O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/27
Sana01.01.2022
Hajmi1,17 Mb.
#287731
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
radiatsiya

3.3. Yadro qurollari 

 Atom bomba

Neytronlarning  ko‘payish  koeffisiyenti  katta  bo‘lgan 

boshqarilmaydigan zanjir reaksiya atom bombasida amalga oshiriladi. 

 Energiya deyarli bir onda ajralishi (portlash sodir bo‘lishi) uchun reaksiya 

sekinlatgichlarsiz  tez  neytronlarda  amalga  oshiriladi.  Portlovchi  modda  sifatida 

sof uran 



U

235


92

 yoki plutoniy 



Pu

239


94

 ishlatiladi. 

 Portlash  sodir  bo‘lishi  uchun  bo‘linayotgan  metalning  o‘lchamlari  kritik 

o‘lchamidan  katta  bo‘lishi  kerak.  Buning  uchun  bo‘linayotgan  materialning 

kritik o‘lchamlardan kichik bo‘lgan ikkita bo‘lagi tez birlashtiriladi yoki uning 

bitta  bo‘lagi  shunday  o‘lchamlargacha  tez  siqiladiki,  bunda  kamayayotgan  sirt 

orqali  sizib  o‘tayotgan  neytronlar  soni  kamayishi  natijasida  bo‘lakning 



 

28 


o‘lchamlari  kritik  o‘lchamlardan  katta  bo‘lib  qoladi.  Har  ikki  usul  ham  oddiy 

portlovchi moddalar vositasida amalga oshiriladi. 

 Bomba  portlashida  temperatura  bir  necha  o‘n  million  kel‘vinga  yetadi. 

Temperatura  bunday  ortganda  bosim  haddan  tashqaro  ortib  ketadi  va  qudratli 

portlash  to‘lqini  yuzaga  keladi.  Ayni  vaqtda  kuchli  nurlanish  yuzaga  keladi. 

Bomba  portlashidagi  zanjir  reaksiya  mahsulotlari  kuchli  darajada  radioaktivdir 

va  tirik  organizmlar  uchun  katta  xavf  tug‘diradi.

 

Atom  bombasi  portlagan 



bo‘lsa,  yorug‘lik,  issiqlik  energiyalari  birgalikda  qo‘shma  shikastlarni  keltirib 

chiqaradi.

 

 Atom  bombalari  ikkinchi  jahon  urushining  oxirida  AQSH  tomonidan 



Yaponiyaga  qarshi  ishlatilgan.  1945  yilda  atom  bombalari  Yaponiyaning 

Xirosima  va  Nagasaki  shaharlari  ustiga  tashlandi.  Odamlarni  ommaviy  qirg‘in 

qilishning  bu  aktiga  hech  qanday  harbiy  zaruriyat  yo‘q  edi,  chunki  bu  vaqtda 

Yaponiyaning so‘zsiz taslim bo‘lishi ravshan bo‘lib qolgan edi.  



 Vodarod  bomba.  Olimlarsun‘iy  ravishda  termayadro  reaksiyasini  amalga 

oshirish  usulini  topdilar.  Buning  uchun  termoyadroviy  reaksiyada  qatnashishi 

lozim  bo‘lgan  modda  (masalan  H²  va  H³  aralashmasi)  ichida  atom  bomba 

portlatilsa  bas.  Atom  bomba  portlaganda  juda  qisqa  vaqt  ichida  temperatura  

~10

7

  K  ga  yetib,  deyteriy  va  tritiy  birikadi,  bunda  energiya  ajralib  chiqishi 



yanada  kuchliroq  portlash  tarzida  namoyon  bo‘ladi.  Portlashda  vodarod 

izotoplari  qatnashganligidan  bayon  etilgan  prinsipda  ishlaydigan  qurolga

 

 

vodorod  bomba  deb  nom  berilgan.  Agar  vodarod  bombaning  devorlariga  U



238 

izotop  (ya‘ni  tabiiy  uran,  chunki  uning  99%  i  U

238 

bo‘ladi)  qoplansa, 



termoyadroviy  reaksiyada  ajralib  chiqadigan  tez  neytronlar  U

238


  yadrolarining 

bo‘libishiga  sabachi  bo‘ladi  Buning  natijasida  bombaning  portlash  quvvati 

yanada ortadi.  

 6-jadvalda  atom  va  vodarod  bombalarining  portlash  episentridagi,  bir 

soat, bir kun va hokazo vaqt o‘tgandan keying radiatsiya aktivligi keltirilgan. 

 



 

29 


3.1­jadval 

 

Atom bombasi 



Portlash 

markazidagi 

nurlanish, 

Kyuri (Ki) 

hisobida 

 

Vodarod bombasi 



 

10

13 



 

 

10



12

 

 



 

10

11



 

 

 



10

10

 



 

 

10



9

 

 



 

10

8



 

 

 



10

7

 



 

 

10



6

 

 



 

10

5



 

 

 



10

4

 



 

 

10



3

 

 



 

10

2



 

 

 



 

 Neytron  bomba  deb  ataluvchi  qurolda  esa  yadroviy  sintez  reaksiyasini 

amalga oshishi uchun talab qilinadigan sharoit detonatorlik vazifasini bajaruvchi 

atom  bombani  portlatish  yo‘li  bilan  emas,  balki  boshqa  usullar  yordamida 

vujudga keltiriladi.  

 Neytron  bombani  xarakterlovchi  kriteriy  sifatida  termoyadroviylik 

koeffisiyenti  K

T

    dan  foydalaniladi.  K



T

  –  yadroviy  sintez  reaksiyasida  ajralib 

chiqadigan energiyaning asosiy qismi (~80 %) neytronlarning energiyasi sifatida 

Bir haftadan so’ng 

Bir minutdan so’ng 

Bir soatdan so’ng 

Bir kundan so’ng 

Bir haftadan so’ng 

Bir yildan so’ng 

10 yildan so’ng 

100 yildan so’ng 

Bir oydan so’ng 

Bir soatdan so’ng 

Bir kundan so’ng 

Bir yildan so’ng 

Bir haftaldan so’ng 

Bir oydan so’ng 



 

30 


namoyon bo‘ladi (mazkur qurolnining neytron bombasi deb atalishining sababi 

ham  shunda).  Shuning  uchun  neytron  bomba  portlaganda  vujudga  keladigan 

zarb  to‘lqini  anchagina  kuchsiz,  lekin  nurlanish  nihoyatda  kuchli  bo‘ladi. 

Neytronlar muhit atomlarining elektron qobiqlari bilan bevosita ta‘sirlashmaydi. 

Lekin  muhit  atomlarining  yadrolari  bilan  ta‘sirlashuvi  tufayli zaryadli  zarralar, 

γ-kvantlar va radioaktiv yadrolar hosil bo‘ladi. Bular esa, o‘z navbatida, boshqa 

atomlarni ionlashtiradi. Shuning uchun odam organizmiga neytronlarning ta‘siri 

tirik  to‘qimalarning  atom  va  molekulalarini  ionlashtirishdan  iborat  bo‘ladi. 

Ionlarning  aktivligi  o‘zgacha  bo‘lganligi  uchun  sog‘  organizmda  salbiy  ta‘sir 

ko‘rsatuvchi ximiyaviy birikmalar vujudga keladi. Yadroviy nurlanish, xususan, 

neytronlar  ta‘siridaba‘zi  murakkab  molekulalar,  birinchi  navbatda  ilik,  so‘ngra 

qon  hosil  bo‘lish  jarayonini,  ayniqsa  markaziy  nerv  sistemasining  to‘qimalari 

zararlanadi.  Ovqat  hazm  qilish  yo‘li  va  jinsiy  a‘zolarning  hujayralari  ham 

shikastlanadi.  Nurlanishlarning  tirik  organizmga  ta‘siri  to‘g‘risida  quyidagi 

tajriba  yetarlicha  tasavvur  beradi:  maymunlar  uzoq  vaqt  davomida  kuniga  olti 

soatdan chambarak aylantirishga, o‘n minutda aylantirgandan keyin besh minut 

dam  olishga  o‘rgatilgan.  Bunday  mehnatdan  ular  mutlaqo  charchamagan. 

So‘ngra  maymunlarga  neytron  gamma  nurlanish  bilan  ta‘sir  etilgan.  Nurlanish 

ekvivalent  dozasi  46  zivert  (1Zv=1J/kg)  bo‘lgan.  Nurlanishdan  besh  sekund 

o‘tgach,  maymunlar  yana  chambarak  aylantirishga  undalgan.  Lekin  ularning 

80% i 8 minut ichida ish qobiliyatini butunlay yo‘qotgan. Nurlangandan so‘ng 

7’132 soat ichida barcha maymunlar halok bo‘lgan.  

 Shuni  alohida  qayd  qilmoq  lozimki,  quvvati  o‘n  kilotonna  bo‘lgan 

neytron bomba (bunday bombadagi deyteriy-tritiy aralashmasining massasi 130 

grammga  teng)  portlatilganda  portlash  markazidan  bir  kilometrcha  masofadagi 

ochiq yerda joylashgan odamlarga xuddi  yuqorida bayon etilgan tajribadagidek 

nurlanish ekvivalent dozasi ta‘sir etadi. 

 Yadro  quroli  yaratilishi  munosabati  bilan  urushda  g‘alaba  qozonish 

mumkin  bo‘lmay  qoldi.  Yadro  urushi  insoniyatni  halokatga  olib  kelishga 



 

31 


qodirdir,  shuning  uchun  jahondagi  barcha  xalqlar  yadro  qurolini  ta‘qiqlash 

uchun astoyidil kurash olib bormoqdalar. 2-sxemada yadro qurollarini sinash va 

ishlatish natijasida atmosferaning ifloslanish darajasi yillar hisobida keltirilgan. 

  


Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish