O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta MaxsusTa’lim Vazirligi


Tabiiy oltingugurt rudalaridan oltingugurtning olinishi



Download 162,98 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2021
Hajmi162,98 Kb.
#66281
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
panjiyev

6.3. Tabiiy oltingugurt rudalaridan oltingugurtning olinishi.
Tabiiy oltingugurt konlari qoldiqli yoki vulqonli tusdagi qatlamlar tarzida uchraydi. Tabiiy oltingugurt konlari Italiya (Sitsiliya orollari), Yaponiya (Xokkaydo orollari), AQSH (Texas va Luiziana shtatlari)da uchraydi.

Tarkibida 20% va undan ortiq oltingugurt tutgan tabiiy oltin­gugurt rudalari to‘g‘ridan to‘g‘ri kuydirilib, sulfit angidridga aylantiriladi va undan sulfat kislota ishlab chiqariladi. Odatda oltingugurtli rudalar kuydirilmaydi, balki undan oltingugurt suyuqlantirilib ajratib olinadi. Oltingugurtni suyuqlantirib ajratib olish pechlar, avtoklavlar va to‘g‘ridan to‘g‘ri yerosti yotqiziqla- rida amalga oshiriladi.

Pechlarda oltingugurtni suyuqlantirishda ruda tarkibidagi 25% gacha oltingugurtni yoqish issiqligidan foydalaniladi. Bunda elementar oltingugurt unumi 75% ga yetadi.

Oltingugurtni to‘g‘ridan to‘g‘ri yerosti qatlamlaridan Frash usuli bo‘yicha qazib olishda (bu usul AQSHda qo‘llaniladi) oltingugurt qaynoq suv bilan suyuqlantiriladi va qisilgan havo bilan yuzaga siqib chiqariladi. Buning uchun quduqqa bitta quvur orqali bosim ostida 150—160°C haroratgacha qizdirilgan suv berilsa, ikkinchisidan qisilgan havo yuboriladi. So‘ngra suv ma’lum masofada joylashgan va oltingugurtli qatlamdan chuqurroq bo‘lgan boshqa maxsus quduqdan chiqarib olinadi. Frash usuli bilan nisbatan arzon oltingugurt olinadi, lekin bunda kondan uni ajratib olish darajasi 30—60% ni tashkil etadi, xolos. AQSHda oltingugurtning ko‘p qismi temiryo‘l va avtomobil sisternalarida suyuqlantirilgan holatda tashiladi.

Ko‘pincha, oltingugurtga boy bo‘lgan tabiiy oltingugurt ruda- laridan uni flotatsiyalash yo‘li bilan ajratib olinadi.

Tabiiy rudalardan oltingugurt olish uchun flotatsiyalash va so‘ngra flotatsiya avtoklavlarida konsentratdan oltingugurtni suyuq- lantirish usuli qo‘llaniladi (1.3-rasm).




Oltingugurtli


Flotareagentlar


Begona

qo ‘shimchalar oltingugurt


Flotareagentlar


Begona qo ‘shimchalar


1.3-rasm. Avtoklavlarda flotatsiyalash orqali oltingugurtli konsentratlardan oltingugurt olish sxemasi: 1—suyuqlantirgich; 2—flotareagent eritmalari yig‘gichlari; 3—flotatsiyalash avtoklavlari.

Kondan keladigan oltingugurtli ruda dastlab tegirmonlarda maydalanadi. Juda mayda holatigacha maydalangan ruda flotatsiya-

lashga yuboriladi. Bunda Hotareagent sifatida suyuq shisha, kerosin va C7—C9 spirtlari ishlatiladi. Tarkibida 70—75% elementar oltingugurt bo‘lgan hosil qilingan konsentrat quyultiruvchilarda, so‘ngra barabanli filtrlar yoki sentrifugalarda 10—15% namlik qolguncha suvsizlantiriladi. Suvsizlantirilgan oltingugurtli konsentrat ochiq suyuqlantirgich (1) ga yuboriladi.

Suyuqlantirgich unumdorligi oltingugurtli konsentrat nam- ligiga bog‘liq va u konsentrat namligi 10—15%, qizdirish yuzasi 1 m2 bo‘lganda 100—150 kg/s ni tashkil etadi. Quruq konsentratni suyuqlantirishda unumdorlik 270—300 kg/s gacha yetadi.

Muntazam ravishda suyuqlangan oltingugurtli konsentrat suyuqlantirgich (1) dan 120—130°C haroratda oltingugurtli sus- penziya holatida flotatsiyalash avtoklavi (3) ga tushadi. Bu yerga shu bilan bir vaqtda yig‘gich (2) dan flotareagentning suvli eritmasi ham beriladi.

Avtoklavlar po‘latdan tayyorlangan silindrik idish bo‘lib, konussimon taglikka ega. Sirti bug‘li qoplama isitiladi. Avtoklavda aralash- tirgichlar bo‘ladi. Avtoklavdagi ikkita shtutserning biridan suyuqlantirilgan oltingugurt, ikkinchisidan esa yot jinslar chiqarib olinadi.

Avtoklavdagi massani aralashtirilganda suv mayda tomchilarga bo‘linadi, u esa yot jinslarga adsorbsiyalanishi natijasida massaning yuqori qatlamiga qalqib chiqadi. Shuning uchun avtoklavdan dastlab toza suyuq oltingugurt quyib olinadi, so‘ngra esa begona qo‘shimchalar chiqariladi.

Flotatsiyalash avtoklavining unumdorligi 1 m3 hajmdagi jihoz uchun 1600 kg/s oltingugurtga to‘g‘ri keladi. Konsentratdan oltingugurtni umumiy ajratib olish darajasi 95—98% ni tashkil etadi.

Flotatsiyalash avtoklavining ishlash tartibi taxminan quyida- gicha bo‘ladi:

Bajariladigan ishlar Davomiyligi,daq.

Oltingugurtli suspenziyani suv bilan aralashtirish 10

Flotatsiyalash 5

Suyuq oltingugurtni quyib olish va chiqindilarni yo‘qotish... 15

Siklning umumiy davomiyligi 30 daqiqa, suyuq shisha sarfi 8% (eritmadagi SiO2 ning konsentratsiyasi 3 g/l) ni tashkil etadi.


Download 162,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish