2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositalari.
Iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi J.M.Keynsning “Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” (1936 yil) nomli kitobida o’z aksini topdi. J.M.Keyns o’zining kitobida davlat fiskal va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag’batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta’minlashi zarurligini isbotlaydi. Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko‟rsatmalardan bozor iqtisodiyoti amalda ustun bo’lgan barcha mamlakatlarda foydalanildi. Hozirgi davrda davlat tomonidan tartibga solishning muhim maqsadi sifatida nafaqat tsiklga qarshi tartibga solish va ish bilan bandliki ta„minlash, balki iqtisodiy o‟sishning yuqori darajasini va yaxlit takror ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish (maqbullashtirish)ni rag‟batlantirish tan olinadi. Ma„muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida lavlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi quyidagi holatlar orqali izohlanadi: Birinchidan, davlat o‟ziga milliy iqtisodiyotda bozor vositasida o‟zini-o‟zi tartibga solish orqali bajarish mumkin bo‟lmagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bo‟lmaydigan vazifalarni oladi. Ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va iste„molning xususiy tavsifi bir qator ijobiy va salbiy oqibatlarni tug‟diradi. Davlat yakka tadbirkor yoki iste„molchidan farqli, jamiyat manfaatini ifodalab, qo‟shimcha ijobiy samarani rag‟batlantirishga va aksincha salbiy samara bilan bog‟liq faoliyatni tartibga solishi va cheklashga harakat qilishi zarur. Uchinchidan, davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi shu sababli ro‟y beradiki, inividual iste„molchilar hamma vaqt u yoki bu tovarni iste„mol qilishning oqibatlarini ob„ektiv baholay olmaydi. Shu nuqtai nazardan, davlat foydali iste„molni kamaytirish va aksincha so’liqqa salbiy ta„sir ko’rsatuvchi tovarlar iste’molini cheklash vazifasini o’z zimmasiga oladi. To’rtinchidan, dvlat o’z zimmasiga bozorning tabiatian kelib chiqadiga ayrim holatlari yengillashtirish vazifasini oladi. Beshinchidan, hozirgi sharoitda barqaror izchil iqtisodiy o‟sishni rag‟batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma„lum chegaralari ham mavjud bo‟lib, ular davlatning ishlab chiqarish samaradorligiga ta„chiridan kelib chiqadi. Iqtisodiyotga davlating har qanday aralashuvi ma„lum xarajatlarni taqozo etadi. Ularga eng avvalo tartibga solishni tashkil etish va amalga oshirish bo’yicha xarajatlarni kiritish mumkin. SHuningdek, tartibga solishning u yoki bu shakli bozor muvozanati, ishlab chiqarish hajmi, resurslarning qayta taqsimlanishiga ko‟rsatish mumkin bo‟lgan ta„sirni ham hisobga olish mumkin. 90 yillardan boshlab iqtisodiyotni tartibga solishda Keynscha tendentsiyalar yangidan kuchaya boshladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tipi davlat va xususiy sektor o‟rtasidagi munosabatlarni ro‟yobga chiqarish, davlat tomonidan tartibga solishning moslashuvchanligini oshirish, to’g’ridan-to’g’ri aralashuv shakllari va byurokratik nazoratning namoyishi bilan tavsiflanadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va vazifalari Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish haqida ko‟plab iqtisodchilar turli fikrlarni bildirganlar. Ya’ni, bozorning kamchiliklari, uning ko’plab iqtisodiy muammolarni hal eta olmaslik holatini ko’rsatadilar. Bular ma’lum ma’noda to’g’ri bo’lsada, biroq, iqtisodiyotga davlat ta’sirining ob’ektiv zarurligini eng avvalo ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ob’ektiv asosi bo’lib ham milliy iqtisodiyot darajasida, ham xalqaro miqyosda ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi negizida ishlab chiqarishning umumlashuvi jarayoni xizmat qiladi. Bu jarayon quyidagilarda namoyon bo‟ladi: -chuqurlashib borayotgan ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ishlab chiqarishning ixtisoslashgan tarmoqlarining o’zaro aloqasi va o’zaro bog’liqligi yanada kuchayadi; -ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi va markazlashuvi natijasia alohida xo’jalik birliklarining mayda bo‟laklarga ajralib ketish holatlari barham topadi; -ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to’planuvi jarayoni o‟sadi; -turli iqtisodiy mintaqalar o’rtasidagiiqtisodiy aloqalar va faoliyat almashuvi jadallashadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning jamiyat a„zolarining ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishiga yo‟naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo‟yicha faoliyat tushuniladi. Iqtisodiyotni davlat tomonian tartibga solish mexanizmi to‟g‟risida to‟laroq tasavvurga ega bo‟lish uchun uning maqsadi, vazifalari va tartibga solish usullari hamda vosita yoki dastaklarini to‟laroq tavsiflash lozim. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta„minlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va xalqaro maydonda mustahkamlash va uni o‟zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi. Bunda iqtisodiy tsiklni barqarorlashtirish, milliy xo‟jaliklarning tarmoq va mintaqaviy tuzilishini takomiilashtirish, atrof-muhit holatini yaxshilash kabilarni bajarish lozim. Hozirgi sharoitda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish takror ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bir qator vaziflarni hal qilishga qaratiladi. Bular jumlasiga iqtisodiy o‟sishni rag‟batlantirish, bandlikni tartibga solish, tarmoq va mintaqamiy tuzilmalardagi ijobiy siljishlarni qo‟llab-quvvatlash, eksportni himoya qilish kabilarni kiritish mumkin. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning quyidagi vazifalarida aniq namoyon bo’ladi: 1) Bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug‟diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta„minlash; 2) Raqobatni himoya qilish; 3) Daromad va boylikni qayta taqsimlash; 4) Resurslarni qayta taqsimlash; 5) Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya„ni iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o‟sishni rag‟batlantirish. Bozor xo‟jaligi sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish xususiyatidagi tadbirlar tizimidan iborat bo‟ladi. Davlat bozor iqtisoiyotini samarali amal qilishining shart-sharoiti hisoblangan huquqiy asosni ta„minlash vazifalarini o‟z zimmasiga oladi. Buning uchun xususiy korxonalarning huquqiy mavqeini mustahkamlash; xususiy mulkchilik huquqini ta„minlash va shartnomalarga amal qilishni kafolatlash; korxonalar, resurslarni yetkazib beruvchilar va iste„molchilar o‟rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonuniy bitimlarni ishlab chiqish va boshqalar. Davlat ijtimoiy muhitni ta„minlaydi, ya„ni ichki muhitni tartibga soladi, daromadlar tengsizlikini kamaytiradi, yordamga muhtojlarga yordam beradi, iqtisodiyotda to‟liq bandlikni ta„minlash uchun umumiy sarflar, ya„ni xususiy va davlat sarflarining hajmi yetarli bo‟lmasa, davlat bir tomondan ijtimoiy ne„matlar va xizmatlarga o‟z xarajatlarini ko‟paytiradi, xususiy sektorning sarflarini rag‟batlantirish maqsadida soliqlarni qisqartiradi. 3-savol. Davlatning iqtisodiyotga ta‘sir qilish usullari va vositalari Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin: 1. Bevosita ta„sir qilish usullari; 2. Bilvosita ta„sir qilish usullari; 3. Tashqi iqtisodiy usullar. Ma„lumki, markazdan boshqarish
Do'stlaringiz bilan baham: |