15.1-chizma.
Import tariflari kiritilishi natijalari
P
Sd
Pe e
Pd Ichki narx (tarif bilan birga)
b
Pw a c d t Jahon narxi
Dd
Tariflar joriy qilingandan keyingi import
0 Qs Q‘s Q‘d Qd
Tariflar joriy qilingunga qadar bo‘lgan import
193
Oqibatda iste‘molchilar ma‘lum bir yo’qotishlarga duch keladilar.
Bu yo’qotishlar grafikda a, b, c, d sohalar bilan ko’rsatilgan.
Baholarning ko’tarilishi ilgari raqobatbardosh bo’lmagan ayrim ichki ishlab chiqaruvchilar uchun ham foyda ko’rib ishlashga imkon beradi. Umuman shu sohada band milliy ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish hajmini Qs dan Q‘s ga qadar oshiradi va Qd-Q‘d hajmdagi mahsulot Pd bahoda sotiladi. Shu hajmdagi mahsulotni iste‘molchilar oshirilgan narxda sotib oladilar va a sohaga teng yo’qotishga duch keladilar. Ammo, bu yo’qotish ichki ishlab chiqaruvchilarning o’sgan foydasiga aylanadi.
Tarif kiritilishi oqibatida iste‘molchilar talabi arzon import tovaridan qimmat ichki tovarga yo’naltiriladi. Iste‘molchilarning o’sgan to’lovlari yuqori chegaraviy xarajatga ega, raqobatbardosh bo’lmagan samarasiz ichki ishlab chiqarishni kengayishiga olib keladi. Iste‘molchilarning bu yo’qotish v sohasi bilan belgilangan bo’lib tarifning «ishlab chiqarish samarasi‘ deyiladi va hech kimning foydasi bilan qoplanmaydi.
Iste‘molchilarning yo’qotishlari
|
Ishlab
chiqaruvchilar foydasi
|
Davlat daromadi
|
Jamiyatning sof yo’qotishi
|
a + b+ c + d --
|
a --
|
s =
|
b + a
|
Bojxona tariflarini kirtishni yoqlovchi mutaxassislar fikriga ko’ra import tariflari:
mamlakatda bandlilik darajasi o’sishini ta‘minlaydi va yalpi talabni rag’batlantiradi, importning nisbatan cheklanishi natijasida sof eksport o’sadi va joriy operasiyalar bo’yicha to’lov balansi holati yaxshilanadi;
milliy iqtisodiyotdagi yangi tarmoqlarni himoya qilish uchun zarur;
davlat byudjeti daromadlarini to’ldirish manbai bo’lib xizmat qiladi;
194
milliy ishlab chiqaruvchilarni demping ko’rinishidagi chet el raqobatidan himoya qiladi;
iqtisodiyot tuzilishini qayta qurishni boshqarish vositasi hisoblanadi va ular yordamida mamlakat iqtisodiyotidagi ilg’or siljishlar rag’batlantiriladi va h.k.
Bojxona bojlarini joriy qilishni qo’llovchi fikrlarga aksincha bo’lgan mulohazalar ham mavjud. Chunki sanab o’tilgan natijalarga boshqa usullar bilan kamroq yo’qotishlar hisobiga ham erishsa bo’ladi degan fikrlar ham qaysidir darajada asoslidir.
Birinchidan, import tariflari iste‘molchilar turmush darajasining pasayishiga olib keladi.
Ikkinchidan, import tariflari kiritilishi oqibatida ular vositasida himoya qilinayotgan tarmoqlarda resurslar samarasiz sarflanadi.
Uchinchidan, tariflarni kiritish va ular stavkasini belgilash masalasida mamlakat imkoniyatlari xalqaro bitimlar bilan cheklangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |