniyatlardan foydalanib, ijodiy faoliyat olib borishi talab etiladi.
Yangi pedtexnologiya imkoniyatlaridan unumli foydalanish birinchidan, o‘qituvchiga katta mas’uliyat yuklasa, ikkinchidan, dars mavzuini tushuntirishda o‘qituvchiga ko‘p qulayliklar yaratadi. O‘qituvchi yangi pedtexnologiyaning mazmuni, mohiyati va uning maqsadini yaxshi tushuna bilishi va uning usullarini dars jarayoniga olib kirishi hamda uni mavzularni tushuntirishda qo‘llay bilishi va tadbiq qilishi muhimdir.
Biz quyida arab tili darslarida yangi pedtexnologiya vositalaridan foydalanish usullaridan namunalar beramiz.
Yangi pedtexnologiya usullarini arab tili darslari jarayonida qo‘llash o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Bu narsa arab tilining fonetik, morfologik va sintaktik o‘ziga xosligidan kelib chiqadi. Shuning uchun arab tili darslarida yangi pedtexnologiya usullarini tatbiq etish uchun yaratilgan chizma, jadvallar, tarqatma didaktik materiallar o‘zining qo‘llanilishiga ko‘ra boshqa tillardan farq qiladi. Masalan, arab tilida ikkita jinsning mavjudligi, kelishiklar sonining faqat uchtaligi, ikkilik sonining mavjudligi, birlikdagi so‘zlarni ko‘plikka aylantirishda so‘zning jonli (shaxs) yoki jonsiz (narsa-predmet) bo‘lishligini alohida e’tiborga olish zarurligi ko‘rgazmali qurollar yaratishda qiyinchiliklar tug‘diradi.
Biz yaratgan quyidagi chizma, jadvallar va didaktik materiallar turlicha bo‘lib, ularni o‘quvchilarga berishdan avval kitobdagi mazkur materialning ko‘chirma nusxasi (kserokopiyasi) olinib keyin o‘quvchilarga tarqatiladi. Ba’zi jadvallarni katta qog‘ozga yirik harflar bilan yozib, undan doim foydalansa bo‘ladi. Ko‘rgazmali qurollar namuna sifatida 4-5 so‘z bilan boshlab qo‘yilgan. Uning davomini o‘qituvchilarning o‘zlari to‘ldirib, so‘ngra uni o‘quvchilarga tarqatadilar. Ba’zi jadvallarda yangi so‘zlar ko‘p berilgan. Ulardan foydalanishdan avval o‘qituvchi undagi noma’lum so‘zlarni o‘quvchilarga yod oldirishi lozim. Bunda kitobning oxiriga ilova qilingan arabcha-o‘zbekcha lug‘atdan foydalanish lozim. Masalan, “Sinonim, antonim so‘zlarni toping”, mashina, elektr asboblari, mutaxassisliklar, hayvonlar, uy jihozlari, qushlar haqidagi jadvallardan foydalanishda ana shu uslubni qo‘llash kerak. Yoki “Arab mamlakatlarining davlat rahbarlari, poytaxtlari, pul birligi” haqidagi ko‘rgazmani dars jarayonida qo‘llashdan avval o‘quvchilarga 22 ta arab mamlakatlari geografik o‘rni, poytaxti, davlat tuzumi, davlat rahbarlari, pul birligi kabi ma’lumotlar o‘quvchilarga yetkazilgan bo‘lishi lozim. Shundagina o‘qituvchi foydalanayotgan vositalar naf beradi. O‘qituvchilarning yangi texnologik usul-uslublardan to‘g‘ri foydalanib dars o‘tishlari oson bo‘lishi uchun, biz ba’zi mavzularning “Texnologik karta”sini tavsiya etdik. Unda dars jarayonining barcha etaplari bayon etilgan. Har bir o‘qituvchi dars o‘tishdan oldin o‘tmoqchi bo‘lgan mavzusining “Texnologik karta”sini tayyorlashi lozim va uni maktab ilmiy ishlar bo‘lim mudiriga ko‘rsatib tasdiqlatib olishi kerak. Agar dars “ochiq” deb e’lon qilingan bo‘lsa5, “Texnologik
5 Замонавий технологик услубларни дарсга татбиқ этиш жараёни бошланиши билан энди мазкур янгича усуллардан дарсда фойдаланиш борасида “очиқ дарслар” ўтказиш одат тусига кириб бораяпти. Шунинг учун биз қуйида ана шундай дарсларга тайёргарлик кўриш, унинг вазифаси ва ундан кўзланган мақсад ҳақидаги мулоҳазаларимизни билдирмоқчимиз. Аслини айтганда, очиқ дарс ҳам оддий-ҳар сафаргидек дарс. Лекин у кундалик дарслардан баъзи томонлари билан фарқ қилади. Очиқ дарсда мазкур соҳанинг у ёки бу йўналиши бўйича янги усул ва услубларни дарсга татбиқ этишни намойиш қилишга бағишланади. Бу билан биринчидан, ўқитувчи замонавий методикадан қай даражада маълумотга эга эканлигини кўрсатади. Иккинчидан, унинг очиқ дарсига кузатиш учун кирган ўқитувчилар учун ҳам фойдадан ҳоли эмас. Айниқса, ёш ўқитувчилар бундай дарслардан анча методик малакага эга бўлиб чиқадилар. Учинчидан, дарс ўтказилган синф ёки курс ўқувчи-талабалари янги-прогрессив методика бўйича билим олиб фойда кўрадилар. Мазкур очиқ дарсга алоҳида тайёргарлик кўриш керак бўлади. Чунки бу дарсни бошқа ўқитувчилар атайин кузатгани кирадилар. Улар яхши ният билан бу дарсдан бирор методик янгилик, наф олгани кирадилар. Дарсга тайёргарлик кўриш жараёнида қуйидагиларга алоҳида эътибор бериш керак:
дарс этапларини тўғри тақсимлаш;
ҳар бир дарс этапларини нимага бағишлашни аниқ билиш керак;
ўтилган мавзуни сўраш учун кўргазмали воситаларнинг тайёрлиги (тарқатма-дидактик материаллар, янги педтехнологик усуллар, технологик ўйинлар);
ўқувчи-талабалар фаолиятини активлаштириш учун воситаларнинг ҳозирлиги;
karta” har bir darsga kuzatish uchun kirgan o‘qituvchilarga tarqatib beriladi. Mazkur texnologik kartada darsning etaplari berilgan. Undagi “Maqsad, vazifalar” qismiga o‘qituvchi mavzuni o‘tishdan maqsadi, bu mavzuni o‘tishda o‘quvchiga nimani taqdim etajagini, uni o‘zbek tili bilan qiyoslab o‘rganish haqidagi fikrni bayon etadi. “O‘quv jarayonining mazmuni” xonasiga yangi mavzuning asosiy qoidalari misollar bilan beriladi. “O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi” qismida mavzuni tushuntirishda o‘qituvchi qaysi zamonaviy pedtexnologiya uslublaridan foydalanishi va uni dars jarayoniga tatbiq etish yo‘llari bayon etiladi. “Kutiladigan natijalar” qismida shu mavzuni o‘tishdan talabalar nima oladilar, qanday naf ko‘radilar, ya’ni darsni mustahkamlash etapida mazkur yangi mavzu yuzasidan berilgan savollarga tinglovchilardan javoblar kutadi. Va nihoyat, “Kelgusi rejalar” xonasiga o‘qituvchi o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni tahlil qilishlariga, mavzu haqidagi ularning shaxsiy mushohadalari va xulosalari haqida fikrlarni yozib qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |