5-masala: XIX asrning o’rtalariga kelib ham Buxoro va Xorazm me’morchilik maktablari o’zlarining tarixiy an’anaviy uslublarini saqlagan holda zamonaviy yutuqlardan ham foydalanib, ko’plab obidalarni barpo qildilar. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida butun Turkiston o’lkasi, Buxoro va Xorazmda mashhur bo’lgan Obloqul va Ibrohim Xafizovlar, Mo’minjon Solixov va Usta Shirin Murodovlar kabi taniqli ustalar va me’morlar etishib chiqdi. Ular XX asrning boshlarida Buxoroda qurilgan Sitorai MoXI Xosa saroyini qurishda ishtirok etdilar va ajoyib durdona barpo qildilar.
Buxoro me’morchilik an’analari boshqa viloyatlardan farqlangan. Uylar asosan kushsinchli qilib qurilgan, binokorlikda ganch, yog’och va marmartosh ko’p ishlatilgan. Xorazm me’morchiligi ham eng qadimiy an’analariga tayangan holda, o’ziga xos ijodiy maktabni yaratgan edi. Bunday an’analarni XIX asr oXIri XX asr boshlarida bunyod etilgan me’morchilik obidalarida ko’rishimiz mumkin.
Xorazm me’morchilik maktabida Odina Muhammad Murod, usta NurMuhammad, usta Abdujabbor va uning o’g’li So’fimuhammad Niyoz va usta Abdullalar elga taniqli me’morlar sanalgan. Ular yaratgan me’morchilik obidalari va tabiiy o’simliklar va giyoxlardan ishlangan bo’yoqlar o’zining sifati bilan xanuzgacha o’z ko’rkini yo’qotmagan.
Xiva xonligida XIX ar oXIri XX asr boshlarida qurilgan Kozi Kalon madrasasi, Islom Xo’ja minorasi va boshqalar o’zlarining me’morchilik uslublari bilan Xorazm me’morchiligida o’ziga xos o’rin tutadi. Yog’och o’ymakorligi ham Xorazm me’morchiligini boyitib turgan XIslatlardan biri sanaladi.
Farg’ona vodiysida ham me’morchilik uslublari o’ziga xos tarzda shakllangan bo’lib, 1876 yilda Qo’qon xonligi tugatilgach, rus uslubidagi va evropacha usuldagi binolar qurish ham kengayib bordi. Sababi rus mustamlakachilari milliylikning har qanday ko’rinishiga tish-tirnog’i bilan qarshi turardi. Shunga qaramay, me’morchilik o’z an’analarini butkul yo’qotib yubormagan holda, rivojlanishida davom etdi. Bunga misol tariqasida XIX asr oXIrlarida qurilgan Andijon jome’ masjidini aytib o’tish mumkin.
O’lkada rus mustamlakachiligi barpo qilingandan so’ng me’morchilikda evropa me’morchiligi an’analari ham ko’zga tashlana boshladi. Bunday holatni ayniqsa, Buxoro amirining yozgi qarorgohi hisoblangan Sitorai MoXI Xosa va Xivadagi Nurullaboy saroylarida kuzatish mumkin. Yirik shaharlarimizda ruslar yashaydigan yangi shaharlarning barpo qilinishi oqibatida butunlay evropacha tarzdagi me’morchilik binolari, ma’muriy binolar, provaslav cherkovlari qurish keng avj oldi va XIX asr oXIri XX asr boshlarida mahalliy me’morchilik an’analari bilan bir vaqtning shunday uslubidagi an’analri ham yuzaga keldi.
Chor rossiyasi ruslashtirish siyosati mahalliy halqlarni o’z madaniyatidan mahrum qilishni ko’zda tutardi. Bu siyosat san’at sohasiga ham tahdid solardi. Biroq o’zbek milliy san’ati, ayniqsa, qo’shiqchilik san’ati o’zining milliyligi va tarixiy an’analarini saqlagan holda rivojlanishida davom etdi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida o’zbek milliy qo’shiqchilik asosan to’rt yo’nalishda rivojlandi Xorazm yo’li, Buxoro – Samarqand yo’li, Farg’ona – Toshkent yo’li, Surxondaryo - Qashqadaryo yo’li.
Surxondaryo - Qashqadaryo yo’li o’zining dostonchiligi bilan xususiyatlanardi. Buxoro – Samarqand yo’li halq musiqalariga asosangan uslab hisoblangan. Buxoro musiqa madaniyatiga xos bo’lgan xususiyatlardan yana biri mavrigixonlik edi. Mavrigixonlikda Domla Halim Ibodov mashhur san’atkorlardan sanalib, uning maktabida Sa’dulla Boqojon kabi san’atkorlar etishib chiqqan.
Dunyoga o’zbek musiqa san’atini tanitgan hofizlardan Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Mulla To’ychi Toshmuhamedov, Muhammad Umar, Abduqaxxor hofiz, MuXIddin Qori Yoqubov, Usta ro’zmat Isaboev o’z vaqtida o’zbek musiqa san’ati va uzbek milliy qo’shiqchiligi sohasida, uning rivoji va ravnaqi yo’lida katta mavaffaqiyatlarga erishganlar va azaliy an’analarning buzilmasdan kelajak avlodlarga meros bo’lib o’tishi borasida katta sa’y-harakat etganlar.
Xorazm vohasida ham qo’shiqchilik san’atiga alohida mehr va e’tibor bilan munosabatda bo’lingan. Hatto biron-bir davlat hukmdori tomonidan amalga oshirilmagan qonunning Muhammad rahimxon II tomonidan qabul qilinishi ham o’zbek milliy qo’shiqchiligi va san’ati uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan voqeadir, ya’ni xon Xorazm maqomlarini halqning daxlsiz mulki deb e’lon qilingan va unga behurmatlik bilan qilinsa yoki buzib ijro etilsa, qattiq jazolangan.
Dostonchilik sohasi ham o’zbek milliy qo’shiqchilik san’atining muhim bo’g’inlaridan sanalgan va bu sohada Ergash Jumanbulbul o’g’li, Islom shoir, Fozil shoir kabi dostonchilar «Alpomish», «Go’ro’g’li» kabi mashhur dostonlarni hozirgi kungacha saqlanib qolishiniga va kuylanib yurilishiga katta XIssa qushganlar. Bu davrda ruslar orqali evropacha kuy qo’shiqlar yurtimizga kirib kelgan bo’lsada, biroq halqimiz uni qabul qilmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |