O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus


Yetuklik davrining ikkinchi boskichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/226
Sana22.01.2022
Hajmi3,21 Mb.
#401088
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   226
Bog'liq
umumiy psixologiya

Yetuklik davrining ikkinchi boskichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari
 
Yetuklik  davri  36-55  (60)  yoshlardagi  erkak  va  ayollarni  o‘z  ichiga  oladi.  Mazkur  davrda 
ijodiy  faoliyatni  qaytadan  baxolashda  o‘z  ifodasini  topuvchi  yangi  xislat  namoyon  bo‘ladi.  Ular  shu 
kungacha  mexnat  faoliyatida  miqdor  ketidan  quvib  yurgan  bo‘lsalar,  endi  mexnat  maxsulining  sifati 
ustida  bosh  qoidaga  boshlaydilar.  Oilaviy  turmushga,  ijtimoiy  xayotga,  yashashning  maqsadiga,  inson 
qadr-qimmatiga, tevarak-atrofga, o‘zlariga va boshqa odamlarga yangi mezon bilan qaray boshlaydilar. 
U  turmushning ikir-chikirlari, ijtimoiy xodisalarga vazmin, sabr-toqat bilan xayot tajribasiga suyangan 
xolda munosabatda bo‘ladilar, xar bir narsaning nozik tomoni yoki yomon oqibati xaqida o‘z fikrlarini 
bildiradilar. Xayotda qo‘ldan boy bergan imkoniyatlari, xato  va kamchiliklari  ularda  yetti  o‘lchab, bir 
kes kabilida ish tutish tuyg‘usini vujudga keltiradi. Shuning uchun ular umrning biror daqiqasi bexuda 
o‘tishiga  achinadilar,  yoshlik  yillarida  yo‘qotganlarini  aql-zakovat,  donishmanddik  bilan  to‘ldirishga 
intiladilar. 
Yetuklik davrining ikkinchi bosqichida qarilik alomatlari ko‘proq o‘rin egallay boradi, uning 
boshlanish  nuqtasi  45-50  yoshlardir.  Lekin  odamlarning  o‘ziga  xos  xususiyatlariga  ko‘ra,  bu  chegara 
turlicha, masalan, bu bir kishida 60 yoshda, boshqa birida esa 70 yoshda bo‘lishi mumkin. Shu sababli 
yosh  davrining  chegaralari  faqat  shartli  belgilanadi  Leu  omil  odamlar  yashayotgan  oila  muxitiga, 
tarixiy-ijtimoiy shart-sharoitga, jug‘rofiy iqlim va xokazolarga xam bog‘liqdir. Mazkur  yosh davrining 
o‘zgaruvchanligini  insonning  biologik,  ijtimoiy  va  tarbiyaviy  omillari  (irsiy  alomat,  ijtimoiy  muxit, 
uzlo‘qsiz tarbiyaviy ta’sir) belgilaydi. 
Y.N.Kulyutkin  bir  xil  yosh  davridagi  odamlarda  xar  xil  jarayonlar,  xolatlar,  xossalar, 
xususiyatlarning  o‘sishi,  o‘zgarishi  baravar  emas,  balki  ularning  birovda  oldin  xotira,  keyin  tafakkur, 
boshqa  birovda,  aksincha,  rivojlanishini,  bir  psixik  jarayonning  zaiflashuvi,  ikkinchisining  jadal  sur’at 
bilan ustirishini o‘qtiradi. 
Shaxsning o‘z ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilishi faoliyatning barcha turlarida 
ma’naviy  va  ruxiy  jixatdan  o‘zini  anglashini  yanada  takomillashtiradi.  Yetuklik  davridagi  erkak  va 
ayollarning  o‘zligini  anglashdagi  "Men"  uch  xil  ko‘rinishda  ifodalanadi:  "Men"  ko‘pincha  "Men  — 
obraz" shaklida o‘zi tomonidan ttalqin qilinadi. Shaxsning "Men — obrazi": 1) retrospektiv "Men"dan 
iborat bo‘lib, o‘tmishdagi o‘zligini aks etiradi; 2) aktual "Men" sifatida tasavvur etilib, o‘zining xozirgi 
davrini ifodalaydi; 3) ideal "Men" obrazi esa yaqin kelajakda o‘zining qanday tasavvur qilish tuyg‘usi 
bilan  bog‘lik  xolda  yaratiladi.  Shuning  uchun  o‘z  imkoniyatlarini  xayotda  to‘la  safarbar  qilish  istagi 
ijtimoiy  turmushning  barcha  jabxalarida  o‘zining  o‘tmish  obrazini  xozirgisi  bilan  solishtirib,  shaxsiy 
ideal  modelini  vujudga  keltiradi,  shaxs  mazkur  modelga  asoslanib,  turmush  rejalarini,  xatti-xarakat 
maqsadini,  usul  va  vositalarini  tanlay  boshlaydi.  Insonning  o‘tmishidan  xozirgi  kunga,  xozirgi  kundan 
kelajakka intilishi o‘zini anglashning bosh mezoni xisoblanadi. O‘zligini anglashning boshqa mezonlari 
xam  mavjud  bo‘lib,  ular  o‘zini  o‘zi  baxolash,  nazorat  qilish,  tekshirish,  ko‘lga  olish,  o‘ziga  buyruq 
berish kabilarda aks etadi. O‘zini anglash ko‘pincha, o‘ziga boshqa kishilar: a)  tengdoshlari; v) o‘zidan 
kichik odamlar nuqtai nazaridan qarashda ko‘rinadi. 
U  mazkur  yosh  davridagi  odamlarning  ko‘rish  maydonini  o‘rgangan  L.N.Kuleshova  va 
M.D.Aleksandrova  36-50  yoshli  erkaklarda  ko‘rish  chegarasi  quyidagicha  ekanini  aniqlaganlar: 
normadan  ortiq  4  foiz,  normada  53  foiz,  qolganlari  normadan  kam.  Y.N.Kulyutkin  36-40  yoshli 
sinaluvchilarda  diqqat,  xotira,  tafakkurning  0-130  gacha  shkalada  94,8;  93,7;  99,0  birliklarga  ega 
ekanligini  isbotlab  berdi.  B.G.Ananev  esa  mazkur  yoshdagilarda  shaklni  idrok  qilishni  binokulyar  va 
monokulyar yo‘llarida muayyan darajada tafovutlar yuzaga kelishini aytadi. 
Qator olimlar (Klapared, Mayls, Bellis, Filip) mazkur yoshdagilarning tovush va yoruishkdan 
ta’sirlanish  vaqti  o‘zgarishini  o‘rganganlar.  Olingan  ma’lumotlar  amaliy  axamiyatga  ega  bo‘lib,  o‘z 
qimmatini xozirgacha  saqlab  kelmoqda.  Fulds,  Raven,  Pako  kabi  tadqiqotchilar  intellektning  mantiqiy 
qobiliyatini  tekshirib,  30  yoshda  96,  40  yoshda  87,  50  yoshda  80,  60  yoshda  esa  75  foiz  bo‘lishini 


51 
 
aniqlaganlar.  Ularning  ijtimoiy  faoliyatga  kirish  xususiyatini  faollik  nuqtai  nazaridan  o‘rgangan 
V.SHevchuk 35 yoshdagi odamlarning 6,2 foizi bu faoliyatda qatnashish istagini bildirsa, 40 yoshda 2,2 
foizi qatnashishni xoxdaydi, 2,8 foizi esa undan chiqishga qaror qiladi. Bu xolat shu tarzda davom etadi. 
Z.F.Yesareva oliy maktab o‘qituvchilarining ijodiy faoliyati xususiyatlarini o‘rganib, doktorlik 
ishlarini yoqlashni matematiklar 33, psixologlar 46, filologlar 46, tarixchilar 47, fiziklar 37, biologlar 40 
yoshda amalga oshirishini aniqlagan. 
Umuman,  Yetuklik  davrining  ikkinchi  bosqichiga  mansub  kishilar  bir  tomondan,  butun 
imkoniyatini  mexnat  va  ijtimoiy  faoliyatlarga  bag‘ishlagani  bilan,  ikkinchi  tomondan,  ijtimoiy 
faolliklari susayib borishi bilan farqdanadi. Chunki insonning keksayishi xam quvonchli, xam o‘kinchli 
damlarga,  kechinmalarga,  xis-tuyg‘ularga  serobligi  bilan  boshqa  yosh  davridagi  odamlardan  ajralib 
turadi.  Xotirjam  dam  olish  istagi  bilan  ijtimoiy  faoliyatdan  uzoqdashish  tuyg‘usi  o‘rtasida  inqiroz 
vujudga  keladi.  Qanday  qarorga  kelish,  ya’ni  mexnat  jamoasi  bilan  aloqani  uzmaslik  yoki  mutlaqo 
ijtimoiy faoliyatdan chetlashish muayyan xolatlardagi motivlar kurashiga bog‘liqlir. 
Xozirgi  zamon  kishilarining o‘rtacha umr ko‘rishi XX asr boshlaridagiga  nisbatan qariyb bir 
yarim  —  ikki  marta  uzayganligi,  yetuklik  davridagi  erkak  va  ayollarning  jismoniy  baquvvatligi, 
ma’naviyati  va  ruxiyati  tetikligi  ijtimoiy  faollikni  susaytirish  xaqida  so‘z  bo‘lishi  mumkin  emasligini 
ko‘rsatmoqda.  Demak,  ularning  ishchanligi,  aqliy  qobilshggi,  kasbiy  maxorati,  turmush  tajribasi, 
ongining  yo‘qsakligi,  ma’naviyatining boyligi,  ruxtitining sofligi  yangi  zafar, mexnat  quvonchlari  sari 
dadil qadam tashlashga to‘la kafolat beradi. 
 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish