O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogik universiteti jahon sivilizatsiya tarixi (Metodik qo’llanma) (To’ldirilgan 2-nashr) история мировой цивилизации



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/196
Sana10.07.2022
Hajmi10,71 Mb.
#767960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   196
Bog'liq
000000008574 01-1

A.
Chijevskiy, 
N. 
Kondratev, 
P. 
Sorokin, LShumpeter, 
nomlari bilan bog’liq. 
A.L.Chiteskiy 
1924-yil “Tarixiy jarayonning fizik omillari” tadqiqotida tarixiy 
voqealaming dinamikasidagi sikliklik quyosh faolligi tebranishlari ta’siri ostida 
asoslab berdi.
N.D.Kondratev konyukturani katta sikllarini nazariyasini keng holda bayon qilib 
kapitalistik xo'jalikning dinamikasini to'lqinsimon holatini tavsifladi. Iqtisodiy 
konyukturaning uzoq muddatli tebranishlari. Siklik dinamikani qonuniyatlarini bilish u 
yoki bu mamlakatning xo'jaligini o'sishi yoki tushkunligini umumiy an’analarini 
narxlar harakati an’analari, xo'jalikni tashkiliy tuzilishdagi o'zgarishlami xalqaro 
murakkablashishini 
oldindan ko'rish 
va tushkunliklarini yanada asosli bashorat 
qilishga imkon beradi.
Sikllar nazariyasiga ijtimoiy-iqtisodiy bashoratni ishonchli quroli sifatida qaraldi.
~ 7 ~


N.D. Kondratyevning asosiy g’oyalari amerikalik taniqli iqtisodchi Yozef 
Shumpeterning 1939-yiIda chop etilgan “Iqtisodiy sikllar” nomli ikki jildli asarida 
statistik asoslanib, rivojlantirildi. Iqtisodiy dinamikadagi o'rta muddatli va uzoq 
muddatli (Kondratyevning) to'lqinsimon tebranishlarmi rivojlanishdagi o'zaro 
bog’Iiqlikni ochib berib, Shumpeter tebranishlar asosini innovatsiyalar to'Iqinida 
ko'rdi, ularning ostida nafaqat ixtirolar, texnik takomillashtirishlami, balki tarixiy 
progressning asosiy omillari bo'Igan ehtiyojlar, talablar, modalar, tashkilotlar 
shakllarini o’zgarishini ko'rdi.
P.Sorokinning “Ijtimoiy va madaniy dinamika (1937-1941) fundamental 4 jildli 
asarida ikki ming yil davomidagi jamiyat siklik 
dinamikasi fundamental tadqiq 
qilingan. Sorokin ijtimoiy-madaniy dinamikani eng muhim omili u yoki bu dominant 
madaniy yuqori tizimni yemirilishi deb hisobladi. U madaniyatni tushkunligini 
tavsiflab, “Urushlar va inqiloblar yo'qolmaydi, aksincha, XX asrda mislsiz darajaga 
yetadi, ilgarigidan ko'ra muqarrar va yanada dahshatli bo'ladi; 
demokratiyalar 
tushkinlikka uchraydi o'mini despotiyaga uning barcha ko'rinishlariga bo'shatib 
beradi; madaniyatning ijodiy kuchlari so'nadi va halok bo’ladi” deb bashorat qildi. 
Uning fikricha, tushkunlik bir vaqtni o'zida g’arb madaniyati va jamiyatining barcha 
bosh muassasalarini qamraydi; bu san’at va fan, falsafa va din, huquq va axloq, 
turmush tarzi va odatlar, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayot shakllari; tushkunlik 
so'nggi to'rt yuz yilda g’arb madaniyati va jamiyatini asosiy shakllarini 
yemirilishidadir”
Bdcinchi jahon urushidan keyin, tarix falsafasi rivojlanishiga qo'shilgan muhim 
hissa bu nemis tarixchisi Karl Yaspersning (1883-1969) “Tarixning ibtidosi va uning 
maqsadi” asarining (1948-y) chop etilish bo'ldi. Tarixiy vaqt 
hisobini er. aw . Ill 
ming yillikdan boshlab, Yaspers zamonaviy insonni, uning ma’naviy dunyosini 
yaxlitligida shakllangan davr - “Tayanch vaqt” ni ajratdi. Jahon tarixini bu osini er. 
aw . 500-yillar atrofiga olib borish mumkin, er. aw . 800-yillar bilan er. aw . 200-yillar 
oralig’ida borgan o'sha ma’naviy jarayonga taqash mumkin. O'sha vaqtda tarixda eng 
keskin burilish yuz berdi. Hozirgacha mavjud bo’Igan odam tipi paydo bo'ldi. Bu 
vaqtda biz qisqacha os vaqti deb aytamiz. Os vaqtida keyinchalik aql va shaxs deb 
ataladigan kashfiyot yuz berdi. (63.C 32-35, 37, 39) ana shu qoidalar asosida Yaspers 
tarixgacha va tarixni yangi chizmasini va davrlashtirishini ko'rsatdi.
Tarix falsafasidagi rivojlanishni yangi davri, uning siklik xususiyatini anglashda 
1929-yildafransuz tarix maktabi “annatlari” tashkil etilishi bo'ldi. Bu maktabga 

Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish