45
turlarini ishlab chikish; 6) joylarda zamon talabiga mos kasb tanlash xonalarini tashkil etish; 7) kasb
tanlash targiboti yuzasidan ilk uspirinlarni ommaviy axborot vositalariga jalb kllish va psixologik jixatdan
tayyorlash.
Tadkikotchilar va amaliyotchilar tomonidan kasbga yunal-tirishning usul va usuliyatlari ishlab
chikilgan. Kasblarni xususiyatlariga karab tasniflash va ularni ma’lum tartibga solib ifodalab berishga
erishilgan. Bu borada YE.A. Klimovning sxemasi aloxida axamiyatga ega. U kuyidagi kasb turlarini tavsiya
kiladi:
Polizchi, chorvador, asalarichi, zootexnik, agronom, urmonchi
bionika mutaxassisligi "inson — tabiat".
Chilangar, tokar, montyor, konstruktor, radiotexnik, muxandis
texnika mutaxassisligi "inson — texnika".
Ofitsiang, sotuvchi, xamshira, ukituvchi, tarbiyachi, tashkilotchi
sotsionomika mutaxassisligi "inson — inson".
Buyokchi,
nusxa
kuchiruvchi,
musikachi,
badiiy
bezovchi
yoki
pardozlovchi, bastakor, yozuvchi, rassom — artonomika mutaxassisligi "inson — badiiy obraz".
Oddiyrok ifodalansa, kasblarni tabiatga xizmat kilishga, texnikaga xizmat kilishga, insonga xizmat
kilishga va badiiy obrazlar ustida ishlashga doyr kasblarga ajratish mumkin. Lekin mazkur kasblar
tasnifida ularning kupchiligi ifodalanmagan. Ana shu guruxdarga unlab yondosh kasb-xunarlarni kiritish
mumkin. Kasb tanlashga yullash va kasblarni tartab kilish usullaridan biri — kursatmali vositalar, ya’ni
fotostendlardan, kitoblar kurgazmasidan, yosh rassom va tabiatshunoslar ijodiy faoliyatining maxsulidan,
nakkoshlik va texnika tugaragi ishlaridan foydala-nishdir. Bundan tashkari, muzeylarga ekskursiya
uyushtirish orkali Xam ayrim kasblarga kizikish uygotish mumkin.Loritilgan muloxazalardan kurinib
turibdiki, kasb-xunar tugrisida axborotlar, maslaxatlar berishning uzi ongli ravishda kasb tanlash uchun
yetarli emas.»Shunga kura, ilk uspirin ukuvchilarning bilish faoliyatini kuchaytirish, ularni mustakil bilim
olishga urgatish ularga uzlarini muayyan faoliyatda sinab kurish imkoniyatini yaratadi. Lekin kasbga
yunaltirishning boshka yul va vositalarini xam kidirish va kullash keraq
Mexnat psixologiyasining mugaxassislari kasbga yunaltirishning boshkacha usullarini: barcha
fanlarni ukitishning politexnik jixatini chukurlashtirishni; tabiiy-matematik fanlarda atrofdagi ishlab
chikarishdan obyekt sifatida foydalanishni; ijtimoiy turkumdagi fanlarni ukitishda ulkashunoslik
materiallarini kullab ukuvchilarning kasbga kizikishini oshirish, mexnatga ishtiyek uygotishni; darslarda
kasblar xakida axborotlar berib borishni; mexnat soxalari bilan ukuvchilarning mustakil tanishishi uchun
sharoit yaratishni tavsiya etmokdalar.
Kishlok sharoitida kasb tanlash buyicha kushimcha imkoniyatlar xam mavjud. Chunonchi, yezda
ukuvchilarni ishlab chikarishga bemalol jalb etish mumkin. Bunda jismoniy mexnatga ularni kiziktirish,
mexnat nashidasidan baxramand etish, ularda mamnuniyat xissini tarkib toptirish, ularda rejali mexnat
kilish kunikmasini vujudga keltirish, javobgarlik va mas’uliyat xissini tarkib toptirish lozim. Ilk uspirinlarni
mexnatga tayyorlanishga ragbatlantirishii malaka darajasini berish bilan yakunlash ma’kul. Ishlab
chikarish mavsumida ukuvchilar brigadalarini tuzishda ularning yosh xususiyatlari, kizikishlari va aqliy
kamolotini xisobga olish zarur. Brigadalarda ishlash mexnat va kasbga psixologik tayyorgarlik boskichi
buladi. Ukuvchilar uzining kaysi kasb-xunarga yarokdiligi yoki yaroksizligini amaliy ishlarda sinab
kuradilar va uzlariga ishonch xosil kiladilar
Kasb tanlashda ilk uspirin yigit-kizlarda kator maksadlar vujudga kelishi mumkin. Dastlabki maksad
— bosh maksad deb ataladi va u umumxalk mexnatiga uz ulushini kusha olamanmi, kanday inson bulib
yetishaman, xayot va faoliyati ideallarim nimalar bulishi lozim, degan fikrlardan iborat buladi. Yakin va
yakkol maksad — dastlabki faoliyat soxasi, mutaxassislikni kanday va kayerda egallash, ukishni tugatgach,
dastlabki mexnat faoliyati kaysi lavozimdan boshlanishi, mexnat maxoratini oshirish istikbollari xakidagi
muloxazalardan tashkil topadi.
Psixologik nuktai nazardan maksadga erishishning tashki va ichki shart-sharoitlari mavjud. Tashki
sharoitlarga maksad yulidagi xar xil kiyinchiliklar, karama-karshiliklar, ziddiyatlar, mazkur muassasa yoki
tashkilotning imkoniyatlari, muayyan subyektga — yosh kasb egasiga kursatishi mumkin bulgan karshiligi
va xokazolar kiradi. Maksadga erishishning ichki shart-sharoitlariga shaxsning imkoniyatlari, sixat-
salomatligi, aqliy kobiliyati, tirishkrkdigi, irodaviy sifatlari (chidamliligi, sabr-tokati) tanlagan kasbi bricha
ishlashi uchun zarur fazilatlari va xokazolar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: