O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogik universiteti jahon sivilizatsiya tarixi (Metodik qo’llanma) (To’ldirilgan 2-nashr) история мировой цивилизации



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/196
Sana10.07.2022
Hajmi10,71 Mb.
#767960
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   196
Bog'liq
000000008574 01-1

Buddizm va uning tarixiy roll
Hindistondagi barcha davlatlaming hukmdorlari noan'anaviy dinlarga, asosan 
budda diniga homiylik qilganlar. Mauriylar budda dini targ'ibotiga jiddiy e'tibor 
berganlar. Turli mamlakatlarga budda g’oyalarini targ'ib qilish uchun missionerlar 
yuborilgan. Ayniqsa, Hindiston bilan yaqin 
aloqa bo’lgan viloyatiarda budda 
ta'limoti tez qabul qilinadi. 
Shri-Lankada 
bu jarayon tez yoyiladi.
Mahalliy tarixnavislar bu yerda dehqonchilik, hunar va davlatchilikni paydo 
bo’lishini er. aw . V asrda Shimoliy Hindistondan kelganlar faoliyati bilan bog-ladi. 
Shaxzoda 
Singala 
(«Yulbars») 
ulaming boshida turgan. 
Uning nomi 
bilan 
mamlakatdagi hukmron etnik guruh aholi aytila boshladi. Arxeologik qazishmalar 
ham er. aw . I ming yillik o’rtalarida Shri -Lankada birdaniga temir asri
~ 201 ~


madaniyati paydo bo’lganidan guvohlik beradi. Seylon xronikalari Ashokining 
ukasi maxsus missiya 
bilan mahalliy 
hokimtii 
Budda ta’limotini afzalligiga 
ishotitirgani va tez orada bu yerda birinchi budda monastirlari paydo bo’lgani 
to’g’risida hikoya qiladi. Sbri-Lanka Ashoki davridan to shu kungacha Budda dini 
hukmron bo’lgan mamlakatdir. Qadimgi hind adabiyotining mashhur yodgorligi 
«Rigveda»ning minglab madhiyalari va so’nggi veda adabiyotlari oriylaming diniy 
e'tiqodlari to’g'risida boy ma’lumot beradi.
Qadimgi Hindistonda xudolar pog’onasi mavjud emas edi. Xudolar samoda 
yashaydi. Oriylar xudolar tasviriga sig'inganlar. Qurbonlik keltirish, olovga moy 
quyish, arpa donini tanlash bilan ifodalangan, guyoki qurbonlik tutun bilan samoga 
ko'tarilib, xudolar qurbonlikdan to'yib yerdagi bandalariga ovqat yuboradilar.
Dastlab ibodatxonalar qurish rasm bo’lmagan. Kohinlar yopiq tabaqa bo’lgan. 
So’nggi veda davrida koxinlar aloxida toifa, braxmanlar vamasini tashkil qilganlar 
va boshqa vamalardan mavqelari yuqoriligiga 
da’vo qilganlar. Uch vamadan 
birortasining to la huquqli azosi bo’lish uchun faqat bu varnada tug'ilish emas balki 
braxman o’qituvchining uyida o’qish va maxsus bag'ishlov marosimlaridan o’tishi 
lozim edi. Bag'ishlov marosimida bolaga muqaddas ip ilganlar bu 
«ikkinchi tug'ilish»
hisoblangan. Shudralarga marosimga ishtirok etishga ruxsat berilmagan. «Ikkinchi 
tug'ilish» marosimi Veda matnlarini o’qish va diniy sirlami bilish huquqini bergan. 
Veda matnlarini o’qituvchidan o’quvchiga faqat og'zaki uzatganlar. Natijada vaqt 
o’tishi bilan matnlar mazmun o’zgarib ketgan.
Er. aw . I ming yillik o’rtalarida yangi diniy e’tiqodlar vujudga keldi. Ulaming 
eng muhimi budda dinining «Uch qimmat»i edi. Bu Buddaning o’zi, draxma - uning 
ta’limoti va sangxa - unga e’tiqod qiluvchilar jamoasi hisoblanadi. Budda dinining 
asoschisi Shaq’ya zodagon urug'idan bo’lgan shaxzoda Sidxartxa Gautama bo’lgan. 
Uzoq 
azob chekishlardan so’ng, daraxt soyasida Sidxartxaga yorug'lik ma’rifati 
tushadi. Shundan so’ng, Sidxartxa ma'rifatli 
(Budda)
bo’ladi.
Budda ta’limotining 
o’ziga xos xususiyati u hayotni azoblanish deb 
tuchuntiradi. Azoblanish o’lim va kasalliklar bilangina bog'liq emas, balki eng 
yaxshi bo’lib qayta tug'ilishlar zanjiri bilan bog'langan. Azob ko’rishning sababi 
yangi hayotda boylik, huzur-halovat, yaxshi hayot kechirish yoki yaxshi taqdir uchun 
kuyib-pishishdir. Qiynalishlardan qutilishning yo’li o’z ruxi, yurish-turishi, ustidan 
to’la nazorat o'matish va buning oxirgi maqsadi nirvana 
(«ttshish, sun’iy»)
bo'lib, 
shundan so'ng, kishi zanjirni yorib o'tadi va u boshqa tug'ilmaydi. Buddaviylikni ilk 
o’qituvchini tasvirlash ananasi yo’q edi, faqat budda ramziga tayanadigan asosiy 
e’tiqod inshooti stupa-soyabon ostidagi sun’iy tepalik edi. 
Dindorlar stupa va 
undagi Budda shoxi yoki tishiga chapdan o'ngga (quyosh bo’yicha) o’zini 
gunohlardan holi qilish uchun bu dunyo hayotidan u oilasidan, mulkidan tashqi 
an’anaviy aloqalardan ruhiy bog'lanishlardan kechishi kerak. 
Budda muridlari 
qizg'ish kiyimda, sochlari taqir olinib, qishloq va shaharlami kezib, sadaqa so'rab 
yurganlar. Ularni bxikshu (gadoy) deb ataganlar.
Budda dini uchun turmush marosimi hech qanday ahamiyatga ega emas edi. 
Dindorlar 
awalgiday to'y, o’lim marosimlariga 
braxmanlami shaqirar edilar. 
Budda matnlari mahalliy so’zlashuv tillarida tuzilgan bo’lib, ahotiga tushunarli edi. 
Braxmanlar esa, Sanskrit adabiyotini aholining juda ko’p qismidan yashirar edilar.
~ 202 ~


Budda dini ayniqsa, shahar aholisi o’rtasida keng tarqaldi, chunki shahar paydo 
bo’lishining o’zi an'anaviy 
urug'chilik ijtimoiy aloqalarini yetnirilishi, xususiy 
mulkningpaydo bo’lishi, shaxsning jamoadan ajralishi bilan bog'liq edi.
Buddaviylik e’tiqodi yirik davlatlar hukmdorlarining homiyligi ostida bo’ldi. 
Chunki budda matnlarida jahon hukmronligi g'oyasini ilgari surilib, qaysiki, bu 
hukmdor orqali adolat podsholigiga asos solinadi degan tushuncha mavjud edi. 
Adolatni tarqalishi bir vaqtni o ’zida hukmdoming hokimiyatini kuchayishi bu diniy 
g'oyaga to’gri kelishini bildiradi. Dastlab budda dini xudosizlar dini edi. Keyinchalik 
Buddaga nisbatan munosabat o’zgardi. Uning tasviri paydo bo’ldi. Ibodatxonalar 
gurilib, budda ilohiy mavjudot ekanligi aytila boshlandi. Dunyoning 
oxirati va 
uning kelajagida qutqaruvchi Buddaning kelishi mshunchasi shakllana boshlaydi. 
Budda maktablari ikki asosiy yo'nalish: 
«kichik arava» («yoki qutilishning tor
y o ’li»)
va 
«buyuk arava» («yoki qutilishning keng у o ’li»)
dan iborat edi. U laming 
birinchisi eng qadimiylikka da'vo qilib, Ashoki davridayoq 
Lanka orolida
va keyin 
janubiy-sharqiy Osiyoga tarqaldi. 
«Buyuk arava»
ta'limoti yanada kattaroq 
yutuqlarga erishdi. Kushon podsholari homiyligi ostida bu yo’nalish O’rta Osiyo 
orqali 
Eron, Xitoy, Tibet, Mongoliya va Yaponiyaga
tarqaldi.
Hinduizm asosini qadimgi Hindistonning arxaik e'tiqodlari daraxtlar, tog’, suv 
havzalari, ilon, sigir va maymun kabilarga sig’inish tashkil etadi.
Hozirgi kunda ham hinduizmda, qadimgi davrdan boshlab ma'buda onaga 
sig’inish katta rol o’ynaydi. Hinduizmda bosh yaratuvchi - xudo goyasi mavjud. Bu 
xudo Vishna bo’lib, u hayvonlar sirtlon, baliq, toshbaqalar, yoki insonlar odatda 
qora tanli podsho, yoki cho’pon (krishnalar) qiyofalarida namoyon bo’ladi. Vishna 
boshqa kichik xudolar timsoliga kirishi mumkin. Vishna odatda podsho tojida, 
ba'zida dunyo iloniday yastanib yotgan holda tasvirlanadi.
Boshqa hinduizm e’tiqodchilfri bosh xudo deb sopol parchalarini osgan asket 
(darvish) yoki raqqos qiyofasida ifodalanadigan Shivani hisoblaydilar. Shivaga 
ko’pinsha unga bag’ishlangan muqaddas ho’kiz hamkorlik qiladi. Qadimgi davr 
oxiri va hozirgi 
kunlarda hinduistlar Vishna va Shivaga e'tiqod qiluvchilarga 
bo’linadi.
Hinduizmning 
muqaddas 
matnlari 
vedalar 
hisoblanadi. 
Hinduizmda 
ibodatxonada toat-ibodat qilish rasm bo’lgan. Bayram tantanalarining eng muxim 
qismi tantanali yurishlar, namoyishlar bo’lib, 
xudoning tasviri olib yurilgan. 
Ibodatxona oldida uning xizmatchilari koxinlar, raqqoslar, musiqachilar yashagan.
Hinduizm 
mafkurasining 
asosiy 
belgilari 

Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish