O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti


O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini boshqarish



Download 91,26 Kb.
bet8/22
Sana13.07.2022
Hajmi91,26 Kb.
#785498
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
ziyoyeva

O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini boshqarish


Tashqi iqtisodiy majmua boshqaruvini takomillashtirish va xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy-texnikaviy, moliya-valyuta, savdo-iqtisodiyotni amalga oshiruvchi turli vazirliklar, mahkamalar, birlashmalar, tashkilotlar boshqaruvi


ishini muvofiqlashtirish maqsadida 1992 yil 12 fevralda O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (TIAV) tashkil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining 2002 yil 21 oktyabrdagi «Tashqi iqtisodiy aloqalari sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish va liberallashtirish to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq TIAV qoshida O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha Agentligi tashkil qilindi.
Agentlik o‘z faoliyatini bevosita O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar Majmui rahbarligi ostida amalga oshiradi. Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha Agentlikning asosiy vazifalari:

  • tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida yagona davlat siyosatini ta’minlash va uning taraqqiyoti strategiyasini shakllantirishda ishtirok etish;

  • milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini yuksaltirish, uni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish va jahon iqtisodiyoti tizimida integratsiyalashuviga sharoit yaratish;

  • respublika eksport quvvatini rivojlantirish dasturini amalga oshirishda

hamkorlik qilish;

  • mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarni tashqi bozorga olib chiqilishini ta’minlash bo‘yicha bir qator chora tadbirlarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

  • xorijiy sarmoya (investitsiya)larni jalb qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish bo‘yicha bir qator chora- tadbirlarni amalga oshirish;

  • moliyaviy, savdo va iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda xorijiy davlatlar, xalqaro moliya va iqtisodiy institutlari, boshqa halkaro huquq sub’ektlari bilan O‘zbekiston Respublikasi hamkorligini ta’minlash;

  • O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy sohadagi manfaatlari va Respublika tashqi iqtisodiy sub’ektlari manfaatlari himoyasini ta’minlash;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida kadrlar malakasini oshirish va tayyorlash tadbirlarini tashkil etish.

O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning huquqiy asoslari va poydevori mustaqillikning birinchi yillaridayoq qo‘yilgan edi. 1992 yilda «O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat haqida» qonun qabul qilindi va unda bu sohadagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning huquqiy munosabatlari belgilab quyildi.
Jahon xo‘jaligida O‘zbekiston iqtisodiyoti integratsiyalashuvini yanada kengaytirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida va tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi (2000 y) tomonidan «O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida» yangi qonun qabul qilindi.
Qonunga asoslangan holda Agentlik iqtisodiyot sohasida huquqiy – me’yoriy bazani shakllantirishda faol ishtirok etdi. Shu kunga qadar Agentlik
O‘zbekiston Respublikasining 80 ga yaqin qonunini, Vazirlar Mahkamasining 116 ta qarorini tayyorlashda ishtirok etdi. Jumladan uning eng muhimlari qo‘yidagilar:
O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonuni;
O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasining «Boj tarifi to‘g‘risida»gi qonuni;
O‘zbekiston Respublikasining «Antidemping va kompensatsion poshlinalarni
himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qonuni;
O‘zbekiston Respublikasining «Erkin iqtisodiy hududlar to‘g‘risida»gi
qonuni;
O‘zbekiston Respublikasining «Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida» gi qonuni;
O‘zbekiston Respublikasining «Mahsulotlarni taqsimlash haqidagi bitimlar to‘g‘risida»gi qonuni;
O‘zbekiston Respublikasining «Qimmatbaho qog‘ozlar bozorida sarmoyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni;
O‘zbekiston Respublikasining «Xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida»gi qonuni;
O‘zbekiston Respublikasining «Chet el investorlari huquqlarini himoya qilish
va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonuni;
O‘zbekiston Respublikasining «Tashqi almashinish to‘g‘risida»gi qonuni;
O‘zbekiston Respublikasining «Konsessiyalar to‘g‘risida»gi qonuni va boshqalar.
Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha Agentlikning asosiy faoliyati yo‘nalishlaridan biri - Respublikaning savdo-iqtisodiy aloqalari geografiyasini kengaytirish hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha Agentlik milliy ishlab chiqaruvchilarga mahsulotlarini eksport qilishni ko‘paytirishda har tomonlama yordam ko‘rsatmoqda. Bir qator xizmatlar turlarini amalga oshirmoqda. Tashqi bozor talabi bo‘yicha marketing tadqiqotlari o‘tkazilmoqda. Eksport tovarlari bo‘yicha qisqa muddatli narx konyukturasi parametrlari va uzoq muddatli bashorat qilish (prognozlashtirish) ishlarini olib bormoqda.
Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi O‘zbekistonni xorijiy mamlakatlar, birinchi navbatda Yevropa ittifoqi (YEI), Rossiya, Yaponiya, XXR, Koreya Respublikasi kabi mamlakatlar bilan investitsion, moliyaviy va texnik hamkorligini kengaytirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.



Download 91,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish