O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta ‘lim vazirligi navoiy davlat pedagogika


Ongli “men”ning shakllanish bosqichi



Download 0,88 Mb.
bet16/39
Sana18.02.2022
Hajmi0,88 Mb.
#453726
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
Bog'liq
2 5474478496459789634

Ongli “men”ning shakllanish bosqichi.

  • Axloqiy “men”ning payqo bo’lish bosqichi.

  • Kosmik oliy “men”ning vujudga kelish bosqichi.

    Bunda bilish subyekti bo’lgan inson o’zini obyekt(shaxsiy tasavvur va fikrlar, his-tuyg’ular, kechinma hamda qiziqishlar, maqsad, hatti-harakat, jamoa, oila, jamiyatdagi ahvol) sifatida qabul qiladi. Inson shaxs sifatida o’z-o’zini baholovchidir. O’z-o’zini baholamasdan turib, hayotda to’g’ri yo’l tanlash qiyin. To’g’ri baholash o’ziga nisbatan tanqidiy munosabatda bo’lish, o’z imkoniyatlarini hayot talablariga nisbatan doimiy ravishda chamalab ko’rish, o’z oldiga orzu-maqsadlarni mustaqil ravishda qo’yib borish, ilgari surilayotgan fikrlarni sinchkovlik bilan tekshiruvdan o’tkazish, barcha dalillarni obdon o’ylab ko’rish, o’zini oqlamagan gipoteza va taxminlardan voz kechishni nazarda tutadi.1 Shu o’rinda “O’zingni anglasang, Ollohni anglaysan”,- hadisini keltirish o’rinli. Ushbu haqiqatni antik davrlarda Suqrot, Platonlar o’z bilish nazariyalarida, Ibn Sino, Forobiy, Alisher Navoiy kabi ulug’ mutafakkirlarimiz ijod mahsullarida k’op marotaba ta’kidladilar.
    Ma’lumki, nemis faylasuf-pedagogi I.Kant ta’lim va tarbiyaning nazariy masalalariga alohida e’tibor bergan. Ta’lim-tarbiya nazariyasining teranligi uchun kurashgan. «Ma’rifat - insonnnng o’zi sababchi bo’lgan norastalikdan xalos bo’lishidir. Norastalik o’z aql-idrokidan boshqa birovning boshchiligisiz
    foydalanolmaslikka sabab bo’ladigan layoqatsizlikdir...»- deb yozgan edi I.Kant o’zining «Ma’rifat nadir? degan savolga javob» nomli asarida. I. Kant hamisha akademik ta’limga dunyoni bilishda ilm-fan va san’atga amaliy ma’no va mazmun baxsh etadigan dastlabki bosqich sifatida qarab kelgan, buning natijasida ular (ilm-fan va san’at) “nafaqat maktab uchun, balki hayot uchun ham yaroqli bo’ladi va o’quvchi o’z vazifasi maydoniga butunlay tayyor holda qadam qo’yadi..; Men sizlarga uslubiy fikrlashni o’rgatishga harakat qilaman” degan doim. Talabalarga ayniqsa, ta’riflar haqida gap ketganda, Kant qo’llaydigan usul ma’qul tushgan. U ma’ruzani shunday olib borganki, go’yo tinglovchilarga va uning o’ziga ham bir xilda noma’lum bo’lgan haqiqatni izlayotgandek taassurot qoldirgan. I.Kant avvaliga o’zini biron-bir ta’rif berishga urinayotgandek qilib ko’rsatar, natijada dastavval jo’ngina ifoda hosil bo’lar, keyin esa uni izchil tuzatishga kirishib ketar va bu holat nihoyat, uzil-kesil va qat’iy ilmiy ta’rif yaratilmagunga qadar davom etgan. Hech bir mubolag’asiz aytish mumkinki, I .Kant shu tariqa talabalarni o’zining falsafiy - pedagogik «ustaxonasi»ga olib kirishga tirishgan va ularga chin haqiqatni qay tarzda izlash lozimligini amalda ko’rsata bilgan. I.Kantda tushunchalarni tahlil etish va tizimlashtirish qobiliyati eng kuchli darajada taraqqiy etgan. Buning uchun mavzu jozibador va tushunarli bo’lmog’i zarur, bunga esa uni shunchaki mohirona tanlay bilish bilan emas, balki o’qitish usul va vositalarining oqilona uyg’unligi orqali erishiladi. Umumiy bilim asoslarini bola birdaniga emas, balki muayyan bir izchillik tufayli o’zlashtiradi. Shuning uchun dastlab materialning ko’rgazmaliligi va aniq dalillarga asoslanganligiga alohida ahamiyat berib, so’ngra umumiy qoidalarni tushuntirish kerak. Bayon va tasvir bolani o’z ustida mustaqil ishlashga rag’batlantirmog’i lozim. Bilimlarni amaliy harakatlar bilan mustahkamlab borish, masalan, yod olingan grammatik qoidani bir talay mashqlar orqali amalda qo’llay bilish kerak. Tushuntirish (tasvir, bayon) va tekshirish bilan bir qatorda I. Kant dialogik («Suqrotga xos») metodni ham maqsadga muvofiq deb hisoblagan. Uningcha, bunday usul o’qituvchiga o’quvchini bilim asoslarini mustaqil ravishda ochishga o’rgatishda qo’l keladi. I.Kant chin haqiqatlar mohiyatini ochishning o’zini ta’lim jarayonining mas’uliyatli jihati hamda o’qituvchining eng muhim vazifasi deb bilgan: «...fikrlarga emas, fikrlashga o’rgatmoq lozim, tinglovchini, agar uning kelajakda mustaqil yura olishini xohlasalar, qo’lidan yetaklash emas, balki unga yo’l-yo’riq ko’rsatmoq kerak»'. E’tibor qilish joizki, aynan tushunmaslik ta’lim olishga bo’lgan ehtiyojni susaytirmoqda, oliy ta’limning nufuzini tushirmoqda. Buning uchun ta’lim jarayoni tarkibini qayta ko’rish, o’zgartirish kerak. Bularning hammasi birinchi navbatda falsafiy- metodologik yo’nalish olishni taqozo etadi. Ma’lum bir namunaga ko’ra o’zlashtirilgan BKMlar o’z-o’zicha ijodkor shaxs asosini tashkil etgan psixologik tuzilishini shakllantirib bera olmaydi. U muammoli ta’lim asosida shakllanadi. Har qanday muammoli vaziyatlarga qurilgan mashg’ulotlar “muammoli vaziyat— muammo-muammo yechimi” tizimiga asoslanadi. Muammo-anglash shaklidir. Shunday qilib o’quv jarayoni tarkibi ta’lim maqsadlari mazmunida aks etadi. An’anaga ko’ra, ta’lim maqsadlari bilim, malaka, ko’nikmadir. Masalani bu tarzda qo’yish shuni anglatadiki, dasturga bilimlarning o’rniga tasavvurlar kiritildi, ko’nikmalar alohida professional operasiyalarni bajarishda belgilandi. Aniq qo’yilgan o’quv maqsadlari mashg’ulotlarning tub mazmuniga o’zgartirish kiritdi. Ya’ni:
  • 1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish