2.1. Asosiy vositalarning eskirish ob'ektlari.
Quyidagi asosiy vositalarga arnortizatsiya hisoblanmaydi:
-yer;
- mahsuldor hayvonlar, buqa va ho'kizlar;
- kutubxona fondi; -budjet tashkilotlari, shu jumladan, ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va texnologik tashkilotlarning vositalari;
- belgilangan tartibda konservatsiyaga o'tkazilgan asosiy vositalar;
- to'liq arnortizatsiyalangan asosiy vositalar.
Uzoq muddatga ijaraga olingan asosiy vositalar bo'yicha arnortizatsiya ajratmalarini ijaraga oluvchi o'tkazadi. Qisqa muddatli ijarada esa arnortizatsiya ajratmalarini ijaraga beruvchi hisoblaydi.
Amortizatsiyalanuvchi qiymat muntazarn ravishda asosiy vositani foydali ishlatishning butun davriga taqsimlanadi.
Asosiy vositalalar qiymati amortizatsiyani xisoblash yoʻli bilan soʻndiriladi. Amortizatsiyalanadigan qiymat butun foydali xizmat muddati mobaynida subʼekt xarajatlariga amortizatsiya ajratmalari koʻrinkshida muntazam taqsimlanadi.
Asosiy vositalar obʼekti boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini xisoblash mazkur obyekt asosiyvositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning dastlabki sanasidan boshlanadi hamda mazkur obʼektning amortizatsiyalanadigan qiymat toʻliq soʻndirilgunga qadaryoxud bu obyekti balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi.
Asossiy vositalar obyekti boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati toʻliq soʻndirilgan yoki bu obyekt balansdan, xisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning dastlabki sanasida toʻxtatiladi.
Asosiy vositalar obyektini foydali ishlatish muddati davomida amortizatsiya ajratmalarini hisoblash toʻxtatilmaydi ,uni qonun xujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga oʻtkazish , shuningdek uni butkul toʻxtatish sharti bilan obyektni qurib bitkazish , qoʻshimcha jixozlash,rekonstruksiya qilish , zamonaviylashtirish texnik qayta qurollantirish holatlari bundan mustasno.
Asosiy vositalar obyektlari boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash davridagi korxona faoliyati natijalaridan qatʼi nazar amalga oshiriladi va u daxldor boʻlgan hisobot davridagi buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Asosiy vositalar obyektlari boʻyicha hisoblangan amortizatsiya summalari buxgalteriya hisobida tegishli summalarni alohida hisobvaroqda jamlash yoʻli bilan aks ettiriladi.
Xisobot yili davomida asosiy vositalar obyekti boʻyicha amortizatsiya ajratmalari qoʻllaniladigan hisoblash usulidan qatʼi nazar (amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usulidan tashqari), yillik summaning 1/12 miqdorida har oyda hisoblanadi.
Mavsumiy tusdagi ishlab chiqarish korxonalarida foydalanilanadigan asosiy vositalar boʻyicha amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi xisobot yilida korxona tomonidan asosiy vositalardan foydalanish davri mobaynida teng maromda xisoblanadi.
Asosiy vositalarning har xil turlariga (guruxlariga) nisbatan amortizatsiyani hisoblashning turli usullari qoʻllaniladi. Bunda bir turdagi asosiy vositalar obyektlari boʻyicha (markasi, turi va boshqalar boʻyicha ) faqat bitta usul qoʻllaniladi.
Qoʻllaniladigan amortizatsiyani hisoblash usuli korxonaning hisob siyosatida majburiy tartibda aks ettiriladi. Korxonlar kalendar yili davomida hisob siyosatini oʻzgartirmasligi kerak. OʻzRes MV tomonidan 1998 yil 26 modda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan OʻZRes Buxgalteriya hisobining milliy standarti (1-son BXMS) "Xisob siyosati va moliyaviy hisobot" ning (roʻyxat raqami 474, 1998 yil 14 avgust. Meyoriy xujjatlar axborotnomasi, 1999 yil, 5-son) 56-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Agar asosiy vositalardan foydalanishdan kutilayotgan iqtisofiy foyda sezilarli darajada oʻzgarish yuz beradiganboʻlsa, amortizatsiyani hisoblash usulida oʻzagrayotgan tamoyilni aks ettirish uchun shunday oʻzgartirilishi kerakki, toki yuzaga kelgan vaziyat amortizatsiya usulining oʻzgartirilishini oqlasin. Bunday oʻzgartirish hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. Bunda moliyaviy hisobotga tushuntirish xatiga mazkur oʻzgartisrish sabablari va ularning iqtisodiy samarasi ochib berilishi kerak.
Asosiy vositalarning foydali xizmat muddati asosiy vositalar xolatini yaxshilaydigan va demak xizmat muddatini uzaytiradigan ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olgan holda, shuningdek bu muddatni qisqartiradigan texnologik oʻzgarishlarni hisobga olib, korxona tomondan qaytadan koʻrib chiqilishi mumkin.
Tugatish qiymati asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatini hisob-kitob muxim tarkibiy omil hisoblanadi. Tugatish qiymati muxim boʻlmagan xolatda u amortizatsiyalanadigan qiymatini hisoblab chiqarishda hisobga olinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |