O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogik universiteti jahon sivilizatsiya tarixi (Metodik qo’llanma) (To’ldirilgan 2-nashr) история мировой цивилизации



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/196
Sana10.07.2022
Hajmi10,71 Mb.
#767960
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   196
Bog'liq
000000008574 01-1

ilk podsholik 
(er. aw . 
3000-yil - 2778-yil - 220 yildan ko'proq); 
Qadimgi Podsholik 
(er. A w 2778-yil- 
2263-yilgacha- 515 yil); 
birinchi o'tish davri 
(er. aw . 2263-yildan-2I60-yilgacha 
- 10 yil atrofida); 
O'rta podsholik 
(er. aw . 2160-1785-yillar. - 375 yil); 
ikkinchi
o'tish davri 
(er. aw . 1785-1580-yillar. 205 yil); 
Yangi podsholik 
(er. aw . 1580- 
1085-yillar 495-yil); 
uchinchi o'tish davri 
(er. aw . 1085-930-yillar - 135 yillar); 
So'nggi podsholik 
(er. aw . 950-525-yillar. - 423 yil). 
Ilk podsholikni 
bu lokal 
sivilizatsiyani shakllanishiga o'tish davriga tegishli deyish mumkin. Uchinchi o'tish 
davri va So'nggi podsholikning uning so'nish davriga, keyingi oliy yuqori tarixiy 
siklga taalluqli deyish mumkin. Bunday holda sivilizatsiya siklining uch an’anaviy 
fazalari yaqqol ko'rinadi. Tarixchiiar ta’kidlashicha har bir o'tish davri, bu 
qachonlardir guilab - yashnagan shaharlaming kimsasiz qolishi va ochlik, tarqoqlik 
va ijtimoiy to'ntarishlar, savdo aloqalarining uzilib qolishi, tashqi hujmlar vaqti edi. 
Demak, sivilizatsiya siklida hozirgi kondrativ sikllariga o'xshash, lekin uzunroq 
bo'lgan uzoq muddatli sikllar aniq ko'rinadi. Jez asrini tarqalish zonalari quldorlik 
davlatlaridan ko'ra ancha keng edi.
O'rta Osiyo hududida antik sivilizatsiyaga o'tish davrini er. aw . II ming yillik - 
er. aw . I ming yillikning boshlanishi bilan belgilash mumkin. Bu davming o'ziga xos 
xususiyati-qachonlardir qudratli davlatlaming tushkunligi, lokal sivilizatsiyalaming 
yangi o'choqlarining paydo bo'lishi va shakllanishi edi.
Bu bosqich o'z imkoniyatlari va geografik chegaralariga ega edi. Qadimgi 
quldorlik davlatlari daryolaming hosildor vodiylariga, jez qurollar tayyorlash 
imkoniyatlariga bog’langan, mehnat resurslarini muntazam urushlar va davlatlami 
bosib olib, odamlami qul qilib, to'ldirish zaruriyati o'sib borayotgan aholi va 
zodagonlaming ehtiyojlarini qondira olmas edi, Muntazam urushlar va soliqlar 
dehqonlar, hunarmandlar va 
savdogarlarning mayda xo’jaliklarini qayta ishlab 
chiqarish imkoniyatlarini sindirdi. Podsho, ayon - zodagonlar, kohinlar, mahalliy 
hokimlaming o'zaro kelishmovchiliklari davlatning qudrati birligini zaiflashtirdi. 
Sho'r bosgan, sug’oriladigan yerlarning hosildorligi pasaydi, aholini tabiiy o'sishi 
qisqardi. Qachonlardir so'nayotgan sivilizatsiyaning markazlari bo'lgan davlatlar 
iqtisodiy va harbiy qudratlarini yo'qotdilar, mustaqil bo'laklarga bo'linib ketdilar, 
jangovar ko'chmanchi qabilalar hujumlariga bardosh bera olmadilar.
Antik sivilizatsiya (temir asri). Antik sivilizatsiya - insoniyat tarixidagi (birinchi 
to'lqiri’ning cho'qqisi, “yengil bo'lmagan vaqt, lekin barcha boyligi va uni ko’p 
xillikda tashkil qilgan unsurlari bilan jamiyatning genotipini shakllantirgan uning 
go'zal yoshligi edi. Antik sivilizatsiyaning xronologik chegaralari-er. aw . VIII 
asrdan - er. aw . V asr o'rtalari - 12 asrdan ko'proq. Bu sivilizatsiyaning tarixida bir 
necha lokal sivilizatsiyalar aniq ajralib turadi: yunon (qadimgi Afinani guilab- 
yashash davri - er. aw . V asr-er. aw . Iv asr) va rim (guilab-yashnash davri - er. aw . 
II asr-ramizning 1 asri). Ulaming orasida 
ellin (er. aw . 330-yil-eramizning 220-
~
51


yillari). Qadimgi Hindiston, Xitoy, O'rta Osiyo local sivilizatsiyalari o'z epitsentrlari 
bilan 
mustaqil harakat qildilar. Insoniyat jamiyati genotipini to'ldirgan antik 
sivilizatsiyani asosiy yutuqlari, uning tarixiy merosi nimalami tashkil qiladi?
1. Asosiy yutuq - inson shaxsini gullab - yashnashi, ma’naviy sohani ustuvorligi, 
fan, san’at, mifologiyaning yuksalish, shaxsni erkin bo'lishi, erkinlik. Albatta bu 
erkinlik hamma uchun emas edi. Aqliy mehnatni jismoniy mehnatdan ajralishi 
mehnatni buyuk taqsimoti-mehnat шumdorligidagi sakrash tufayli, arzonroq va 
samarali temir qurollami qo'llash oqibatida qo'shimcha mahsulotni o'sishi natijasida 
bo'ldi; bu bir qism erkin fuqarolami siyosat, fan - madaniyat bilan shug’ullanishiga 
iqtisodiy shrt - sharoit yaratdi.
O’sha davming eng katta yutug’i abstrakt 
fanlaming ilk tizimi - falsafa, 
astranomiya, 
matematika, 
mexanika, 
tibbiyot, 
tarix, 
huquq, 
iqtisodiyotni 
rivojlanishiga sabab bo'ldi.
Faylasuflar maktablari, Platon akademiyasi, Aristotel litseyi, Iskandariya muzeyi 
yuzaga keldi. Yosh avlodni fanlarga, san’atga, turli xil hunarlarga, harbiy ishga 
(faylasuflar maktabidan gladiatorlar maktabigacha) o'rgatadigan ta’lim tizimi 
shakllandi. Lekin erkin tafakkuming parvozi ko'pincha amaliyotda, abstaktik fan - 
texnikadan (o'sha davrda katta kashfiyotlar qilingan bo'lsada) ajralgan edi. 
A.F.Losef ta’kidlagan edi, jismoniy mehnat bilan hamohang bo'lmagan fikrlash - 
passiv, anglashga uringan, voqelikni qat’iy o’zgartirish emas, abstraktik - xayoliy edi. 
(33. c. 423.) Bu fanni paydo bo'lishi bosqichida turgan gap edi.
Antik sivilizatsiya davrida ma’naviy sohani taraqqiyoti dunyo dinlarini paydo 
bo'lishiga olib keldi, politeizmda monoteizmga olib keldi bu ko'pincha iqtisodiyot va 
siyosiy sohalarda markazlashuvni kuchayishi bilan shartlangan edi. Er. avv. VI-V 
asrlarda buddizm paydo bo'ldi, tezda 18 sektaga bo'lindi va eramizning XII asrida 
qisman hinduizmga singdi. Eramizning I asrida Falastinda nasroniylik paydo bo'ldi, 
eramizning IV asrida rasmiy dinga aylandi. Eramizning VII asrida islom dini paydo 
bo'ldi. Dunyo dinlari mafkura sohasini tartibga soldi, ma’naviy hayotning boshqa 
sohalariga ta’sir ko'rsatdi, shu bilan bir vaqtda bir xil dinga e’tiqod qilgan turli 
xalqlar davlatlarni o'zaro bir - birini tushunishni yengillashtirib integratsiya omili 
bo'ldi.
2. Erkin kishilaming hamjamiyatini talablariga javob beradigan demokratiya- 
ijtimoiy - siyosiy munosabatlar tizimi shakllandi. Bu tuzum yunon - rim tarixida er. 
aw . V-I asrlarda shakllandi va rivojlandi. Yunon polislarida, keyin Rimda 
demokratik davlat qurilishining yashashining murakkab mexanizmi yuzaga keldi va 
keyingi asrlarda keyingi sivilizatsiyalardan hozirgi demokratik davlatlargacha turli xil 
ko'rinishlarda qayta ishlab chiqarildi.
3. Antik sivilizatsiyaning siyosiy 
va iqtisodiy hayotining o'ziga xosligi 
jamoaning ko'p belgilari bilan mustaqil o'z - o'zini boshqaradigan shahar -davlatlar -
polislami shakllanishi 
va hukmronligida ko'rinadi. Polislarda mulkchilikning 
qadimgi shakli - polis mulkchiligi yuzaga keldi: yerga egalik qilish huquqini shahar- 
jamoaning to'la huquqli a’zolari amalga oshirishlari mumkin edi; yerga, qullarga, 
ishlab chiqarish vositalariga huquqiga egalik bilan birga polis fuqarolari o'z - o'zini 
boshqarishda ishtirok etish, polisning barcha daromadlariga sherik bo'lish, huquqiga 
ega edilar. Polis ishlarida birdam bo'lish fuqaro uchun ham huquq, ham majburiyat
- 5 2 -


edi. Polisning jamoatchiligi, uning fuqaro birdamligi, indivudiallik, shaxsning yuqori 
qadriyati bilan hamnafas bo'ldi. Aynan ana shu hamohanglik inson tafakkurini erkin 
rivojlanishiga 
qisqa muddatda falsafa, fan, san'at, adabiyot etika, estetikani 
taraqqiyotiga sabab bo’ldi. Polisda davlat hokimiyati demokratiya, tiraniya, 
aristokratiya, oligarxiya kabi turli shakllarda bo'lishi mumkin edi. Lekin davlat 
hokimiyatining har xil shakllarida ham polis fuqarolarining erkinligi va to'la 
huquqligiga qat’iy rivoya qilindi, fiiqarolar o'zlari ustidan hech qanday hukmronlikka 
yo’l qo'ymaydigan, tabiatdan ozod hisoblanar edi.
4. 
Antik davrda sivilizatsiya nisbatan tor doiradan chiqdi, ilk bor jahon 
imperiyalari paydo bo'ldi.

Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish