O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta MaxsusTa’lim Vazirligi



Download 162,98 Kb.
bet1/6
Sana16.06.2021
Hajmi162,98 Kb.
#66281
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
panjiyev


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta MaxsusTa’lim Vazirligi

I.A.Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Olmaliq filiali

Energetika va mashinasozlik fakulteti

Kimyoviy texnalogiya kafedrasi

Noorganik moddalar kimyoviy texnalogiyasi fanidan

Mustaqil ish

Mavzu:

Bajardi: 11a-17 KT guruh talabasi Panjiyev

Tekshirdi: Mamatqulov N.N.

Oltingugurt va uning xillari
REJA:


    1. Tabiiy oltingugurtning xususiytlari.

    2. Oltingugurtning fizik xossalari.

    3. Tabiiy oltingugurt rudalaridan oltingugurtning olinishi.



Tabiiy oltingugurtning xususiytlari
Elementar oltingugurt (yoki oltingugurt bug‘i) tabiiy rudalardan, shuningdek, sulfit angidrid yoki vodorod sulfid tutgan gazlardan olinadi. Elementar oltingugurt sulfat kislota ishlab chiqarish uchun eng yaxshi turdagi xomashyo- lardan biri hisoblanadi. Uni yoqish natijasida katta miqdorda SO2 va kislorod tutgan va kontaktli sulfat kislota ishlab chiqarish uchun eng muhim hisoblangan gaz hosil qilinadi. Oltingugurtning yonishi natijasida kul qolmaydi, vaholanki kolchedan kuydirilishi natijasida hosil bo‘ladigan kulni yo‘qotish uchun katta sarf-xarajatlar talab etilar edi. Tabiiy oltingugurt tarkibida juda oz miqdorda mishyak qo‘shimchasi bo‘ladi, bu esa kolchedandan sulfat kislota ishlab chiqarishdagi mishyakdan tozalash jarayonlari singari bosqichlar- dan holi bo‘lgan sodda sulfat kislota ishlab chiqarish tizimini yaratish imkoniyatini yaratadi.

Tabiiy oltingugurtdan sulfat kislota ishlab chiqarishda, sellu- loza-qog‘oz sanoatida, qishloq xo‘jaligida (qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashda) foydalaniladi. Bundan tashqari, tabiiy oltingugurt gugurt sanoatida, kauchukni vulkan- lashda, sulfidli bo‘yoqlar va kimyo-farmatsevtika preparatlari olishda hamda pirotexnikada ishlatiladi.

Jahon miqyosida tabiiy oltingugurtdan foydalanish taxminan quyidagicha taqsimlanadi (% hisobida):


Dunyoda elementar oltingugurt ishlab chiqarish hajmi yildan yilga ortib bormoqda. Bunga tabiiy oltingugurt konlaridan qazib olish, tabiiy gaz va neft mahsulotlarini tozalash orqali ajratib olishga erishilmoqda.



Oltingugurtning fizik xossalari.

Harorat,°C

50

100

200

300

o

o

444,6

Bug‘ bosimi, mm sim .ust...

. 0,0002

o

o

o

oo

2,3

48

378

760

Bug‘dagi oltingugurt konsentratsiyasi, g/sm3...

. 0,003

0,12

32,4

653

O

o

sl


9500




Oltingugurtning nisbiy atom massasi 32,064. Oltingugurt odatdagi haroratda qattiq holatda bo‘ladi. Qattiq oltingugurt ikki xil — rombik va monoklinik allotropik shakllarda bo‘ladi:

Xossasi

Rombik

Monoklinik




oltingugurt

oltingugurt

Zichligi, g/sm3

2,07

1,96

Barqarorlik chegarasi, °C

.. 95,6 dan past

95,6—119,3

Suyuqlanish harorati, °C

Suyuqlanish issiqligi



112,8

(tez qizdirilganda)



119,3

J/g

... 39,4

45,3

kal/g

... 9,4

10,8




Oltingugurt elektr tokini yomon o‘tkazadi, suvda amalda erimaydi. Oltingugurtning suyuqlanishi uning hajmi (taxminan 15% ga) ortishi bilan sodir bo‘ladi. 120°C haroratda suyuqlantirilgan oltingugurt harakatchan sariq rangdagi suyuqlikdir, uning qovushqoqligi haroratning ortishi bilan o‘zgaradi. 160°C dan yuqori haroratda oltingugurt qorayadi va 190°C haroratda to‘q jigarrang qovushqoq massaga aylanadi. Haroratning ortishi bilan massaning qovushqoqligi kamayadi va qariyb 400°C haroratda oltingugurt suyuqlanmasi yana harakatchan suyuqlikka aylanadi. Oltingugurt- ning qaynash harorati 444,6°C ni tashkil etadi.

Turlicha haroratdagi qattiq va suyuq oltingugurt ustidagi bug‘ bosimi quyida keltirilgan:

Qizdirilganda oltingugurtning molekula tuzilishi o‘zgarishi hisobiga uning xossasi o‘zgaradi. Odatdagi haroratda oltingugurt yopiq halqali sakkiz atomdan iborat molekula — S8, shaklida bo‘ladi. 160°C haroratda S8 halqalari uziladi va chiziqsimon zanjir hosil qiladi, bu esa uning qovushqoqligi ortishiga olib keladi. Harorat yanada ko‘tarilganda esa uzun zanjirlar uziladi (destruksiyalanadi) va oltingugurt qovushqoqligining yana pasayishiga olib keladi.

Oltingugurt bug‘ida S8, S6 va S2 molekulalari bo‘ladi, haroratning ortishi bilan S2 molekulalari miqdori ortadi, bunda bug‘ rangi o‘zgaradi. Qaynash harorati yaqinida oltingugurt bug‘i och sariq rangda bo‘ladi va haroratning ortishi bilan qizara boshlaydi, so‘ngra yana tiniqlashadi va 650°C haroratda to‘q sariq rangga kiradi. 900°C haroratda oltingugurt bug‘lari amalda S2 molekulalaridan iborat bo‘ladi. Uning atomlarga parchalanishi taxminan 1600°C haroratdan boshlanadi.



Download 162,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish