O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/27
Sana01.01.2022
Hajmi1,17 Mb.
#287731
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
radiatsiya

Nasos

Nasos

2

3

4

5

1

3.2- rasm 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

   Sekinlashtirilgan neytronlarga ishlaydigan yadro reaktori. 

  

1 -  Uran tayoqchalari. 



2 -  Germetik po`lat trubalar. 

3 -  Neytronlarni qaytargichlar. 

4 -  Neytronlarni yutuvchi tayoqchalar. 

5 -  Favqulot holatda ishga tushiriladigan tayoqchalar. 

 



 

37 


3

2

1

3.3- rasm  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

      



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Uran reaktorini sxemasi. 

 

1 - Uran tayoqchalari 



2 - Katta massali grafit. 

3 - Bor metaldan qilingan tayoqchalar, ular reaktivning aktivligigni      

bosqaradi.  

 



 

38 


Bor

Grafit

Neytron

Uran

3.4- rasm  

 

 

 



 

 

 



     

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Hozirgi  vaqtda  AES  larni  qurish  xarajatlari  boshqa  elektr  stansiyalarni 



qurish  xarajatlariga  qaraganda  yuqori  bo‘lsa-da,  lekin  ularni  ekspluatatsiya 

qilish  xarajatlari  (yonilg‘i  qiymatini  qo‘shib  olganda)  boshqa  elektr 

stansiyalarnikiga  qaraganda  kamdir.  Taqqoslash  uchun    6-jadvalda  uchta  katta 

elektrostansiyadagi  elektr  energiyaning  tannarxlarini  keltiramiz    (1980  yil 

narxlarida.) 

 

 



 

   Uran  reyaktorida  neytronlar  bilan  bo`ladigan  jarayonlar.  Har  bir 

parchalanishda ikkita neytronlar hosil bo`ladi. N 

eytronlar  trayektoriyasining  o`zgarishiga  sabab,  ularning  grafit  yadrosi  bilan 

to`qnashishidir. 



 

39 


 3.2-j a d v a l  

 

Elektostansiyalar 



Yonilgi 

Quvvat, 


MVt 

Qiymati,       

tiyin/kVtsoat 

Novovoronejdagi AES 

Krivoy Rokdagi GRES №2     

Kanakovodagi GRES 

boyitilgan 

uran 


Donbass  ko‘miri 

mazut, gaz 

2455 

3000 


2400 

0,641 


0,895 

0,712 


 

 Hozirgi  kunda  yadro  energetikasini  intensiv  rivojlantirmay  turib,  energiya 

ishlab chiqarish darajasini bir  xil  ushlab  bulmasligi  ayondir.  Atom  energetikasi 

barcha  rivojlangan  mamlakatlarda  asosiy  energetika  manbaiga  aylanib  borishi 

ko‘zda tutilmoqda.  

 

3.6. Radiatsiyaning insonlarga ta’siri 

 

Havodagi  radiaktiv  moddalar  kishi  organizmga  quyidagi  yo‘llar  bilan 



o‘tadi.  Og‘iz  va  nafas  olish  yo‘li,  teri  orqali,  tuproq,  suv  va  o‘simliklardan 

to‘g‘ridan-to‘g‘ri organimzga o‘tadi. 

 Radiaktiv moddalar bilan har qanday fazoda nurlanish inson uchun xavfli. 

Yerda radiaktivlikning miqdori 1 rintgentga oshsa, kelajak avlodlardan 10 mln. 

kishining  sog‘ligi  xavf  ostida  qoladi.  Inson  va  hayvonlar  uchun  eng  xavfli 

radiaktiv  modda  Sr

90

  u  asosan  tish,  miya  suyaklarining  qon  bilan  bog‘langan 



joylarida to‘planib rak va oq qon kasalliklarini keltirib chiqaradi. Yer sharining 

suyagida Sr

90

 bo‘lmagan bolani uchratish qiyin. 



 Organizm qanchalik murakkab bo‘lsa radiatsiyaga chidamlilik shunchalik 

kamayib  boradi.  Sodda  organizmlarning  radiatsiyaga  chidamli  murakkab 

organizmlarga  qaraganda  bir  necha  ming  marotaba  kuchli  bo‘ladi.  

Radiatsiyaning  insonni  o‘ldiradigan  dozasi  600  rentgen,  sichqon  uchun  900 

rentgen  ba‘zi  bir  hayvonlar  uchun  300000  rentgenni  tashkil  etadi.  Ayrim 

bakteriyalar 10 dan 20 mln. rentgen fazoda nurlansa ham yashab rivojlanaveradi. 

 Atmosferada mavjud bo‘lgan radiaktiv moddalar tuproqqa, o‘simliklarga, 



 

40 


suvga  va  nihoyat  insonning  nafas  olish  organlariga  tushadi.  Quyidagi  rasmda 

stronsiyning  oziq-ovqat  orqali  inson  organizmiga  o‘tadi  va  asosan  suyak 

to‘qimalarida yig‘iladi. 

 Radiaktiv  moddalarning  bir  qismi,  o‘pka,  jigar,  buyrak,  qon  va 

muskullarda  to‘planib  radiaktiv  manbaga  aylanib,  nur  tarqatadi,  oqibatda 

nurlanish kasalligini keltirib chiqaradi. 

 Radiaktiv izotoplar yemirilib tugamaguncha bir xolatdan ikkinchi holatga 

o‘tib,  bir moddadan ikkinchisiga aylanaveradi. 

 Radiaktiv  moddalarning  eng  xavflisi  o‘simliklar  urug‘ida  to‘planib 

qolgani  hisoblanadi;  urug‘  ekanligi  radiaktiv  modda  yangi  o‘simlikka  o‘tadi. 

Bundan  havo  ifloslanib,  havodan  inson  va  hayvonlarga  o‘tadi,  o‘simliklarning 

bargi atmosferadagi  radiaktiv  moddalar  bilan  eng  ko‘p zaharlanadi. 

Ionlashtiruvchi  nurlanish  manbai  yakinida  turgan  insonga  ta‘sir 

qiladigan  radiatsiya  xavfini  baholash  uchun  turli  dozimetrik  asboblar 

mavjud.  

Turli  radioaktiv  moddalarda  yarim  yemirilish  davri  juda  keng  oraliqda 

sekundning  milliondan  bir  qismidan  tortib,  to  bir  necha  milliard  yillargacha 

o‘zgaradi.  

Radioaktivlik  so‘zi  so‘ngi  paytlarda  Chernobil  Atom  elektrostansiyasida 

yuz  bergan  falokat  tufayli  gazeta-jurnal  sahifalarida  va  radio-televideniye 

eshittirishlarida  tez-tez  uchrab  turadigan  bo‘lib  qoldi.  Bu  maqolalarda  atrof-

muhitni radioaktiv zaxarlanish, radiatsiya darajasi, nurlanish dozasi haqida har 

xil  raqamlar  keltiriladi.  Masalan,  Chernobil  AES  da  falokatdan  so‘ng  ba‘zi 

uzoq  zonalarda  radioaktivlik  soatiga  1200  mikrorentgen  bo‘lgan.  Vaholanki, 

inson  uchun  70  yillik  umrida  o‘rtacha  35  ber  dozadagi  nurlanish  xavfsiz 

hisoblanadi.  

1986  yil  26  aprelda  Pripyat  shahridagi  (Ukraina)    Chernobil  atom  

elektrostansiyasida  eng  yirik    yadroli  avariya  ro‘y  berdi  va  uning  oqibatlari 

halokatli  tus  oldi.  Avariya  natijasida  birinchi  oyida  o‘tkir  nurli 



 

41 


shikastlanishlar  natijasida  28  kishi  halok  bo‘li.  Avariya  oqibatlarini  tugatish 

uchun  600 ming mutaxasis jalb etildi, ularning ichida  200 000 tasi ukrainlar 

bo‘lib,  bularni  keyinchalik  avariya  oqibatlarini  bartaraf  etuvchilar  deb 

nomlashdi.  Asosiy  keng  hajmdagi  ishlar    1990  yilgacha  davom  etdi.  Aynan 

shu  vaqtda  ko‘pgina  ilmiy  tadqiqotlar  qilindi.  Portlash  va  radioaktiv  

materiallarni  otilib  chiqishi  natijasida    Ukraina,  Belarusiya  va  Rossiyaning 

katta  hududlari  zararlandi.  Radioaktiv  seziyey  -137  bilan  ifloslanish  zichligi 

quyidagi  kartada  ko‘rsatilgan  (6-rasm).  Shuningdek  Chernobil  atrofida  Cs-

137 bilan zararlanishini siljish darajasi ham ko‘rsatilgan.  

 

3.5-rasm 



Chernobil  fojiasidan  keying  Seziy  –  137  bilan  radiatsion  ifloslanish 

zichligining territorial taqsimlanishi 

 

 



 

42 


Sanitariya  inqilobining  muvoffaqiyatlariga  qaramasdan  bizning  atrof-

muhitimizni  holatini  qandayligini  bilish  hali  ham  juda  zarur.  Chernobildagi 

falokat  har  bir  kishiga  texnologik  falokatidan    atrof-muhitni  zararlanishini 

oldini olish qanchalik  muhim ekanligini yana bir bor eslatib qo‘ydi. 

Salomatlikka  bo‘lgan  nurlanish  ta‘sirini  effekti  hamda  ikkilamchi 

profilaktika,  radiatsion  ta‘sirlanishga  duch  kelganlar  uchun    Ukraina  va 

boshqa  regiondagi  sog‘liqni  saqlash  mutaxasislarini  asosiy  masala  bo‘lib 

qolmoqda.  

Agar kishi qisqa vaqtda, aytaylik 1 soatda  400  rentgen  dozali  nurlanish 

olgan  bo‘lsa,  50  foiz  ehtimollik  bilan  aytish  mumkinki,  u  hayotdan  ko‘z 

yumadi. Agar nurlanish dozasi 600 rentgenga yetsa undan hech qanday umid 

qolmaydi.   

Chernobil  AES  ni  reaktorida  falokat  yuz  berganda  nurlanish  quvvati 

soatiga  30000  rentgenga  yetdi,  reaktor  parchalarining  nurlanish  quvvati  esa 

2000 rentgen/soat edi. 

Bundan ko‘rinib turibdiki, bu joyda 1,5 minut bo‘lishning o‘zi ham kishini 

halok qiladi. 

AES  portlash  sababli  atrofga  ko‘p  miqdorda  uzoq  yashovchi,  yarim 

yashash davrlari 30 yil bo‘lgan stronsiy-90 va seziy-137 izotoplari ham bor 

bo‘lgan radioaktiv moddalar tarqaldi. Shuning uchun Chernobil AESi zonasida 

bir  necha  o‘n  yillar  davomida  insonlar  yashashi  uchun  normal  sharoit 

bo‘lmaydi.  

 Radiatsiya,  uningning  insonlarga  ta‘siri  haqida  gapirar  ekanmiz  shu 

o‘rinda  hozirda  deyarli  hamma  sohalarga  jadallik  bilan  kirib  borayotgan 

kompyuter  texnologiyalaridan  tarqalayotgan  nurlar  va  ulardan  qanday 

himoyalanish haqida ham biroz ma‘lumot berib o‘tmog‘imiz zarur. Bu albatta 

ko‘pchilik uchun qiziqarli bo‘lsa kerak. 

Nur tarqatish – bu komputer bilan ishlashda uchraydigan zararli faktordir. 

―Komputer texnikasining asosiy kamchiligi - nur tarqatishdir. Nur tarqatishning 



 

43 


kattagina  qismi  monitorga  to‘g‘ri  keladi,  chunki  monitor  har  tomonga 

elektromagnit va elektrostatik maydon, ekrandan esa radiatsiya va ultrabinafsha 

nurlarini  tarqatadi.  Komputerdan  tashqari,  lazerli  printer,  nusxa  ko‘chirish 

apparatlari,  ya‘ni  ichki  qismi  yuqori  kuchlanishga  ega  bo‘lgan  texnikalardan 

ham nur tarqaladi. Bundan tashqari , toner-kartrij ichidagi tarkibida og‘ir metall 

bo‘lgan  kukun  ham  g‘oyat  xavflidir.  Shuningdek,  uzoq  vaqt  komputer  oldida 

ishlash  ko‘z  uchun  nihoyatda  zararlidir.  Nima  qilmoq  kerak?  Balki  texnika 

mo‘jizasidan  butunlay  voz  kechib,  qo‘lga  komputer  ―sichqonchasi‖  o‘rniga 

toshdan yasalgan bolta olish afzalroqmikan? O‘zingizni sivilizasiya yutuqlaridan 

mahrum etishga aslo shoshilmang, bu yutuqlardan aql bilan foydalanmoq darkor 

xolos!‖... 

 Komputer texnikasidan taralayotgan nur inson organizmiga qanday zarar 

etkazishi mumkin?  

Avvalambor,  markaziy  nerv  sistemasiga 

juda  katta  ziyon  etkaziladi.  Bunda  ayniqsa 

bolalar 


aziyat 

chekadilar. 

Kishi 

tez-tez 


asabiylashadigan  bo‘lib  qoladi,  diqqatini  bir 

joyga jamlash qiyin kechadi, stresslarga berilish 

darajasi  oshadi.  Yurak-  tomir  sistemasi  va 

yuqori  nafas  olish  yo‘llari  kasalliklari  vujudga 

keladi, immunitet pasayib ketadi.  

Lekin  quyidagi  maslahatlarga  amal  qilsangiz,  bu  dardlarni  chetlab 

o‘tishingiz mumkin: 

- Monitordan 40-50 sm masofada bo‘ling;  

- Sifatli himoyasi bo‘lgan yaxshi monitor sotib oling;  

- Monitoringizdagi tasvir yetarli darajada aniq bo‘lsin;  

-  Tez-tez  nam  latta  bilan  komputerni  artib  turing,  chunki  chang,  ayniqsa 

monitordagi chang nurni o‘zida to‘plash qobiliyatiga ega;  

- Havo ionizatorlaridan foydalaning. 

3.6-rasm 




 

44 


Kaktus haqida afsona. Ko‘p yillar davomida kaktus taralayotgan nurlarni 

o‘ziga  yutishi  va  ularni  komputer  oldiga  qo‘yish  zarurligi  to‘g‘risidagi  fikrlar 

mavjud edi. 15 yil ilgari maktab komputer xonasidagi har bir komputer yoniga 

bittadan  kaktus  tuvagini  qo‘yib  chiqdim.  Tajriba-sinov  o‘zini  oqladi! 

Kaktuslarning  barchasi  qovjirab  qurib  qoldi,  monitorlar  esa  bus-butun  edi. 

Aslida  esa  bu  gullarga  quyosh  nuri  kamlik  qiladi,  har  qalay  gullar  sun‘iy 

yoritilgan  xona  o‘rtasida  emas,  balki  deraza  tokchasida  turishi  kerak. 

Kaktusning nurlarni yutish xususiyatiga egaligi haqidagi afsonalar 80-yillarning 

oxirida,  matbuotda  Meksika  sahrolaridagi  kaktuslarning  o‘rganilayotgani 

to‘g‘risidagi  xabarlar  berilgan  vaqtida  paydo  bo‘lgan.  Haqiqatdan  ham,  ular 

tabiatda  kuchli  nur  taratish  sharoitida  o‘sadi.  Ammo  kaktuslarning  turli  xil 

nurlarni  yutish  xususiyatlari  hakida  ma‘lumotlar  haddan  ziyod  oshirib 

yuborilgan – nurlarni o‘ziga yutish dozasi g‘oyat kamdir, shuning uchun kaktus 

monitor  uchun  filtr  vazifasini  o‘tay  olmaydi.  Yaxshisi  sifatli  monitor  bilan 

ishlash, barcha qoidalarga amal qilish va sog‘lom bo‘lish ma‘qul. 


Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish