O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogik universiteti jahon sivilizatsiya tarixi (Metodik qo’llanma) (To’ldirilgan 2-nashr) история мировой цивилизации


Rossiya, Yaponiya va Amerikaning qadimgi sivilizatsiyalari



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/196
Sana10.07.2022
Hajmi10,71 Mb.
#767960
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   196
Bog'liq
000000008574 01-1

Rossiya, Yaponiya va Amerikaning qadimgi sivilizatsiyalari.
Uch lokal sivilizatsiyalar - Rossiya, yapon va Amerikada 
boshqa 
sivilizatsiyalaming bosh yo'lidan chetda rivojlandi. Rossiya, Ukraina va Belorussiya 
hududlarida neolit davri O'rtayerdengizidan Misr, Mesopotamiyadan taxminan ikki 
ming yil keyin boshlandi. Bu muzliklarning kech chekinishi, bepoyon hududda 
aholioning kam sonli bo'lishi, o'rmonlarda ov hayvonlarining mo’l-ko'lligi edi. 
Muzliklarning shimolga chekinishi va yirik hayvonlaming kamayishi ovchi 
jamoalami chorvachilik va o'troq dehqonchilikka o'tishga majbur qildi, keyin 
kulolchilik, yigiruvchilik va to'qimachilikni o'zlashtirish va chanalarni tayyorlashga 
o'tish boshlandi.
Er. aw . 5-4 ming yilliklarda o'troq dehqonchilik manzilgohlari (maykop 
madaniyati) paydo bo'ldi, hududiy jamoaga o'tish boshlandi. Bu sun’iy qayta ishlab 
chiqarishining boshlanishiga, mehnatning ijtimoiiy taqsimotiga, natural jamoalararo 
ayirboshlashga, jamiyat ijtimoiy tabaqalanishining boshlanishiga asos qo'ydi.
Er. aw . 3-2 ming yilliklarda eneolitning qisqa davridan keyin Shimoliy Kavkaz, 
Karpat, Qora dengiz bo'yida va Uralda jez davriga o'tish belgilari ko’rindi. Metall 
quyish, undan mehnat qurollari, qurol-aslaha, taqinchoqlar yasash boshlanadi, 
manzilgohlar ko'payadi, dehqon va chorvador qabilalar o'rtasida ayirboshlash tizimi 
tus oladi. Jamoa mulkchiligi katta patriarxal oilalar xo jaligi bilan birgalikda bordi. 
Jamoalar qabilalarga birlashdi, jamoaning mulki, umshlarda olingan o'lja boyliklami 
o'zlashtirgan 
urug’-qabila 
oqsoqollari, 
harbiy 
boshliqlar, 
koxinlar 
urug’ 
zodagonlariga aylandilar. Bol’g’usi davlatlaming kurtagi ittifoqlari paydo bo'ldi.
Temir davri bu yerda taxminan er. aw . I ming yillikda Dnepr bo'yida Volga 
bo'yi, Shimoliy Kavkazda, er. aw . VII asrda Sibir va Oltoyda paydo bo'ldi.
Qadimgi Yaponiyada neolit er. aw . IV ming yillik o'rtalaridan er.avv. 300 
yillargacha; neolit er. aw . 300 yillardan eramizning 300 yiligacha davom etdi. 
Eramizning 300 yildan 700 yilgacha qo'rg’onlar davri (yoki Yamato - kuchli 
podsholiklardan birini nomi) deb ataladi, bu vaqtda Yapon orollarida ilk sinfiy 
jamiyat shakllandi, ko'p davlatlar paydo bo'ldi. Qo'shni Xitoy bilan iqtisodiy va 
siyosiy aloqalar rivojlandi. Bu dawning oxirida Yamato qabilasi yo'lboshchisi 
boshchilik qilgan federatsiya tashkil topdi. Bu davlat boshlig’i (“Tenno”-samoviy 
hukmdor deb nom oldi, keyinchalik-imperator) deb atalgan. Ijtimoiy tabaqalanish 
natijasida aslzoda yer egalari, erkin dehqonlar, qaram ishchi (mulki bo'lmagan,
-
56
~


aslzodalar xo'jaligida ishlovchilar) va uy qullari ajralib chiqdi. Umumiy ishlov 
berishni talab qiladigan sholipoyalar jamoa mulki sifatida qaralgan. Xitoy iyeroglif 
yozuvlaridan ko'chgan yozuv paydo bo'ldi. Mamlakatda tarqalgan buddaviylik 
qadimgi sintoizm bilan hamo-hang bo'ldi. “Tayko islohotlari” natijasida (VII asr 
o'rtalari) va undan keyingi o'zgartirishlar natijasida yerlar, dehqonlar va yer egalari 
o'rtasida taqsimlandi (ulardan hammasi davlatga xizmati uchun yer ulushi egalari deb 
hisoblandilar), urug’chiiik asoslarini yemirgan yangi ma’muriy tuzilishi kiritildi, 
yagona soliqlar joriy qilindi, beminlar dehqonlar bilan tenglashtirildi, qullikni 
tarqalish imkoniyatlari cheklandi. Ilk o'rta asr davlati shakllanishi uchun shart-sharoit 
yaratildi. 

Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish