O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi ’ samarqand davlat universeteti


Valyuta bozori va valyuta kursini belgilovchi omillar Valyuta



Download 1,2 Mb.
bet108/111
Sana11.06.2022
Hajmi1,2 Mb.
#653274
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111
Bog'liq
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT-converted

Valyuta bozori va valyuta kursini belgilovchi omillar Valyuta bozori - bu valyuta operatsiyalari amalga oshiriladigan

bozor, ya'ni ma'lum bir nominal kurs bo’yicha bir mamlakat valyutasini
boshqa mamlakat valyutasiga almashtirish.
207
Valyuta kursi - bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlarning pul birliklarida ifodalangan narxi; ularning xarid qobiliyati va boshqa bir qator omillar (to’lov balansining holati, inflyatsiya darajasi, qisqa muddatli kapitalning davlatlararo migratsiyasi) bilan belgilanadigan turli mamlakatlarning pul birliklari o’rtasidagi nisbat.
Valyuta kursini o’rnatish kotirovkalash deb ataladi. U to’g’ri va teskari kotirovkalashga ajratiladi. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada ko’rsatilsa, bunga to’g’ri kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 1 AQSh dollari 1600 so’mga teng. Teskari kotirovkalashda milliy valyutaning bir birligiga to’g’ri keladigan xorijiy valyutaning miqdori o’rnatiladi.
Dunyoning ko’p mamlakatlarida, shu jumladan, O’zbekistonda ham to’g’ri kotirovkalash qabul qilingan.
Turli pul birliklari uchun valyuta kurslarini o’rnatish jarayonida bozor kuchlarining ta‘sir etish darajasi bir xil emas. Bu ta‘sir kuchiga bog’liq holda valyuta kurslarini qabul qilishning bir-biridan farq qiluvchi ikki varianti mavjud.

  1. Talab va taklifga asosan aniqlanadigan egiluvchan yoki erkin suzib yuruvchi valyuta kursi tizimi.

  2. Davlat aralashuvi asosida aniqlanadigan qat‘iy belgilangan valyuta kursi tizimi.

Erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari talab va taklif asosida aniqlanadi. Masalan, bir o’zbek so’mining AQSh dollariga almashishini qarab chiqamiz. Milliy valyuta kursining pasayishi natijasida dollarga talab kamayadi va taklif esa oshadi.
Qayd etilgan valyuta kursi – bu, xorijiy valyutada ifodalangan, davlat tomonidan rasmiy o’rnatilgan milliy pul birligining bahosi bo’lib, unga valyuta bozorida talab va taklifning o’zgarishi bevosita ta‘sir qilmaydi.
Qayd qilingan valyuta kursi tizimi tarafdorlari ta‘kidlaydilarki, undan foydalanish xalqaro savdo va moliya bilan bog’liq bo’lgan tahlika va noaniqlikni kamaytiradi. Qayd qilingan valyuta kurslarini qo’llash o’zaro foydali savdo va moliyaviy operasiyalar hajmini kengaytirishga
208
olib keladi. Ammo, qayd qilingan valyuta kurslari tizimining hayotga layoqatliligi o’zaro aloqalar jarayondagi ikki sharoitga bog’liq:

  • zahiralarning mavjudligi;

  • o’z hajmi bo’yicha sezilarsiz kamyoblik yoki to’lov balansi aktivlarining tasodifiy vujudga kelishi. Katta va doimiy kamyobliklar mamlakat zahiralarini yo’qqa chiqarishi mumkin.

Valyuta kurslarining o’zgarishiga bir qator omillar ta‘sir ko’rsatadi. Ularni qisqacha qarab chiqamiz:

  1. Iste‘molchilar didining boshqa mamlakat buyumlariga nisbatan o’zgarishi.

  2. Turli mamlakatlarda daromadlardagi nisbiy o’zgarishlar..

  3. Bahodagi nisbiy o’zgarishlar.

  4. Nisbiy real foiz stavkalari.

  5. Spekulyasiya.

Nominal valyuta kursi valyutalarning almashinuv kursi deyiladi.
Yuqorida biz aynan nominal valyuta kursi haqida fikr yuritdik.
Real valyuta kursi ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy bahosidir.
Real valyuta kursi bir mamlakat tovarlari boshqa mamlakat tovarlariga almashishi mumkin bo’lgan nisbatni ko’rsatadi, shu tufayli u savdo sharoiti ham deb yuritiladi.
Nominal va real valyuta kurslari o’rtasidagi nisbat quyidagi ko’rinishga ega.

Pd
Yr = Yn ——


Pt
Bu yerda : Yr – real valyuta kursi; Yn - nominal valyuta kursi ;
Rd – milliy valyutada ko’rsatilgan ichki baholar darajasi (indeksi);
Rt – xorijiy valyutada ko’rsatilgan chet eldagi baholar darajasi (indeksi).
209
Har ikkala mamlakatdagi baholar darajasi (indeksi) bir xil bazis yilga nisbatan berilgan. Real valyuta kursining ko’tarilishi (pasayishi) bu mamlakat tovarlari raqobatbardoshligining pasayganligi (oshganligi) to’g’risida guvohlik beradi.
Xarid qobilyati pariteti konsepsiyasi narxlarning tenglashuvi nazariyasiga asoslanadi. Ya‘ni, bir xil tovar turli joylarda har xil narxlarda sotilishi uzoq davom etmaydi. Xarid qobiliyati pariteti konsepsiyasiga ko’ra valyuta kursi doimo turli mamlakatlarda baholar darajasining o’zgarishi natijasida kelib chiqadigan farqni qoplash uchun zarur bo’lgan darajada o’zgaradi. Ya‘ni:
Pd
r = ——
Pt
Bu yerda: r — xorijiy valyutaning milliy valyutadagi bahosi; Pd — ichki baholar darajasi;
Pt — chet eldagi baholar darajasi.
Valyuta kurslarining oshishi mamlakatlar eksport imkoniyatlarini yomonlashtiradi. Valyuta kurslarining beqarorligi tashqi iqtisodiy aloqalarga salbiy ta‘sir ko’rsatadi. Uning tebranishi xalqaro bitimlarda noaniqlik va tahlika darajasini ko’paytiradi. Shu sababli valyuta kursi ham mamlakat ichida va xalqaro munosabatlarda tartibga solishning muhim obyekti hisoblanadi.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish