O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxus ta’lim vazirligi


Darsning xrono kartasi – 80 minut



Download 4,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/95
Sana24.12.2022
Hajmi4,89 Mb.
#895505
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   95
Bog'liq
665d15552373695b753792f5454b7a8a AMIR TEMUR DAVLATINING JAHON TARIXIDA TUTGAN O’RNI QO’SHIMCHA FANINING O’QUV- - USLUBIY MAJMUASI (1)

Darsning xrono kartasi – 80 minut.

O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi 

Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, 
talabalarning davomati – 2 minut 

Talabalar bilim darajasini aniqlash-8 minut 

Yangi mavzu bayoni – 50 minut

Mavzuni o’zlashtirish darajasi – 7 minut

sinov savollar namunasi – 10 minut 

Uyga vazifa berish – 3 minut 
Sohibqiron Amir Temur davrida asos solingan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar 
uning avlodlari davrida ham asosan davom ettiriladi. Albatta, amir, bek va sul-tonlar 
o`rtasida olib borilgan o`zaro urushlar o`lkaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotiga 
salbiy ta'sir qiladi. Ammo.ijtimoiy hayot to`xtab qolgani yo`q. Yerga egalik qilish 
avvalgidek to`rt xil: "mulki. devoniy" - davlat erlari; "mulk erlari" - xususiy erlar; 
"mulki vaqf" - vaqf erlar va jamoa erlari shaklida saqlangan. Temurdavridagidek, 
davlat erlarini "suyurg'ol" qilib berish davom ettiriladi. "Suyurg'ol" erlar oddiy bir 
qish-lokdan tortib tuman, shahar va viloyatlargacha tashkil etgan. Bu erlar odatda 
hukmron sulola avlodlari, yirik harbiy va davlat mansabdorlariga berilgan va u 
avloddan-avlodga meros bo`lib o`tgan. "Suyurg'ol" egasi o`z erida amaldorlarni 
tayyorlash, soliqlar tizimini belgilash va ularni to`plash, gunohkorlarni jazolash 
masalalarini o`zi mustaqil hal qilgan.b "Suyurg'ol" egalari nomigagina markaziy 
hokimiyatga qaram bo`lib, amalda deyarli mustaqil bo`lganlar. Mabodo "suyurg'ol" 
egalari haddilaridan oshib markaziy hokimiyat-ga bo`ysunmay qo'`ysalar, ularning 
tasarrufidagi er maydon-lari qisqartirilar, yoki ularning ma'muriy va adliya haq-
huquqlari cheklab qo`yilar edi. Eng oxirgi va og'ir so`nggi chora sifatida 
"suyurg'ol"dan mahrum etish hollari ham bo`lar edi. Jumladan, 1414 yilda Shohruh 
bo`ysunma-gani uchun Mirzo Iskandarni, 1415 yilda esa Mirzo Boy-Qaroni 
"suyurg'ol"dan mahrum qiladi. 
Yerga egalik qilishning ikkinchi shakli xususiy erlar edi. Albatta, katta-
kichikligidan qatiy nazar, yirik mulk-dorlarning katta er maydonlari ham, mehnatkash 
ziroat-chilarning mayda paykallari ham xususiy er mulklari hisoblangan. Mulk 
erlarining katta qismi ma'muriy,harbiy va diniy arboblarga ularning davlat oldidagi 
alohida xizmatlari uchun berilgan va ular juda katta hajmdagi er-mulklarga egalik 
qilganlar. Masalan, XV asr-ning ikkinchi yarmida yashagan Xo`ja Ahrorning 1300 


109 
taga yaqin er-mulki bo`lib, bu mulklarning ayrimlari 300 qo`shga teng bo`lg'an. Yoki 
ulug' shoir va davlat arbobi Alisher Navoiyning ham Astrobod, Hirot, Sabzovor va 
boshqa joylarda juda katta hajmda er-mulklari bor edi. Zahi- riddin Muhammad 
Bobur bergan ma'lumotlarga qaraganda, u Sulton Husayn Boyqarodan sovg'a-
salomlar qabul qilmas, aksincha, uning o`zi sultonga bunday sovg'alarni in'om etar 
ekan. Xondamirning yozishicha, kunlarning birida Navoiy Sulton Husayn Boyqaroga 
sovg'a tarikasida 25 tuman oltin, kumush tangalar, uning qarindosh-urug'lariga 1000 
man ipak ato, 1000 xarvor don va 200 ming dinor pul in'om etgan. Ayni zamonda 
Navoiy mamlakat obodon-chiligi, ilm-fan va ma'rifat yo`lida ham katta mablag' sarf 
etgan, kambag'al, beva-bechora va etimlarning boshini silagan. Bu davrda bosh 
hukmdor tomonidan yirik mulk ega-lariga alohida xizmatlari uchun tarxon yorlig'i 
berish tartiby joriy qilingan. Tarxon bilan "suyurg'ol"ni ara-lashtirmaslik kerak. 
Tarxon olgan shaxs davlat xazinasiga tushadigan turli xildagi soliq, o`lpon to`lashdan 
ozod qilingan. Demak, tarxon - imtiyozga ega bo`lmoq ma'nosini anglatadi. Tarxon 
yorlig'ini olgan shaxsning gunohi to`qqiz martagacha kechirilgan. O`ninchi mar ta 
gunoh ish qilgantakdirdagina jazoga tortilgan. Albatta, bunday yorliqni birinchi 
navbatda amirlar, beklar, saroy amaldorlari va sayyidlar olganlar. Tarxon yorlig'ini 
olgan mulkdor shaxslar ismiga uni uluglab "tarxon" so`zi qo`shib aytilgan. Jumladan, 
Hirot atrofidagi erlar Darvesh Ali tarxon mulki, Samarqand va Buxoro atrofidagi erlar 
Abu Ali tarxon mulklari bo`lgan. Tarxo nlar juda katta er-mulk, boylik va 
navkarlarning egasi bo`lib, mamlakatning ij-timoiy-siyosiy hayotida juda katta 
nufuzga ega edilar. Masjid, madrasa, xonaqo, maqbara va mozorlarga qarashli 
erlar "vaqf mulki" hisoblangan. Bu mulk Temur va temuriylar davrida ancha katta 
nufuzga ega bo`ladi va rivoj topadi. Vaqf mulklariga odatda er-suvlardan tashqari 
ko`plab do`kon, korxona, tegirmon, objuvoz, bozor, karvonsaroylar ham vaqf qilib 
kiritilgan. Ulardan tushgan daromadlar asosan xayriya ishlari uchun sarflan-gan, ya'ni 
masjidlar, madrasalar, shifoxonalar va xonaqolarning ta'miri, jihozi, mutavalli, 
mudarris, tabib va talabalarga beriladigan nafaqalar hamda langarxona va 
shifoxonalarning kundalik sarf-xarajatlari uchun ishlatilgan. 
To`rtinchi guruh erlar - jamoa erlari hisoblanib, uncha katta bo`lmagan ulushni 
tashkil etgan. Bu erlar qishloq aholisining umumiy tasarrufida bo`lgan. Temur va 
temu-riylar xukmronligi davrida sug'orma dexdonchilik madaniyatini rivojlantirish, 
ariqva kanallar chiqrish kabi masalalarga katta e'tibor berilgan. Jumladan, eng yirik 
sug'ish ishlaridan biri Samarqand vohsida, Zarafshon daryosidan bosh olgan Darg' 
anhori suvi bilan ta'min-lanuvchi qadimgiAngor kanalining qayta tiklanishi bo`ladi. 
Bu kanal orqali "Zarafshon daryosi suvi" Qashqadaryoning kam suvli hududlariga 
oqiziladi va u erda dehqonchilik madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi. 
Mo`g’ullar bosqini davrida batamom vayron etilgan Buxoroning suv xo`jaligi XV 
asrga kelib to`la tiklanadi, uniyg dehqonchilik ma ydoni kengayib, Urganjiy dashti 
tomon qariyb 5-6 km ichkariga kirib b oradi. Ulug’bek hukmronligi davrida Buxoro 
viloyatining janubi-sharqiy chegarasiga yondoshgan Somonjuq dashtiga suv 
chiqariladi va yangi erlar o`zlashtiriladi. Mo`g’ullar bosqini davrida vayron 
etilgan Murg’ob daryosining bosh to`foni - Sultonobod Shohruh davrida tiklanadi. 
Marv shahri va Murg’ob vodiysi suv bylan ta'minlanadi.Sulton Husayn Mirzoning 
tashabbusi bilanMarviruddan yangi kanal chiqariladi, yangi erlar o`zlashtiriladi. Hirot 
va Mashhad tomonlarda Alisher Navoiy tashabbusi bilan juda katta sug’orish inshoot-


110 
lari barpo etiladi. Xususan, Tus viloyatining .yuqori qismida joylashgan Chashmaqul 
mavzesida Turuqband suv omborining qurilishi g’oyat katta ahamiyatga ega bo`ladi. 
Chunki bu suv ombori orqali 10 farsah kanal qazdirilib, Mashhad obi-hayot bilan 
ta'minlanadi. Bu davrda sug’orish texnikasi rivoj topadi. Natijada mamlakatda 
dehqonchilik va bog’dorchilikning barcha tur-lary rivojlanadi, chorvachilik taraqqiy 
etadi. Bu amalga oshirilgan ishlarning hammasi mehnatkash va zahmatkash xalqning 
qismatli mehnati natijasida ro`yobga chiqarilgan, albatta. Katta er egalari o`z erlarida 
yirik xo`jalik yurytish ishlarini amalga oshiryshga qiziqmaydilar. Ular erlarni kichik 
qismlarga bo`lib, chorakorlarga soliq solish hisobiga beradilar. Dehqonlar kimning eri 
hisobiga yashashlariga qarab davlat yoki zamindorga soliq to`lar edilar. 
Sug’orma dehqonchilik erlarida alohida olinadigap asosiy soliq Amir Temur 
davridagidek "xiroj" hisoblangan. Bu soliq ba'zan "mol" deb ham atalgan. Soliq 
miqdori etishtirilgan hosilga va erning unumdorligiga qarab olingan. Shu sababdan 
xiroj solig’i asosan hosil etilib uni yig’ishtirib 
Olish paytida mahsulot shaklida yoki pul bilan to`langan. Xullas, dehqonlar 
sug’orma er-lardan hosilning 1/3 qismidan tortib yarmigacha xiroj to`lar edilar. 
Lalmikor erlarda esa bu ko`rsatkich 1/6- 1/8 qismni tashkil etgan. Mulk erlarining bir 
qismidan "ushr" solig’i ham undirilgan, u hosilning 1/10 qismiga teng bo`lgan. 
Jumladan, XV asrning yirik mulkdor-laridan biri hisoblangan Xo`ja Ahror Valiy 
o`ziga qarashli bo`lgan 1300 er-mulkdan har yili Samarqand hukmdori Sulton Ahmad 
Mirzo xazinasiga g’allaning o`zidan 80 ming mon to`lab turgan. 
Bulardan tashqari, bog’ va daraxtzorlardan "mol sarda-raxt", yaylovlardan - "mol 
o`tloq va suvloq" kabi soliqlar undirilgan.Chorvadorlar esa "zakot" solig’i to`la-
ganlar. Bu soliq 'miqdori qirqdan bir, ya'ni 2,5 foizga teng bo`lgan. Bu sanab o`tilgan 
soliqlar bilan bir qatorda fuqaro soliqlarni undirish va uning hisob-kitobi bilan band 
bo`lgan turli lavozimlardagi ma'muriy shaxslar xizedatlari uchun ham har xil 
mikdorda to`lovlar to`lashga majbur edi. 
Majburiyatning yana bir turi "begar" deb atalgan. "Begar"- tekinga ishlab berish, 
ya'ni hashar ma'nosini anglatar edi. Aholi odatda shaharlarda devorlar, qo`rg’on, 
saroy, machit, madrasa, ko`priklar qurish va ularni mustahkamlash, ariq-zovurlar, 
kanallar, yo`llarni qurish va tozal ashda tekinga ishlab berishi kerak edi. Xullas, aholi 
gardaniga yuk bo`lib tushadigan bunday xilma-xil soliqlar fuqarolarning qismatli 
hayotiga o`z salbiy ta'sirini o`tkazardi va soliq zulmi siyosatiga qarshi mehnatkash
ommaning norozilik harakatlariga sabab bo`lardi. 1470 yilda sulton Husayn Boyqaro 
ma'murlari-ning o`zboshimchalik bilan olib borgan soliq siyosatiga qarshi Hirot 
fuqarolarining bosh ko`tarishi bu fikrimiz-ning isbotidir. Alisher Navoiy Muhammad 
Yodgor boshchi-ligida ko`tarilgan bu qo`zg’olonning oldini olib shaharda adolat va 
tinchlik o`rnatadi. 
Temuriylar hukmronligi davrida Movarounnaxr va Xurosonda hunarmandchilik, 
savdo va tovar-pul munosabatlari ham rivojlanadi. Bu davrda xususan Samarqand, 
Hirot, Buxoro, Marv, Toshkent, Shohruhiya, Termiz, Shahrisabz, Qarshi va boshqa 
shaharlar madaniyat va savdo mar kazlariga aylanadi. Bu shaharlarda 
hunarmandchilik rivoj topib, kasb-hunar bilan bog’liq bo`lgan mahallalar, ko`chalar, 
guzarlar, bozor rastalari, i bozor timlar, toqlar paydo bo`ladi. ridan etishib chikdi? Bu 
savolga na Kir, na Iskandar Zulkarnayn, na Chingizxon, na Yuliy Sezaru buyuk 


111 
Napoleondan ijobiy javob topib bo`lmaydi. Bu faqat Amir Temur shaxsigagina xos 
xususiyat bo`lib, ul zot shaxsining betakror ulug’vorligi bilan bog’liqdir. 
Amir Temur shaxsining ulug’ligi uning Chingizxondan keyin hududining kattaligi 
jihatidan dunyoda ikkinchi buyuk saltanatga asos solganligida emas, yoki o`zining 
soxibqironlik faoliyati davomida 30 marta yurishlar qilib, biror marta bo`lsa-da 
engilmaganligida ham emas. Uning mardligi va qahramonligi kabi hoyatda muhim 
fazilatlarida ham emas, albatta. Bu fazilat va omillar ham so`zsiz Amir Temur 
shaxsini ulug’lashda va uni jahonga mashhur qilishda katta o`rin tutgan. Ammo Amir 
Temurning dunyoda eng ulug’ va buyuk shaxs, davlat arbobi, mashhur sarkarda, fan 
va madaniyat homiysi sifatida nom qozonishiga sabab bo`lgan fazilatlar "Temur 
tuzuk-lari"da o`z ifodasini topgan. Bu fazilatlar: Birinchisi va eng asosiysi Islom 
dini, Qur'oni Karim va uning g’oyasiga cheksiz sadoqatda. "...har erda va har vaqt 
Islom dinini quvvatladim", deydi u. "Yana tajri-bamda ko`rib bildimki, davlat agar 
dinu oyin1 asosida qurilmas ekan, to`ra-tuzukka bog’lanmas ekan, unday sal-
tanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo`qoladi. Bunday saltanat yalang’och odamga 
o`xsharkim, uni ko`rgan har kimsa, nazarini olib qochadi. Yoxud kasu nokas tap 
tortmay irib chiqadigan tomsiz, eshigi-to`sig’i yo`q uyga o`xshaydi. 
Shuning uchun ham men o`z saltanatim binosini dini islom, to`ra va tuzuk asosida 
mustahkamladim". 
Amir Temur yana davom ettiradi: "Qaysi mamlakatda dindan qaytishlik va 
zindiklik kuchaysa va u" diyorning aholisi, sipohu raiyat turli maslakka kirib 
ittifoqlari buzilsa, u mamlakatning halokati yaqindir". 
Ikkinchisi, hayotda, davlat ishlarini boshqarishda odillik, adolat va haqiqatning 
ustivorligini ta'min-lash uchun kurash. Oddiy xalq manfaatlarini himoya qilish, 
jabrdiydalarga madadkorlik, ig’vogar va tuhmatchilarga ishonmaslikda: "...Adolat va 
insof bilan tangrining yaratgan bandalarini o`zimdan rozi qildim. Gunohkorga ' 
Oyin - qoida, rasm, tartib, usul, odat, ravish, tarz.Zindiklik - xudosizlik, dinga 
ishonmaslik. ham, begunohga ham rahm kilib haqqoniyat yuzasidan hukm 
chiqardim... Fuqaro va qo`l ostimdagilarga rahmdillik qildim, sipohiylarga in'omlar 
ulashdim. Zolimlardai mazlumlar haqqini oldim... Buzuqi va og’zi shaloq g’iybat-chi 
odamlarni majlisimga yo`latmadim, so`zlariga amal qilmadim. Biror kimsaga tuhmatu 
g’iybat qilsalar, quloq solmadim". 
Uchinchidan, davlatni boshqarish, idora qilish ishlarnni halol, nasl-nasabli, asil, 
vijdonli, aql-farosatli, sabr-toqatli kishilarga topshirish. Temur davlat arboblari bag’ri 
keng, og’ir, vazmin, odamlarga nisbatan kek saqla-maydigan, kechirimli va g’oyatda 
xush axloqlilik fazilatlariga ega bo`lishi kerak, deb hisoblar va bu fazilat-larni juda-
juda qadrlar edi.
Amir Temurning fikricha, har bir tojdor hukmdor o`z davlatining tayanchi bo`lgan 
ijtimoiy qatlamlarga tayanishi lozim. To`rtinchidan, yuksak insoniy axloqiy 
fazilatlarni ulug’lash, noinsoniy, noaxloqiy va tubashshk ko`rinishlarigaqarshi 
shafqatsiz kurash. Amir Temur yozadiki: "."hozirgi damgacha o`tgan sultonlarning 
qonunlari va turish-tur- mushlarini donolardan so`rab-surishtirdim.Har qaysi- larining 
yo`l-yo`riqlari, turish-turmushlari, qilish-qilmishlari, aytgan gaplarini xotiramda 
saqladim va yaxshi axloqlari, ma'qul sifatlaridan namuna olib, unga amal qildim".
Madaniylilikning bu olijanob fazilatlarini Amir Temur hazratlari Ulug’labgina 
qolmagan, balki bu fazilat-larning bajarilishini davlat hududida yashab kelayotgan 


112 
fuqarolardan, eng avvalo uz oila a'zolari tomonidan ham so`zsiz bajarilishini talab 
qilgan. Xatto Amir Temurni butun qalbi-vujudi bilan yomon ko`rgan Ibn 
Arabshoxdek muarrix ham buyuk sohibqironning adolatpesha ulug’ fazilatlarini tan 
olib yozishga majbur bo`lgan: "Temur tamg’asining naqshi "rosti rasti" bo`lib, "bu 
haqgo`y bo`l-sang, najot topasan" demakdir... Ko`pincha uning majli-sida uyatsiz 
so`zlar, qon to`kish, asir olish,g’orat.qilish va qaramga haqorat gaplar bo`lmasdi. 
Temur qo`rqmas, shijoatli, botir kishilarni itoat qildiru vchanbo`lib, jasoratlilarni 
dovyurak va mardlarni yoqtirar edi... U bir gap eshitganda dalil talab qiladigan, 
zimdan qarash va ko`z ishoratlarini sezadigan idrokli kishi edi. U sinchkov bo`lib har 
bir ishoratdan ogoh kishi bo`lib, yuz beradigan barcha ishni ko`rib-bilib turar edi. 
Uning nazaridan aldovchining aldovi yashiri-nib qolmas va firibgarning firibi o`tmas, 
o`z farosati bilan haqgo`y va yol?onchini ajratar edi, O`z ziyrakligi, tajribasi bilan 
chin nasihatgo`ydan soxtani idrok etar, o`z afkori bilan sal bo`lmasa "uchar yulduzni 
to`g’ri yo`lga boshqarar, o`z farosati mulohazalari bilan har bir bexato sayyora o`g’ini 
o`z orqasidan ergash-tirar edi"'. Amir Temur o`ta taqvodor musulmon bo`lgan, 
islom qo-nunlari va shariatlari doirasidan chetga chiqmagan. U o`z farzandlari va 
nabiralaridan axloqiy pok, insof-diyo-natli va adolatli bo`lishni talab qilgan. A mir 
Temuro`z o`rniga valiaxdlikka katta o`g’li Jahongir Mirzoni loyiq deb topadi. Lekin 
Jahongir Mirzo bevaqt bu dunyoni tark etadi. Shundan so`ng ulug’ Amir o`z nabirasi 
Xalil Sultonni valiaxdlikka birdan-bir da'vogar deb hisoblaydi, chunki u jasur, 
qo`rqmas va mard bahodir edi. Ammo kutilmagan voqea sodir bo`ladi. Xalil 
Sultonni ilgari Temurning jiyani, amirzoda Alining qizi Jahona Sulton begimga 
uylantirib qo`ygan edilar. Xalil Sulton o`zining qonuniy xotini bo`laturib, amir hoji 
Sayfuddinning cho`risi, sohibjamol Shodi-mulkni yoqtirib qoladi va uni hojasidan 
tortib olib, yashirincha o`z nikohiga o`tkazadi. Buni eshItgan Temur g’oyatda 
g’azablanadi. Yasovulboshini chaqirtirib "shahzodani qayda bo`lsa ham tutib 
keltirilsun va maxdi ul Bayon og’a turg’on qasrga qamab qo`yilsin, behayo 
Shodimulk-ersa g’ulomlardan biriga xotin qilib berib yuborilsin", deb buyruq beradi. 
Xalil Sulton bobosining g’azabidan qo`rqib, mahbubasi bilan do`stlaridan birining 
uyiga yashirinadi. Oradan uch-to`rt kun o`tgach, Saroymulkxonim, To`kal Xonim, 
Amir Shohmalik va Shayx Nuriddinlar o`rtaga tushib, shahzodani jazodan qutqazib
qolishadi. Temur o`zboshimcha nabirasining gunohidan o`tgan bo`lsa-da, lekin uni 
valiaxd qilish niyatidan qaytgan. 
Bu keltirilgan oddiygina dalil-xulosa buyuk davlat arbobi Amir Temurning 
axloqiy ichki ma'naviy dunyosining nechog’lik pok va go`zal bo`lganligidan dalolat 
beradi. Amir Temur to`g’risida xalq og’zaki ijodida ko`plab turli mav-zularda rivoyat 
va afsonalar tarqalgan. Ana shu rivoyat-lardan birida aytilishicha, Amir Temur besh 
narsaga e'tiqod qo`ygan ekan. Bular: Allox. tafakkur, kilich, imon va kitobdir. 
Demak, Amir Temurning madaiiyat homiysi sifatida ulug’ligini belgilovchi omil 
uning ruhining sofligi, tozaligi va Islom g’oyasi bilan sug’orilganligidadir. 
Temur va temuriylar davrida qurilish ishlari, me'-morchilik misli ko`rilmagan 
darajada o`sadi va rivojla-nadi. V. V. Bartold bunday deb yozadi: "Temur bir vaqtning 
o`zida ashaddiy buzg’unchi va tashabbuskor quruvchi edi: u buyuk imoratlar barpo 
etdi va ularni ulkan bog’u-rog’lar bilan o`radi, shahar va qishloqlarni tikladi, suv 
inshootlari barpo etdi va buzilganlarini tuzatdi. Madaniyat barpo etish mumkin 
bo`lgan er maydonlarini bo`sh qoldirmas edi. Temurning ijodkorlik faoliyati ham 


113 
uning qilgan vayronagarchiliklari kabi kishini hayratda qoldirardi. Musulmon 
me'morchiligidagi eng yaxshi davr Temur va uning avlodlari nomi bilan bog’liq. 
Temur va uning avlodlari davrida Samarqand, Toshkent, Buxoro Shahrisabz, 
Qarshi, Turkistonda, Xurosonning markazi Hirot, Mashhad, Nishopur, Kobul va 
boshqa shaharlarda buyuk yaratuvchilik ishlari olib boriladi. Sohibqironning 
buyrug’iga asosan 1365 yilda Qarshi, 1370 yilda Samarqand, 1380 yilda Kesh 
shaharlari atrofida mudofaa devorlari barpo etiladi. Temurning o`z ona 'yurti Keshda, 
buyuk alloma va mutafakkir Ahmad Yassaviyga atab Turkistonda qurdirgan ajoyib, 
osmono`par va muhtasham madrasalari o`z davrida Sohibqironning kuch-qudratini 
jahon uzra ko`z-ko`z qilgan. 
Tarixshunos olim Sharafiddin Ali Yazdiy o`zining "Zafarnoma" asarida Kesh 
qo`rg’oni va Oqsaroyning qurilishi bayonida quyidagilarni yozgan: "Sichqon yiliga 
to`g’ri kelgan 781 yilning oxiri (milodiy - mart, 1380), erta bahor fasli edi. O`z 
quvvati bilan gullatib yashnatuvchi me'mor ko`kat-lar va maysazorlar shahrini obod 
qilishga kirishgan, atirgul butalaridan qasrlar yaratib, la'lgun shoxchalar uchini baland 
ko`targan va ularni firuza rang naqshli barg-lar bilan bezagan bir
vaqtda... Oliyhazrat sohibqiron... gullaridan mushku anbar bo`yi taraluvchi, suvidan 
gulob ta'mi" keluvchi Keshning xushhavo va rom etguvchi zaminida shodlik 
nash'asini surib, orom olmoq azmi bilan bu erda saltanat taxtini o`rnattirdi. So`ng 
Shahrisabz qo`rg’onini qurish haqida farmon berdi va amirlaru lashkar ahli o`rtasida 
taqsimladi. qo`rg’on qurilishi uchun munosib keluvchi
saodatli soatda uning poydevorini qurdilar. Shahar ichida esa hazoyu qadardek 
bajarilishi so`zsiz bo`lgan farmonga binoan bir qasr bunyodiga asos soldilar. She'r:
Uning kungirasining balandligi shu darajaga etdiki, osmon ko`zidan yoshlar 
to`ktirdi. Qora tunda uning devorlari chunonam oppoq bo`lib ko`rinardiki, hatto 
muazziilar' tong otibdi deb gumon qilardilar. "Nazar arqonini qanday qilib uning
tepasiga tashlasam ekan?" deb, Uzoqni ko`ra oluvchi akyau donish yuz bor
xayolga cho`mdi. Imorat shu qadar baland ' va favqulodda jozibali ediki... qatto 
keksa muhandis bo`lmish Gardun shuncha yillar jahon atrofida aylangan bo`lishiga 
qaramay, bunday go`zal binoni ko`rmagan edi.
1404 yilda Amir Temurning onasi sharafiga qurib bitkazilgan, go`zallikda 
tengsiz Oqsaroiispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo 1403 yili bu erdan Samarqand 
tomon o`tayotganda hali bitmagan edi. Ammo shunga qaramasdan u o`z xotiralarida 
Oqsaroyning go`zalligidan hayratlanganligi va
qoyil qolganligini yozadi: "Zero, butun bino zarhal va lojuvard bilan qoplangan 
bo`lib, u erda saroyning shuncha bo`lma va oromgoxlarini ko`rsat- ' Muazzin - 
masjidda azon aytib, nomozga chorlovchi shaxs. dilarki, ular haqida juda uzoq 
so`zlash mumkin. Saroy ziynatlari oltindan va boshqa ranglardan hayratomuz 
ishlangan edi. Hatto mohir ustalari bilan jahonga mashhur bo`lgan Parijda ham bu ish 
juda go`zal hisoblangan bo`lar edi". 
Amir Temur tomonidan qurilgan ushbu saroyning eng noyob, o`ziga xos 
xususiyatlaridan yana biri shunda ediki, saroy tomi tepasida hovuz bo`lib, unga suv 
Taxtaqaracha dovonidan – tog’dan qo`rg’oshin quvurlar orqali olib kelingan. 
Albatta, Amir Temur birinchi navbatda poytaxti Samarqandni dunyoning eng 
go`zal va obod, ko`rkam va betim-sol shaharlaridan biriga aylantirishni o`zining bosh 
vazifasi deb biladi- U ishni eng avvalo mo`g’ullar istilosidan so`ng 150 yil mobaynida 


114 
vayron va qarovsiz yotgan shaharning mudofaa devorlarini tiklashdan boshlaydi. 
Osma suv yo`lining yakson etilishi tufayli suvsiz qolgan Samarqand ma?allalariga
Zarafshon daryosidan suv keltiradi. 
Amir Temur o`z saltanatining qo`rg’oni - Ark qal'a, undagi betakror v.a go`zal 
binolarni qurdiradi. Ko`ksaroy va Bo`stonsaroy deb elda mashhur bo`lgan bu binolar 
shaharning ko`rki hisoblangan. Shahar arki ichida bu binolar-dan tashqari masjid, 
ulkan ko`tubxona, shohona uy-joy-lar, Amir Temurning xazinasi va taxti, pul 
zarblanadi-gan ko`ra, aslahasozlik ustaxonalari, hammomlar hamda zindon bo`lib, 
atrofi qalin va baland devorlar bilan o`ralgan. Sohibqiron Hindiston safaridan 
qaytgach, uning farmoni bilan Jome' masjidining qurilishi boshlanadi. Jome' masjidi 
qurilishiga Temurning shaxsan o`zi qiziqqan va jangu jadallar bilan band bo`lsa-da, 
uni e'tibordan qochirmagan. Jome' masjidi belgilangai muddatda bitkaziladi. Biroq 
Sohibqiron bu paytda safarda edi. Ayni paytda Temurning sevimli, erka va katta 
xotini Saroymulkxonim bunyod etilgan Jome'\ masjidi yonida jozibali va ulug’vor 
muhtasham madrasa qurilishini boshlab yuborgan edi. Ibn Arabshohning guvoxlak 
berishicha, kuruvchilar madrasa darvozasi va devorlarini jome' masjidiga nisbatan 
baland ko`taradi-lar. Natijada madrasa asosi Jome' masjidi asosi-dan mustahkam, 
balandlikda ham undan ko`ra yuqori bo`ladi.1404 yilning kuzida Temur harbiy 
safardaya qaytgach, madras a va Jome' masjidini tomosha qilar ekan, uning nazarida 
masjidning peshtoqi madrasaga iisbatan tor va past ko`rinadi. U g’azabga to`yaadi va 
Jome' masjidi bosh peshtoqini buzib tashlab boshqatdan qurishga farmon beradi. Shu 
dargohni kengaytirib va balavd ko`tarib qurish ishida qusurga yo`l qo`yganligi uchun 
Xo`ja Mahmud Dovud so`roqqa tutilib jazolanadi. Jome' masjidi kengaytiriladi va 
peshtoqi baland ko`tariladi. Qayta ta'mir-lash ishlarini Amir Temurning shaxsan o`zi 
nazorat ostiga oladi. Jome' masjidi Samarqanddagi eng hashamatli va go`zal 
obidalardandir. U boshqa binolardan o`ymakor marmardan yasalgan 480 pillapoya 
ustunlari, i, masjid binosining bahaybat gumbazi, pesh-toqining mahobati va 
darvozaband ulkan ravoq quyosh nurida turli rang ko`rinishda toblanib turuvchi 
maftuikor, jimjimador, go`zal bezaklari bilan o`zgacha bir tarzda ajralib turardi.
Amir Temur mashhur Shohizinda qabristonini ham o`zining o`tkir zehni va ziyrak 
e'tiboridan chetda qoldirmaydi. Undagi maqbaralarning eng qadimiysi - Qo`sam ibn 
Abbos maqbarasidir. Qo`sam ibn Abbos islom dinining asoschisi, Payg’ambarimiz 
Muhammad alayhissalomning amakivachchasi bo`lgan Abbosning zurriyoti edi. 
Ko`sam ibn Abbos islomni targ’ib va tashviq qilishda ishtirok etgan buyuk 
shaxslardan bo`lgan. U shu maqsadda 676 yilda arab istilochilari bilan birgalikda 
Samarqandga kelgan. Shu erda, afsonalarda aytilishicha, iomoz o`qib turgan 
paytlarida kofirlar qujum qilib uni o`ldirgan ekanlar, Amir Temur Qo`sam ibn Abbos 
qabri ustiga yangi dahma o`rnatgan. Bu dahma Markaziy Osiyo qadimgi kulollari 
ishlarining eng yaxshi namunalaridan biridir. 
Chingizxon to`dalari tomonidan batamom kuli ko`kka sovurilib, vayronaga 
aylantirilgan Afrosiyob Temur va temurinlar davriga kelibgina haqiqiy ikkinchi 
g’ayotga yuz o`giradi. Amir Temurdan so`ng uning iste'dodli va ma'rifatparvar 
nabirasi Ulug’bek davrida Samarqand o`z boshidan gullash davrini kechiradi. Ajoyib 
va muhta-sham binolar qad ko`taradi, Afrosiyob atroflari husniga-husn qo`shadi. 
"Bibixonim" masjidi hovlisining o`rtasida marmartoshdan yasalgan lavh bor. Ushbu 
lavhni Mirzo Ulug’bek XV asrning o`rtalarida yasattirgan. Unda quyidagi so`zlar 


115 
bitilgan: "Sultoni azizim, oliy xashmatli hoqon, din-diyonat homiysi, xanafiya" 
mazhabining posboni, aslzoda sulton, ibn sulton amiry mo`min Ulug’bek Gura-gon". 
Ulug’bek o`g’li Abdulazizga atab 1434-1435 yillari Shohizinda ansamblining asosiy 
bosh darvozasini qurdirgan. Unga quyidagi so`zlar bitilgan: "Ab-dulaziz Bahodir ibn 
Ulug’bek, ibn Tog’luq, ibn Temur". "Shohizinda" ansamblida Temur va 
temuriylar qurdir-gan maqbaralarning soni 20 dan oshadi. 
Amir Temurning hayotligi chog’ida qurilgan maqbaralardan biri – Turkon Og’a 
maqbarasidir. Turkon og’a Amir Tyomurning opasi bo`lgan. Maqbara esa 1370-1371 
yillarda vafot etgan Turkon og’aning qizi uchun qurilgan. 1383 yilda Turkon og’aning 
o`zi ham vafot etadi va shu erga dafn et iladi. Bu obidaning ustalari samarqandlik 
Shamsiddin va Badriddin hamda buxorolik Zayniddin va Shamsiddinlar bo`lganlar. 
1376 yilda Amir Temurning sarkardalaridan biri – amir Husaynning onasi Tug’li 
Tekin, 1385 yilda Amir Temurning singlisi Shirinbika og’a maqbaralari qurilgan.
"Shohizinda" ansamblida Amir Temurning xotinlari tomonidan qurilgan maqbaralar 
va boshqa binolar ham kattagina o`rinni egallaydi. 
Amir Temur davrida qurilgan va dovrug’i olamni tutgan tarixiy obidalardan yana 
biri bu - Go`ri Amir maqbarasidir. Bu muhtasham binoning o`z qurilish tarixi bor. 
Amir Temur nabirasi Muhammad Sultonni juda sevardi. Muhammad Sulton 1403 yil-
da, 27 yoshida shamollab vafot etadi. Uni Samarqandga" olib kelib dafn marosimi 
o`tkazadilar. Amir Temur 1404 yilning kuzida safardan qaytgach, nabirasi 
Muhammad Sulton xotirasi uchun maqbara qurishga farmon beradi. Ushbu farmonda 
maqbarani o`n kun mobaynida qurib tugallashga buyruq berilgandi. haqiqatdan xam, 
maqbara o`n kunda batamom qurib bitkaziladi. Bunday hashamatli, katta va baland 
obinoni o`n kunda qurib bitkazish aklga sig’maydigan bir voqea bo`lib, Amir 
Temurning kuch-qudrati nimalarga qodir ekanligini namoyish etgan. Amir Temur 
mana shu erda Muhammad Sulton Mirzo xotirasiga va Alloh yo`liga atab katta 
xudoyi marosimi o`tkazadi hamda o`sha davr mashhur din peshvolari tomonidan 
Qur'oni Karimdan oyatlar o`q’ittiradi. Maqbara devorlaridagi rang-barang koshinlar 
orasida uni qurgan usta Muhammad ibn Mahmud Isfaxoniyning iomi ham yozilgan. 
1405 yilda Amir Te-mur vafot etgach, uning o`zi ham shu erga, nevarasining
kirmagan biror ko`cha, biror hovli deyarli yo`q edi, faqat ba'zi uylargina bog’siz edi." 
Odamlar ko`chalarda ariqlarda oqib o`tadigan toza zilol suvlardan ichimlik suvi 
o`rnida foydalanganlar. Amir Temur poytaxti Samarqand atrofini bog’i rog’lar bilan 
o`rab olgan. Sohibqiron-ning buyrug’I bilan bir-biridan go`zal o`ndan ortiq bog’ 
barpo etilgan. Bog’i naqshi jahon, Bog’i behisht, Amirzoda Shohruh bog’i, Bog’i 
Bo`ldu, Bog’i dilkusho, Bog’I Zog’on, Bog’i baland, Davlatobod, Bog’i Chinor, 
Bog’i nav, Bog’i jahonnamo shular jumlasidandir. 
Tarixchi Ibn Arabshoh Amir Temur bog’lari to`g’risida yozib qoldirgan. 
Amir Temur yaratgan bog’lar go`zalligini ulardagi turli-tuman mevalarni va Yer 
yuzida m avjud bo`lgan hayvon unyosi-yu, parrandalar tafsilotini ta'rifga olish uchun 
qalam, ojizlik qiladi. A. Berdimurodovning "Amir Te-murning amarqanddagi 
bog’lari" turkum maqolalarida "Dilkusho bog’i" to`g’risida quyidagi satrlarni 
o`qiymiz: "Temur hijriy 788 yil ning kuzida xushmanzara Konigil vohasida yangi 
bog’ barpo etishga buyruq berdikim, u o`zining go`zalligi bilan mamlakatdagi barcha 
og’lardan ajralib tursin... Samarqandda Yashovchi O`rta Osiyoning eng mohir 
me'morlari tomonlari bir yarim ming gaz ke-ladigan bo?ning asosiy g’ishtini 


116 
qo`ydilar. Kirish yo`l-larini ajratdilar. Saroyning gumbazlari naqshlar bilan bezaldi, 
devorlar ustki koshinlar bilan qoplandi. Bog’ning to`rt burchagida katta san'at va 
yuksak did bilan ishlangan, ajoyib bo`yo?lar berilgan shiyponlar qurildi. Bog’ 
chorqirra xiyobonlarga va turli shakldagi bo g’chalarga bo`lindi. Temur xiebonlarning 
yo`llari chetiga mevali da-raxtlar, ba'zilariga gul o`tqazishni xoxlardi. Bog’ uning 
mayliga javob bergani uchun ham "Bog’i Dilkusho" deb ataldi. Bog’ning o`rtasida 
baland gumbazli uch oshyonli saroy qurildi. 1404 yilning sentabrida jahongir 
Temurning qabulida ispaniyalik elchi Klavixo bu bog’da favvoradan suv otilib 
turganligini, boqqa kiriladigan darvoza juda keng, yuksak oltin va boshqa 
qimmatbaho toshlar bilan bezatilganligini, ustiga taxtiravon o`rnatilgan oltita fil 
borligini yozadi". 
Amir Temurning muxoliflari uni kamsitishga urinib, Temur osib olgan 
mamlakatlardan ustalar, me'mor-lar va olimlarni ko`chirib olib kelmaganda 
Samarqandda va boshqa shaharlarda bu darajada hashamatli, go`zal quri lish va 
binolar bo`lmas edi, deb isbotlashga behuda urina-dilar. Biz ulug’ bobomiz Amir 
Temurning o`z yurishlari davrida minglab ustalar, me'morlar, qurilish ashyolari va 
boyliklarni Samarqandga olib kelganligini inkor etmaymiz .Taroz, Tabriz, Isfaxon, 
Xorazmdan kelgan ko`plab me'-morlar, musavvirlar va hunarmandlar ishlaganlar. 
Lekin asosiy ish boshqaruvchilar, mahalliy ustalar va me'mor- ' lar bo`lganlar, birinchi 
galda ularning milliy an'ana san'at ijodlari etakchi o`rinni egallagan. Darvoqe, 
Samarqand, Buxoro va Xorazmda hali Temur hukmrotsligigacha qurilgan va mavjud 
bo`lgan va shu kunlargacha ham saqlanib kelayotgan tarixiy obidalar, o`lkamizda olib 
borilgan arxeologik qazilma yodgorliklarining guvoxlik berishicha, xalqimiz qadim-
qadimdan qurilish va me'morchilik san'atida hayratomuz noyob qobiliyat egalari 
o`lkasi bo`l-ganligini ko`ramiz.
Buyuk Amir Temurning moddiy madaniyat bobidagi bun-yodkorlik faoliyatini 
uning avlod-ajdodlari, birinchi navbatda Ulug’bek davom ettiradi. Taniqli olim Ashraf 
Ahmedovning "Ulug’bek" risolasida bunday deyiladi: "Ulug’bekning eng xayrli 
ishlaridan biri - bir vaqtning o`zida uchta shaharda - Samarqand, Buxoro va 
Gijduvonda madrasa, ya'ni o`sha davrning oliy o`quv yurtini barpo etganligidir. 
Samarqandda buming uchun u bozor maydonini tanlaydi va 1417 yili bu erda madrasa 
qurilishini boshlab, uni 1420 yili tugatadi... Samarqanddagi madrasa qurilgan erni u 
Registon deb ataydi". Otaxon tarixchimiz Bo`riboy Ahmedovning ma'lumotlariga 
qaraganda, G’ijduvondagi madrasa 1433 yilda ishga tushiril-gan. Bulardan eng kattasi 
Samarqanddagi madrasa hisoblangan: "Madrasaning toqi shukuhli hay'ati 
ustuxonband mustahkamligidan falak binosidin tinchlikni olg’on, yuksaklik jihati 
bo`lmish azamatnishon peshtoqi og’irligidan eru zaminga zilzila solg’on, aning oliy 
darajalik ko`ngralarini qudrat ustasi falak ayvonining muharnas-korligi birlan bir xilda 
yasag’on, lojuvard koshinlarini qazo naqqosh falakning charog’on yulduzlari birlan 
bir tartibda naqsh qilub, alarga daxldor qilg’on quyoshaby jilvasi, zaringor naqshlari 
go`zal falak gumbazi birla hamvazi erdi". Madrasa ikki qavatdan iborat bo`lib, ellikta 
hujrasi bor edi. Ulug’bek madrasasida, yuzdan ortiq talaba istiqomat qilgan va ta'lim 
olgan. Mirzo Ulug’bek dovrugini jahonga tanitgan ulkan qurilishlardan yana bittasi 
1420-1429 yilLardaqurib bitkazilgan ulkan va hashamatli bino Uyaug’bek 
rasadxonasidir. Ulug’bek bu rasadxonaning dunyoda shu paytgacha bor bo`lgan 
barcha rasadxonalardan ulug’ va har tomonlama ustun bo`lishini o`z oldiga maqsad 


117 
qilib qo`ygan. Bo`riboy Ahmedov bu hakda shunday hikoya qiladi: "Biz quraturg’on 
rasadxona barcha jihatlari bilan ash-Shammosiyadagidan ham, Kasiyundohidin ham, 
Maroqadagidan ham kam bo`lmas-ligi lozim". Ulug’bek bu o`rinda xalifa Ma'mun
zamonida, Bag’dod yonida qurilgan, YAhyo ibn Mansur bosh bo`lgan mashhur- 
rasadxonani, Xolid ibn Abdumalik bosh bo`lgan Dimishq rasadxonasini, Xalokuxon 
davrida Maroqada yirik qomusiy olim Nosirid-din Tusiy rahbarligida qurilgan rasad-
xonalarni nazarda tutadi, albatta". 
Darhaqiqat, Ulug’bek rasadxonasining o`z davrida miqyosi yo`q edi. Rasadxona 
silindr shaklida, uch ashyonali qilib quriladi. Aylanasi 47, balandligi esa 31 metr 
atrofida edi. Rasadxona qurilishiga Uluqbekning shaxsan o`zi; u yo`q paytlarda 
Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid va Ali Qushchilar boshchilik qilishadi. 
Binoning sirti koshin va sirli parchinlar bilan be-zatiladi. Olimlar va xizmatchilar 
uchun rasadxona atro-fida katta-kichik hujralar quriladi. Rasadxonaning boy 
kutubxonasi bo`lib, unda qariyb 15 ming kitob saklangan. Rasadxona etagida Mirzo 
Ulug’bek bobosi Amir Temur' an'anasiga ko`ra ikkita bog’ qurdiradi. Ularning biri 
Bog’i maydon, ikkinchisi Chinnixona nomi bilan ataladi. Bog’i maydon o`rtasida 
?urilgan bino ikki qavatli bo`lib, devor va ustunlariga marmardan sayqal berilgan. 
Chinnixonadagi imoratlarning biri toshdan, ik-kinchisi chinnidan bo`lgan. Chinni 
1422 yilda Xitoydan keltiriladi.Ulug’bek ham Amir Temur singari yara-tuvchilik, 
bunyodkorlik bilan shug’ullanadi. Xalq va davlat ehtiyoji uchun juda ko`plab binolar: 
hammomlar, karvon-saroylar, sardobalar qurdiradi. Umuman Temur va temuriy-lar 
o`zlaridan keyin moddiy madaniyat bobida ulkan meros-ni qoldiradilar. Temuriylar 
xalqimizning buyuk memorchilik san'ati durdonalarini dunyoning juda ko`plab 
qit'alariga tarqatadilar. Shohruh va Husayn Boyqaro avlodlari, Alisher Navoiy 
hazratlari azmu qarori bilan Xurosonning turli shaharlarida barpo etilgan ulkan va 
go`zal tarixiy obidalar, boburiylar sulolasining to 1850 yillarga qadar o`tgan davr 
mobaynida Afg’oniston, Hindisxon va Pokiston hududlarida yaratgan me'morchilik 
san'ati namunalari o`zining go`zalligi va hashami bilan shu paytga qadar ham har 
qanday ko`zni o`ziga maftun etib kelmoqda. Bu narsa Temur va temuriylar naslining, 
siz va bizning qalblarimizda o`z ota-bobo avlodlarimiz bilan haqli suratda 
g’ururlanish va faxrlanish his-tuyg’usini uyg’otadi. 

Download 4,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish