Kumulyativ usul
Bu usulda amortizatsiyani hisoblash. Kumulyativ usul (yillar yig'indisi usuli)da har yilgi amortizatsiya me'yori amortizatsiya muddati yakuniga qadar qolgan amortizatsiyalanayotgan qiymatning bo'lagi sifatida belgilanadi. Bo'lak amortizatsiya hisobining tugagunicha qolgan to'liq yillar yig'indisini amortizatsiya muddatini belgilaydigan yillaring tartib soniga bo'lib aniqlanadi. 5 yil foydalanish muddatiga mo'ljallangan asosiy vositalar uchun yillik raqamlar yig'indisi quyidagicha bo'ladi:
5+4+3+2+ 1=15 yil.
Kumulyativ usulda amortizatsiyani hisoblash jadvali :
. 5 yil foydalanish muddatiga mo'ljallangan asosiy vositalar uchun yillik raqamlar yig'indisi quyidagicha bo'ladi:
5+4+3+2+ 1=15 yil.
Yillar
|
Balans qiymati
|
Yillik amortizatsiya summasi
|
Jamgʻarilgan amortizatsiya
|
Qoldiq qiymat
|
1- yil
|
50000
|
(5/15*48000)=16000
|
16000
|
34000
|
2-yil
|
50000
|
(4/15*48000)=12800
|
28800
|
21200
|
3-yil
|
50000
|
(3/15*48000)=9600
|
38400
|
11600
|
4-yil
|
50000
|
(2/15*48000)=6400
|
44800
|
5200
|
5-yil
|
50000
|
(1/15*48000)=3200
|
48000
|
2000
|
Amortizatsiya hisoblashning oxirgi usulida asosiy vositalardan foydalanish muddatining boshida hisoblangan amortizatsiya ajratmalari obyekt xizmat muddatining oxirida hisoblangan amortizatsiya qiymatidan ortiq bo'ladi. Ushbu usul ishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalami hisoblash uchun qo'llaniladi. Chunki mazkur vositalardan foydalanishning birinchi yillarida samaraliroq foydalaniladi va ta'mirlashga xarajatlar unchalik ko'p bo'lmaydi. Keyingi yillarda amortizatsiya xarajatlari kamayadi, ta'mirlash xarajatlari esa odatda oshib boradi.
Kamayib boruvchi qoldiq usuli bo'yicha, muntazam hisoblab yozilayotgan summalar foydali ishlatish muddati davomida karnayadi.
Jadallashtirilgan (tezkor) usullar. Qoldiqli kamayish hanfda kumulyativ usullar tezkor usullar bo'lib hisoblanadi. Tezkor usullar mohiyati shundaki, asosiy vositalardan foydalana boshlaganda hisoblangan amortizatsiya summasi obyekt xizmat muddatining yakunida hisoblangan amortizatsiya summasidan ancha yuqori bo'ladi. Ishlab chiqarishga mo'ljallangan asosiy vositalarning ko'pgina turlari foydalanishning dastlabki yillarida ancha samarali xizmat qilishi hamda yuqori ishlab chiqarish xususiyatiga egaligidan kelib chiqib, bu usuldan foydalaniladi. Bu esa, agar ularning foydaliligi va ishlab chiqarish xususiyati keyingi yillarda ancha yuqori bo'lsa, u holda asosiy vositalardan foydalana boshlaganda eskirishning katta qismini hisobdan chiqarish amalga oshiriladigan muvofiqlik qoidasiga javob beradi. Tezkor usullar, xususan, texnologiyalar takomillashtirilishi tufayli ko'p turdagi uskunalar o'z qiymatini yo'qotishi (ma'naviy eskirishi) bilan ham tushuntiriladi. Shunday qilib, eskirishning katta summasini kelgusida emas, balki joriy hisobot davrida hisobdan chiqarish to'g'riroq bo'ladi. Yangi kashfiyotlar va materiallar ilgari xarid qilingan uskunaning ma'naviy eskirishiga olib keladi va uni jismoniy eskirishdan ancha oldinroq almashtirish zaruratini yuzaga keltiradi. Tezkor usullaming yana bir afzalligi shundaki, ta'mirlash bo'yicha xarajatlar, odatda, obyektdan foydalanish muddatining boshidagiga nisbatan oxirida ko'proq bo'lishi hisoblanadi. Bu esa ta'mirIash xarajatlarining umumiy summasi va amortizatsiya ajratmalari bir necha yiIIar davornida amaIda doirniy bo'lib qolishiga olib keladi. Natijada, asosiy vositalar obyektlarining foydaliIigi ko'p yiIIar davomida bir xiIIigicha qoladi. Ikkala tezkor usulda ham dastlabki yiIIarda hisoblangan amortizatsiya summaIari ancha yuqori bo'ladi, bajarilgan ishlar hajrniga proporsional ravishda eskirish summasini hisoblash usuIi esa amortizatsiya hajmining yildan yilga keskin o'zgarib turishi tufayIi amortizatsiya o'zgarishining aniq tamoyiIi haqida tasavvur bera olmaydi. Har yiIi amortizatsiyaning keskin o'zgarishi asosiy vositalaming qoldiq qiymatida ham o'z aksini topadi. To' g'ri chiziqli usulda esa qoldiq qiymat miqdori tezkor usullardagi qoldiq qiymatga nisbatan har doim ancha yuqori bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |