O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/157
Sana08.09.2021
Hajmi1,17 Mb.
#168297
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   157
Bog'liq
huquqshunoslik. ozbekiston konstitutsiyasi fanidan oquv materiallari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
95 
 
15-mavzu: Saylov tizimi va saylov huquqi tushunchasi 
Reja: 
1. Saylov  huquqi – fuqarolarning siyosiy  huquqi  sifatida 
2.  Saylov  huquqininng  konstitutsiyaviy  asoslari 
3. Saylov  huquqi  tamoyillari 
4.  Saylov  tizimi 
5.  Saylov  jarayoni  va  saylov  organlari 
 
1. Saylov huquqi - fuqarolarning siyosiy huquqi sifatida 
Davlat  hokimiyati  organlarini  shakllanishida  birlamchi  omil   hisoblangan  saylov  usuli 
orqali,  hokimiyat   tizimini  vujudga  keltirish  va  rivojlantirish  qonuniyatlari,  ularning  tadrijiy 
o`zgarishi  va  tashkiliy-huquqiy  asoslarini  o`rganish  olimlarning  asosiy  diqqat  markazida  bo`lib 
kelgan.  Yangicha  jamiyatni  shakllantirish  yangicha  tamoyillar  asosida  amalga  oshiriladi. 
Prezidentimiz  I.A.Karimov  ta'kidlaganlaridek,  “Yaxshi  bilamizki,  demokratiya,  demokratik  
jamiyatning  bosh   talabi  –bu  odamlarning  o`z  xohish-irodasini   erkin   ifoda  etish,  saylash  va 
saylanish  huquqini   ta'minlashdan  iborat.  Eng  muhimi,  saylovlar  xalqimizni  parokanda  va  bir-
biriga  qarshi  qilishga emas, balki  elu  yurt  manfaati  yo`lida yanada birlashtirishga xizmat  qilishi 
zarur”  
Har  qanday  jamiyatda  demokratik  saylovlar  taraqqiyotga  yangi  kuch  beruvchi  omil  bo`lib 
xizmat qiladi. Mamlakatimizda  yangicha saylovlarni o`tkazilishi o`ziga xos  bo`lgan davrga to`g`ri 
kelmoqda.   Ya'ni,  bu  –  tubdan  yangicha,  mustaqil  o`zbek  davlatchiligi  paydo  bo`lgan  va 
rivojlanayotgan,  asosiy  e'tibor  xalq  farovonligi,  osoyishtaligini  ta'minlashga  qaratilgan,  erkin 
fuqarolik jamiyati yaratilayotgan davrdir. Shunisi diqqatga sazovorki, bu davr O`zbekistonda o`ziga 
xos  sharq  va  g`arb  demokratiyasi  tajribalari  uyg`unlashgan  demokratik  jarayon  shakllangani  bilan 
ajralib  turadi.  Bunda  sharq  demokratiyasidagi  insonni  ulug`vor  bilish,  real  shart-sharoitdan  kelib 
chiqib  harakat  qilish,  mas'uliyat  his  etish  va  fidoiylik  ko`rsatish  kabi  qadriyatlar,  g`arb 
demokratiyasining  oshkoralik,  o`z-o`zini  tanqid  qilish,  tadbirkorlik  singari  jixatlari  ko`zga 
tashlanadi.      
Saylov  huquqi  haqida  gap  ketganda  odatda  uni  aspektlarini  ikkiga  ajratishadi:  ya'ni  bular 
obyektiv saylov huquqi va subyektiv saylov huquqi. Bulardan birinchisi  - saylov huquqi normalari 
tizimi ya'ni asosini tashkil qiluvchi prinsiplari, tizimlari, tartibi, jaryoni va saylovni tashkil qilish va 
boshqalarni  o`z  ichiga  qamrab  oladi.  Ikkinchisi  -  davlat  tomonidan  ma'lum  bir  shaxsni  saylovda 
qatnashishini 
(passiv 
saylov 
huquqi 
yoki 
aktiv 
saylov 
huquqi) 
ta'minlanishini 
kafolatlanishidir.                                       
Saylov  huquqi  eng  muhim  siyosiy  huquqlardan  biri  bo`lib,  u  fuqarolarga  nafaqat  vakillik 
organlarini tashkil etish, balki bunday organlarga o`z vakillarini yuborish imkoniyatini ham beradi. 
Fuqarolar  tomonidan  ularning  saylov  huquqlarining  hech  qanday  to`siqsiz   amalga  oshirilishi 
ularning davlat boshqaruvida ishtirokining eng muhim shakllaridan biri hisoblanadi. 
           O`zbekiston  Respublikasining  fuqarolari  jamiyat  va  davlat  ishlarini  boshqarishda  bevosita  
hamda  o`z  vakillari  orqali  ishtirok  etish   huquqiga  egadirlar.  Bu  huquq  fuqarolarning 
referendumlarda,  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovida  va  hokimiyatning  vakillik 
organlari 
saylovida 
qatnashishi 
orqali 
amalga 
oshiriladi.O`zbekiston 
Respublikasi 


 
96 
Konstitutsiyasining  33-moddasida  shunday  deyiladi:  “Fuqarolar  o`z  ijtimoiy  faolliklarini  
O`zbekkiston   Respublikasi   qonunlariga  muvofiq  mitinglar,  yig`ilishlar  va  namoyishlar  shaklida 
amalga  oshirish  huquqiga  egadirlar.  Hokimiyat  organlari  faqat  xavfsizlik  nuqtai  nazaridangina  
bunday  tadbirlar o`tkazilishini  to`xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega”. 
           Demak, fuqarolar o`z siyosiy huquqlarini amalga oshirar ekanlar albatta qonunlarga so`zsiz 
rioya etishlari, shu asosda  o`z  huquqlarinni  joylarda amalga  oshirishlari mumkin. Fuqarolarning 
siyosiy   huquqlarini  davlat  tomonidan  cheklanishi,  faqatgina  qonunlar  doirasidan  chetga  chiqish 
holatlari kuzatilgan vaqtda amalga oshiriladi.             
        Siyosiy  partiyalarda,  jamoat  birlashmalarida,  ommaviy  harakatlarda,  shuningdek, 
hokimiyatning vakillik organlarida  ozchilikni tashkil etuvchi  muxolifatchi shaxslarning huquqlari, 
erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas. Bu tamoyil Konstitutsiyamizning 
34-moddasida  o`z  aksini  topgan.  Bundan  shu  narsa   ko`rinib  turibdiki,  har  bir  fuqaro  hohlagan  
jamoat  birlashmalariga a'zo bo`lishligi  va undan xohlagan vaqtda  chiqib ketishlari mumkin. 
     

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish