Asosiy qism
Agrokimyo fanining asosiy perdmeti - bu o’simlik, tuproq va o’g’itlar hamda ular orasidagi o’zaro taosir munosabatlarini o’rganishdir.
Agrokimyo fanining maqsadi - o’g’itlarning har xil turlari va shakllari, xususiyatlarini xisobga olgan holda o’simliklarning oziqlanishi uchun eng yaxshi sharoit yaratishdir. SHuningdek, o’g’itlarning tuproq bilan o’zaro taosir xususiyatlarini, ularning eng samarali shakllarini, yerga solish usullari va muddatlari tizimini yaratishdir.
Agrokimyoning bosh vazifasi o’simlik, tuproq va o’g’it sistemasida kimyoviy elementlar balansini va aylanishini boshqarishdir. Agrokimyo maktabining asoschisi
D.N.Pryanishnikov agrokimyoning asosiy vazifasini ifodalab, shunday yozgan edi:
«Agrokimyoning bosh vazifasi dehqonchilikda moddalar aylanishini o’rganish, tuproq va o’simliklarda kechadigan kimyoviy jarayonlarga taosir qiluvchi turli xil omillarni aniqlash, qaysiki bu omillar olinadigan hosilni oshirish va kamaytirishi, shu bilan birga uning tarkibini ham o’zgartirishi mumkin.
O’g’itlarning qo’llanilishi esa ushbu moddalar aylanishiga insoniyatning aralashuvini bosh usulidir.
Zamonaviy agrokimyoarning vazifasi - har xil qishloq xo’jalik ekinlarini berilgan har xil mahsuldorlik darajasida va ularning navlarini yetishtirish mintaqalarini hisobga olgan holda barcha biogen elementlarnig aylanishini aniq parametrlarini aniqlashdir.
Mineral o’g’itlarning qo’llanishi xo’dalikdagi yetishtiriladigan o’simliklarning oziqlanishida yagi ozuqa elementlarini kpayishiga imkon yaratdi, organik o’g’itlarning va boshqa har xil chiqindilardan foydalanish esa ozuqa elementlaridan qaytadan foydalanish imkoniyatini beradi, yani o’simlik bargi, poyasi, ildizi tarkibidagi ozuqa elementlaridan o’simliklar keyingi rivojlanish davrlarida foydalaniladi. Mineral o’g’itlar ham, organik o’g’itlar ham tuproqning xususiyatlariga (uning kimyoviy, fizikaviy, biologik xususiyatlariga) kuchli taosir etuvchi vositalardir. SHuningdek, o’simliklarning oziqlanishiga, o’sishiga, rivojlanishiga va hosil sifatiga kuchli taosir etuvchi omillardir. Mineral va organik o’g’itlarning qo’llanilish, ularning samaradorligini oshirish dehqonchilikni kimyolashtirishning asosini tashkil etadi.
O’g’itlar bilan har xil ozuqa elementlarini tuproq tarkibiga kirishi va ularning hosilni shakllanishida sarflanishi boshqa jarayonlarni murakkablashtiradi. Yani ozuqa
elementlarining taosirida tuproq xususiyatlari buzilishi, sizot suvlarining tarkibiy o’zgarishi va ozuqa elementlari shamol va suv eroziyasi taosirida atrof muhitni ifloslantirishi mumkin.
SHu bilan birga bazi ozuqa elementlari tuproqqa atmosfera yog’inlari va mikroorganizmlar faoliyati natijasida ham tushishi mumkin (azot).
Bundan tashqari hosilning keyingi taqdiri moddalar aylanishiga kuchli taosir etadi. yani hosilning tovar qismida ozuqa elementlari hosilning sotilishi, qayta ishlanishi va boshqa jarayonlarda xo’jalikdan tashqariga chiqib ketadi, ikkilamchi tovar bo’lmagan qismi (poyasi, bargi, poxoli va boshqalar) chorvachilikda yemxashak
va to’shama sifatida ishlatilib, yana xo’jalik yerlariga qaytadi. SHuning uchun Agrokimyoda hosilning tovar qismidagi chiqib ketadigan ozuqa elementlariga alohida eotibor beriladi.
Agrokimyo fani bir qator fanlar bilan o’zaro aloqadorlikda rivojlanadi va faoliyat olib boradi.
Yashil o’simliklarning oziqlanishini o’rganish uni o’simliklar fiziologiyasi fani bilan uzviy bog’laydi.
Agrokimyo fani nafaqat yashil o’simliklarni oziqlanishini o’rganibgina qolmay, balki uni ishlab chiqarish sharoitida boshqarib turadi, yani qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini oshiradi va sifatini yaxshilaydi. Qishloq xo’jalik kinlarini yetishtirishda agrokimyo fani tuproqning xususiyatlarini chuqur o’rganadi va tuproqshunoslik fani bilan chambarchas aloqada bo’ladi. Agrokimyo fani, xususan har bir agrokimyogar chorvachilik asoslarini har tomonlama mukammal bilishi kerak.
CHorvachilikdan chiqadigan go’ng va boshqa chiqindilar qishloq xo’jalik ekinlai uchun qimmatli o’g’it hisoblanadi. SHuning uchun Agrokimyo fani chorvachilik sohasidagi fanlar bilan uzviy aloqada bo’ladi.
Bundan tashqari, Agrokimyo fani dehqonchilik, o’simliklarni himoya qilishsohasidagi fanlar entomologiya, fitopotologiya, fitotsenologiya kabilar bilan uzviy munosabatda bo’ladi.
Hozirgi paytda Agrokimyo fani biokimyo, genetika, selektsiya va fanning yangi sohalari - gen injeneriyasi, biotexnologiya, iqtisodiy yo’nalishdgi bir qator fanlar, matematika va zamonaviy informatika - hisoblash texnikasi kabi fanlar bilan aloqadorlikda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Agrokimyoviy bilimlarning paydo bo’lishi, ularning ilk ko’rinishlari qadimgi
dehqonchilik davrlariga boribg’ qoladi. Ajdodlarimiz bndan bir necha ming yillar
ilgari tuproq unumdorligini oshirish uchun turli-tuman chiqindilardan, go’ngdan, eski
kuygan devorlarning tuproqlaridan va chuchuk suv xavzalarida to’plangan
loyqalardan unumli foydalanganlar. Qadimgi Rim imperiyasi davridanoq ko’kat
o’g’itlardan yerlarning unumdorligini oshirishda foydalanganlar, kulning, ohakning va gipsning o’g’it sifatidagi ahamiyati maolum bo’lgan.
Evropa kolonizatorlari Amerika mintaqasiga birinchi marta qadam bosganlarida indeytslarning dalalarga ekilgan makkajo’xorini baliqlar bilan
oziqlantirayotganliklarini ko’rib hayron qolgan edilar. Lekin bu qilingan ishlarning
ahamiyati o’simliklarning oziqlanish sirlari ochilgunga qadar noaniqligicha
qolaverdi. Qalimgi Gretsiyaning materialist faylasuflari o’simliklarning hayoti uchun olov, tuproq, suv va hvo zarur ekanligini aytganlar.
Ular bu fikrlari bilan haqiqatga juda yaqin kelgan edilar, yani katta olov - quyosh o’simliklaridagi fotosintez jarayonining borishida yorug’lik va energiya
manbai bo’lib xizmat qiladi, tuproq esa mineral elementlar bilan oziqlanish manbai,
havodan karbonat angidrid olinadi va suv esa o’simliklardagi bo’ladigan barcha
jarayonlarda ishtirok etadi. O’rta Osiyoda, xususan O’zbekistonda agrokimyoviy tadqiqotlarning
boshlanishi, asosan chor Rosiyasining O’rta Osiyoni bosib olishi va uning paxta va boshqa qishloq xo’jalik xomashyosiga bo’lgan talabini qondirish bilan bog’liqdir.
O’rta Osiyoda qishloq xo’jaligi, xususan paxtachilikni rivojlantirish maqsadida taniqli, shu sohaga taaaluqli olimlar yuboriladi.
Bunday olimlar qatoriga R.R.SHreder, M.M.Butuev, I.K.Negodnov, A.I.
Kurbatov, Ye.A. Joripov, D.A. Sabinin va boshqalarni kiritish mumkin. O’rta Osiyoga mineral o’g’itlar birinchi marta XX asrning boshlarida aniqrog’i
1906 yilda keltirilgan.
Qishloq xo’jalik ekinlariga mineral o’g’itlarni qo’llash borasidagi ilk tajribalar
SHreder, Butuev, Negodnovlar tomonidan amalga oshirilgan. 1906-1928 yillar mobaynida 121 talabalar dala tajribalari amalga oshirilgan. Bundan tashqari O’zbekistonda agrokimyoning va agrokimyoviy tadqiqotlarning rivojlanishida O’zbekiston Respublikasi FA tarkibiga kiruvchi
tuproqshunoslik va Agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutining tashkil etilishi juda katta
ahamiyatga ega bo’ldi. CHunki bu ilmiy maskandan juda ko’p taniqli tuproqshunos,
agrokimyogar olimlar yetishib chiqdilar va o’zlarining ilmiy izlanishlari bilan
O’zbekistonda, O’rta Osiyoda agrokimyoning rivojlanishiga munosib xissa qo’shib
kelmoqdalar. Bular jumlasiga D.V.Xarkov, L.M.Golodkovskiy,
N.K,Bolyabov,
S.A.Kudrin, J.S.Sattorov, I.N.Niyozaliev, M.Umarov, T. Zokirov,
I.Turopov,
Q.M.Mirzajono, A.Rasulov, X.M.Maxsudov, T.Piroxunov, I.Turopov va boshqa ko’pgina tadqiqotchilarni kiritish mumkin.
Hulosa
Xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri o’simlik mahsulotlarini yetishtirish hisoblanadi.O’zbekiston mustaqillikka erishgach, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda muhim ijobiy o’zgarishlar ro’y bermoqda.Respublikaning «oltin» boyligi hisoblangan sug’oriladigan va lalmikor yerlardan foydalanishning yangi shakllari vujudga keldi, dehqonchilikka oid zamonaviy texnologiyalar har xil tuproq va iqlim sharoitlarida sinab ko’rilmoqda va qo'llanilinmoqda. Ko’pdan ko’p xorijiy davlatlar investitsiyalari ishlab chiqarishning asosiy va yordamchi tarmoqlariga yo’naltirilmoqda. Agrokimyo «tuproqo’simlik-o’g’it» tizimida yaratilib, uchala obyekt o'rtasidagi aloqa, bog’liqlik va o'zaro bir-biriga ta’sirni hisobga olgan holda o’g’it berish yo'li bilan tuproq unumdorligini ko'tarish,olinayotgan hosilning miqdori va sifatini yaxshilash masalalarini yoritishga bag’ishlangan. O’g’itlar tuproq unum dorligini ko’r yordamida, eng avvalo, tuproq gumus, azot va boshqa ko’plab elementlar bilan boyiydi. Buning natijasida qishloq xo'jalik ekinlari hosili ko'payib, sifati yaxshilanib boradi. Ekinlardan olinadigan hosilning qariyb yarmi (ba’zi hollarda 60/70% i) minerai o’g’itlar hisobiga olinadi. Aksariyat ekinlarda o’g’it qoplabilan bog'liq sarf-xarajat hosil bilan kamida 2-3 barobar bo’lib qaytadi.O’z kasbining mohir ustasi bo’lish kelajakning rivojlanishiga olib keladi. Yurtimizda ta’lim olayotgan barcha talabalar shular qatorida biz ham agrokimyo sohasining rivojlanishiga o’z xissamizni qo’shishga harakat qilamiz.Bu esa bizdan yanada ko’proq o’qish,hamda ustozlarimiz bilimini oqlashdan iboratdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Urganch davlat unversiteti tabiatshunoslik fakul’teti “Agrokimyo fa’nidan maruzalar matni”.
Agrokim.J.S. Sattorov , S.Sidiqov, S.Abdullayev,
A.Ergashev,
Z.Xaidmuhamedov, U.Qosimov, N.Akbarov. Cho’lpon nomli nashriyotmatbaa ijodiy uyi.
Toshkent-2011yil
Do'stlaringiz bilan baham: |