15.4-jadval 2020 yil yanvar-aprel eksport-import tarkibi (МSТК-2008)
SSТ 008
|
Nomi
|
EKSPORT
|
IMPORT
|
mln.dol l
|
o’sish sur‘atla
ri,% da
|
ulushi,
% da
|
mln.dol l
|
o’sish sur‘atlar
i,% da
|
ulushi,
% da
|
|
JAMI
|
4 416,9
|
89,4
|
100,0
|
6 406,3
|
89,2
|
100,0
|
1
|
Oziq-ovqat
mahsulotlari
|
275,4
|
75,9
|
6,2
|
481,0
|
91,3
|
7,5
|
1
|
Ichimlik va tamaki
|
9,6
|
147,6
|
0,2
|
11,9
|
80,4
|
0,2
|
2
|
Noiste‘mol xomashyo,
yoqilg’idan tashqari
|
188,2
|
69,8
|
4,3
|
332,3
|
100,5
|
5,2
|
3
|
Mineral yoqilg’i,
yog’lash moylari
|
352,4
|
53,6
|
8,0
|
365,5
|
125,1
|
5,7
|
4
|
Hayvon va o’simliklar moylari yog’lar va
mumlar
|
5,8
|
160,9
|
0,1
|
80,2
|
81,4
|
1,3
|
5
|
Kimyoviy vositalar va
|
251,9
|
90,7
|
5,7
|
848,2
|
106,6
|
13,2
|
199
|
mahsulotlar
|
|
|
|
|
|
|
6
|
Material turiga qarab
klassifikasiyalangan sanoat tovarlari
|
753,8
|
83,7
|
17,1
|
1 055,3
|
84,2
|
16,5
|
7
|
Mashinalar va transport
asbob uskunalari
|
105,1
|
99,6
|
2,4
|
2 327,4
|
84,1
|
36,3
|
8
|
Turli xil buyimlar
|
159,8
|
121,3
|
3,6
|
365,9
|
87,0
|
5,7
|
|
Boshqa tovarlar
|
1 565,5
|
124,8
|
35,4
|
16,9
|
103,7
|
0,3
|
9
|
Xizmatlar
|
749,3
|
77,2
|
17,0
|
521,7
|
78,8
|
8,1
|
O’z-o’zini tekshirish va muhokama uchun savollar
Importga tariflarning kiritilishidan iqtisodiy natijalariga izoh bering.
Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalarning importga tariflardan afzalligi va kamchiliklari nimada ?
Import kvotalarini kiritilishining iqtisodiy oqibatlari nimalarda ko’rinadi?
Eksportni ixtiyoriy cheklash qachon qo’llaniladi, va uning oqibatlari qanday?
Savdoni cheklash tadbirlarining makroiqtisodiy ko’rsatkichlarga ta‘siriga izoh bering.
6 O’zbekiston Respublikasi tashqi savddo siyosatining maqsadlarini aytib bering.
7.Keyingi yillarda respublikamiz tashqi savdosi tarkibida ro’y bergan o’zgarishlarga izoh bering.
200
XVI BOB. TO’LOV BALANSI VA VALYUTA BOZORI
16.1. To’lov balansi: tushunchasi, tuzilishi, tayyorlash
tamoyillari
To„lov balansi — ma‘lum davr mobaynida mamlakat rezidentlari va tashqi dunyo o’rtasida bo’ladigan bitimlar statistik qayd qilingan hujjatdir. U mamlakatning iqtisodiy aloqalarini aniq-lo’nda ifodalab pul- kredit, valyuta, byudjet-soliq, xalqaro savdo siyosatining hamda davlat qarzini boshqarish yo’nalishlarini tanlash uchun indikator vazifasini bajaradi.
Mamlakatning ma‘lum vaqtdagi barcha xalqaro iqtisodiy faoliyati, shu jumladan, tashqi savdo, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi ham to’lov balansida o’z aksini topadi. Har qanday tashqi iqtisodiy bitim valyuta ayirboshlash va valyuta operasiyalari orqali amalga oshiriladi. Demak, mamlakatning jahon bozoridagi faoliyati natijalari pirovardida xorijiy valyuta tushumlari va xarajatlarida ifodalanadi. Shuning uchun ham to’lov balansini bir tomondan, chetdan keladigan barcha tushumlar, ikkinchi tomondan esa, chetga chiqariladigan barcha to’lovlar ko’rsatilgan hujjatdir deb qarash mumkin. Tushumlarning to’lovlardan oshib ketishi to’lov balansining aktiv balansi (profisiti) tashkil etadi va to’lovlarning tushumlardan oshib ketishi to’lov balansining passiv balansi (defisiti) hisoblanadi.
To’lov balansida barcha iqtisodiy bitimlar ikkita katta guruhga bo’linadi: joriy operasiyalar va kapital harakati bilan bog’liq operasiyalar. Shunga ko’ra to’lov balansi struktarasi ham ikki qismdan iborat:
Joriy operasiyalar hisobi;
Kapital harakati hisobi.
Joriy operasiyalar hisobida mahsulotlar va xizmatlar eksporti
―plyus‖, import esa ―minus‖ ishoralari bilan belgilanadi. Ya‘ni, joriy operasiyalar hisobida ichki mahsulotlar eksporti kredit, aksincha mamlakatga mahsulotlar olib kelish - import esa debet sifatida ko’rsatiladi. Chunki, mahsulotlar eksporti xorijiy valyuta ishlab topib, mamlakat valyuta zahirasini boyitsa, import esa mamlakatdan valyuta
201
chiqib ketishiga olib keladi. Bu esa o’z navbatida mamlakat valyuta zahirasini kamaytiradi.
Joriy operasiyalarning asosiy moddasi tovarlar eksporti va importi hisoblanadi, ularning farqi tashqi savdo balansining qoldig’i deb yuritiladi.
Joriy operasiyalarning keyingi moddasi – bu, xizmatlar (transport, sug„urta, sayyohlik xizmatlari va boshqalar) eksporti va importidir. Misolimizda tovarlar bilan bo’lgan operasiyalardagi kabi xizmatlar bilan bo’lgan operasiyalarda ham mamlakat xorijiy xizmatlarni ko’proq oladi ya‘ni, masalan, mamlakatda yashovchilar xorijga chetdan mamlakatga keladigan sayyohlarga nisbatan ko’proq boradilar, shuningdek, mamlakatdagi tadbirkorlarga xorijiy transport va sug’urta xizmatlarini ko’rsatish hajmi xorijiy tadbirkorlarga mamlakatda trasport va sug’urta kompaniyalari ko’rsatadigan xizmatlar hajmiga qaraganda yuqoriroq va h.k.
Investitsiyalardan daromadlar, foizlar va dividendlar bo’yicha to’lovlarni o’z ichiga oladi. Agar xorijga qo’yilgan milliy kapital uchun chet to’lovlari bo’yicha tushumlar mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy kapital uchun to’lanadigan to’lovlar miqdoridan ko’p bo’lsa, unda sof daromad musbat bo’ladi .
Transfert ko’rinishida pul o’tkazishlar shu mamlakatlarning xorijda yashayotgan fuqarolariga to’lanidagan nafaqalarni, muhojirlarning xorijdagi o’z qarindoshlariga pul o’tkazmalari, turli ko’rinishdagi hukumat yordamlarini o’z ichiga oladi. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, xorijga jo’natilayotgan pul o’tkazishlar miqdori olinayotganiga nisbatan yuqori, ya‘ni, operasiyalar mamlakatdagi xorijiy valyuta zahiralarini kamaytiradi.
Makroiqtisodiy modellarda joriy operasiyalar balansi qoldig’i quyidagicha beriladi:
X – M = Xn = Y-(S+I+G); bu yerda: X - eksport; M - import; Xn - sof eksport;
S + I + G -YaIMning bir qismi (absorbsiya)
Joriy operasiyalar balansida kamomad bo’lgan sharoitda, mamlakatning eksportdan olgan daromadlari importga qilgan
202
xarajatlaridan kam bo’ladi va uni tashqaridan qarz olish hisobiga yoki mavjud aktivlarning bir qismini xorijiy investorlarga sotish orqali qoplashi mumkin. Bu operasiyalar sof xorijiy aktivlarning kamayishiga olib keladi.
Investitsiyalash va kreditlash bilan bog’liq operasiyalar to’lov balansining keyingi bo’limida, ya‘ni, kapitallar harakati hisobida aks ettiriladi.
Mamlakatda ma‘lum bir vaqtda moddiy va moliyaviy aktivlarini sotib olish va sotish bilan bog’liq operasiyalariga kapital harakati hisobi deyiladi. Kapital harakati hisobi balansida korxonalar, yer, uy-joylar, qimmatbaho qog’ozlar, aksiyalar, xazina majburiyatlari va boshqa aktivlarni olish-sotish bilan bog’liq kapitallar oqimi aks ettiriladi.
Kapital xarajatlari hisobida aktivlar bo’yicha barcha xalqaro operasiyalar ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |