Darsning xrono kartasi – 80 minut.
O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi
Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati,
talabalarning davomati – 2 minut
Talabalar bilim darajasini aniqlash-8 minut
Yangi mavzu bayoni – 50 minut
Mavzuni o’zlashtirish darajasi – 7 minut
sinov savollar namunasi – 10 minut
Uyga vazifa berish – 3 minut
Harbiy qo’mondonga beriladigan eng xolis baho-uning janglarda erishgan
g’alabasidir. Shu nuqtai nazardan Temur tarixidagi buyuk sarkardalar orasida alohida
ajralib turadi.
Amir Temur 1371-1404 yillar orasida Mo’g’uliston, eron, Ozarbayjon, Iroq,
Shom (Suriya), Hindiston, Gurjiston, Armaniston, Kavkaz orti o’lkalari ustiga harbiy
yurishlar qildi. Biz uzoq o’tmish, eski zamon ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining
qonuniyati va o’sha zamonlardagi hukmron mafkuradan kelib chiqadigan bo’lsak,
bunday urushlarning ob`ektiv qonuniyatlari borligini ochiq anglaymiz.
Birinchidan, qadim zamonlarda va o’rta asrlarda o’tgan xonlar va podshohlar o’z
ijtimoiy tabaqasining namoyondalari. O’sha boy-badavlat tabaqalar tarafidan taxtga
o’tqazib qo’yilgan kishilar edilar. Madomiki, shunday ekan, ular o’z tabaqasining
maqsad va manfaatlarini himoya qilishlari, ya`ni katta urushlar olib borib, ularning er-
suvlarini ko’paytirishlari mo’may o’lja olib, ularning boyligiga qo’shimcha boylik
qo’shib, ularning iqtisodiy salohiyatini oshirishlari kerak edi. Buning uddasidan
chiqolmagan xon va podshohlarni ular tutib turmas va taxtdan uloqtirib tashlab,
o’zlariga keraklisini o’tqizar edilar. Tarixiy manbalarda bu haqda ko’p misollar bor.
Ikkinchidan, o’sha zamonlardaxonlar va podshohlar orasida jahongirlik ya`ni,
jahonga hokim bo’lish, hech bo’lmaganda uning qismini bo’ysundirishga intilish odati
bor edi. Masalan, Iskandar Zulqarnayn, Yuliy TSezar, CHingizxon mana shunday
hukmdorlar jumlasidan edilar.
Amir Temurning jahongirlik faoliyatida har ikki omil ham ma`lum darajada
mavjud. Lekin masalaga haqqoniy yondoshadigan bo’lsak, Temur faoliyatida
mamlakatning tinchligi va barqarorligini ta`minlash, ya`ni uni tashqi dushmandan
himoya qilish, o’z xalqi, Vatanini jahonga mashhur etish istagi asosiy o’rinni
egallagan.
Mamlakatimizning XV asrning ikkinchi yarmidagi ahvoliga bir nazar tashlaylik,
CHingizxon xurujidan teri shaharlarimiz vayron, dehqonchilik, hunarmandchilik va
savdo-sotiq tushkun bir ahvolda qolgan edi. Nafaqat Movarounnahr, balki qo’shni
86
mamlakatlarda ham feodal tarqoqlik, parokandalik va o’zaro urushlar avjiga mingan,
ayrim harbiy siyosiy guruhlarning nafaqat o’zlarining yaqin qo’shnilari erlariga, balki
Movarounnahr ustiga ham qilgan talon-tarojlik hurujlari kuchaygan edi. Xalqimizda
«qo’shning tinch-sen tinch», degan naql bor. qo’shni mamlakatlar tinch bo’lmagandan
keyin, Movarounnahrda tinchlik, barqarorlik, iqtisodiy madaniy yuksalish qayoqdan
bo’lsin?!
Amir Temur o’zining ichki va tashqi siyosatida asosan mana shu omilga suyanib
ish tutdi. To’g’ri. Amir Temur ko’p yillik kurashlardan keyin o’z yurtida feodal
tarqoqlik va parokandalikka barham berishga, el-yurtni mo’g’ullar istibdodidan ozod
qilishga, markazlashgan davlat tuzib, el-yurtni o’z tug’i ostiga birlashtiridi. Lekin
faqat birgina shuning o’zi bilan tinchlik va barqarorlik qaror topmaydi. Mamlakatning
ichki ahvoli yaxshilanmaydi, uning xalqaro obro’si ortib qolmaydi.
Buning ustiga CHingizxon xurujidan beri nafaqat Movarounnahr, balki
mo’g’ulning oyog’i tekkan barcha mamlakatlarning iqtisodiy ahvoli og’ir, siyosiy
vaziyat yomon edi.
Amir Temur o’tkir siyosatchi odam bo’lgani uchun bu vaziyatni to’g’ri baholadi,
unga alohida e`tibor berdi. Ayniqsa. Mamlakatimizning tevarak-atrofidagi vaziyatni
yaxshilash chora-tadbirlarini ko’rdi. Faktlarga murojat qilaylik. Movarounnahrning
sharqiy-shimoliy tarafida joylashgan Mo’g’ulistonni olib ko’raylik 1369 yili
Ilyosxo’jaxon o’ldirilgandan keyin bu mamlakatda ham feodal tarqoqlik va o’zaro
urushlar kuchayib ketdi. Mamlakatning sharqiy qismida dug’lat amirlaridan
Qamariddin, Ettisuv va CHu taraflarida anqo to’ra, Issiqko’latrofidagi o’lkalarda Mir
Karimberdi, mamlakatning yana bir tarafida Mir Haqberdi o’ziga xon, o’ziga bek
bo’lib olgan edilar. Ular tez-tez Sayram va Toshkent, Turkiston va Farg’ona ustiga
bosqin uyushtirib, tinch aholini talon-taroj qilar edilar. Masalan, Qamariddin va
Mo’g’uliston beklari Temur saltanatining dastlabki yillarida Toshkentni bosib oldilar.
XIV asrning 80-yillari boshlarida ular Andijon ustiga bostirib keldilar, uning tevarak-
atrofidagi erlarni talon-taroj qildilar, shaharning o’zini esa bir hafta mobaynida qamal
ostida tutdilar.
Mamlakatimiz janubida-Eronda, iroq, Ozarbayjonda ham vaziyat yomon edi.
1336 yildan keyin, ya`ni elxoniylar davlati (1256-1335 yillari eron bilan Ozarbayjonni
idora qilgan mo’g’ul sulolasi) inqirozga uchragandan keyin eron, Ozarbayjon va iroq
ham feodal tarqoqlik va o’zaro urushlar girdobida qoldilar. Masalan, Xurosonni
sarbadorlar (1337-1381 yillarda idora qilgan) Kartlar (G’ur bilan Xirotni XIII-XIV
asrlarda idora qilgan), Jonqurboniy (bular Obivard, saraxs va Nisoni idora qilgan
g’almoq qavmidan chiqqan sulola) qavmining amirlari bo’lishib oldilar.
Eronning janubiy qismida Muzaffariylar sulolasi, Jurjon ustidan esa yana bir
mahalliy sulola Sayyidlar, iroq bilan Kurdiston ustidan Jaloiriylar, Katta va Kichik
Luriston ustidan Xorazspiylar va inju sulolasi, Ozarbayjonda Qora quyunli
turkmanlari o’z hukmronligini o’rnatdilar. Fojea shunda ediki. Ular o’rtasidagi
munosabat ko’proq o’zaro kelishmovchiliklar va dushmanlik ruhida davom etardi:
o’zaro ziddiyatlar va urush-talashlar kuchaygan edi.
Movarounnahrning shimoliy va g’arbiy tomonlarida ham notinchlik hukmron
edi. Oq O’rdada ham, Oltin O’rdada ham vaziyat yaxshi emas edi. Mazkur davlatlarda
Temur Malik, To’xtamish, Urusxon, Po’latxon va qudratli amir Idiku (Edigey)
mang’it o’rtalarida hokimiyat uchun murosasiz kurash davom etardi. Dashti qipchoq
87
o’zbeklarning Movarounnahrga shimol va g’arbiy shimoliy taraflardan tahdidi va
talonchilik xurujlari kuchaygan edi.
Temurbek taxtga o’tirishi boisi o’laroq ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy hayotda sodir
bo’lgan ijlbiy o’zgarishlar o’z ifodasini harb ishida va harbiy san`atda ham namoyon
etadi.
Asosiy karvon yo’llari ustidan nazorat o’rnatish ulus qudratini yanada oshirish,
xalq turmush tarzini yaxshilash singari ustivor maqsadlar yo’lida Temurbek o’sha
davrda tengi yo’q harbiy kuchlari bilan Jata, eron, afg’oniston, Kavkaz, iroq, Shom,
Misr. Dashti Qipchoq, Shimoliy Anado’li, Hindiston kabi mintaqalarga bir necha bor
qo’shin tortib bordi va olamshumul zafarlar quchdi.
Harb tarixi Temurbekni jahonning eng buyuk sarkardalaridan biri sifatida haqli
ravishda tan oladi.
Uning harbiy iste`dodi asosan ikki yo’nalishda: mohir harbiy tashkilotchi va
atoqli harbiy sarkarda tarzida yorqin namoyon bo’ldi.
Dunyoning 27 mamlakatini zabt etishda Amir Temurning qo’shini va uning
harbiy san`ati bosh omil bo’ldi. Uning g’olibona yurishlarida qo’llagan taktik va
strategik jang qilish uslublari bugungi kunda ham jahondagi etakchi mamlakatlarning
harbiy bilim va akademiyalarida o’rganiladi va o’qitiladi.
Amir Temur qo’shinlari asosan piyoda va otliq askarlardan iborat edi. Ular
«o’nliklar»-(«ayl»), «yuzliklar»-(«Xo’shun»), «mingliklar»-(«xazora») va «o’n
mingliklar»-(«tuman»)ga bo’lingan. Ularga o’nboshi, yuzboshi, mingboshi hamda
amirlar boshchilik qilganlar. Tumanlarda askarlar soni o’n ming, qo’shinda esa 100
mingdan bo’lgan. O’n minglik lashkarni boshqarish uchun «tumon og’asi», minglik
bo’limni «mirixazora», yuzlikni «xo’shunboshi» va o’nlikni boshqarish uchun
«aylboshi» kabi harbiy mansablar tashkil qilingan.
Bo’linma boshliqlari-amirlar Temurga tobe bo’lgan qirq aymoq (qabila)dan o’n
ikkitasi: barlos, arg’in, jaloir, tulkichi, duldoy, mo’g’ul, sulduz, to’g’oy, qipchoq,
arlot, totor va tarxonlar orasidan tanlab olingan. eng ulug’ martaba amirlik bo’lib,
Temur faoliyatining dastlabki yillaridan boshlab uni tark etmasdan sodiqlik bilan
xizmat ko’rsatgan 313 kishiga berilgan: bittasi amir ul-umaro, to’rttasi beklar begi,
yuztadan mingboshi, yuzboshi va o’nboshi bo’lgan. Bulardan tashqari, yana o’n ikki
nafar kishiga birinchidan to o’n ikkinchi darajali amirlik unvoni berilgan. O’n
ikkinchi darajali amir odatda amir ul-umaroning noibi hisoblangan. O’n ikki amirning
har biriga bittadan bayroq va bittadan nog’ora, o’n minglik qo’shin, tug’ va chortug’,
to’rt nafar beklar begining har biriga bittadan bayroq, nog’ora, chorto’g’ va burg’u
(karnay) berilgan.
Sohibqiron turk-mo’g’ul xalqlari, xususan CHingizxon lashkari tuzilishini,
ularning jang olib borish amallarini atroflicha o’rganib, tahlil qiladi va zarur
o’zgartirishlar kiritadi.
Temurbek barpo etgan armiyaning tuzilishi CHingizxon tuzgan qo’shin tizimi va
tuzilishiga ma`lum darajada yaqin bo’lsa-da, biroq quyidagi muhim jihatlari bilan
farqlanar edi:
1.
CHingiziylar qo’shini yalpi majburiyat asosida harbiy xizmatga chaqiriladigan
xalq lashkaridan iborat bo’lgan holda, Temurbek armiyasi umumxalq xarakteriga ega
emas edi.
88
2.
CHingizxon davrida qo’shin asosini ko’chmanchi omma tashkil qilgan edi.
Temurbek qo’shiniga oliy bosh qo’mondon ko’rsatgan aniq talabga binoan
chorvadorlar qatori kosibchilik, hunarmandchilik, dehqonchilik bilan mashg’ul o’troq
aholidan ham sezilarli miqdorda askar olingan.
3.
Temurbek qo’shinida harbiy kuchlarning asosini tashkil qiluvchi otliq askarlar
bilan bir qatorda piyodalardan tuzilgan qismlar ham anchagina bo’lgan. Ma`lumki,
CHingizxon qo’shini, zabt etilgan mamlakatlar aholisidan majburiy tartibda tuzilgan
hasharni hisobga olmaganda, piyoda askarlarga ega bo’lmagan.
4.
Temurbek Sharqda birinchilardan bo’lib o’z armiyasiga o’t sochar qurol, ya`ni
to’p-ra`dni olib kirdi.
5.
Sohibqiron tog’li hududlarda jang harakatlari olib boruvchi piyodalardan
tuzilgan maxsus harbiy qismlarni tashkil qildi.
6.
Temurbek jahon harb san`ati tarixida birinchi bo’lib qo’shinni jang maydonida
etta qo’lga bo’lib joylashtirish tartibini joriy etdi.
7.
Temurbek armiyasida ayollardan tuzilgan bo’linmalar bo’lib, ular jang chog’i
erkaklar bilan bir safda turgan, qahramonlik va matonat namunalari ko’rsatgan.
Temurbek qo’shini tarkibini Movarounnahr, Dashti Qipchoq, Xuroson, eron,
Badaxshon, Mo’g’uliston, Xorazm, Mozandaron, Jata singari erlardan yig’ilgan
askarlar tashkil qilar edi.Unda muntazam qo’shinga xos bo’lgan ko’pgina belgilar
mavjud edi: qo’shin son jihatdan aniq va puxta tashkil qilingan, uning jangovar
tartibi-yasol jangdan-jangga takomillashtirib borilgan, armiya o’z zamonasining ilg’or
qurol va texnikasi bilan qurollangan, aynan bir turdagi qurol-yarog’, aslaha-anjom
bilan ta`minlangan, qismlar bir-biridan kiyim-boshi, tutgan bayroq yoki tug’i orqali
ham farqlangan. Bunday ajralib turish jang paytida qo’shinni boshqarishda juda qo’l
kelgan.
Dushman mudofaasini turli usullar yordamida barbod qilish, g’anim tomonning
yirik va mustahkam mudofaa inshootlariga ega bo’lgan shaharlariga qo’qqisdan
kuchli zarba berish, zabt etilgan mamlakatning boshliqlarini va ayniqsa,
lashkarboshilarini hibsga olish, qal`a va qo’rg’onlarni uzoq muddat davomida
muhosara qilish, yov kuchlarini iloji boricha keng qamrovda qurshab olish, uning
qishloq, shahar, tuman, viloyatlarini birin-ketin fath etish, dushmanni batamom
yakson etgunga qadar ta`qib qilish. Fath bo’lgan yurtlarni boshqarish uchun o’zining
ishonchli vakillarini tayinlash singari strategik maqsadlarini ko’zlab ish yuritish
Temurbekka ko’plab zafarlar olib keldi.
Taktika jihatdan Temurbek armiyasi o’ziga xos xususiyatlarga ega edi.
Qo’shinning yasoli qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, CHingiziylar qo’shini
jangovar tartibdan farqli o’laroq, etti qism-qo’lga ajratilgan, razvedka a`lo darajada
yo’lga qo’yilgan, qismlarning jang maydonida hamda yurish vaqtida talab darajasida
harakat qilishi uchun zarur tadbir va rejalar ishlab chiqilgan, ularni jang paytida
operativ boshqarishga alohida katta e`tibor qaratilgan. Temurbek o’nlik, yuzlik,
minglik hamda tuman qo’mondonlarini tanlash masalasiga bevosita ega bo’lgan
qo’mondonlarning to’g’ri tanlaganligi va o’z joyiga qo’yilganligi aksar hollarda jang
natijasining muvaffaqiyatli yakunlanishiga sezilarli ta`sir ko’rsatgan.
Sohibqironning harb san`ati rivojiga qo’shgan ulkan xizmatlaridan yana biri-
qo’shin qanotlarini jang chog’ida dushman hujumidan muhofaza qilish va aksincha
g’anim kuchlarini yon tomondan aylanib o’tib, unga ortdan zarba berish maqsadida
89
tuzilgan otliq qism-kunbulning joriy etilishidir. Bunday mutlaqo yangi harbiy qism,
tarixning guvohlik berishicha, Aleksandr Makedonskiy, Gannibal, Lyudvig XIV,
Buyuk Fridrix, CHingizxon kabi dongdor sarkardalar qo’shinida bo’lmagan. Faqat
XIX asrning atoqli lashkarboshisi Napoleon Bonapart armiyasining jangovar tartibida
qo’shin qanotlarini himoyalovchi qism mavjudligini kuzatish mumkin. Harbiy
mutaxassislarning, Napoleon Sharq mamlakatlariga harbiy safar qilishdan avval
Temurbek armiyasi tuzilishini, uning jang olib borish yo’l-yo’riqlarini sinchiklab
o’rgangan, zarur topgan taktik usullarni o’zlashtirgan degan mulohazasi, har qalay,
haqiqatdan yiroq emas.
Xo’sh, turk-mo’g’ul xalqlari armiyasining besh qismdan iborat an`anaviy
jangovar tartibiga o’zgartirish qachon kiritildi, ya`ni yasolni etti qismga bo’lishga
sohibqironni qanday zaruriyat majbur etdi, degan savolning tug’ilishi tabiiy.
Ushbu savolga qoniqarli javob olish uchun Temurbekning Balx hokimi amir
Xusayn (1370 yili o’ldirilgan) bilan ittfoqda 1365 yili Jata (Mo’g’uliston) xoni
Ilyosxo’jaga qarshi qilgan, tarixga «loy jangi» nomi bilan kirgan muhorabada
ittifoqdoshlar cherigi qanday yasolda joylashganligini kuzatish kerik bo’ladi.
Tarixiy manbalarda keltirilgan ma`lumotlarga qaraganda, otliq askarlar
Temurbek armiyasining zarbdor qismi hisoblangan, ular og’ir va engil qurollar bilan
qurollangan suvoriy guruhlarga bo’lingan. Yoy, sadoq va qilich bilan engil
qurollangan otliqlar asosan razvedka va soqchilikchilik bilan shug’ullangan, o’ta zarur
chog’dagina dushman kuchlari bilan jang qilish huquqiga ega bo’lgan.
Yurishga jo’nashdan oldin Temurbek arkoni davlat vazirlar, sarkardalar, beklar,
amirlarni harbiy kengash-mashvaratga chorlagan. Ayni chog’da ulusning turli viloyat
va tumanlaridan, shuningdek tobe yurtlardan qo’shin to’plash uchun maxsus buyrak-
tunqal e`lon qilingan. Farmon kerakli joylarga yuqori mansab egasi, bosh
qo’mondonning ad`yutanti-tavachi tomonidan tezlik bilan etkazilgan. Tavachining
zimmasiga askar jamlashdan tashqari qo’shin qismlarining qarorgoh yoki safardagi
o’rni, jangovar tartib-yasolni hamda bir joydan ikkinchi joyga ko’chishni nazorat
qilish ham yuklatilgan edi.
Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishiga ko’ra, Temurbek Dashti Qipchoqqa
qilingan yurish (1390-1391) oldidan qo’shinni bir yilga etadigan oziq-ovqat, qurol-
yarog’, kiyim-kechak va boshqa safar uchun zarur ashyolar bilan ta`minlashni o’z
noiblariga buyurgan. Har bir suvoriyga bitta yoy, 30 ta o’q, bir sadoq, bir qalqon va
bitta qo’shimcha ot ajratilgan. Yurish vaqtida har o’n jangchi bir chodir, ikki
belkurak, bir kerki, bir o’roq, bir arra, bir tesha, bir bolta, 100 dona nina olgan.
Abdurazzoq Samarqandiy har bir jangchining shuningdek, yarim man og’irligida
arqon, bir dona pishiq teri va bitta qozon olib kelishi lozim bo’lganligini qayd etadi.
«Temur tuzuklari»da ta`kidlanishicha, safar chog’ida oddiy askarlarning har o’n
sakkiztasiga bitta chodir berilgan. Har bir jangchi ikkita ot, yoy, sovut, qilich,
juvoldiz, qop, o’nta nina, arra va teri xaltaga (chanach) ega bo’lgan.
Sara jangchilarning har beshtasi bir chodirga joylashgan. Ularning har bittasi
dubulg’a, sovut, qilich, o’q-yoy, sadoq va buyruqda ko’rsatilgan miqdorda ot bilan
ta`minlangan.
O’nbegining alohida chodiri bo’lgan. U sovut, qilich, o’q-yoy, sadoq bilan
qurollangan va beshta qo’shimcha ot olish huquqiga ega bo’lgan. Yuzbegining ham
90
alohida chodiri bo’lgan. Uning qurol-yarog’i qilich, o’q-yoy, sovut, sadoq, gurzi,
oyboltadan iborat bo’lgan. Unga o’nta qo’shimcha ot berilgan.
Mingbegi chodirdan tashqari soyabon bilan ham ta`min etilgan. Dubulg’a, zirih
(chahoroyna), sovut, nayza, qilich, sadoq va o’q singari rang-barang qurol turlari bilan
qurollangan.
Piyoda askarlar asosan qilich, kamon va kerakli miqdorda o’q bilan safarga
chiqqan. Miod erida oliy bosh qo’mondonning borgohi tikilgan va u turli rangdagi
tug’ hamda bayroqlar bilan bezatilgan. Belgilangan vaqtda (miod vaqti) da
lashkargohga etib kelgan askarlar qat`iy tartib va intizom bilan o’z bo’ljar
(pozitsiya)larini egallagan hamda yurish oldidan o’tkazilajak an`anaviy harbiy
ko’rikka puxta tayyorgarlik ko’raboshlagan.
Sohibqiron yurish paytida tajribali sipohiylarga katta ishonch bildirgan. Ko’p
marotabali so’qishlarda suyagi qotgan, urushni o’zining bosh mashg’uloti deb
sanagan jangchilar safar boshlanishidan avval jam qilingan. Ular kirim-chiqim
daftariga, shuningdek davlatdan maosh-ulufa, oziq-ovqat, em-hashak oluvchilar
ro’yxatiga kiritilgan. Tuzilishiga ko’ra Temurbek armiyasi turk-mo’g’ul xalqlari
uchun an`anaviy bo’lgan o’n. Yuz, ming va tumanlarga taqsimlangan. Ularga
o’nbegi, yuzbegi, mingbegi, tumanbegilar sardorlik qilgan. «Temur tuzuklari» da
qayd qilinishicha, qo’shin qo’mondonlari safiga Temurbek oliyhimmat, oqil, mard,
tadbirkor, sezgir, jur`atli, sabotli, harb ishiga jon-dilini bag’ishlagan iste`dodli
shaxslarni jalb etish masalasiga katta e`tibor bergan. Har bir bek yoki amir o’z noibi-
o’rinbosariga ega bo’lgan. Biror bek yoki amir hayotdan ko’z yumgan taqdirda noibi
uning o’rnini egallagan.
Rui Gonsales Klavixoning guvohlik berishicha, qo’shin to’plash to’g’risida
farmoni oliy e`lon qilinishi bilan askarlar o’z oilasi, asbob-aslahasi, mol-mulki bilan
miod eriga etib kelgan. O’rdagohdagi sohibqironning saropardasi atrofida har bir qism
va bo’linmalar chodirlari tikilgan. Oddiy askardan yirik sarkardagacha har kim o’z
joylashish o’rnini aniq bilgan. Barcha ishlar tartib-intizom bilan, shovqin-suronsiz
bajarilgan. Qo’shin bilan birga qassoblar, bakovullar, qovurilgan va pishirilgan go’sht
bilan savdo qiluvchilar, arpa va meva sotuvchilar, nonvoylar ham ko’chib yurgan.
Turli kasb egalari askarlarga xizmat ko’rsatganlar. Hatto ko’chma hammomlar ham
jangchilar xizmatida bo’lgan.
Temurbek tanlab olgan sarkardalar o’zlarining harbiy mahoratlarini nafaqat
urush kezlarida, balki tinch mehnat chog’ida ham namoyish etishga tinmay harakat
qilar edilar.
Harbiy san`atning o’ziga xos sir-asrorlaridan to’la voqif bo’lgan, dushman
saflarini parokanda qilish yo’l-yo’riqlarini yaxshi egallagan, mushkul vaziyatlarda
dadil va tez harakat qiladigan, hech qanday to’siqlardan tap tortmaydigan, qo’shin
safida sodir bo’lishi ehtimolidan holi topilmagan tartibsizliklarni o’z vaqtida bartaraf
eta oladigan iste`dod egalarigina Temurbek tomonidan lashkarboshilikka qo’yilgan.
Temurbekning farmoyishiga binoan atoqli lashkarboshilardan to’rttasi birinchi
darajali sarkarda, ya`ni beklar begi mansabiga tayinlangan. Dongdor amirlardan biriga
amir ul-umaro lavozimi berilgan va u oliy bosh qo’mondon, ya`ni Temurbekning
noibi vazifasini ado etgan. Sohibqiron bevosita ishtirok etmagan urush va janglarda
amir ul-umaro qo’shinga qo’mondonlik qilgan.
91
Zikr etilganlardan tashqari qo’shin qo’mondonligiga yana o’n ikki bek jalb
etilgan ming kiishdan iborat suvoriylarga birinchi bek, ikki ming otliqlardan tashkil
qilingan guruhga ikkinchi bek, uch ming otliqlifavjga uchinchi bek va shu tartibda o’n
ikki ming otliq askarlardan tuzilgan qo’shinga o’n ikkinchi bek sardorlik qilgan. Quyi
pog’onada turgan qo’mondon o’zidan yuqori lavozimni egallab turuvchi sarkadaga
bo’ysungan.
Temurbek armiyasining turli qism va bo’linmalariga uch yuz o’e uch bek
boshchilik qilgan. Ularning dastlabki yuztasi o’nbegilik, ikkinchi yuztasi yuzbegilik,
uchinchi yuztasi esa mingbegilik rutbalarini egallagan. Tumanlarga sohibqironning
farzandlari, nabiralari hamda amir Shayx Nuriddin, amir Jahonshoh singari nomdor
lashkarboshilar rahbarlik qilgan.
Temurbek qo’mondonlar tarkibining harb ishidan talab darajasida mahorat va
malakaga ega bo’lgan shaxslardan shakllanishiga alohida diqqat qilgan.
Janglarda qahramonlik va mardlik namunalari ko’rsatgan sara jangchilar
munosib ravishda taqdirlanib o’nbegi, takror jangovar xizmatlari evaziga yuzbegi va
nihoyat mingbegi amaliga ko’tarilish imkoniyatiga ega bo’lgan.
Yovning askariy g’ururini tor-mor etgan mingbegi birinchi darajali amir
unvoniga, yirik dushman qismini mag’lub etgan birinchi darajali amir o’z navbatida
ikkinchi darajali amir mansabiga va shu yo’sinda o’zga bek hamda amirlar yuqoriroq
harbiy martabaga ko’tarilib borgan. Janggohda mardlik va qahramonlik ko’rsatgan
oddiy jangchilarning maoshi oshirilgan. Ba`zi sabablarga ko’ra jang maydonini
tashlab qochgan askarlar o’lja taqsimotida ishtirok etishdan mahrum qilingan.
Muhorabadan yarador bo’lib qaytgan shaxslarning izzat-xurmati joyiga qo’yilgan,
ularga Onhazratning marhamati ko’rsatilgan.
Biror kishvarning fath qilgan yoki g’anim armiyasini mag’lubiyatga uchratgan
sarkarda uchun uch xil mukofot ta`sis etilgan, ya`ni sharafli bahodir unvoni hamda
tug’ va nog’ora berilgan. Ayni shunday yuksak mukofot bilan muxolifatchi taraf taxt
vorislari rahnamoligidagi qo’shinni parishonlikka solgan amir yoki bekning ham
shavkati ziyoda qilingan.
Jangu jadal chog’ida shijoat ko’rsatib dushman guruhini qochirishga muyassar
bo’lgan o’nbegi shahar dorug’asi, yuzbegi esa viloyat hokimi vazifasiga tayinlangan.
Muqotalada aduv hashamlari ustidan zafar quchgan mingbegi viloyat voliysi mansabi
bilan taqdirlangan.
Biror mamlakat yoki yurtni egallagan amirga o’sha erlar ma`lum shart va
imtiyozlar asosida boshqarilish uchun suyurg’al tarzida inoyat qilingan. Temurbek va
temuriylar davrida suyurg’al keng tarqalgan feodal er egaligi turlaridan biri bo’lib.
Nasldan-naslga o’tgan. Suyurg’al egasi davlat hisobiga to’lanishi zarur bo’lgan
soliqlardan ozod qilingan. Bunday suyurg’al turi «darbasta suyurg’al» deb yuritilgan.
Dovyurak pahlavonlar harblardan ko’rsatgan jasoratlari uchun baland darajaga
erishib, baobro’ kishilar qatoridan o’rin olgan. Ular gurzi, olachuk (chodir), murassa`
kamar, qilich va saman ot kabi pahlavonlik nishonlari bilan e`zozlagan. Botirlarning
ko’pchiligi keyinchalik o’nlik, yuzlik, mingliklarga qo’mondonlik qilishdek
ma`suliyatli vazifalarga qo’yilgan.
Yuqorida tilga olingan o’n ikki amirdan har biri yuz dovul (tabl) va bayrog’iga
ega bo’lgan. Bosh qo’mondon nog’ora hamda alamdan tashqari shuningdek, burg’u,
tumantug’ va chortug’ bilan nishonlangan.
92
Mingbegi tug’ va karnay, ya`ni qo’ragaga ega bo’lgan. Yuzbegi va o’nbegiga
nog’ora berilgan. Turli qo’shun, ya`ni qism qo’mondonlari tegishli noshonlarga
sazovar bo’lgan.
Biror lashkarboshining hayoti xavf ostida qolgan vaziyatda uni g’anim o’qidan
asrab qolish yo’lida o’z ko’ksini qalqon qilgan jangchilar Sohibqironning xurmat-
e`tiboriga va olqishiga sazovor bo’lgan, maxsus inoyatlar bilan taqdirlangan.
Sohibqiron yurishga jo’nashdan ancha avval yog’ining qurolli kuchlari, mudofaa
inshootlari, u erdagi ichki vaziyat kabilar haqida aniq va to’la ma`lumotga ega bo’lish
maqsadida uning yurti yoki qarorgohiga o’z ayg’oqchi (xabargir, josus) larini peshma-
pesh yuborib turgan. G’anim to’g’risida zarur ma`lumotlarga ega bo’lgandan
so’nggina yurishga taraddud ko’rilgan. Bu xususda ibn arabshoh yozadi: «Temur
tengi yo’q fe`l atvorli, chuqur mulohazali kishi bo’lib, uning tafakkur dengizining
qa`ri yo’q va (uning) tadbiri tog’iga na tekisligu, na g’adir-budir orqali yo’l topilardi.
U erlarning barcha tomonlarida o’z ayg’oqchilarini tarqatib, qolgan mulklarida esa
josuslar qo’ygan edi. Ular (josuslar) jumlasidan, uning amaldorlaridan biri Amir
Otlamish bo’lsa. yanA biri faqih Mas`ud al-Quhoniy-u Temur devoni ashoblarining
ko’zi edi. Josuslarning bunisi Qohirada, Muiziyada bo’lsa, unisi Damashqda,
Shamiysoniyadagi so’fiylardan biri edi. Ularning biri chakanafurush bo’lsa, ikkinchisi
yirik savdogar, badxulq polvon va hunarmand, munajjim va o’z tabiaticha ish
qiladigan lar, gapchinoz qalandarlaru sayoq darveshlar. Zarofatli meshkoblar, latofatli
etikdo’zlar, alvasti va xiylagar bo’lib, ular chor atrofda bo’layotgan hodisalar va
ularning xabarlarini Temurga etkazib, o’zlari afzal ko’rgan ishlarini unga bayon
etardilar. Ular vaznlar, narx-navolar to’g’risida unga zikr qilib, manzilu shaharlarni
tavsiflardilar. Ularning tekis va notekis joylarining suvratini keltirib, uylari va
diyorlari o’rinlarini chizib ko’rsatardilar, shular orasida u joylarning yaqin yoki uzoq,
tor yoki kengligini ularning qaysi tevarak-atrofda, g’arb yoki sharqdami, shaharlar va
qishloqlarning ismlarini, manzil va panohjoylar nomlarini, har joyning ahliyu
boshliqlari, amirlari, ulug’lari, fozillari, shariflari, boylariyu faqirlarini, ularning hai
birining ismi va laqabini, shuhrati va nasabini, ularning hunari va (ega bo’lgan)
vositalarini (to’la-to’kis) bayon qilardilar. Natijada, Temur o’z fikri bilan shularni
yaqqol ko’rib, tafakkuri vositasida o’z erlaridan xorij joylar ustidan ham tasarruf
yuritardi».
Sohibqiron safar chog’i qo’shinni qiyin va o’tib bo’lmas joylardan boshlab
boruvchi yo’lchi, ya`ni qajarchilarni mahalliy xalq ichida yollab olish masalasiga
jiddiy yondashgan.
Safar arafasida Temurbek o’z pirlari va rahnamolari huzuriga sof ishonch hamda
pok irodat bilan tashrif buyurib, ziyorat shartlarini bajo keltirgan. Muqaddas va
muborak mozorlarni tavof qilgan. Mayib-majruhlarga, muhtoj va yo’qsillarga nazru
sadaqalar ulashgan.
Temurbek armiyasida ichiga yonuvchi modda-naft solingan ko’zachalar
irg’ituvchi o’t sochish quroli-ra`dning uzluksiz ishlab turishini ta`minlovchi maxsus
to’pchilar-ra`dandozlar mavjud bo’lgan. Mustahkam qal`a va qo’rg’onlarni qamal
qilishda samarali qurol hisoblangan ra`dni boshqaruvchi to’pchilarni soni,
Nizomuddin Shomiyning fikricha, 10 ming kishiga etgan. Ra`dandozlar Temurbek
tomonidan ilk marta 1379 yili Urganchni muhosara qilish vaqtida jangga solingan.
93
Kezi kelganda ta`kidlash lozimki, arab tiliga xos ra`d so’zi aslida
«momoqaldiroq»ni bildiradi. To’pni ra`d termini bilan atashlarining boisi shundaki,
undan o’q-snaryad otilgani kuchli gumburlagan tovush chiqqan.
Ra`dning Temurbek tomonidan qurollanishga kiritilishi XV-XVI asrlarda
Movarounnahr, Xuroson va eronda artilleriyaning boshqa turlarining paydo bo’lishida
turtki vazifasini o’tadi.
Amir Temurning hayoti asosan ikki davrga bo’lib o’rganiladi. Birinchi davr:
1359-1386 yillarni tashkil etadi. Bunda Temur Movarounnahrda mo’g’ul xonligidan
mustaqil, kuchli markazlashgan davlat tuzish uchun kurashadi.
Ikkinchi davri: 1386 yildan boshlanib, umrining oxirigacha davom etadi. Bu
davrda Temur uch yillik, besh yillik, deb nomlangan urushlar olib boradi va Xitoyga
qarshi urushga tayyorgarlik ko’radi.
Temur o’z hayotida 30 marta yurish qilgan va 27 mamlakatni zabt etgan. Lekin
ulardan «uch yillik», «besh yillik», «etti yillik» urushlari mashhur bo’lgan.
Temur davlati uchun eng xavfli davlat uning shimolida joylashgan Oltin O’rda
edi. Qora dengizdan Oltoly tog’larigacha cho’zilgan erlar Jo’ji ulusi ixtiyorida edi.
Jo’ji ulusining Yoyiqdan Qora dengizgacha cho’zilib ketgan juda katta qismi Oltin
O’rda edi. Yoyiq sharqida erlar Oq O’rda deb yuritilardi.
Amir Temurning Markaziy Osiyo hududidan tashqariga bo’lgan yurishi asosan
Shimolga, ya`ni Oltin O’rda davlatiga qaratilgan edi. Temurning Oltin O’rdaga qarshi
yurishidan maqsadi, uni o’z davlatiga qo’shib olish emas edi. Davlati uchun xavfli
kuch bo’lgan Oltin O’rdani zaiflashtirish va faqat uning sharqiy qismini o’z
saltanatiga qo’shib olish edi.
Bu davrda Oltin O’rda oq O’rdalarda ikkita mustaqil davlat tashkil topib, ular
o’rtasida o’zaro janjallar davom etmoqda edi. Temur uning ichki nizolaridan ustalik
bilan foydalandi. O’rusxon tazyiqidan Temur huzuriga qochib kelgan Oq O’rda
xonlaridan To’xtamishga Temur bir necha marta yordam beradi. 1379 yilda
To’xtamish Temur yordamida Oq O’rda taxtini egallaydi.
Turon ozodlik harakatining sarkardasi Temurning Oltin O’rda xoni To’xtamish
ustidan qozongan g’alabasi nafaqat Markaziy Osiyo, butun Sharqiy Evropa, Russiya
uchun ahamiyatga ega edi.
Temur Oltin O’rda xonligini tor-mor etib, uning qishloq va shaharlarini vayron
qiladi. Sharq mamlakatlari bilan bog’lagan Buyuk Ipak yo’lining Oltin O’rda orqali
o’tadigan shimoliy tarmog’iga xotima beradi.
Ta`kidlash lozimki, temuriylar davrida yurish yoki razmdan oldin qo’shinni
ko’rikdan o’tkazib, uning jangovar ruhi va holatini aniqlash an`ana tusiga kirgan.
Ko’rikdan nafaqat asosiy jangovar qismlar, shuningdek, ular ortidan boruvchi og’ir
karvon o’g’ruq (ovoz) ham o’tkazilgan.
Temurbek dushmaniga qo’qqisdan qaqshatqich zarba berish usuli bilan shuhrat
qozongan edi. G’anim o’rdugohi aniqlangach, aksariyat hollarda Sohibqiron unga
maxfiy yoki o’tish o’ta mashaqqatli bo’lgan, hech bir kimsaning oyog’i etmagan
dovonlar, daralar, so’qmoqlar, tog’u toshlar orqali tunda ulovlarni jilovidan tutgan
tarzda yaqinlashar, quyosh o’zining zarrin nurlarini bepoyon zamin uzra socha
boshlashi bilan g’aflat uyqusida yotgan yog’iga quyundek yopirilar edi. Ibn Arabshoh
hikoya qiladi: Temurbekning dorus-saltana Samarqandda imoratlar qurish, bog’u
bo’stonlar barpo etish, ariqlar qazib, suv chiqarish singari obodonchilik yumushlari
94
bilan band bo’lib turganligidan mujda topgan qo’shni mamlakatlar uning hujumini
kutmasdan, mudofaaga tayyorgarlik ko’rmagan holda xotirjam hayot kechirar edi.
Sohibqiron poytaxtdagi ishlarni nihoyasiga etkazgach, tovachilarga qo’shinni tez
fursat ichida samarqandda to’plash haqida amr qiladi. Askarlar uchun o’zi o’ylab
topib. Ixtiro qilgan yo’sinda tayyorlangan dubulg’alarni jangchilar kiyib, yurishga
chiqishlarini buyuradi. Temurbek safarning yo’nalishini sir tutadi.
Temurbekning Hindga yurish qilib, Dehliga yaqinlashib qolganligidan tahlikaga
tushgan hindlar shahzoda Sulton Mahmud, Malluxon va o’zga nomdor hind
sarkardalari rahnamoligidagi o’n ming suvoriylar, yigirma ming sara piyodalar va bir
yuz yigirma jangovar fillardan iborat qo’shin bilan unga ro’baro’ bo’ladi. Sohibqiron
birinchi galda jangchilarning kapalagini uchirib, ularni dahshatga solgan fillarni daf
qilish borasida bosh qotiradi. Zudlikda fillarga ofat keltiruvchi o’tkir tig’li uchburchak
shakldagi sanchiq-mo’ndulardan minglab yasaladi va fillar kelishi kutilayotgan
erlarga joylashtiriladi. Ikkala qo’shin jang harakatlarini boshlagach, Temurbek o’z
askariy qismlarini chekinishga buyuradi. Temuriy jangchilarning tisarilganini ko’rib,
dushman qochdi xayol qilgan hindlar olg’a tashlanadi.
Fillar, ularning ketidan otliq va piyodalar junbushga keladi. Mo’ndu tikilgan
erga etgan fillarning oyoqlariga o’tkir sanchiqlar tikon yanglig’ qadaladi. Og’riq
zo’rligidan qutirgan fillar jon achchig’ida filbonlarni uloqtirib, orqaga tum-taraqay
qocha boshlaydi. Ular ortda kelayotgan hind suvoriy va piyodalarini poymol qilib,
yanchib o’tadi.
Sohibqiron o’ta tahlikali onlarda ham sarosimaga tushmas, hissiyotga berilmas,
metinday mustahkam irodasi ikkilanishga, qat`iyatsizlik ko’rsatishga aslo yo’l
qo’ymas edi. Biror marta ham mag’lubiyat («loy jangi» bundan istisno) alamini tortib
ko’rmagan muzaffar qo’shin oliy bosh qo’mondonning har qanday og’ir va chigal
vaziyatdan ham tadbirkorlik bilan chiqib ketishiga butun vujudi bilan ishonar.
Shuning uchun g’anim bilan faqat g’alabani ko’zlagan holda jon-jahdi bilan jang qilar
edi.
Sohibqiron jang maydonini tanlashda bevosita ishtirok etgan. Janggohning tekis,
keng va qo’shin qismlarini joylashtirishga qulay bo’lishi talab qilingan. Ayniqsa,
ma`rakagohning ichimlik suv manba`iga yaqin bo’lishi hamda razm vaqtida quyosh
nurining jangchilar ko’ziga tushmasligi maqsadga muvofiq hisoblangan.
Yirik muhorabalar paytida dastasi uchiga mahcha-yarim oy shakli qadalgan
jangovar bayroq va tug’lar bilan bezatilgan oliy bosh qo’mondonning borgohi
balandlikka tikilgan. U erdan qism va bo’linmalarning maydondagi harakati, jangning
borishi Temurbek tomonidan kuzatib turilgan. Odatga ko’ra borgoh oldida harbiy
orkestr askarlarni mardlikka rag’batlantiruvchi, ularning jangovar ruhini ko’taruvchi
kuylarni tinimsiz chalib turgan.
Temurbek qo’shini zabt etilgan qal`a, shahar va viloyatlarni o’zboshimchalik
bilan g’orat qilish huquqidan butunlay mahrum edi.
Faqat ommaviy talo-tarojga ruxsat berilganidan so’nggina yurishda ishtirok
etayotgan har bir kishi, hoh u nomdor lashkarboshi bo’lsin, hoh oddiy askar bo’lsin,
bundan qat`iy nazar teng g’animat olish huquqiga ega bo’lar, kimki biror o’ljani
birinchi bo’lib qo’lga kiritsa, o’shanga ega bo’lar edi.
95
Ko’p hollarda Sohibqiron obod va ko’rkam, madaniyati gurkirab yashnagan,
ma`mur shahar va kentlarni, viloyatlarni g’orat qilishdan o’zini tiyar, u erlardagi
muborak qabristonlar, mashoyix va akobirlarni ziyorat qilar edi.
Sohibqiron janglarda mardlik va qahramonlik namunalari ko’rsatgan har qanday
raqibini xurmat qilar, jangchilarini undan o’rnak olishga undar edi. Bunga tarix
shohid.
Sohibqiron biror hisor, shahar yoki viloyatni qancha vaqt ichida zabt etish
mumkinligini oldindan yaxshilab hisoblab chiqar va sarkardalardan belgilangan
muddatda harbiy harakatlarni nihoyasiga etkazishni qat`iy talab qilar edi.
Nizomuddin Shomiyning «Zafarnoma», G’iyosuddin Alining Temurbekning
Hindistonga yurishiga bag’ishlangan tarixiy asarida bitilishicha, 1395 yili
To’xtamishxonni mag’lub etgan Temurbek Samarqandga qaytadi va qish faslini
Ohangaronda o’tkazadi. Shahzoda Pir Muhammadni Mo’g’ulistonga hokim etib
tayinlab, chegaraoldi hududlarni mustahkamlashni, Xitoy va Xo’tanga qilinajak
yurish uchun oziq-ovqat va emqhashak jamg’arishni buyuradi. Shu orada unga
Hindistonda islomning mavjudligi, biroq u erdagi aholining asosiy qismini majusiylar
tashkil qilishi, musulmon hokimlar budparast ommadan faqat o’lpon yig’ish bilan
kifolanayotgani haqida birin-ketin xabarlar kela boshlaydi. Majusiy qaroqchilarning
yovuz niyatlariga chek qo’yish, mo’minlarni ular o’tkazayotgan zulmdan ozod qilish,
savdogar va sayyohlarning xavf-xatarsiz kelib-ketishini ta`minlash kabi maqsadlarda
Temurbek Xitoy va Xo’tanga qilinishi lozim bo’lgan yurish o’rniga Hindiston tomon
qo’shin tortadi.
Bu urushni u Muhammad payg’ambar e`tiqodini yoyish, payg’ambar nomini
ko’klarga ko’tarish, butparast va kofirlarni qirib, Hindistonda avj olib ketgan feodal
tarqoqlik va o’zaro urushlarga barham berish bayrog’i ostida olib borgan.
Sohibqironning o’zi bu haqda «Tuzuklar»da shunday yozgan edi: «qur`oni masjiddan
fol ochsam, ushbu ulug’ oyat chiqdi: «Ey payg’ambar, kofirlarga va munofiqlarga
qarshi jaxd qilgil»... So’ngra...iqbolimiz xonasi Hindistonga qarata qo’l ko’tarib,
zafaru fath fotihasini o’qidim». Temur Qashqadaryo vohasidan chiqib Termiz orqali
yurib avgustda Qobulni egalladi. U erdan Hindiston chegaralari tomon kirib borib
tulumbi, Multon, Dipalpur, Sarasti, Fatxobod, Somona va boshqa shahar va qal`alarni
birin-ketin egallab dekabr’ oyida Hind daryosidan o’tib Dehliga etib bordi. Boy va
badavlat Dehli shahrini ham mag’lubiyatga uchratdi. Sohibqiron Samarqandga qaytib
kelgandan so’ng G’arbga tomon bo’ladigan yurishlarga tayyorgarlik ko’ra boshladi.
Bu urush asosan Turk sultoni Boyazid Yildirimga qarshi qaratilgan edi. Ikki buyuk
turk hokimi o’rtasidagi ziddiyatlar borgan sayin kuchayib bordi.
Bu urushga sohibqiron shoshilmadi. Urushni oldini olishga va tinch hal qilishga
harakat qildi, chunki islom himoyachisi bo’lgan sOhibqiron Boyazidning xristanlar
bilan jang qilganini bilar edi. Lekin bunga Boyazid nazar-pisand qilmadi, Temurni
kamsitdi, haqoratladi va o’rtada boshlangan urushga xamirturush bo’ldi. Qora quyunli
turkman qabilasining hokimi Qora Yusuf 1388-1399 yillarda bir necha marta Temur
lashkarlariga qarshi janglar olib borgan. Unga Ahmad Jaloyir ittifoqdosh bo’lgan.
Qora Yusuf va Jaloyirni Boyazid o’z himoyasiga oladi va boshpana beradi. Amir
Temur Boyazidga o’z elchisi orqali xat yozib, Qora Yusufni unga topshirishni talab
qiladi. Boyazid nomani olgach, jahl bilan Sohibqironni haqoratlab, xatini so’nggida
quyidagilarni yozgan edi: «...Men bilamanki, bu so’zlar seni hech to’xtatmasdan
96
bizning mamlakatimizga tomon otlantiradi. Agar sen kelmasang, sening xotinlaring
uch taloq bo’lsin. Agar sen mening yurtimga kelsangu men urush qilmay qochsam,
mening xotinlarim uzil-kesil uch taloq bo’lsin». Bu haqorat va yuqoridagi ayollar
haqidagi so’zlarga Temur juda g’azab bilan qaraydi, chunki u ayollarni hurmat qilar
va hatto ularni ismlarini atab chaqirmas ham edi. Amir Temurning G’arbga yurishi
1399 yilda boshlanib 1404 yilgacha davom etgan. Bu tarixga «etti yillik urush» nomi
bilan kirgan. 1400 yilda turk sultoni o’ziniki hisoblagan Kichik Osiyoning hosildor
erlarida joylashgan ikkita muhim qal`a Sivoz va Milatiyani bosib oldi. Temur Msir
sultonini tor-mor keltirib, uni qochishga majbur qildi va Damashqni egallab oldi,
so’ng Musulga o’tdi. 1401 yilda u Bag’dod ko’rg’onlarini yakson qildi. 1402 yilda u
erdan o’tib Gurjilarning isyonini yana bir marta bostirdi.
Sohibqironning bu harakatlari sulton Boyazidning asablarini batamom ishdan
chiqardi. Amir Temur 1402 yil aprel’ oyida Kuriya daryosini kechib o’tib birin-ketin
Tartum, Kemox va Qaysariya qal`a shaharlarini egallab, Turkiya bilan Suriya va
Bag’dod aloqa yo’lini kesib qo’yadi. Amir Temur bilan Sulton Boyazid
o’rtasidatarixda nom qoldirgan «Anqara jangi» 1402 yil 28 iyunda boshlandi. Bu
jangda Temurning buyuk sarkardalik mahorati, ayniqsa yaqqol ko’rindi. 200 ming
kishilik Temur qo’shinining o’ng qanotiga o’g’li Mironshoh, chap qanotiga nabiralari
Sulton Xusayn va Xalil Sultonlar, kenja o’g’li Shoxruh qo’mondonlik qildi. Qo’shin
markazini Temurning sevimli nabirasi va valiaxdi Muhammad Sulton boshqardi, yana
nabiralari Pirmuhammad va Iskandarlar ham bu jangga tayyor turdilar va jang
Temurning erkin g’alabasi bilan yakunlandi.
Amir Temur 1404 yil kuzida nabirasi Ulug’bekning to’yini o’tkazish bahonasida
o’z davlati qo’l ostidagi oqillar, viloyat hukmdorlarini, qo’shin boshliqlarini va
boshqa amaldorlarni Samarqandga taklif qildi va qurultoy chaqirdi. Unda Xitoyga
bo’ladigan yurish muhokama qilindi. Temur ulug’ tug’ni ko’tarib 1405 yil 8 yanvarda
200 ming lashkar bilan Xitoy sari yuzlandi. Qish o’sha yili juda qattiq kelgandi.
Qishning sovuqligi shu darajada kuchli bo’lgan ekanki, Ali Yazdiyning yozishicha
daryo ustidagi muzning qalinligi 2-3 tirsakka teng bo’lgan. Sovuq zarbidan juda ko’p
askarlarning yuz, burunlarini sovuq urib ketgan, ba`zilari esa halok bo’lishgan. Ammo
sohibqiron to’xtamay yo’lni davom ettirar edi. 1405 yil 14 yanvarda Temur O’tror
shahriga etib keldi. U nu erda shamollab kasalga chalindi va uzoq muddat yotib qoldi.
Uni O’tror hokimi Berdibekning saroyiga yotqizadilar. Kuni yaqinlashganini tushida
ko’rgan sohibqiron hamsafar avlod-ajdodlarini, quroldosh amiru-akrabo va o’z
o’rniga qoldirayotgan voris Pirmuhammad Jahongirga itoat etishga da`vat etadi va
vasiyat qiladi. Saroyda hozir bo’lganlar nomidan amir Shohmalik va Shayx Nuriddin
ulug’ Amirni oxirat yo’liga jo’natish oldidan uning vasiyatlarini bajarish va unga amal
qilishga va`da berganlar. 1405 yil 18 fevral’ kechqurun buyuk saltanat sohibi Amir
Temurning hayotiga yakun yasaldi. Uning jasadini Samarqandga olib kelib, o’z
vasiyatnomasiga ko’ra piru ustozi Shayx Said Baraka hokining oyoq tomoniga dafn
etdilar.
Shunday qilib, 1370-1407 yillar mobaynida, ya`ni 35 yil Samarqand taxtini
boshqargan Sohibqiron Amir Temur Ko’ragoniy buyuk saltanatga asos soldi. U umri
davomida 30 martadan ortiq harbiy yurishlar uyushtirdi va biror marta bo’lsada
engilmadi, dunyodagi 27 mamlakatni egalladi. Amir Temur tuzgan salatanat
sarxadlari janubda Arabiston yarim orollari va Hindiston erlaridan shimolga to
97
Maskov knyazligiga qadar, sharqda Xitoy hududlaridan g’arbga tomon O’rta Er
dengizi va Misr davlatlari erlarini ham o’z ichiga olgan hududlarga qadar cho’zilib
ketgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |