O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxus ta’lim vazirligi


Darsning xrono kartasi – 80 minut



Download 4,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/95
Sana24.12.2022
Hajmi4,89 Mb.
#895505
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   95
Bog'liq
665d15552373695b753792f5454b7a8a AMIR TEMUR DAVLATINING JAHON TARIXIDA TUTGAN O’RNI QO’SHIMCHA FANINING O’QUV- - USLUBIY MAJMUASI (1)

Darsning xrono kartasi – 80 minut.

O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi 

Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, 
talabalarning davomati – 2 minut 

Talabalar bilim darajasini aniqlash-8 minut 

Yangi mavzu bayoni – 50 minut

Mavzuni o’zlashtirish darajasi – 7 minut


98 

sinov savollar namunasi – 10 minut 

Uyga vazifa berish – 3 minut 
Temur uzining xayoti davomida xarbiy iste’dodli,moxir sarkardaligi,dip-
lommatliligi va etuk davlat arbobi bulganligi tufayli milliy yuksalish va 
insonparvarlik ruxi bilan sugorilgan ulkan markazlashgan davlat tuzishga muvaffak 
buldi.Soxibkiron turk-mugul an’alariga amal kilgan xolda uz davlati xududlarini 
suyugol(ulus) tarikasida in’om kilish yuli bilan boshkargan.Temur Movarounnaxrdan 
tashkaridagi erlarini turt ulusga bulib,farzandlariga in’om etdi.Bu masalaning e’tiborli 
tomoni shundaki,garchi soxibkiron tomonidan bulib berilgan erlar ichki mustakillikka 
ega bulsalar-da,lekin amalda batamom markaziy xokimiyatga buysundilar.Temurning 
uta darajadagi zukkoligini shundan bilsa buladiki,u uluslar urtasida uzaro nizolar kelib 
chikmaslgi uchun ularning faoliyatini doimo uzi nazorat kilib turadi. 
Temur davlatining eng kuzga kuringan va muammoli tomoni shundaki, 
soxibkiron kichik bir viloyat doirasida tarbiya topgan bulsa-da, davlat mafkurasining 
boshkaruv tayanchi kuchli xokimiyat ekanligini tushundi va davlat, saltanat ishlarini 
yuzaga chikarishda kamchilikka yul kuymaydigan vazirlarni tanlashga xarakat kildi. 
Amir Temur vazir turtta sifatga ega bulishi lozim deb xisoblagan: birinchisi-asllik, 
toza nasllilik, ikkinchisiakl-farosatlilik, uchinchisi-sipoxu raiyat axlidan xabardorlik 
turtinchisi-sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik. 
Amir Temur xukmronlik kilgan davrlarda davlatning markaziy ma’muriyati 
boshida devonbegi, arkbegi va turt vazir turgan. Vazirlar soliklar yigish, meros ishlari, 
askarlar maoshi va ularni ozik-ovkat bilan ta’minlash, saroy xarajatlari bilan boglik 
bulgan ishlarni bajarganlar. 
Bu davrlarda erga egalikning ba’zi turlari mavjud bulib ular suyurgol erlar, 
jamoa erlari edi. Xususiy er egalari tarxon unvonini olganlar, davlatga solik tulashda 
ba’zi imkoniyatlarga ega bulganlar, vakf erlar masjid va madrasalarga karashli erlar 
bulib, ular solik tulashdan ozod kilganlar. Amir Temur davrida asosiy solik daromad 
soligi-xiroj bulib u olinadigan daromadning uchdan bir kismiga teng bulgan. Temur 
tuzuklarida yozilishicha, kimki biron saxroni obod kilsa, yoki er osti suvlarini tortib 
oladigan inshoat kursa, yo, biron bog kukartirsa, yoxud biron tashlanduk erni obod 
kilsa, fakat erni uzlashtirganining uchunchi yili (birinchi, ikkinchi yil umuman 
tulamagan) konun doirasida xiroj soligi olingan. Undan tashkari ushr, mol, suvlok 
kabi solik turlari mavjud bulib, ular yillar davomida amal kilingan tartib-koidalarga 
binoan tuplangan Solik tuplovchi solik yigish jarayonida solikni yaxshi suzlar bilan 
tuplashi, axolini kaltaklash xollari, zanjirband etish xollari kelib chikmasligini nazorat 
kilishi shart edi. 
Amir Temur davlatni mustaxkamlashda konun-koidalarning tutgan urniga keng 
e’tibor berdi. Fransuz olimi Aflone de Lamartin Amir Temur davlati xakida shunday 
degan edi: "Yevropa na Iskandarda, na Atillada va na Moskoviya zafarini kuchgan 
yangi fotix Napoleonda adolatli konunlar asosiga kurilgan bunday boshkaruvni 
bunyod etgan emas". "Davlat ishlarini,-deb yozgan edi Amir Temur, -saltanat konun-
koidalariga asoslangan xolda boshkardim. Tura va tuzukka tayanib saltanatda uz 
martaba va makomimni mustaxkam saklab turdim". 
Soxibkiron mamlakat obodonchiligiga xam juda katta e’tibor bor edi. Dastlab, 
Samarkandni paytaxt kilib olgach, u juda katta imtiyozlarga ega bulgan shaxarga 


99 
aylanadi. Soxibkiron xarakati bilan Samarkandda dunyoning yirik shaxarlaridan 
keltirilgan binokorlar, me’morlar tomonidan masjidlar madrasalar, makbaralar bino 
etildi. Xatto gariblarga ozik-ovkat beradigan garibxonalar, yulovchilar kunib utadigan 
maxsusjoylar xam kurilgan. Shaxar atrofi mustaxkam devorlar bilan uralib, Oxanin, 
Shayxzoda, Chorsu, Korizgox, Suzangaron va Feruza kabi nomlar bilan darvozalar 
kuriladi. Temurning karorgoxi sifatida noyob ma’muriy bino Kuksaroy va 
Bustonsaroylar xam aynan shu erda kuriladi. Temur noyob kurilishlardan tashkari 
Samarkand atrofida uzining xeshu akrabolariga atab turli guzal boglar kurdirardi. 
Temur ulkan soxibkiron sifatida uzining ona yurti Keshga katta dikkat-e’tibor 
bilan karadi. Yozma manbalardagi ma’lumotlariga karaganda, Amir Temur 
Shaxrisabzda Oksaroy, jome’ masjid, madrasalar barpo ettiradi. Soxibkirondagi ulug 
soxovatning yana bir tomoni shunda ediki, u bepoyon dashtlar bilan kamrab olingan 
Turkiston shaxrini xam obodonchiligiga keng e’tibor berdi. Jumladan, Xoja Axmad 
Yassaviy makbarasini kurish bilan bu erda nafakat obodonchilik, balki kuchmanchi va 
utrok axoli orasidagi munosabatni yaxsht yulga kuyish, uruglar urtasida tinchlik 
saklash maksadi yotgani ma’lum. 
Amir Temur davrida yangi shaxarlar, savdo va xunarmandchilik keng 
rivojlanganligini aytib utmok lozim. Temurning sa’yxarakatlari bilan Buxoro
Shaxrisabz, Toshkent kabi shaxarlar savdo va xunarmandchilik markazlari sifatida 
rivojlanib bordi. Ayniksa, Bu davrlarda xunarmandchilik maxallalari, savdo rastalari 
soni ortib borishida katta axamiyatga ega buldi. Soxibkiron savdo yullari rivojiga, 
uning tinchligiga keng e’tibor berib bordi. Shaxsan uzining nazorati ostida savdo 
yullari nazorat kilib borilishi savdo karvonlarining xavfsizligini ta’minladi. 
Amir Temur davlatining mafkurasi ijtimoiy-iktisodiy xayotni izga solib 
yunaltirishdan tashkari siyosiy xayotda xam kuch keng yulga kuydi. Soxibkiron chet 
davlatlar bilan alokani keng yulga kuydi. U davr shart-sharoitlariga kura tashki 
siyosatda kat’iy, faol xarakat kilib, uz saltanati dovrugini jaxon mikyosida chikara 
oldi. Soxibkironning Yildirim Boyazid ustidan bulgan galabalaridan sung Fransiya, 
Angliya, Genuya va Vizantiya erkin alokalarni, savdogarlar va mol almashishni taklif 
etgan. Shunday kilib u Yevropa davlatlari bilan yakin kushnichilik kilish, savdo 
karvon yullarini rivojlantirish niyati borligini kursatib uz davlati shuxratini Yevropaga 
tarkata oldi. Uning saltanati dovrugi bu mamlaka tlarga etib borishi bilan Fransiya, 
Angliya, Genuya, Vizantiya, Ispaniya kabi davlatlarning kirollari soxibkiron bilan 
siyosiy, iktisodiy, savdo alokalari urnatishga intilganlar. Shu bois ular soxibkiron 
xuzuriga muntazam elchilar yuborib turganlar. Temurning chet davlatlar bilan olib 
borgan diplamatik alokalarida uning ugli Mironshox kup yordam bergan. 
Sohibqiron Amir Temur dunyoning zamondosh hukmdorlarining e'tiborini 
o`ziga jalb etibgina qolmay, balki jahon siyosiy hayotiga ham ta'sir ko`rsatdi. 
Ma'lumki, bu davrda, bir tomondan, sulton Boyazidning Bolqon yarim oroli 
davlatlariga nisbatan tazyiqi kuchayib, butun Yevropaga xavf solayotgan edi. Ikkinchi 
tomondan, Boyazidning o`zi G`arbga tomon shiddat bilan siljib borayotgan xavfli 
raqib - AmirTemurning kuchli tazyiqiga duchor bo`lgan edi. Bunday siyosiy 
vaziyatda Boyazidga qarshi kuchlarning ma'lum darajada birlashuvi tabiiy edi. 
Avvalambor Boyaziddan engilib, o`z er va mulklaridan mahrum bo`lgan 
Kichik Osiyo mamlakatlarining hukmdorlari Amir Temurdan madad istab, uning 
Qorabog`dagi o`rdugohiga borib, qaror topadilar. Hatto Vizantiya va G`alatadagi 


100 
Genuya hokimining noibi, Fransiya qiroli hamda Sultoniya shahrining katolik 
missionerlari yordam so`rab Amir Temurga murojaat qiladilar. Buning evaziga ular 
harbiy yurish vaqtida unga yordam berish hamda Konstantinopol va Peraning 
Boyazidga to`lab kelgan bojini bundan buyon Amir Temurga to`lashga va'da qiladilar. 
Bunday taklif Amir Temurga maqbul tushadi. Chunki Turkiyaning dengiz sohilidagi 
tayanchidan ajratish uchun unga dengizdan madad zarur edi. Shunday qilib, XIV asr 
oxiri va XV asr boshlarida sulton Boyazidga zarba berish uchun qulay siyosiy vaziyat 
vujudga keladi. Bu vaziyatdan Amir Temur ustalik bilan foydalanadi. 
Davlatlararo yozishmalar 
Bu davrda Amir Temur Boyazid bilan o`zaro diplomatik yozishmalar olib 
borish bilan bir qatorda, bo`lajak to`qnashuvda Trapezund va Konstantinopolning 
harbiy kemalaridan foydalanishga harakat qiladi. Shu maqsadda u Genuya va 
Venetsiyaga sovg`a-salomlar hamda maktublar bilan elchilar yuboradi. 
O`zaro yordam masalasida Amir Temur Konstantinopol noibi Ioann VII 
Paleolog bilan ham yozishmalar olib boradi. Amir Temurning 1402-yil, 15-may kuni 
Ioann VII Paleolog nomiga yo`llagan xatining mazmuniga qaraganda, Konstantinopol 
noibi va Genuyaning Peradagi hokimi Boyazidga qarshi kurashda Amir Temurga 
xizmat qilish, hatto unga odamlar va har qaysisi 20 ta dan 40 ta harbiy kemalar bilan 
yordam berish majburiyatini o`z zimmalariga oladilar. Buni Ispaniya elchisi Klavixo 
ham o`z kundalik daftarida qayd qilib o`tadi. 
Bu davrda Amir Temur Fransiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli 
Genrix IV (1399-1413), Kastiliya va Leon qiroli Genrix III de Trastamara (1390-
1407) lar bilan diplomatik aloqalar o`rnatib, yozishmalar olib boradi. Fransiya 
fuqarolari hisoblangan genuyaliklarning er va mulklarini, ayniqsa G`alatadagi 
mustamlakalarini himoya qilish uchun Karl VI o`z navbatida Amir Temurdan madad 
kutar va u bilan diplomatik aloqalar o`rnatishga urinar edi. Amir Temur va Karl VI 
yozishmalarida qayd etilishicha, Sohibqiron qirolni jiddiy qo`llab- quvvatlaydi. 
Anqara yaqinida turklarning 160 ming kishilik qo`shini ustidan qozonilgan buyuk 
g`alabadan so`ng Amir Temurning G`arbiy Yevropa davlatlari bilan bo`lgan 
aloqalarining mazmuni tubdan o`zgaradi. Endilikda Amir Temur ular bilan do`stona 
munosabatlarni mustahkamlash va o`zaro savdo-sotiq aloqalarini yo`lga qo`yish kabi 
masalalarga ahamiyat beradi. 
Elchilik aloqalar 
Amir Temur 1402-yil yozida Fransiya va Angliyaga maxsus elchilar orqali 
Karl VI va Genrix IV nomlariga maktublar yo`llaydi. Elchilar Parijga 1403-yil may 
oyida etib boradilar. Elchilar ikki mamlakatning savdogarlari uchun erkin savdo 
munosabatlari olib borilishini ta'minlash va agar qirol hamda gersoglar rozi bo`lsalar, 
bu erkin savdoni tegishli bitim yoki shartnoma bilan mustahkamlashni taklif etadi. 
Shuning uchun ham Sohibqiron Amir Temur Fransiya qiroli Karl VI ga yo`llagan 
maktubida bu haqda quyidagilarni al,ohida ta'kidlaydi: "Bundan keyin sizning 
(odamlaringiz) bizning erlarimizga va bizning (kishilarimiz) sizning o`lkangizga 
o`tgan ajdodlarimiz davridagidek borib-kelib tursalar, sizning va bizning nomimizni 
hamma joyda olqishlab tursalar, mamlakatimiz savdogarlari uchun foyda keltirishsa, 
ko`p xursand bo`lar edik. Shuni aytish kerakki, endilikda bizning yurtimizda 
savdogarlaringizning xavfsizligi ta'minlanadi. 
Fransiya qiroli Karl VI 1403-yil 15-iyunida Amir Temurga yo`llagan javob 


101 
maktubidan ma'lum bo`lishicha, Amir Temur takliflari Fransiya tomonidan 
mamnuniyat bilan qabul qilingan. 
Xuddi shu davrda Amir Temurning Angliya qiroli Genrix IV bilan olib 
borilgan diplomatik munosabatlarida g`arbiy viloyatlar hokimi Mironshoh faol 
qatnashdi. Shimoliy Eron, Iroq, Tabriz va Sultoniyani o`z ichiga olgan mulklar 
hokimi Mironshoh Amir Temurning keksayib qolgan davrida G`arbiy Yevropa 
hukmdorlarining diqqat-e'tiborini o`ziga jalb etadi. Bu davrda u Yevropa davlatlari 
bilan o`zaro savdo aloqalarini jonlantirish maqsadida xristian ruhoniylariga 
xayrixohlik bildirib, savdogarlarning daxlsizligini ta'minlash borasida chora-
tadbirlarni amalga oshirdi. Shu sababli G`arbda Mironshoh tez or&da katolik dinining 
homiysi sifatida shuhrat qozondi. 
Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III Sharq bilan juda qiziqib qolgan edi. 
1402-yilning bahorida dastlab Ispaniya elchilari Amir Temurning Kichik Osiyodagi 
qarorgohiga yuboriladi. Elchilarga Amir Temur va Boyazidlarning kuch-qudrati, 
boyligi va qo`shinining sonini bilish hamda ular qo`l ostida yashayotgan xalqlarning 
urf-odatlari, dini va qonunlari haqida aniq ma'lumotlar to`plash topshiriladi. Sharq va 
G`arb davlatlarining elchilari qatorida Ispaniya elchilari ham Amir Temur tomonidan 
qabul qilinib, qirol nomiga yozilgan maxsus maktub va in'omlar bilan kuzatiladi. 
Ularga qo`shib Amir Temur Muhammadqozi ismli o`z vakilini Ispaniyaga elchi qilib 
yuboradi. Genrix III 1403-yilda Amir Temur huzuriga 
ikkinchi marta maxsus elchilarni yuboradi. Unga 
Klavixo boshliq qilib tayinlanadi. 1403-yil 21-mayda 
Ispaniyadan jo`nab ketgan elchilar Samarqandga 
keladilar. Ispaniya elchilari Samarqandda Amir Temur 
tomonidan tantanavor qabul qilinib, ularga katta e'tibor 
va zo`r hurmat ko`rsatadilar. 
Doshqozon 
(1399-yil). 
Ahmad 
Yassaviy 
maqbarasi (Turkiston shahri). 
Klavixo boshliq Ispaniya elchilari 1404- yilning sentabr-noyabr oylarida 
Samarqandda bo`ladilar. Amir Temurning Xitoyga tomon yurishi munosabati bilan 
boshqa ko`pgina davlatlarning elchilari bilan bir qatorda Ispaniya elchilari ham 1404-
yilning 21-noyabrida Samarqanddan jo`natib yuboriladi. Klavixo Ispaniyaga 1406-
yilning mart oyida qaytib keladi. Klavixoning safar taassurotlari "Buyuk Temur 
tarixi" va "Temur qarorgohi", "Samarqandga sayohat kundaligi" nomlari ostida ispan 
tilida bir necha bor nashr qilinadi. 
Diplomatiya - davlatning tashqi siyosat sohasidagi vazifalarini amalga 
oshirish borasidagi faoliyat. 
Katolik missionerlari - Katolik dinini boshqa xalqlar orasida yoyish 
maqsadida targ`ibot ishlari bilan shug`ullanuvchilar. 

Download 4,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish