O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/157
Sana08.09.2021
Hajmi1,17 Mb.
#168297
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   157
Bog'liq
huquqshunoslik. ozbekiston konstitutsiyasi fanidan oquv materiallari

4.  Saylov       tizimi 
Saylov  tizimi  -   bu  saylov  o`tkazishga  taalluqli  barcha  huquqiy  hujjatlar,  saylov  tizimi 
tamoyillari,  fuqarolarning   saylov  huquqlarini  o`z  ichiga  olgan  saylov  o`tkazish  tartiblari  hamda 
ularni o`rnatuvchi huquqiy normalarning yig`indisi tushuniladi. 
Saylov  tizimi  tor  ma'noda  saylov  natijalariga  ko`ra  nomzodlar  o`rtasida  mandatlarni 
taqsimlash  uslubi  hisoblanadi.  Bunda  uslublar  bir  qancha  bo`lib,  ularning  qo`llanilish  yakuniga 
ko`ra, saylovlar natijasi turli davlatlarda turlicha bo`lishi mumkin. 
Saylov  tizimlari  turli  tuman  bo`lib,  bir  davlatda  amalda  bo`lgan  saylov  tizimlari  ikkinchi 
davlatda  o`zini  oqlamasligi  mumkin.  Bir  saylov  tizimini  amalga  kiritishdan    oldin  mamlakatdagi 
siyosiy  kuchlar  va  etnik  guruhlarning  muvozanati  yaxshilab  o`rganilishi  lozim.  Hozirgi  paytda 
dunyo  mamlakatlari  tajribasida  saylov  tizimlarining  uch  katta  guruhi  mavjud.  Bu  majoritar, 
proporsional   va  aralash  saylov  tizimlaridir.  
Eng  keng  tarqalgan  saylov  tizimlaridan  biri  bu  majoritar  saylov  tizimi  bo`lib,  saylov 
natijalarini aniqlashda ko`pchilik ovoz tamoyiliga asoslanadi. 
Majoritar saylov  tizimi fransuzcha  “majorite” (ko`pchilik ) degan so`zdan  olingan bo`lib,  
bunda   saylovda  ovozlarning ko`pchiligini olgan nomzodlar saylangan  hisoblanadi. 
Bu  tizim  qoidalariga  binoan,  tegishli  saylov  okrugida  belgilangan  ko`pchilik  ovozni  olgan 
nomzod yoki nomzodlar ro`yxatigina saylovda g`olib chiqqan hisoblanadi. Majoritar saylov tizimi 
o`z navbatida mutloq, malakali va nisbatan ko`pchilik ovozga asoslangan turlarga bo`linadi. 
Mutlaq  ko`pchilik  saylov  tizimi   talabi  shundan  iboratki,  nomzod  saylangan  deb  hisoblash 
uchun  u  saylovchilarning  yarmidan  ko`pining  qo`llab-quvvatlashishiga,  ya'ni  50%+1saylovchilar 
ovozini  olishi  lozim.  Masalan,  saylov  okrugida  saylanish  uchun  3  ta  nomzod  qo`yilgan  deylik 
(A,B,V). Berilgan 10.000 ovoz quyidagicha taqsimlandi: A- 3000, B- 1990, V -5010. Bunda 5010 
ovoz olgan V mutlaq ko`pchilik ovozini olgan hisoblanib, saylovda g`olib chiqadi.  
Ushbu tizim amalda bo`lgan mamlakatlarda, odatda saylovlar bo`lib o`tganligini tasdiqlash 
uchun asos bo`ladigan saylovda saylovchilarning qatnashganligining quyi foizi belgilangan bo`ladi. 
Agar  qonun  yoki  boshqa  normativ  xujjatlarda  belgilangan  miqdordagi  ovoz  beruvchilarni 
saylovlarda qatnashmasa, saylovlar bo`lib o`tmagan hisoblanadi  yoki natijalari yuridik kuchga ega 
bo`lmaydi.  
Malakali  ko`pchilik saylov tizimi amalda bo`lgan mamlakatlarda  nomzod yoki nomzodlar 
muayyan  okrugdan  malakali  ko`pchilik  (2/3  qism  yoki  65  %)  ovoz  to`plaganlarida  saylangan 
hisoblanadi. Bunday saylov tizimi juda ham kam uchraydi, chunki  mazkur tizim  o`z xususiyatiga 
ko`ra  juda  ham  kam  natija  beradi,  ya'ni   nomzodlar  doim  ham  belgilangan  miqdordagi 
saylovchilarni  ovozlarini  to`play  olmaydilar,  buning  natijasida  saylov  ko`plab  turlar  asosida 
o`tkazilishiga  olib  keladi.  Xozirda  Chili  Parlamentining  quyi  palatasiga  saylovlarda  mazkur 
tizimdan (2/3qism) foydalaniladi, shuningdek, bir muddat oldin  Italiyada ham  bir mandatli  saylov 
okruglaridan saylanuvchi senatorlar ham  saylovchilarning 65 foizini qo`llab quvvatlashiga erishishi 
talab qilinar edi. 
Tarixdan ma'lumki,  dastlabki  saylov  tizimi  sifatida majoritar saylov  tizimi vujudga kelgan. 
Ushbu tizimga ko`ra nomzod belgilangan me'yordan ko`proq ovoz olganda saylangan hisoblanadi. 


 
100 
Nisbiy ko`pchilik saylov tizimi boshqa saylov tizimlariga nisbatan ancha sodda hisoblanib, bunday 
tizim amalda bo`lgan mamlakatlarda, saylovda qatnashayotgan nomzodlardan qaysi biri raqiblariga 
nisbatan ko`proq ovoz olsa u saylangan hisoblanadi. Ushbu tizim o`zining xususiyatiga ko`ra faqat 
bir turda natija berishligi bilan samaralidir. Nisbiy ko`pchilik saylov tizimida faqat bir holatda  ikki 
yoki undan ortiq nomzodning bir xil ovoz olganlaridagina g`olib aniqlanmay qolishi mumkin, lekin 
bunday  holat  juda   ham  kam  uchraydi.  Ushbu  tizim  jahonning  150  mamlakatida  qo`llanib,  odatda 
saylov  bo`lib  o`tganligi  uchun  asos  sifatidagi  saylovchilarning  qatnashish  me'yori  belgilanmaydi: 
agar saylovda birgina saylovchi qatnashgan bo`lsa ham saylovlar bo`lib o`tgan hisoblanadi.  
Proporsional  saylov  tizimi  saylovlarda  keng  omma  vakillarini  ishtirokini  ta'minlash 
maqsadida  kiritilgan  saylov  tizimi  bo`lib,  Yevropa,  Lotin  Amerikasi  davlatlarining  ko`pchiligida, 
Afrika davlatlarining uchdan bir qismida uchraydi. 
Bu  tizimning  asosiy  maqsadi  saylovlarda  olingan  ovozlar  bilan  amalda  parlamentda 
egallangan mandatlar mutanosibligini ta'minlashdir. Ya'ni, masalan, bir partiya saylovda 30% ovoz 
olgan bo`lsa, parlamentda 30% mandatga ega bo`lishi kerak. 
Proporsional  saylov  tizimlarining  ko`pchilik  ovoz  tamoyiliga  asoslangan  majoritar  saylov 
tizimlaridan assosiy farqi ham shunda. 
Proporsional saylov tizimlarida katta-katta saylov okruglari tuzilib, har bir saylov okrugidan 
bir nechta deputatlar saylanadi. Saylov okruglari qancha katta bo`lsa, olingan ovozlar va egallangan 
mandatlar shunga mutanosib bo`ladi. 
Bu tizimda har bir partiya o`z nomzodlari ro`yxatini tuzadi va saylovchilar alohida olingan 
nomzodga  emas,  balki  ma'lum  partiya  ro`yxatiga  ovoz  beradi.  Ba'zi  hollarda  saylovchilarga 
nomzodlarga nisbatan o`z munosabatlarini bildirishga ham imkoniyat berilishi mumkin. 
Saylovlar  natijasini  aniqlashda  har  bir  deputatlik  mandatini  olish  uchun  zarur  bo`lgan 
ovozlar miqdori belgilanadi. Bu miqdor har bir saylov okrugi uchun alohida qilib belgilanishi yoki 
butun  davlat  hududi  uchun  bir  xil  bo`lishi  ham  mumkin.  Proporsional  tizimning  asosiy  vazifasi 
ovozlar  va  mandatlar  mutanosibligini  ta'minlash  yo`li  bilan  ozchilikning  ham  manfaatlarini  
ta'minlash hisoblanadi.   
Proporsional  saylov  tizimida  partiya  ro`yxatlari  bo`yicha  ovoz  berishni   ro`yxatlarning 
xarakteriga  qarab  qat'iy,  qat'iy  bo`lmagan  va  o`zgaruvchan  ro`yxatlar  bo`yicha  turlarga  bo`lish 
mumkin. Qat'iy ro`yxatlar asosida ovoz berish proporsional saylov tizimini qo`llaydigan davlatlarda 
eng ko`p tarqalgan bo`lib, bunda saylovchilar muayyan partiya tomonidan taqdim etilgan ro`yxatda 
ko`rsatilgan nomzodlar o`rnini o`zgartirishga, ya'ni o`zlari afzal ko`rgan nomzodni birinchi o`ringa 
qo`yishga haqli bo`lmaydilar. 
Ba'zida saylov bulleteniga deputatlikka nomzodlar familiyalari kiritilmay, faqatgina partiya 
rahbarining familiyasi va partiya ramzi kiritilishi mumkin. Bu usulda ovoz berishga Janubiy Afrika 
Respublikasida  1994  yilda  o`tkazilgan  saylovlar  misol  bo`la  oladi.  Bunday  ovoz  berishda 
saylovchilar  o`zlari  tanlagan  partiya  ro`yxatiga  ovoz  berish  bilan  cheklanadilar.  Bu  usulda  ovoz 
berish  boshqacha  tarzda  saylanishi  qiyin  bo`lgan  ozchilikning  hamda  ayollarning  saylovda  g`olib 
chiqishiga  imkon  tug`dirsada,  deputatlikka  loyiq  bo`lmagan  nomzodlarning  saylanib  qolishiga 
sabab bo`lishi mumkin. 
Partiya  ro`yxatlari  bo`yicha  ovoz  berishning  ikkinchi  turi  bu  qat'iy  bo`lmagan  ro`yxat  
asosida  ovoz  berishdir.  Bunda  saylovchilar  o`zlari  tanlagan  partiya  ro`yxatini  yoqlab  ovoz 
berishdan  tashqari  bu  ro`yxatdagi  nomzodlar  o`rnini  almashtirish  imkoniyatiga  ham  egalar. 
Saylovchilarga  nomzodlarni  tanlash  imkoniyatining  borligi  bu  usulning  afzalligi  bo`lsada,  bu 
Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish