XULOSA
ADABIYUOTLARKIRISH
Fan-texnika taraqqiy etgan, axborot almashinuvi kuchaygan tezkor zamonda mamlakatimizning barcha sohalarida bo’lgani kabi ta’lim tizimida ham qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Shundan kelib chiqqan holda zamonaviy talablari nobatga olingan holda umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilarini qayta tayyorlash va malakasi oshirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi ta’lim sohasida jiddiy qadam edi. 2017-2021 yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasida amalga oshirilishi zarur bo’lgan dolzarb vazifalar belgilangan. Jumladan, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o’quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish talab etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini davr talablariga muvofiq faoliyat yuritishga zamin bo’lmoqda. Ayni paytda mamlakatimizning barcha sohalarida islohotlarni amalga oshirish, odamlarning dunyoqarashini o’zgartirish, yetuk va zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashni hayotning o’zi taqozo etmoqda. Ta’lim tizimini zamon talablari bilan uyg’unlashtirishda esa uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash, pedagog xodimlarning malakasini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
“Ona tili va adabiyot fanini o’qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovasiyalar” o’quv moduli malaka oshirish jarayonida fan o’qituvchilarini sohadagi yangiliklar, o’quv-me’yoriy hujjatlar, yangi metodik qo’llanma va tavsiyalar, adabiyotlar bilan tanishtirishga, egallagan bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini kelgusida amaliyotga tatbiq etishga yo’naltiradi. “Ona tili va adabiyot fanini o’qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovasiyalar” o’quv modulining ishchi o’quv dasturi ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari malakasini oshirish kursining o’quv dasturi asosida tuzilgan bo’lib, fanni o’qitishning zamonaviy usul va metodlari bilan tanishtiradi.
BOB “ONA TILI VA ADABIYOT FANLARINI O’QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVATSIYALAR“
“Ona tili va adabiyot fanini o’qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovasiyalar“ o’quv modulining ishchi o’quv dasturi ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari malakasini oshirish kursining o’quv dasturi asosida tuzilgan bo’lib, tinglovchilarga ta’limga kirib kelgan zamonaviy yondashuvlar va innovasiyalarning mazmun va mohiyatini ochib beradi.
O’quv modulining maqsad va vazifalari
Modulning maqsadi: umumiy o’rta ta’lim maktablari ona tili va adabiyot fani o’qituvchilarining ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy yondashuvlar va innovasiyalarni qo’llash kompetensiyalarini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |