1-ma’ruza rеjasi : Fanni o`qitishning o`z oldiga qo`ygan maqsad va vazifalari



Download 28,39 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi28,39 Kb.
#216811
  1   2
Bog'liq
1-мавзу


1- Mavzu : Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari
1-ma’ruza rеjasi :

1. Fanni o`qitishning o`z oldiga qo`ygan maqsad va vazifalari.

2. Ma’naviy merosdan foydalanishda chalkashliklarga yo`l qo`ymaslik. Ularni o`z davrining mahsuli deb tushunish. Umuminsoniy qadriyatlardan foydalanish.

3. O`zbekistonning jahonga yuz tutishi. Bozor munosabatlari talabi.
Manaviy-ma’rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi fanini o’qitishning

zaruriyatii Hozirgi davrda mamlakatimizda 18 yoshgacha bo’lgan yoshlar umumiy aholining taxminan 40 foizini, 30 yoshgacha bo’lganlar esa 64 foizini tashkil etadi. Shu sababli yoshlarning tarbiyasiga, kamolotga etishiga, ularning huquqlarini himoya qilishga e’tibor qaratish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Prezident Islom

Karimov ta’kidlaganidek, “Biz farzandlarimizning barkamol ruhiy dunyosi uchun, ularning ma’naviy-axloqiy jihatdan etuk, jismonan sog`lom bo’lishi uchun doimo qayg`urishimiz, kurashmog`imiz, zarur”. Aks holda, yoshlar o’rtasida mumtoz qo’shiqlarni tushunmaydigan, jahon adabiyoti durdonalari u yoqda tursin, o’zbek adabiyotining nomdor

asarlarini ham bilimaydigan, arzimagan choy-chaqaga o’z xalqini, dinini sotadigan, Vataniga qarshi qo’l ko’taradiganlari ham paydo bo’lishini unutmasligimiz lozim. Yoshlarni tarbiyalash, mamlakat kelajagini ta’minlash bu davlat buюrtmasidir. Shu sababli ma’naviy-ma’rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi fanining predmeti – mustaqillik yillarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yuksak darajaga ko’tarilishi, ma’naviy tarbiyaning yoshlarga ta’siri, yoshlarning jamiyat hayotidagi roli uzluksiz

ta’limni insonparvarlashtirishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ahamiyati,

ma’naviyat, ma’rifat, mafkura tushunchalarining o’zaro bog`liqligi, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi va yangi texnologiyalardan foydalanish jarayonini o’rganishdan iboratdir.

Ushbu fanning ilmiy-nazariy, tarixiy-falsafiy asoslarini qadimgi davr faylasuflari asarlari, xalq og`zaki ijodiyotining ajoyib durdonalari, Sharq va G`arbning o’rta asrlarda ijod qilgan buyuk allomalarining fikrlari, yangi va eng yangi davrda yaratilgan ilm-fanning noyob durdonalari, Prezident Islom Karimov asarlarida yoritilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar va tarbiyaga oid fikrlari tashkil etadi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va uni

tashkil etishdan ko’zlangan maqsadlarni amalga oshirishni usul va vositalari

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi Ma’naviy-ma’rifiy

ishlar va uni tashkil etishni rejalashtirish

Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch” asarida kitobxonning e’tibori takror –takror eng dolzarb masalaga, ya’ni yosh avlod tarbiyasiga, o’g`il qizlarimizning sof va beg`ubor qalbini turli ma’naviy tahdidlardan qanday asrash masalalariga qaratiladi. Shu sababli kitobda eng ko’p ishlatilgan tushunchalarni “yoshlar”, “tarbiya”, “ma’naviyat”, “milliy g`oya” , “fazilat”, “tahdid” so’z va iboralari tashkil etadi. Hozirgi globallashuv sharoitida ma’naviy tahdidlar, rivojlanayotgan mintaqalarning boyliklarini egallashga intilish birdaniga paydo bo’lgani yo’q. Ma’naviyatli insoniyat o’tmishdan tegishli saboqlar chiqarishi va XXI asrda tarix varaqlariga xijolatlik bilan bitiladigan voqea-hodisalarning sodir bo’lishiga yo’l qo’ymasligi kerak edi. Qashshoqlik, ekologik muammolar, zaxiralar taqchilligi, ommaviy kasalliklar, diniy aqidaparastlik va terrorizm XX asrdan XXI asrga meros bo’lib o’tdi.

Ustiga-ustak, globallashuv sharoitida ayrim kuchlarning urinishlari natijasi o’laroq, xavf-xatarlar ro’yxati yangilari hisobiga yanada kengaydi. Demografik inqiroz, demokratiya eksporti, “ommaviy madaniyat”, ma’naviy qashshoqlashuv, axborot urushlari, g`arbona turmush tarzini tiqishtirish kabi xavf-xatarlar shundoq ham bezovta dunyoning tashvishlarini ko’paytirdi. Odamzodning mavjud illatlarga qarshi kurashi qaysidir jihatdan afsonalarda tasvirlanadigan ko’p boshli ajdar bilan olishuvni eslatadi. Ajdarning bitta boshi tanasidan judo qilinishi zahoti, shu joydan ikki-uchta bosh o’sib chiqishi bu mahluq bilan kurashish naqadar mashaqqatli ekanini ko’rsatadi. Xavf-xatarlarga jiddiy razm soladigan bo’lsak, mustamlakachilik siyosati, birovlarni qaram qilish siyosati yangi asrda yo’qolmaganini, balki o’zining shaklu shamoyilini o’zgartirganini tushunib etamiz. Darhaqiqat, «Millat bor ekan, milliy davlat bor ekan,

uning mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o’z ta’siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o’z manfaati yo’lida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar» Mustaqillik davlat miqyosida oliy hokimiyatga egalikni, tashqi va ichki siyosatni olib

borishdagi to’la erkinlikni anglatadi. Mustaqillik muayyan davlat erkinligining birlamchi sharti va belgisidir. Bu esa mustaqillikning tom ma’noda qisman yoki cheklangan shaklda mavjud bo’la olmasligini anglatadi. Чunki mustaqillik davlatning boshqa davlatlarga tobe, qaram bo’lmay yashashini, o’zga kuchlar tomonidan boshqarilmay, birovlarning irodasiga

bo’ysunmay, erkin hayot kechirishini nazarda tutadi. Muhimi, davlat mustaqilligining o’rnatilishi mamlakatlar o’rtasida tenglik qaror topishini shartlab qo’yadi hamda mutelik,o’zgalar hisobiga yashash, turli kamsitishlar, ortiqcha ta’zim-tavozega yo’l qo’ymaydi.

Davlat mustaqilligi mustamlakachilikning har qanday shaklini, uning kamsituvchi tabiatini, u taqozo etadigan zo’ravonliklarni inkor etadi.

Garchi butun dunyo mamlakatlari o’rtasidagi teng huquqlilik jahon hamjamiyati taraqqiyotining tabiiy va zaruriy sharti hisoblansa-da, ayrim mulohazalar va xatti-harakatlarda hamon imperiyacha fikrlash ta’sirini, davlatlar mustaqilligini emirish istagini ilg`ash qiyin emas. Globallashuv jarayonlarini tahlil qilgan olimlar bu jarayonlarda davlatning rolini turlicha baholaydilar. Ayrim nazariyalarda globallashuv jarayonida davlatning roli tobora pasayib borishi uqtirilsa, boshqalarida uning o’rni va ahamiyati o’zgarmaydi, deb ta’kidlanadi. Yana bir guruh olimlar esa globallashuv sharoitida davlat bilan davlatlararo tashkilotlar o’rtasida siyosiy hokimiyat qayta taqsimlanib, davlat ularga o’z suverenitetining bir qismini beradi1, degan farazlarni ilgari surmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan e’tirof etilganidek,

«O`zbekistonni olib borayotgan mustaqil siyosatdan qaytarish, kimgadir qaram qilish maqsadida chetdan turib ichki ishlarimizga aralashish, turli niqoblar ostida bizga qarshi tazyiq va zo’ravonlik o’tkazish siyosatini mutlaqo qabul qilmaymiz». Taassuf bilan tan olish kerak, diniy aqidaparastlik va terrorizm, «demokratiyani olg`a siljitish»ga urinishlar, axborot xurujlari, g`arbona turmush tarzini tiqishtirish, ma’naviy qashshoqlashtirish harakatlari, buyuk davlatchilik tafakkuri va imperiyacha fikrlash xurujlari davlatimiz suverenitetiga jiddiy xavf tug`dirmoqda. Ha, gegemoniya dunyo kabi ko’hna. Biroq bugungi kunda hududlarni harbiy kuch bilan zabt etish o’rniga jahonda etakchilik qilishning noan’anaviy usullari, ancha zamonaviylashtirilgan, birmuncha madaniylashtirilgan usullari keng urf bo’lmoqda. Dunyoga hukmronlik qilishning eng oson va qisqa yo’llarini izlayotgan kuchlar tinchlikni oliy ne’mat deb biladigan, saxiy zamini

tabiiy boyliklarga to’la, xalqi soddadil va mehnatkash O`zbekistonni o’z ta’sir doirasiga olishga intilayotganligini payqamaslik mumkin emas. Shuning uchun ham mustaqillikni asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash O`zbekistonda davlat siyosatining ustuvor vazifasi etib belgilangan. Davlatlar mustqilligini kemiruvchi xavf-xatarlarga yuzaki qarash, ularni tahdid manbai sifatida e’tirof etmaslik insoniyat boshiga yana ko’plab kulfatlar solishi muqarrar. Shu bois, bugungi kunda suverenitetimizga tahdid solayotgan bunday hodisalarning mafkuraviy poydevorini hosil qiluvchi vayronkor g`oyalarni fosh etish birlamchi vazifaga

aylanadi. Mustaqilligimizga erishganimizdan so’ng ma’naviyma’rifiy ishlarga berilgan yuksak e’tibor, unutilgan, kamsitilgan ma’naviyatimizni, milliy qadriyatlarimizni tiklashga qaratilgan siyosatni amalga oshirilishini ko’rsatish hamda yosh avlodning milliy g`ururini yuksaltirishga, ularni vatanparvarlik, yurtparvarlik, baynalminallik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar mohiyatini ochib berish, ularni tashkil etish metodikasini o’rgatish ushbu fanning maqsadini tashkil etadi. “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi” fanining oldiga qo’yilgan vazifalar qo’yidagilardan iborat: ma’naviy ma’rifiy ishlarning jamiyat taraqqiyotidagi rolini va uni yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini ochib berish;

uzluksiz ta’lim tizimini insonparvarlashtirishning tarbiyaga ta’sirini, eski

mafkuradan insonlarning halos bo’lishini tezlashtirish uchun barcha ishlarni tezlashtirish lozimligini ko’rsatish; ma’naviy ma’rifiy islohatlar davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi ekanligini

ochib berish; “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning qabul qilinishi bilan ma’naviy ma’rifiy ishlarning yanada takomillashuvini ko’rsatish va bu masalada amalga oshirilgan ishlarni umumlashtirish; ma’naviy ma’rifiy ishlarni tashkil etishda milliy g`oya, ma’naviyat, ma’rifat,

mafkura tushunchalarining o’zaro bog`liqligini, aloqadorligini, biri ikkinchisini inkor qilmasligini tarbiyaviy jarayonda ulardan umumlashgan holda foydalanish mumkinligini tushuntirish; ma’naviy ma’rifiy ishlarning, jarayonlarning mohiyati va asosiy yo’nalishlarini

tahlil etish; talaba yoshlarni ma’naviy ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi bilan tanishtirish;

- O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan Qonunlar, Respublika Prezidentining Farmon va Farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov asarlari, O`zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlar milliy dasturi”, o’sib kelayotgan yosh avlodni milliy istiqlol g`oyasi ruhida tarbiyalashga yo’naltirilnan tarbiyaviy ishlarni intensivlashtirish, bu borada barcha resurslar (odam, vaqt, mablag`, texnika, metodikalar va h.k.)ning samarali ishlashini ta’minlash, ta’lim-tarbiya muassasalarida barqaror, sog`lom tarbiyaviy muhitni yaratish va uni boshqarish monitoringini amalga oshirish, shaxs (bolalar, o’quvchilar, talaba-yoshlar) ma’naviyatini kutilayotgan (ideal) darajaga

ko’tarishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyatning ilmiy dasturiy-metodik ta’minotini tashkil etishdan iborat.

Ma’naviy ma’rifiy va mafkuraviy targ`ibot ishlari hech qachon hozirgidek dolzarb vazifaga aylanmagan. Ma’naviy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi bo’lgani, mafkuraviy tahdid va axboriy xurujlar ko’payib borayotgani, odamlar ongi va qalbini egallash yo’lidagi kurash jarayonlari kuchaygani uchun hayotning barcha jabhalari, ishlab chiqarishning hamma sohalari, aholining hamma qatlamlari orasida ma’naviy ma’rifiy va mafkuraviy sohada jadal ishlarni amalga oshirishni davrning o’zi taqazo etmoqda. Shuning uchun ham ma’naviy ma’rifiy va mafkuraviy targ`ibot ishlari qanday

dastur va yo’nalish, qaysi ko’rsatma va qo’llanma, qanaqa reja asosida, qay saviyada, kimlar tarafidan olib borilayotgani g`oyat muhim masala bo’lib turibdi. Ushbu qo’llanma ma’naviy ma’rifiy va mafkuraviy targ`ibot ishlarini tashkil etish, uyushtirish va muvofiqlashtirish uchun asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Mustaqillik biz uchun jamiyat taraqqiyotining butunlay yangi davrini boshlab berdi. U O`zbekistonimizni, o’zbek millatini jahonga tanitdi. Milliy manfaatlarimizga, ma’naviy qadriyatlarimizga, demokratik mezonlarga tamomila muvofiq yangi jamiyat qurishga kirishdik.

Milliy davlatchilik poydevori, uning huquqiy asoslari yaratildi. Davlat

islohotlarining bosh tashabbuskori, ularni muvofiqlashtiruvchi asosiy kuchga aylandi. Konstitutsiyamiz davlatni qonuniyhuquqiy takomillashtirishning demokratik asosi bo’lib xizmat qilmoqda.

Istiqlol tufayli odamlar ongi, dunyoqarashida yangilanish boshlandi. Tarixiy milliy qadriyatlar, urfodatlarning tiklanishi xalqning milliy ruhiga kuchli ta’sir etdi. Ona tilimiz va dinimizga bo’lgan yangicha munosabat, vatanga va istiqlol g`oyalariga sadoqat milliy g`urur, iftixor tuyularining o’sishida katta rol o’ynaydi. Vatan tushunchasi, vatanparvarlik tuyusi yangicha ma’no kasb etdi. Tarixiy milliy qadriyato`larimiz bilan yangidan tanishuv, ularni tiklash va boyitish har birimizda milliy o’zligimizni, tarixiy merosimizga e’tiqod va faxrlanish tuyg`ularini mustahkamladi. Biz ko’proq boy tariximiz, qadriyatlarimiz, an’analarimizni o’rgana boshladik. Odamlardagi boqimandalik, loqaydlik, mutelik ruhiyati o’rnini tadbirkorlik, ishbilarmonlik, fidoyilik egallay boshladi. Ularda

Vatan oldidagi, elyurt oldidagi o’z burchini e’zozlash tuyg`usi ancha kuchaydi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin xalqimizning uzoq vaqt unutilgan yoki ataylab odamlardan berkitilgan milliy ma’naviyatimizni tiklash, uni xalqimizning kelajagini o’ylab, yurtimizning ravnaqi yo’lida rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan o’lkan ishlar, shuningdek bu borada oldimizda turgan ulkan vazifalar xaqida “Yuksak ma’naviyat –engilmas kuch” kitobida fikr yuritiladi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z xoliga, o’zibo’larchilikka tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’g`rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir–oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin”. Bu fikrlar har bir vatanparvar fuqaroni o’yga toldiradi va xushyorlikka chorlaydi. Bozor munosabatlari, turli mulk shakllari mulkka munosabatimizni, mehnatimiz

harakterini o’zgartirib yubordi. Albatta, har qanday mamlakatda o’tish davri osonlikcha kechmaydi. U bir necha o’n yilliklarga cho’ziladi. Juda ko’p mamlakatlarda shunday ham bo’ldi. Ammo O`zbekistonimizning iqtisodiyijtimoiy rivojlanish sur’ati ishga tushirilayotgan ulkan inshooto`lar bozor iqtisodi qonunlariga to’la amal qilinsa o’tish davri nisbatan qisqa vaqt bilan chegaralanishini ko’rsatib turibdi. Mashinasozlik, neft mahsuloto`lari, engil sanoat, oziqovqat, mahalliy qayta ishlash sanoato`lari, qurilish, paxtachilik, alla, qimmatbaho materiallar ishlab chiqarish sohalarida jiddiy yuksalish ko’zga tashlanayapti. Aholini

ijtimoiy himoyalash, turmush sharoitini yaxshilash, ma’naviyat va mafkura sohalarida ham muhim o’zgarishlar yuz bermoqda. Mamlakat hayotida ro’y berayotgan iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy

o’zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlardan maqsad odamlarga munosib turmush sharoitlari yaratishdir. Bu insonparvar jamiyatimizning mazmuni va maqsadidan kelib chiqadi. Bunga imkon darajada harakat qilinmoqda. Milliy mustaqillikka erishgandan so’ng yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning markazida odamlar taqdiri, ularning turmush farovonligi, ertangi kuni, baxtsaodati turganligi biz qurayotgan jamiyatning ertangi kunini yorqin ifodalaydi. Biz tamomila yangi, adolatli jamiyat barpo etishga kirishayapmiz. Iqtisodiyot va ma’naviy taraqqiyotning inson manfaatlariga xizmat qilishi. Taraqqiyot yo’limiz ham, ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan ko’pdanko’p ishlar ham, qabul qilinayotgan qonunlar, qarorlar, ko’rsatmalarning pirovard natijasi ham inson manfaatlariga qaratilganligi jamiyatimiz harakteri bilan bevosita bog`liq. Bu izchil siyosatdir. Demak, har bir xattiharakatimiz, mehnatimiz asosida inson manfaatlari,

vatanparvar, yangi fidoyi avlodni tarbiyalash turadi. Biz yangi, insonparvar jamiyat qurmoqdamiz. Yangi jamiyatni qurish uchun eng avvalo, har jihatdan etuk yangi avlodni voyaga etkazishimiz kerak. Yurtboshimiz

aytganlaridek, taraqqiyot taqdirini ma’naviy etuk odamlar hal qiladi. Shunday ekan, ma’naviy barkamol, ma’rifatli, jismoniy sog`lom, o’zining tarixiy roli va burchini anglay biladigan odamlarni tarbiyalash umumdavlat ahamiyatidagi vazifa hisoblanadi. Respublika Prezidentining fikricha asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma’naviyat, adolatparvarlik, ma’rifatsevarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom dini ta’limoti bilan uzviy ravishda rivojlandi. Bizning kelajagi buyuk davlatimiz shu

falsafaga uyg`un holda shakllanmoqda. Yangidan barpo etayotgan jamiyatimizning ijtimoiy ma’naviy asoslarini belgilashda yuqoridagi g`oyalarga suyansak xato bo’lmaydi. Demak O`zbekistonning istiqboli uchun ma’naviy asoslar muhim o’rin egallaydi. Sho’ro davrida marksizm leninizm ta’limoti shaxsni o’zgartirish uchun jamiyatni o’zgartirish kerak, deb ta’lim berdi. Islom falsafasi esa jamiyatni o’zgartirish, ularning baxtli hayotini ta’minlash uchun insonning o’zini o’zgartirish kerak, deb ta’kidlaydi.

Olamni yaxshilash odamni yaxshilashdan boshlanishi kerak, deb hisoblaydi. Hozirgi rivojlangan mamlakatlar tarixi buni yaqqol isbotlaydi. Yaponiya, Kanada, Janubiy Koreya, AQSH, Angliya va boshqa davlatlarda sotsialistik inqilob bo’lmasada insonning to’laqonli yashashi uchun barcha sharoitlar yaratildi. Jamiyatuning a’zolarining kamoloti natijasida takomillashadi. Islom falsafasida inson omili yuksak rutbada turadi. Inson o’z xulqining ham, jamiyat ma’naviyatining ham ijodkori, o’zining va zamondoshlarining ma’naviy sifatlari uchun javobgar.

Ma’naviyatning qay darajada ekanini muayyan shaxsning o’zigagina emas, balki

o’zi yashayotgan jamiyat taraqqiyotiga ham hal qiluvchi ta’sir ko’rsatar ekan, uni shakllantirishni o’z xoliga tashlab qo’yib bo’lmaydi. Insonda Olloh bergan xulqiy sifatlar bilan, tarbiya yordamida shakllanadigan ma’naviy fazilatlar ham bo’ladiki, jamiyatning barcha ijtimoiy tizimlarida shu fazilatlar imkon qadar ezgu va mustahkam shakllanmog`i lozim. Ma’naviyat insonning insoniylik mohiyati, inson shaxsida tarkib topgan ijobiy

fazilatlar majmui. Shaxsdagi ijobiy fazilatlar jamiyatda tarixan shakllanadi. Shunday ekan, ular ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. Odatda inson shaxsidagi ijobiy fazilatlar avlodlardan avlodlarga o’tishi,

e’zozlanishi bilan qadriyatga aylanadi. Qadriyatlar o’z navbatida inson aqli, tafakkuri, harakteri, tuyg`uhissini shakllantiradi. Shu asno ma’naviyatning jamiyatdagi etakchi g`oyalarga ham bog`liqligi anglashiladi. Jamiyatimizda kelajagi buyuk huquqiy demokratik davlat yaratish davrning etakchi g`oyasi sanaladiki, buyuk kelajak yaratish

uchun komil avlodni ma’naviy etuk, axloqiy yuksak, ruhan va jismonan sog`lom avlodni tarbiyalash hayotiy ehtiyoj hisoblanadi. Shu bilan birga, komil inson komil jamiyatda voyaga etishi ham ma’lum. Mashhur donishmandimiz Abu Nasr Forobiy “Har bir inson tabiatan shunday yaratilganki, u yashash va oliy darajadagi etuklikka erishmoq uchun ko’p

narsalarga muhtoj bo’ladi, yolg`iz o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi, ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug`iladi”1 deb yozadi. Binobarin, jamiyat insonga inson sifatida shakllanishi uchungina emas, hatto oddiygina turmush kechirishi uchun ham kerak. Jamiyatning inson shaxsi, taqdiri, yashash tarziga ta’siri, avvalo, uning

axloqiy huquqiy normalari bilan belgilanadi.

Ma’naviyat yaxshilikka moyillik, yomonlikdan tiyilish, jamiyatning axloqiy, huquqiy, ma’rifiymadaniy mezonlariga amal qilish hissidir. Garchi yaxshilik va yomonlikning millati bo’lmasada, har bir millatning o’z ma’naviyati bor. Milliy ma’naviyat milliy qiyofa, milliy ruh degani. Ma’naviyat o’zini tanish, o’zni o’zgalar nazari bilan taftish qila bilish, demakdir. Har bir odam o’zini qanchalik tanisa, butun borliqni, Yaratganni ham shunchalik taniydi. Insonning ma’naviy komilligi jamiyatning odilligiga, jamiyatning odilligi ma’naviyatning yuksakligiga, ma’naviyatning yuksakligi esa shaxs kamolotiga ta’sir o’tkazaveradi. Shaxs, jamiyat va ma’naviyatning o’zaro uyg`unligi insoniyat taraqqiyotining asosiy birligidir.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 23 apreldagi “Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazini tashkil etish to’g`risida”gi Farmoni va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 8 iyundagi “Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi faoliyatini tashkil etish to’g`risida”gi qarori 1996 yil 9 sentyabrdagi “Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada

takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g`risida”gi Farmoni “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi qoshida “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg`armasini qo’llabquvvatlash to’g`risida farmon va qaror buning yana bir yorqin dalilidir. Yuqoridagi Farmonda “Joylarda ma’naviyatning mohiyatini, uning farovon jamiyat qurishdagi hizmatini idrok etmaslik hollari mavjudligini, ma’naviyat ishlariga ikkinchi darajali ish sifatida qaralayotganligi”1 ta’kidlangan edi. SHuningdek ushbu

Farmonda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishi deb hisoblandi va o’tgan davr ichida bu narsa yaqqol isbotlandi.

“Shuning uchun ham mamlakatimizda tub isloxatlarni amalga oshirishda “nainki moddiy faravonlikka, ayni paytda ma’naviy yuksalishga ham erishishni o’zimiz uchun asosiy mezon deb bilganimiz umumiy taraqqiyotimizda bir tomonga og`ib ketmaslik , jamiyat hayotida suv bilan havodek zarur bo’lgan muvozanat va barqarorolikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda”. Tayanch so’z va iboralar Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya, uzluksiz ta’lim, ta’limni insonparvarlashtirish, ustuvor yo’nalish, eski mafkuradan xolos bo’lish, ma’naviyat, milliy g`oya, ma’rifat, mafkura, dolzarb muammo, bozor muammolari, taraqqiyot yo’limiz.

Respublikamizda bu borada talaygina ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Olaylik, ko’p asrlik ma’naviy va madaniy merosimizni. Davlat mustaqilligi qo’lga kiritilgan kunlardan boshlab boy ma’naviy va madaniy merosga voris xalq ekanligimizni anglatish va bu bilan faxrlanishyolida qator tadbirlar amalga oshirildi. Ulug’ ajdodlarimiz, ular yaratgan bebaho ilmlar, jahon fani va madaniyatiga beqins katta hissa bo’lib qo’shilgan asarlarini teranroq o’rganishga imkoniyat yuzaga yuzaga keldi. Yurtdoshlarimiz Imom at­Termiziy, Ahmad Yassaviy, Imom al­Buxoriy, Bahouddin Naqshbandiy, Mahmud Zamaxshariy, Imom Moturidiy, Burxoniddin Marg’inoniy, Ahmad Farg’oniy, Ho’ja Ahrori Valiy va boshqa islom olamining allomalari hayoti va ijodi o’rganilib, ularning o’lmas asarlari xalqimiz ma’naviy xazinasiga qaytarildi. Zotan, bu buyuk siymolar odamlar ongiga poklik, halollik, dinnat, adolat singari umuminsoniy qadriyatlarni singdirishib, kishilik jamiyatining ezgulikyolidan taraqqiy topishiga ulkan hissa qo’shdilar. Xususan, ismoil al­Buxoriyning to’rt jilddan iborat “Hadis” ining tarjima qilinib, nashr etilishi ma’naviy hayotimizda muhim voqea bo’ldi.

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludiga 550 yil to’lganligining keng nishonlangani va bu paytga qadar sho’ro mafkurasiga mos kelmaydi, degan aqida bilan xalqimiz nazaridan pinhon saqlanib kelingan “Arba’in”, “Siroj ul­muslimin” kabi asarlarining ham nashr qilinishi ulug’ shoir ijodini to’laroq tasavvur etishga nrdam berdi.

Ayni paytda, Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmat”i, So’fi Olloyorning “Sabot ul­ojizin”i singari diniy­klerikal asarlar deb qoralanib kelingan kitoblarning chop qilinishi ham ma’naviyatimizni boyitishga muayyan omil bo’ldi.

Mustaqillik yillarida Xusayn Boyqaro, Muhammad Rahimxon Feruz kabi hukmdor bo’lib o’tgan shoirlarning ham ijodiga xolislik nuqtai nazaridan qaralib, ularning go’zal she’rlari xalqimizga qaytarildi. Sho’rolar istibdodi davrida ular hukmdor bo’lib o’tganlari uchungina “yot mafkura vakillari” degan ayb bilan asarlarini o’rganish, nashr qilish taqiqlanib kelingan edi. Bu esa o’sha yillari ma’naviyatimiz tarqqinti tor bir doirada bo’lganligidan guvoh edi.

Hozirgi kunda bu tor doiradan chiqib, keng ufqlar tomon jadal borayotgani-mizdan faxrlanamiz.

Xuddi shular singari buyuk sohibqiron, turk davlatchiligini qayta tiklagan ulug’ bobomiz Amir Temur hayoti va faoliyatini xolis va ilmiy o’rganishga kirishildi. Buyuk Sohibqiron tavalludining 660 yilligini nishonlash munosabati bilan Temur va Temuriylar davri tarixi, adabinti va san’atiga bag’ishlangan yangi­yangi tadqiqotlar yuzaga keldi. “Temur tuzuklari” ning nashr etilishi buyuk Sohibqironning shaxsini teranroq anglashga nrdam bergan bo’lsa, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asari, Shomiyning “Zafarnomasi” Ibn Arabshohning ikki jildlik “Amir Temur tarixi” kitoblarining chop etilishi buyuk bobokolonimiz hayoti va amalga oshirgan ishlarini to’laroq miqnsda idrok etishga olib keldi.

Xalqimiz al-Farg’oniy, al-Forobiy, al-Xorazmiy, Ibn Sino, al-Beruniy, mirzo Ulug’bek singari buyuk ajdodlarimiz bilan haqli suratda faxrlanadi. Mustaqillik yillarida mazkur siymolarning ilmiy merosi keng miqnsda tadqiq etila boshlandi. Ularning yaratgan asarlari asl nusxada yoki tarjima etilib, xalqimizga etkazilmoqda. Bularning barchasi, shubhasizki, ma’naviy hayotimizning tobora boyib borayotganidan dalolat beradi.

Sho’ro davrining qatag’onlari... Biz ularning nomlarini alohida ehtirom bilan tilga olamiz. Cho’lpon, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Usmon Nosir, Elbek, Botu... Ular Vatanimizning mustaqilligi, erki uchun boshlarini sirtmoqqa tutib berdilar. Bugun qatag’on qurbonlarining hayoti va ajdodlari teran o’rganilib, asarlari yurtdoshlarimiz qo’liga borib etdi.

Bularning barchasi ma’naviy hayotimizni boyituvchi omillar ­ xalqimizning farzandlari tomonidan bunnd etilgan madaniy boyliklar bo’lib, ulardan jamiyatimiz fuqarolarining ma’naviy ehtinjini qondirishyolida oqilona foydalaniladi.



Download 28,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish