O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi ’ samarqand davlat universeteti



Download 1,2 Mb.
bet69/111
Sana11.06.2022
Hajmi1,2 Mb.
#653274
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   111
Bog'liq
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT-converted

Nodiskret fiskal siyosat – davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig’ini avtomatik o’zgartirishni ko’zda tutadi. Nodiskret fiskal siyosat o’rnatilgan barqarorlashtirgichlarga asoslanadi. Rivojlangan davlatlarda o’rnatilgan barqarorlashtirgichlari rolini progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va foydada ishtirok etish tizimi o’ynaydi. Nodiskret fiskal siyosat davriy tebranishlarni yumshatish uchun hukumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi. Davriy pasayish sharoitida daromadlar pasayishi tufayli soliq stavkalari
116
pasayadi. Bu esa jami talabning oshishiga, ishlab chiqarishni kengaytirishga rag’batni yuzaga kelishiga olib keladi. Shuningdek pasayish davrida davlat transfertlari, jumladan ishsizlik nafaqasi to’lovlari miqdori oshadi. Bu holat ham jami talabni oshirib, jami taklif hajmini oshishiga ijobiy ta‘sir ko’rsatadi.
Iqtisodiy yuksalish davrida ortiqcha talab iqtisodiyotga inflyatsion ta‘sir ko’rsatayotgan sharoitda daromadlar darajasi oshishi bilan soliqlar stavkalari pasayadi va bu jami talabga cheklovchi ta‘sir ko’rsatadi. Ayni paytda davlat xarajatlari (ishsizlarga nafaqalar, davlat transfertlarining bir qancha turlar) ham pasayadi. Ammo nodiskret fiskal siyosat vositalari iqtisodiy tebranishlarni to’liq yumshatish imkonini bermaydi va u diskret fiskal siyosat yuritishni inkor etmaydi.
Iqtisodiyotning o’rnatilgan barqarorligi darajasi davriy byudjet taqchilligi va ortiqchaligi miqdorlariga bog’liq. Davriy taqchillik (ortiqchalik) iqtisodiy faollik pasayishi (oshishi) sharoitida soliq tushumlarining avtomatik kamayishi (oshishi) va davlat xarajatlarining avtomatik oshishi (kamayishi) natijasida yuzaga keladigan davlat byudjeti taqchilligi (ortiqchaligi)dir.



Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi




G,T T‘

9.2-chizma


T=Ta+tY


Byudjetning G=cont


Byudjetning davriy
davriy profisiti taqchilligi


G=Ga-γY

Y1 Y0 Y2
117



Davriy pasayish bosqichida soliqlar avtomatik pasayishi, davlat transfertlarining oshishi natijasida byudjet taqchilligi kelib chiqadi.
Davriy yuksalish bosqichida soliqlar avtomatik ko’payishi va davlat xarajatlarining kamayishi natijasida byudjet ortiqchaligi paydo bo’ladi. Davlat xarajatlari o’zgarmas bo’lgan sharoitda ham byudjet taqchilligi va ortiqchaligi mavjud bo’lishi mumkin. Davriy taqchillik va ortiqchalik miqdorlari soliq va byudjet funksiyalari grafiklarining
«tikligiga‖ bog’liq. Soliq funksiyasi T ning egilish burchagi chegaraviy soliq stavkasi t ning miqdoriga bog’liq t qancha yuqori bo’lsa T chizig’i shuncha tik bo’ladi. Davlat byudjetidan beriladigan transfertlar hajmi o’zgarishining daromadlar o’zgarishiga bog’liqligini xarakterlovchi γ koeffisent qancha kichik bo’lsa, G chizig’i ham shuncha tik bo’ladi. Demak daromad oshgani sari byudjetga soliq to’lovlari oshaveradi, byudjetdan transfert to’lovlari esa kamayadi.
Davlat xarajatlari daromadga bog’liq bo’lmagan o’zgarmas miqdor bo’lganda t qanchalik katta bo’lsa T chizig’i shuncha tik va iqtisodiyotning o’rnatilgan barqarorligi darajasi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Ammo iqtisodiy o’sishning ta‘minlash vazifasi T va G chiziqlarini yotiqroq bo’lishini taqozo etadi.
O’rnatilgan barqarorlashtirgichlar muvozanatli YaMM hajmini , uning potensial hajmi darajasi atrofida tebranishi sababini to’liq tugatmaydi va ishlab chiqarishning har qanday darajasida mavjud bo’lishi mumkin.
To’liq bandlikni ta‘minlagan diskret fiskal siyosat yuritilishi natijasida davlat byudjetining tarkibiy taqchilligi (ortiqchaligi), ya‘ni to’liq bandlik sharoitida byudjet xarajatlari (daromadlari) va daromadlari (xarajatlari) o’rtasidagi farq yuzaga keladi.
Davriy taqchillik ko’pincha davlat byudjetining haqiqiy taqchilligi va tarkibiy taqchillik farqi sifatida baholanadi.
Davlat byudjdeti kamomadini moliyalashtirish usullari:

  1. Pul-kredit emissiyasi;

  2. Davlat zayomlarini chiqarish;

  3. Davlat byudjetiga soliq tushumlarini ko’paytirish.

118
Davlat byudjeti kamomadi pul chiqarish orqali qoplanganda muomalada pul massasini ko’paytirish inflyatsiyaga olib keladi.
Inflyatsiya darajasi oshganda Oliver-Tanzi samarasi paydo bo’ladi. Ya‘ni, soliq to’lovchilar tomonidan davlatga to’laydigan soliqlar to’lovini atayin kechiktirish hollari yuzaga keladi. Bu esa davlat byudjeti kamomadi oshishiga olib keladi. Byudjet taqchilligi tufayli davlat xususiy ishlab chiqaruvchilardan tovarlar va xizmatlar sotib olsa-yu, lekin ular to’lovlarni kechiktirsa, xususiy ishlab chiqaruvchilar o’z mahsulotlari narxlarini oldindan oshirib qo’yishadi. Bu esa inflyatsiyaning oshishiga olib keladi.
Agar davlat byudjeti taqchilligi davlat zayomlarini chiqarish orqali moliyalashtirilsa, ular sotilishi natijasida pulga talab oshadi. Bu esa o’z navbatida foiz stavkasini ko’tarilishiga olib kelishi mumkin. Oqibatda investitsiya xarajatlari, sof eksport hajmi va qisman iste‘mol xarajatlari kamayadi. Pirovardida siqib chiqarish samarasi ro’y beradi va u fiskal siyosatning rag’batlantiruvchi samarasini zaiflashtirib qo’yadi.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning bu usuli noinflyasion usul hisoblansada inflyatsiya xavfini ma‘lum muddatga kechiktiradi xolos. Chunki muddati yetgan zayomlarni sotib olish bilan davlat muomaladagi pul massasini ko’paytiradi. Bu esa o’z navbatida, baholar darajasining ko’tarishiga sabab bo’ladi. Soliq tushumlarini ko’paytirish byudjet taqchilligini moliyalashtirishning uchinchi yo’li bo’lib, u uzoq muddat talab etadigan soliq islohati o’tkazilishini talab etadi. Bu islohotlar soliq bazasini kengaytirish, soliq stavkalarini kamaytirish, soliq yukini ishlab chiqaruvchilardan ko’proq mulk egalari va mulkdan foydalanuvchilar zimmasiga o’tkazish orqali soliqlar tushumini ko’paytirishni ko’zda tutadi.
Byudjet ortiqchaligini kamaytirish usullariga muomaladagi pul mablag’larini olib qo’yish va davlat qarzlarini to’lash kiradi.
Davlat qarzlarini to’lash nominal daromadlar va muomaladagi pul massasini oshirib, baholar darajasining yanada oshishiga olib kelishi mumkin. Shu tufayli byudjetdagi ortiqcha mablag’larni muzlatib qo’yish byudjet kamomadini pasaytirishning nisbatan noinflyasion usulidir.
119

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish