Tarixshunoslik
Temuriylar sulolasi hukmronligi davrida tarixshu-noslik fanining ham buyuk
namoyandalari etishib chiqadi. Bunga shaxsan sohibqiron Amir Temurning tarix
faniga bo`lgan katta hurmat va e'tiqodi sabab bo`lgan bo`lsa ajab emas. XV asrda
tarix ilmi sohasida yozilgan asarlarna sanab ko`rsatishning o`zi
temuriylar davrida bu tarmog’ning ne-chog’lik taraqqiy etganligidan. Guvohlik
beradi. Ana shuiday tarixiy manbalar ichida hozirgacha etib kelgan, fors tilida
yozilgai Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma". X,ofizi Abro`ning "Zubdat at-
tavorix", Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma", Fasiq Ahmad Havofiyning
"Mujmali Fasiqiy", Abdurazzoq Samarqandiyning "Mat-la us-sa'dayn", Mirxondning
"Ravzat us-safo", Xondamir-ning "habib us-siyar" va Ibn Arabshohning arab tilida
yozilgan "Ajoyib al-makdur fi tarixi Taymur" asarlari-dir. Bu ro`yxatga yana 1404
yilda Samarqandga, Amir Temur huzuriga tashrif buyurgan ispan sayyohi Rui Gon-
zales de Klavixoning safar xotiralarini ham kiritish maqsadga muvofiqdir. YUqorida
nomlari sanab o`tilgan asarlar orasida ?ofizi Abro`ning "Zubdat at-tavorix" va
Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafar-noma"si tarixiy kechinma va voqealar bayoii-ning
izchilligi va batafsilligi bilan ajralib turadi. Sharafiddin Ali Yazdiyning
"Zafarnoma" asarida sohibqiron Amir Temur tarixiga oid ma'lumotlardan tashqari
Temurdan oldingi o`tgan davr tarixi haqida ham bag’oyat qiziqarli ma'lumotlar
berilgan. Muallif bu asarni temuriylardan Shohruhning o`g’li Ibrohim Sul-tonning
tashabbusi bilan yozgan. Ibrohim Sulton bobosi Temur haqida maxsus kitob
yozdirishni niyat qilgan va 1419-1420 yillarda turli kotiblar - baxshi va munislar
tomonidan Temur haqida turkiy hamda forsiy tilda yozil-gan mavjud ma'lumotlarni
to`plash haqida farmon bergan. To`plangan ma'lumotlar bo`lgan voqealarni o`z ko`zi
bilan ko`rgan kishilar hikoyasi bilan taqqoslangan, so`ngra Sharafiddin Ali Yazdiyga
bu hujjatlar bilan tanishish va Ibrohim Sultonga axborot berish topshirilgan. Taniqli
sharqshunos olim Asomiddin O`rinboev "Sharq yulduzi" jurnalining 1992 yil 3-
sonida bosilgan "Temu-riylar davriniig nodir yodgorligi" maqolasida hikoya qiladi:
"Zafarnoma"ning Temur tarixidan bahs etuvchi asosiy qismida Sharafiddin Ali
Yazdiy shunday yozadi: "Podshoxlikiing barcha tomonlaridan Temur haqidagi turkiy
va forsiy tillarda bayon etilgan hikoyalarning hamma she'riy hamda nasriy nusxalari
to`p-lanib bo`lgach, ular bilan tanishish uchun uchta guruh tu-zilgan, turkiy va forsiy
tillarning bilimdonlari ikki guruhni, voqealarni o`z ko`zlari bilan ko`rganlar esa bir
guruhni tashkil etgan. Dastlab Temur xaqidagi har bir hikoya o`qilgan, agar u voqea
bayoni o`z ko`zi bilan ko`rgan kishining talqiniga to`g’ri kelmay qolsa, Ibrohim
Sulton haqiqatni topish uchun turli shaharlarga choparlar yuborib, mazkur voqeani
Temurning boshqa zamondoshlaridan surish-tirgan yoki qo`shimcha ma'lumotlar
to`plagan. Ibrohim Sul-ton aytib turgan va asarning dastlabki xomakisi qalamga
olingan. Ana shu asosda Sharafiddin Ali "Zafarnoma" asarini yozgan. Ibrohim
Sultonning buyrug’iga muvofiq kitobpi bitish vaqtida sanalar, joy nomlari, ular ora-
sidagi masofa haqidagi barcha ma'lumotlar juda sin-chiklab tekshirilishi shart
bo`lgan".
144
"Zafarnoma"
asarini
yozishda
Sharafiddin
Ali
Yazdiy-ning
shaxsiy
kuzatishlaridan ham keng foydalanilgan. Muallifning rejasi va niyatiga ko`ra, asar
muqaddima va uch maqoladan iborat bo`lishi lozim edi. Birinchi maqolani Temurga,
ikkinchisini Shohruhga va uchinchisini Ibrohim Sultonga bag’ishlashga
mo`ljallangan. "Zafarno-ma"ning faqat birinchi qismi bizgacha etib kelgan, xolos.
Boshqa ikki maqola esa yo`q - ular Sharafiddin Ali Yazdiy tomonidan yozilmagan
yoxud yozilgan bo`lsa-da, yo`qo-lib ketgan bo`lishi mumkin. "Zafarnoma" xalq
ommasi o`rtasida zo`r qiziqish uyg’ot-di va katta shov-shuvlarga sabab bo`ldi. Bu
haqda Shara-fiddin Ali Yazdiyning zamondoshi, tarixshunos olim Abdurazzoq
Samarqandiy bukday deb yozgan edi: "qutli fol bu yilning nodir voqealarpdan
"Zafarnoma" nomli ajoyib kitobning bitilishi-dir. Bu kitobni qalami husni xat bituvchi
jahoi xushta'b-larining nozik so`zlisi, Eronning eng fazilatli kishisi, oqillik burjining
ravshan yulduzi, matonat qutichasining durri, Ollohning rahmatiga cho`milgur
mavlono Sharafid-din Ali Yazdiy yozib tamomlagan hamda mushkin raqam bilan
xosu omning imog’iga anbar bo`y nasim etkazgan, so`z ulug’ligini javza cho`qqisidan
yuqori o`tqazgan". "Zafarnoma" XV va XVI asrlarda qahramonlik qis-sasi janrida
o`zbek tilida ikki marta - shoir Lutfiy va fors tilida mashhur shoir Abdurahmon
Jomiyiing jiyani Xotifiylar tomonidan nazm etilgan. Undan keyin ham bu tarixiy asar
bir necha marta turli tillarga ko`chirilgan. Endi mashhur tarixchi Sharafiddin Ali
Yazdiy shaxsi haqida o`xtaladigan bo`lsak, u Eronning Yazd shahridan uncha uzoq
bo`lmagan Taft mavzeida tug’ilgan 1415 va 1435 yillar orasida temuriy-lardan
bo`lgan Ibrohim Sulton xizmatida bo`lgan. Bu yil-larda Ibrohim Sulton Eronning Fors
o`lkasida hukmron edi. 1442-1446 yillarda esa Yazdiy Sultoniya, Qazvin, Ray
va umni o`z ichiga olgan viloyatning hokimi bo`lmish Mirzo Muhamm ad Sulton
saroyida xizmat qilgan. 1446 yilda temuriylar saltanatining oliy hukmdori Shohruh
o`ziga bo`ysunishdai bosh tortgan nabirasi Mirzo Muhammad Sultonga qarshi qo`shin
tortib boradi va uni isyonkorlikka undagan maslahatchilariii va tarafdorlarini qatl etti-
radi. Gunohkorlar qatorida Sharafiddin Ali Yazdiy ham bor edi. Shohruh huzurida
bo`lgan uning sevimli nabirasi Abdullatif Ali Yazdiyni qattiq so`roq qiladi. Bundan
qoniqish hosil qilgan Shohruh Yazdiyni jazolashni o`z nabirasiga topshiradi. Abdul-
latif esa Sharafiddin Ali Yazdiyni tezda Hirotga jo`natib yuboradi va o`limdansaqlab
qoladi. Ammo manba-larga qaraganda, u tezda yana o`z ona shahriga qaytib keladi.
Bu voea 1447 yilda sodir bo`lgan: mo`ysafid, mashhur tarixchi Sharafiddin Ali
Yazdiy bilan 6 yoshdagi kelajak allomasi Alisher Navoiy Taft shahriga otasi
G’iyosiddin bilan tashrif buyurganda uchrashgan.... Navoiy keyinchalik o`z
zamonasining zukko tarixchilariga xomiy va ustoz bo`ldi. Chunonchi, balxlik Said
Xonshohning o`gli Mirxond Navoiyning taklifiga binoan umumiy tarix bo`yicha katt
a asaryaratdi. Bu haqida Navoiy bunday deb yozgan: "Bu faqir iltimosi bilan
ofariniydin bu kungacha tarixi jomiy bitibdurkim, tasnifiga etibdur, inshoolloh,
tugaturga tavfiq topg’aykim, tavorix orasida andii muayyanroq tarix bo`lmagusidir".
Xullas, Alisher Navoiy homiyligida, Mirxonddan tashqari Xondamir, Vosifiy va
boshqa tarixchilar kamolot shohsupasining yuqorisiga ko`tariladilar.
Alisher Navoiyning bu qadar yuksak bahosiga musharraf bo`lgan tarixshunos
olim Mirxondning asari etti jildli bo`lib , u "Ravzat us-safo fi siyrat ul-anbiyo va-l-
muluk va-l-xulafo"deb nomlanadi. Oltinchi jildi 1494-1496 yillari, ettinchi jildi 1521
yilda yozib tamomlangan. Xondamir nomi bilan shuhrat topgan G’iyosiddin ibn
145
Xumomuddin ibn xoja Jalolid-din ibn xoja Burxonuddin Alisher Navoiyning
zamondoshi, yoshligidan to Navoiy vafotigacha uning kutubxonasida xizmat qilgan
va uning topshiriqiga binoan Sharq xalqlari tarixiga oid asarlar yozib qoldirgan.
Alisher Navoiy vafot etgach, Xondamir 1503 yil-dan e'tiboran Xurosondagi siyosiy
voqealar girdobiga tushib qoladi. U dastlab Balxda Sulton Husayn Boyqaroning
to`n?ich o`g’li Badiuzzamon saroyida xizmatda bo`ladi. Shu paytda Badiuzzamon
Qunduz hokimi Xusravshoh ga elchi yuborib, uni Shayboniyxon hujumidan
ogohlantiradi va birgalikda Xurosonni himoya qilishga chaqiradi. Xondamir shaxsan
.Badiuzzamonning Topshirig’iga binoan Xusravshoh huzuriga borgan elchilar safida
bo`lgan. Bundan tashqari Xondamir Badiuzzamonning topshirig’iga binoan
Shayboniyxonga qarshi itti-foqni tashkil etish maqsadida Qandahor hokimi huzuriga
ham jo`natilgan. Ammo Badiuzzamon qizining to`satdan vafot etishi bu safar rejasiga
to`sqinlik qiladi va Xondamir Hirotga qaytadi. U 1506 yilda Shayboniyxon tomonidan
Hirotning egallanishining shaxsan ishtirokchisi bo`lgan va Xirotni topshirishda
shartlar ishlab shiqishda bevosita qatnashgan. Temuriylar sulolasining qizg’in
himoyachisi va tarafdori bo`lgan Xondamir Shayboniyxon hukmronligi o`rnatilgan
Hirotda qola olmas edi. 1507-1510 yillarda u Shimoliy Afg’onistonda joylashgan
Basht qishlog’ida u badiiy ijod bilan shug’ullanadi. Hirotni safaviylar sulolasidan
bo`lgan Shoh Ismoil egallagach, Xondamir Hirotga qaytib keladi. Shoh Ismoil
vafotidan so`ng u butunlay Hirotdan ketadi va Qandahorga, u erdan Hindistonga -
Zahiriddin Muhammad Bobur huzuriga boradi. Xondamir Agrada Boburning eng
yaqin odamlari qatoridan joy oladi va uning 1529 yilda Bengaliya va Gang daryosi
sohillari bo`ylab uyushtirgan harbiy yurishlarida qatnashadi. Bobur vafoti dan so`ng
uning o`g’li Humoyun xizmatida bo`ladi .Xondamir Humoyun saroyida bo`lgan
Chog’ida "Xumoyunnoma" asarini yozadi va bu xizmatlari evaziga u "Amir al-
muarrixin" unvonini oladi. 1534 yilda Xondamir Humoyun bilan Manduga qaytib
kelayotganda vafot etadi. Xondamirning o`z vasiyatiga binoan u Dehlidagi mashhur
qabristonga, Nizomiddin Avliyo va Xusrav Dehlaviylar yoniga dafn etiladi.
Sharqshunos olima D. YU. Yusupovaning ma'lumotlariga qaraganda, tarixchi olim
Xondamir o`zining 63 yillik umra davomida taxminan o`n uchta asar yozgan bo`lib,
ulardan bizgacha sakkiztasi etib kelgan. Bular kuyidagilardir: "Ma'osir ul-muluk" ,U
Alisher Navoiyning iltimosiga ko`ra va unga minnatdorchilik izhor etish tariqasida
904 yilda yozilgan. Bu asar podshoh hamda qadimgi donishmandlar-ning xayrli
ishlari haqida aytilgan hikmatnoma gaplarni o`z ichiga oladi. Jumladan, Qayumarsdan
Anushiravongacha, Odam Atodan Buzurgmehrgacha bo`lgan hamda Muhammad
Payg’ambar va imomlar haqida bitilgan naqllardan iborat. So`ngra muallif
ummaviylar, abbosiylar, somoniy-lar, g’aznaviylar va boshqa sulolalarga tegishli
hukmdor-lar tarixi va shular qatorida qurd podshohlari va turk hoqonlari tarixini
yoritgan. Asarning oxirgi qismida Husayn Boyqaro va Alisher Navoiyga zamondosh
bo`lgan hukmdorlar, olimlar va donishmandlar haqida ma'lumot-lar berilgan.
"Xulosat ul-axbor fi bayon ul-ahvol ul-axyor yozilgan va Alisher Navoiyga
bag’ishlangan asar. Unda Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy zamonida Hirot va
uning atroflarida olib borilgan ulkan qurilishlar rabotlar, bog’lar, ,shuningdek, o`sha
zamonda o`tgan shoirlar, olimlar, shifokorlar, san'atkorlar haqida qimmatli ma'lu-
motlar bor. "Makorim ul-axloq" asari Alishsr Navoiyga minnatdorchilik ramzida
yozilgan, lekin Navoiy vafot etib, Xondamir unga kitobni taqdim etishga ulgurmaydi.
146
Unda olim Navoiyning yuksak insoiiy fazilatlari, olijanob axloqi, asarlari, uning
tashabbusi bilan qurilgan binolar, shoirning zamondoshlari bo`lgan shoir, olim va
fozil kishilar, shuningdek, Xurosonning o`sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli,
Navoiy bilan husayn Boyqaro orasidagi munosabatlar xususida hikoya qiladi.
Alisher Navoiy iltimosiga muvofiq 906 yilda yozilgan. Husayn Boyqaro va
uning vaziri Amir Kamoliddin Mahmudga bag’ishlangan asar. Oradan to`qqiz yil
o`tgach, 916 yili qayta ishlangan va kengaytirilgan. Unda Sharq mamlakatlarining VII
- XVI asrlardagi tarixi, jumladan, Movarounnahr va Xurosonda temuriylar sulo-lasi
inqiroziga qadar o`tgan vazirlar, Chingizxonning vaziri, keyinroq mo`g’ullarning
Xitoydagi noibi, xorazmlik Mahmud Yalavoch hamda uning o`g’li Chig’atoy
xonlarining Movarounnahrdagi vaziri Mas'udbek to`g’risida ma'lumotlar bor. "Noman
nomi" da 928 yilgacha kechgan voqealar bayok qilinadi. Bundan asar 929 yilgacha
yozilgan deyish mumkin. Boshqa nomlari "Insho-i G’iyosiddin" yoki "Insho-i
G’iyosiy". Kitob insho ilmiga oid Sharh mamlakatlarida o`tgan turli tabaqadagi
tarixiy shaxslarga mansub maktublar namunalarini o`z ichiga oladi. Unda yana
podsho va xonlarning yorliq hamda farmonlaridan namunalar yozish va farmonlarni
bitish tartiblari ham bayon etilgan. Asarning qimmatligi yana shundaki, u ba'zi bir
muhim manSablarning kelib chiqishi hamda bunday mansab egalarining haq-
huquqlari, vazifalari xususida ma'lumotlar beradi. Manbadagi ma'lumotlarga ko`ra,
Mirxondning "Ravzat us-safo fi siyrat ul-anbiyo va-l-muluk va-l-xulafo" nomli
asarining tugallanmay qolgan ettinchi jildini Xondamir 929 nilda szib tamomlagan.
Xondamirning eng yirik asari "Habib us-snar fi axbor afrod ul-bashar"dir. Bu asar
927 – 930 yillar davomida yozilgan va vazir Karimuddin Xoja Habibulloh Sovajiyga
bagishlangan. Ushbu asarda qadim zamonlardan to 1524 yilga qadar Shark,
mamlakatlari, jumladan Eron, Afg’oniston, Iroq va Markaziy Osiyo mamlakatlarida
bo`lib o`tgan voqealar hikoya qilingan. Xondamirning yana bir asari
"Humoyunnoma"dir. Bu asar "Qonuni Humoyun" nomi bilan ham mashhur bo`lib.
Hindiston podshohi, Boburning o`g’li humoyunga bagnshlangan. "Humoyunnoma"
941 yilda yozib tamomlangan. Asarda Humoyun podsholik qilgan davrda Hindistonda
joriy etilgan yangiliklar, aholining uch tabaqaga, hokimiyatning esa to`rt idora usuliga
bo`linishi va Humoyun tomonidan amalga oshirilgan me'morchilik qurilishiga oid
ma'lumotlar o`rin olgan. Xondamirning boshqa beshta asarining faqat nomlarigina
ma'lum, xolos. Bular: "Osor ul-muluk va-l-anbiya" ,"Axbor ul-axyor" ,"Muntahibi
tarixi vassof" ,"Javohir ul-axbor" va "G’aroyib ul-asror"dir. Xondamir o`z
zamonasining etuk vakil-laridan biri bo`lgan. U nafaqat mashhur tarixshunos olim,
ayni zamonda "Noqiy" taxallusi bilan yaxshigina she'rlar ham ijod etganligini Alisher
Iavoiy alohida ta'kidlab o`tgan. Xullas, temuriylar sulolasi homiyligida fan va
madaniyatning barcha sohalari qatorida o`lkamizda tarixshunoslik fani sohasida ham
kattagina muvaffaqiyatlarga erishiladi. Ana shu davrda yaratilgan ulkan tarixiy
merosni chuqur va atroflicha o`rganib, uni hozirgi va kelgusi avlodlarga etkazish
O`zbekiston tarixshunos va sharqshunoslarining olijanob burchidir
Qadimdan xalqimiz o`zining boy og’zaki ijod durdonalari bilan mashhur. Temur
va temuriylar sulolasi davri bundan mustasno emas. Bu davrda xalq yangidan-yangi
dos-tonlar, qissalar, ertaklar, afsona va rivoyatlar, latifa-lar, qo`shiqlar, maqollar
yaratadi. Bu ijod sarchashma-larida tun bilan kun, issiq bilan sovuq, o`t bilan suv,
adolat bilan adolatsizlik, yaxshilik bilan yomonlik, mardlik bilan nomardlik, sezgirlik
147
bilan loqaydlik kabi bir-biriga mutlaqo zid va qarama-qarshi kuch va g’oyalar
to`qnashadi va oqibatda ijobin kuch va g’oyalar tantana qiladi. Albatta, bu erda xalq
ommaasining istak-xohishi, orzu-armoni o`z ifodasini topadi. YAqin-yaqin kunlarga
qadar kommunistik mafkura ta'siri va siquvi ostida xalq og’zaki ijodi namunayaari
zamon zayliga mos bir tarzda buzib xalqqa etkazildi, haqiqiy xalq og’zaki ijodi
mevalarini qanday bo`lsa, shundayligicha avlodlarga etkazishda ziyolilarimizda jur'at
va jasorat etishmadi. Bunday noto`g’ri, bir tomonlama yondashuvni ulo`g’ bobomiz
Amir Temur faoliyatiga berilgan bahoda ham ko`ramiz. Buyuk sohibqiron obrazi shu
paytga
qadar faqat qora bo`yoqlarda: bosqinchi, kallakesar, qaroqchi, jallod, o`g’ri timsolida
talqin etildi. Ulug’ va engilmas sarkarda, buyuk va donishmand davlat arbobi,
ma'rifatparvar va elsevar amir, madaniyat va islom diiinmng himoyachisi Amir
Temurning beqiyos, olijanbb insoniy fazilatlari va xislatlari, uning dono aql-farosati
va uddaburonligini tarannum etuvchi xalq og’zaki ijodi namunalari ommadan sir
saqlandi. Adolat va haqiqatga, insof va diyonatga tashna ona xalqimizga avlodlar
tomonidan yaratilgan manaviy meros boyliklarini qanday yaratilgan bo`lsa, xuddi
shunday etkazib berish bizning vijdoniy burchimizdir. Quyida Sohibqiron Amir
Temurning shaxsiy fazilat-laridan hikoya qiluvchi xalq og’zaki ijodidan ba'zi
namunalar keltiramiz. Amir Temur yoshlik chog’lari oz sonli qo`shini bilan
Shahrisabzni olmoqchi bo`libdi, ammo uni ololmay qo`shini engilibdi. Ortga
qaytishga majbur bo`lgan Temur qizil daryodan kechib o`tib, bir qishloqqa kelib
qo`nibdi. qishloqda bir kampir yashar va uning bir echkisi bo`lib, faqat o`sha
echkining suti bilan tirikchilik qilar ekan. Amir Temur shu momoning uyiga kelib hol-
ahvol so`rashgach, momo-dan ovqat qilib berishni so`rabdi. Kampir echki sutidan
atala qilib, yog’och tovoqqa suzib beribdi. Temur och emasmi, shoshilib yog’och
qoshiqda ataladan ichgan ekan, og’zi kuyib qolibdi. Shumda momo "sen ham Amir
Temurga o`xshab shosh-qaloq ekansan bolam", debdi. Temurning shoshqaloqligini
qaerdan bildingiz momo deb so`rabid bo`lajak Sohibqiron. Eshitishimcha, Temur
oldin kichik-kichik qishloqlarni egallab kuch to`plagach, Shahrisabz bekligiga hujum
qilsa g’olib kelardi. U esa bir yo`la beklikni olmoqchi bo`ldn-yu, engildi. Shunga
o`xshab sen ham shoshding va og’zingni kuydirding. Atalani avval tovoqning
girdidan olib sekin-sekin yalab ko`radi va so`ngra soviganini bil-gach, qoshiqni
to`ldirib ichadi-da,- debdi kampir.
Shundan so`ng Amir Temur:- Darxon momo, siz bilan ona-bola bo`layin,
tilagingizni tilang, men o`sha Amir Temurman,- debdi. Momo odamlar uchun ariq
qazib, suv chiqarib berishni so`rabdi. Amir Temur momoning aytganini bajo
keltiribdi.
. Aksincha, Navoiy do`dti Husayn Boyqarrni juda ko`plab asarlarida ijobiy
baholaydi. Uning ado-latli, diyonatli, insofli va xalqparvar podsho bo`lib eti-shishiga
ishoyadi. Hatto 1469 yilda Husayn Boyqaro hokimiyat tepasiga kelganda unga
bag’ishlab 90 baytdan iborat "Hiloliya" qasidasini yozadi. Bu qasidaning dastlabki
misralarida osmon gumbazida paydo bo`lgan yangi oy tasviri berilgan. Bu hilolning
egilgan shaklini shoir sevgili yorining qoshiga yoki o`zining ta'-zim bilan egilgan
qomatiga o`xshatadi: O`yla zohir bo`ldikim, kelgan ani ko`rgan kishi, Dilbarim
qoshigau, mening qadimga nisbatan. Hilol osmonda yangi paydo bo`lgan uch kunlik
148
oydir. Shoir bu qasidasida dastlab yangi oy, yangi davr, yangi hokimiyat
boshlanganini shu yangi oyning paydo bo`lishiga nisbat beradi.
Alisher Navoiy o`zining "Majolisun-nafois" tazkirasining sakkizinchi majlisini
maxsus Husayn Boyqaroga - shoir usayniyga bag’ishlaydi. Bunda shoir g’azallaridagi
mavzu rang-barangligi, badiiyatdagi kash-fiyotlar, noyob tashbehlar, dilrabo adolar
haqida atrof-licha fikrlaydi. Husayniy kuylagan ishqning qudrati va oshiqning
ietiroblari, intilishlari, ruhiyatiga yuzlangan holatlari ajib bir tarzda dilbarlik bilan
tarannum etilganini ko`rsatib beradi. Shoir Husayniy she'riyatida dunyoviy adabiyot
liri-kasi an'analari, Alisher Navoiy lirikasining ta'siri yorqin bir tarzda o`z aksini
topgan. Quyidagi satrlar bu fikrimizning yaqqol dalilidir: O`tga sndir sarvni, ul qaddi
ra'no bo`lmasa, Yelga bergin gulni, ul ruxsori zebo bo`lmasa. El Husayniy, boda
ichsam yor alidin teng durur, Bo`lsa obi Xizru umri jovidon yo bo`lmasa. Husayniy
ijodiga Zahiriddin Muhammad Bobur ham baho bergan: "Tab'i, nazmi bor edi. Devon
ham tartib qilib erdi. Turkiy aytur erdi. Taxallusi "Husayniy" erdi. Ba'zi baytlari
yomon emastur, vale Mirzoning devoni tamom bir vazndadur". Xullas, Husayn
Boyqaro qadimiy Sharq an'anala-rini davom ettiradi, ulkan davlat arbobi bo`lish bilan
birga nafaqat ilm-ma'rifat va madaniyat qomiysi, ayni chog’da o`zi ham binoyidek
go`zal va nafis lirik g’azallar bitgan, Shoir sifatida ona tariximizdan munosib o`rin
olgan.
Temur va temuriylar davrida nafis kitob va xattot-lik san'ati ham rivoj topadi.
Uzoq tarixiy o`tmishda bosmaxona bo`lmagan. Kitoblar qo`lda ko`chirilgan. qo`lda
ko`chirilgan kitoblar nafaqat mazmunan, balki tashqi ko`rinishi va bezagi jihatidan
ham kitobxonlarning ta-lab-ehtiyojlari va didiga javob berishi, odamlarda ma'naviy va
estetik dunyoqarashni shakllantirishga xiz-mat qilishi lozim edi. Shu boisdan xam
Temur va temu-riylar davrida nafis kitob va xattotlik buyuk san'at darajasiga
ko`tariladi. Bu nafis kitob yaratish jarayo-niniig mislsiz darajada murakkab va
og’irligi turli xil kasb-xunar egalari mehnatining ma'lum bir dasta singari jamlanishi
bilan belgilanadi. Chunki kitob yaratish jarayonida qog’oz kesuvchi xattot ,musavvir,
lavvoh, sahhof, ishtirok etadi. Ota-bobolarimiz tomonidan nafis kitob yaratishda
ishlatilgan Samarqand, Buxoro qogozlarining dovrugi doston bo`lgan. Kitoblarni
yaratishda unga turli xil suyuglik moddalar va ranglar ishlatilgan. Kitobdan yoqimli
va xushbo`y hid kelib turishi uchun juda sifatli gulob yoki anbar siyohga qo`shilib
yozilgan. Musavvirlar ishlatadigan o`yoqlarda oltin va kumush eritmalari ara-
lashtirilgan, sahhof esa muhovaning go`zal bo`liom uchun charmlardan ustalik bilan
foydalangan. Og’ir va mashaqqatli mehnatlar evaziga yaratilgan har bir kitobning o`zi
shubhasiz katta bir san'at asari edi. Bunday kitoblar asosan shoxlar, amirlar, xonu
sulton-lar buyurtmalari asosida yaratilgan va maxsus kutubxo-nalarda e'zozlab
saqlangan. XIV - XVI asrlarda nafis kitob va xattotlik san’atining buyuk
namoyandalari o`sib etishadi. Bular Mir Ali Tabriziy, Abdurahmon Xorazmiy, Sulton
Ali Mashhadiy, Mir Ali Hilqalam, Sulton Ali Xandon, Halvoiy, Rafi-qiy, Mirak
Naqqosh, Behzod, Shoh Muzaffar va boshqalardirlar.
Xattotlik san'atining buyuk namoyandalaridan biri Sulton Ali Mashhadiydir. U
1432 yilda Mashhadda tug’ilgan. oshlikdan husnixatga qiziqqan. Sulton Ali husnixat
sultoni darajasiga ko`tariladi va "Qiblatul-Qutob" va "Sultonun-xattotin" deb elda
nom taratadi. Sulton Ali 1461 yilda Nizomiyning "Mahzanul-asror" dostonini, 1464
yilda Hofiz devonini va 1465 - 1466 yillarda Alisher Navoiyning devonini ko`chirgan.
149
Sulton Ali Mashhadiyning ijodiy faoliyatida Husayn Boyqaro va Alisher
Navoiylarning salmoqli o`rni bor. U Husayn Boyqaro kutubxonasida ishlagan va
Hirot xattotlariga rahbarlik qilgan. Sulton Ali shaxsan Husayn Boyqaro va Alisher
Navoiy topshiriklarini ba-jargan va ularning asarlarini ko`chnrgan. U har kuni Husayn
Boyqaro uchun 50, Navoiy uchun 20 bayt ko`chirar edi. Bundan tashqari Sulton Ali
Nizomiy, Farididdin At-tor, Hofiz Sheroziy, Dehlaviy, Jomiy asarlarini ham
ko`chirish bilan Shug’ullangan. Mashhur xattot ko`chirgan 50 dan ortiq asar bizgacha
etib kelgan. Bu asarlar Tosh-kent, Sankt-Peterburg, Parij, Berlin, Qohira va dunyo-
dagi boshqa shaharlarda saqlanmoqda. Sulton Ali Mashhadiy ko`chirgan kitoblar
orasida Navoiyning mashhur "Xamsa"si ham munosib o`rin olgan. Sulton Ali
Mashhadiy xattotlik san'atidan tashqari o`ymakorlik san'atining ham mohir ustasi
bo`lgan. Husayn Boyqaro qabr toshidagi o`yib yozilgan matn parchasi ham u
tomonidan yozilgan. Sulton Ali Mashhadiy she'riyat bobida ham qalam tebratgan.
Sulton Ali umrining so`nggi yillarini Mashhadda o`tkazadi va shu erda 1520 yilda
vafot etadi.
Temur va temuriylar sulolasi davrining ulkan muvaffaqiyatlaridan biri tasviriy
san'atning gurkirab o`sganligi bo`ldi. XIV va XVI asrlarda tasviriy san'-atda Behzod,
Mirak Naqqosh, Qosim Ali, Mahsud Muzahhib, Xoja Muhammad Naqqosh, Shoh
Muzaffar va boshqalar barakali ijod qildilar.
Xalqimizning ajoyib tasviriy san'at ustalari yarat-gan asarlar o`ziga xos uslubga
ega bo`lish bilan birga u fantastik mavhumlikdan hayotiylikka, aniqlikka tomon o`sib
borgan. Bizgacha etib kelgan va ma'naviy meros boy-liklariga qarab xulosa qiladigan
bo`lsak, tasviriy san'at yodgorlpklarini yo`nalishlariga qarab quyidagi guruhlarga
bo`lish mumkin: portretlar, hayotiy lavhalar, peyzaj, binolarga solingan suratlar,
badiiyasarlarga ishlangan rasmlar va hokazo. Biz fikr yuritayotgan davrda tasviriy
san'at ijod-korlari tomonidan hayotiy va aniq bo`yoqlarda ishlangan Jomiy, Navoiy,
Abdulla Xatifiy, Behzod, husayn Boyqaro, Bobur, Shayboniyxon va boshqalarning
portret suvratlarini ko`ramiz. Rassomlar tomonidan yaratilgan asarlarda, rasm-
portretlarda haqiqiy hayot voqeligi o`z aksini topgan, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy
va siyosiy tubmohiyati mohirlik bilan ko`rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |