O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
Fakultet : Iqtisodiyot
Fan : Oziq-ovqat sanoati texnologiyasi
MUSTAQIL ISH
Mavzu : Vino ishlab chiqarish texnologiyasi
Guruh : MN-120
Bajardi : Hadjiboyev Zokirbek
Tekshirdi : Suvonov Z
SAMARQAND 2021
Reja;
1.Vino ishlab chiqarish texnologiyasi
2.
Sharob yoki vino fermentlangan meva suvidan tayyorlanadigan alkogolli ichimlikdir. Meva
suvi achishi natijasida undagi xamirturush fruktozani spirtga aylantiradi. Sharob
koʻpincha uzumdan, baʼzida olma, marjonmeva yoki boshqa mevalardan tayyorlanadi.
Vino (lotincha: winum — aylanuvchi, oʻraluvchi) — uzum va mevalar sharbati yoki turpini
achitqilar ishtirokida spirtli bijgʻitish yoʻli bilan tayyorlanadigan ichimlik. Qadimda Sharq
xalqlari V.ni sharob, may, musallas deb yuritishgan. Hoz. davrda V. jahondagi 45 mamlakatda
ishlab chiqariladi va deyarli barcha mamlakatlarda isteʼmol etiladi. Jahon mamlakatlari oʻrtasida
Fransiya va Italiyada eng koʻp uzum vinosi ishlab chiqariladi (aholi jon boshiga oʻrtacha 83—86
l uzum vinosi isteʼmol qilinadi). Ayrim turdagi markali V.lar uzumning faqat bir navidan
tayyorlanadi.
Oʻzbekistonda V., asosan, uzumdan tayyorlanadi. Yetilgan uzum V.si tarkibida 75—85% suv,
9—20% spirt, vino va olma kislotalari, kam miqdorda limon, sut, kahrabo kislotalari, glyukoza
va fruktozadan iborat qand, mikroelementlar, fermentlar, vitaminlar va b. moddalar boʻladi.
V.ni oq (faqat sharbatni bijgʻitish yoʻli bilan), qizil (sharbat va turpini birga bijgʻitish yoʻli bilan)
va kaxetin (sharbat, turp va gʻujum boshlarini birga bijgʻitish yoʻli bilan) usullarda tayyorlash
mumkin. Quvvatlantirilgan V.ning sof V.dan farqi tarkibidagi spirt (1 litrida 200 g gacha) va
qandning (220 g gacha) yuqori miqdorda boʻlishidadir.
V. rangi (oqish, pushti, qizil), mazasi, xushboʻyligi, kuchliligi hamda tayyorlash texnologiyasi
bilan ham farqlanadi. V.ning musallas (tabiiy), kuchli, desert (shirin), gazli va xushboʻy xillari
bor. Musallas uzum sharbatini bijgʻitib olinadi; tarkibida 9— 12% spirt boʻladi. Bunday V. sof
(toʻla bijgʻigan, tarkibida deyarli qand qolmagan) va yarim shirin (tarkibida 3— 8% qand
boʻlgan) xillarga boʻlinadi. Oq V. konyak ishlab chiqarishda xom ashyo hisoblanadi.
Quvvatlantirilgan V. (madera, portveyn, xeres va boshqalar) sof (tarkibida 17— 20% spirt, 3%
gacha qand) va yarim shirin (17—20% spirt, 10% gacha kand boʻlgan) xillarga
boʻlinadi.Dyesert V. tarkibida 12—17% spirt boʻladi; qand miqdoriga koʻra yarim shirin (5-10%
qand), shirin (10—20% qand) va likyor (20% dan koʻp qand) xillarga boʻlinadi. Shampan V.
musallaslarni ikkinchi marta bijgʻitib va qand qoʻshib tayyorlanadi. Tarkibida 10,0— 13,5%
spirt boʻladi; qand tarkibiga qarab, sof (2,5% qand), nim shirin (4,5%), yarim shirin (6,5%) va
shirin (8,5%) xillarga boʻlinadi. Gazlangan V. musallaslarni karbonat angidrid gaziga toʻyintirib
tayyorlanadi. Tarkibida 10—12% spirt va 5% qand boʻladi. Xush boʻy V. (vermut, muskat)ning
kuchli (18% spirt va 10% qand) va desert (16% spirt va 16% kand) xillari boʻladi. Yoqimli taʼm
berishi uchun ularga xushboʻy oʻtlar, ildizlar, barg va b.ning damlamasi qoʻshiladi.
Boʻgʻzi tor shisha idish (butilka)larga quyilgan V.ni salqin va quruq (8— 16°) binolarda saqpash
lozim. Spirti darajasi past va shampan V.lari butilkani yotqizilgan holda saqlanganda sifati
buzilmaydi. Oq musallas va shampan V.lari 3—5, kizil V.lar 5— 10, desert V.lar 18—20 yil
likyor va kuchli V.lar 100 yil sifatini yoʻqotmay saqlanishi mumkin. Oʻzbekistonda V.ning 60
dan ortiq navlari: "Bayan shirey", "Rkatsitelli", "Bihishti", "Farhod", "Vassargʻa", "Oq
musallas", "Oʻzbekiston", "Qizil musallas", "Sijjak", "Qora goʻzal", "Kaberne", "Pino" va b.
ishlab chiqariladi (yana q. Vino-arak sanoati, Vinochilik).
Sharob qadimiy ichimlikdir. Birinchi maʼlum sharob 8 ming yil muqaddam
hozirgi Gurjiston hududida tayyorlangan.
Ishlab chiqarish[tahrir | manbasini tahrirlash]
2009-yili sharob tayyorlash boʻyicha Italiya dunyoda birinchi, undan
keyin Fransiya, Ispaniya, AQSh va Argentina edi.
Vinochilik texnologiyasi. Sharob ishlab chiqarish texnologiyasi
Uzum va mevali sharob ishlab chiqarish bir necha bosqichlarga bo'linadi ...
Do'stlaringiz bilan baham: |