O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus


Saylov huquqining  konstitutsiyaviy asoslari



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/157
Sana08.09.2021
Hajmi1,17 Mb.
#168297
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   157
Bog'liq
huquqshunoslik. ozbekiston konstitutsiyasi fanidan oquv materiallari

2. Saylov huquqining  konstitutsiyaviy asoslari 
Demokratik  davlatning  hokimiyat  idoralarini  shakllantirishda  saylov  muhim  ahamiyatga 
ega. “Saylov” o`z mazmuniga ko`ra biron-bir organni (davlat, jamoatchilik, halqaro va hokazolar) 
ovoz  berish  yo`li  bilan  shakllantirish  demakdir.  Saylov  o`zining  mohiyatiga  ko`ra  shunday 
demokratik  jarayonki,  unda  xalq  hamda  uning  vakillari  qonunda  belgilangan  tartibda  hokimiyatni 
boshqarishga  kimni  qo`yish  yoki  chetlatish  masalasini  o`zi  mustaqil  hal  etadi.  Albatta, 
nodemokratik  davlatlarda  ham  saylovlar  o`tkaziladi,  lekin  odatda  formal  xarakterga  ega  bo`ladi. 
Inson  huquqlari  Umumjahon  deklaratsiyasining  2-moddasiga  ko`ra  “davlatning  asosiy  hokimiyati 
bu halqning irodasidir.”  
 Saylov huquqi  fuqarolarning  o`z  siyosiy  huquqlarini amalga  oshirishda yaqindan yordam 
beruvchi  siyosiy  holatdir.  Saylov  jarayonlarida  yuzaga  keladigan  turli  xil  munosabatlarni  tartibga 
solishda  saylov  huquqidan  foydalanamiz.  O`zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  117-
moddasida:  “O`zbekiston  Respublikasining  fuqarolari   davlat  hokimiyati   vakillik   organlariga  
saylash  va saylanish huquqiga  egadirlar” deb ko`rsatib o`tilgan.    
  Aktiv  saylov huquqi,  ya'ni saylash huquqi bevosita demokratiyaning bir ko`rinishi bo`lib, 
u  har  bir  fuqaroning  davlatni  boshqarishda  o`z  vakillarini  saylash  bilan  ishtirok  etishini  ko`zda 
tutadi.  Bu  huquqqa   qonunda  belgilangan  ma'lum  yoshga  yetgan,  muomalaga  layoqatli  mamlakat 
fuqarolari  ega  bo`ladilar.  O`zbekistonda  saylash  huquqiga  O`zbekiston  Respublikasi  
Konstitutsiyasining 117-moddasi 2-bandiga binoan 18 yoshga yetgan barcha O`zbekiston fuqarolari 
egadirlar. 
Yosh  chegarasi   turli  mamlakatlarda  turlicha  belgilanishi  mumkin.  Masalan,  Malayziya, 
Marokash, Boliviyada fuqarolar  21 yoshga to`lganidan keyingina saylash huquqiga ega bo`lishadi. 
Rossiyada 2002 yil 20 dekabrda qabul qilingan Qonunga ko`ra saylov kunigacha 18 yoshga to`lgan 
Rossiya  fuqarosi  saylash  huquqiga  ega.  Fransiyada  ham  saylov  huquqiga  ega  bo`lish  uchun 
belgilangan yosh 1974 yil 5 iyuldagi qonun bilan 18 yosh qilib belgilangan.     
Fuqarolik senzi barcha davlatlarda odatiy shartga aylangan bo`lsa-da, ba'zi hollarda bunday 
senzning  yo`qolib  ketishini  ham  kuzatish  mumkin.  Masalan,  o`ziga  xos  tuzilma  bo`lgan  Yevropa 
Ittifoqining  Parlamentiga  saylovlar  paytida  Fransiyada  bo`lgan  Germaniya  fuqarosi  Fransiyaning 
Yevropa Ittifoqi Parlamentiga vakili uchun ovoz berish huquqiga ega. Bu qoida Yevropa Ittifoqiga 
asos solgan 1992 yilgi Maastrixt Shartnomasida ko`zda tutilgan. 
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganlar, ozodlikdan mahrum  qilish  joylarida 
saqlanayotganlar  saylash  huquqidan  foydalana  olmaydilar  ya'ni,  ozodlikdan  mahrum  qilish 


 
97 
joylarida saqlanayotganlarning saylash huquqi vaqtincha to`xtatiladi. 
Passiv   saylov  huquqi,  ya'ni  saylanish  huquqiga  ham  ma'lum  yoshga  yetgan,  muomalaga 
layoqatli  fuqarolar  ega  bo`ladilar.  Turli  davlatlarda   ma'lum  davlat  organlariga  saylanish  uchun 
belgilangan yosh chegarasi turlicha bo`lishi mumkin.  
Aktiv  saylov,  ya'ni  saylash  huquqidagi  yosh  senzi  ma'lum  davlatlarda  aholining  barcha 
qatlami  uchun  bir  xil  belgilansa,  passiv  saylov  huquqida  yosh  senzi  nomzodning  qaysi  organga 
saylanayotganligiga qarab turlicha belgilanishi mumkin. O`zbekistonda fuqarolar Mahalliy Kengash 
deputatligiga  saylanish  huquqiga  ega  bo`lish  uchun  21  yoshga,  Oliy  Majlis   Qonunchilik  palatasi 
deputatligi va Senatiga saylanish uchun 25 yoshga, Respublika Prezidentligiga saylanish uchun esa 
35 yoshga yetgan bo`lishi kerak. 
Saylanish  huquqiga  ega  bo`lish  uchun  yana  boshqa  shartlar  ham  qo`yilishi  mumkin. 
Masalan, Yevropa Parlamentiga nomzodi qo`yilgan fransuz fuqarosidan 1500 yevro garov summasi 
talab qilinadi. O`zbekiston Respublikasida Prezident bo`lib saylanish uchun nomzod O`zbekistonda 
kamida  oxirgi  10  yil  ichida  doimiy  yashagan  bo`lishi  va  davlat  tilini  yaxshi  bilishi  kerak.  Oliy 
Majlisning quyi  va  yuqori palatalariga deputatlikka saylanish  uchun nomzod kamida so`nggi  besh 
yilda  O`zbekistonda  doimiy  yashagan,  qasddan  sodir  etgan  jinoyatlari  uchun  avval  sudlanmagan 
bo`lishi kerak.  
Ko`pchilik  mamlakatlarda saylovlar to`g`ri va egri ko`rinishlarga bo`linadi.  
To`g`ridan-to`g`ri ovoz berish nomzodlarga ovoz berishning  eng ko`p tarqalgan  saylov turi 
hisoblanadi.  To`g`ri  saylovlarda  saylovchi  va  nomzod  o`rtasida  hech  qanday  oraliq  instansiya 
mavjud  bo`lmay,  saylovchining  hohish  irodasi  bevosita  ifodalanadi.  Bu  holatda  saylov  huquqiga 
ega  bo`lgan  fuqaro  saylanish  asosida  ega  bo`linadigan  lavozimga  qo`yilgan  nomzodga  bevosita 
ovoz beradi. To`g`ri, saylovlar jahonning ko`pchilik mamlakatlari parlamentining quyi palatalariga 
va barcha mamlakatlar prezidentligiga bo`ladigan saylovlarda qo`llaniladi.   
To`g`ri  saylovlar  mamlakatimizda  Prezidentlikka,  Oliy  Majlisning  quyi  palatasi  – 
Qonunchilik  palatasi  deputatligiga  va  halq  deputatlari  viloyat,  tuman  hamda  shahar  kengashlari 
deputatligiga  bo`ladigan  saylovlarda  qo`llanilib,  bunda  fuqarolar  va  nomzodlar  o`rtasida  hech 
qanday oraliq instansiya mavjud emas.        
Egri saylovlar, odatda ko`p bosqichli bo`lib, bunda saylov huquqiga ega bo`lgan fuqaroning 
xohish irodasi maxsus shaxslar – “Saylovchilar” yoki maxsus organlar vositasida ifodalanadi. Egri 
saylovlarda  fuqarolar nomzodga emas,  balki maxsus  shaxslar  yoki organlarga ovoz beradilar, ular 
esa  o`z  navbatida  muayyan  lavozimga  qo`yilgan  nomzodni  saylaydilar.  Bu  saylov  usuli  qator 
mamlakatlar  parlamentining  yuqori  palatasiga  bo`lgan  saylovlarda  ham  qo`llaniladi  (Fransiya, 
Xindiston, Malayziya va boshqalar). Egri saylovlar AQSH va Argentina prezidentligiga bo`ladigan 
saylovlarda  qo`llanilib, prezidentlik saylovida bu usulni qo`llanilishining xarakterli jihati shundaki, 
saylovchi  va  nomzod  o`rtasidagi  oraliq  instansiya  –  maxsus  shaxslarning  shaxsiy  sifatlari  emas, 
balki partiyaviy mansubligi juda katta ahamiyatga ega.                     
O`zbekiston  Respublikasida  Oliy  Majlisning  yuqori  palatasi  –  Senat  a'zoligiga  nomzodlar 
o`z  lavozimlariga  egri  saylovlar  orqali  erishadilar,  ya'ni  Senat  a'zolari  Qoraqalpog`iston 
Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahridan  teng  miqdorda  -  olti  kishidan  saylanadi.  Senatga 
saylov  Qorqalpog`iston  Respublikasi  Jo`qorg`i  Kengesi,  viloyatlar,  tumanlar  va  shaharlar  davlat 
hokimiyati  vakillik  organlari  deputatlarining  tegishli  qo`shma  majlislarida  mazkur  deputatlar 
orasidan yashirin ovoz berish yo`li bilan o`tkaziladi.  
Saylovlarni  o`tkazish  jarayonida  xorijiy  hamda  milliy  kuzatuvchilarning  hozir  bo`lishi 
saylov  o`tkaziladigan  davlat  uchun  saylov  jarayonining  obro`sini  oshiradi.  Bunday  kuzatuvchilar 
saylov  jarayoniga  aralashmagan  holda  ma'lum  davlatda   fuqarolar  saylov  huquqlarining  amalga 
oshirishlari  uchun  qay  darajada  sharoit  yaratilganligiga  va  shuning  natijasi  o`laroq  mamlakatdagi 


 
98 
demokratik jarayonning qanday kechayotganligiga baho beradilar. 
 Yurtimizda  bu  boradagi  islohotlarning   qay  darajada  borayotganligini  2002  yil  27  yanvar 
kuni  O`zbekiston  Respublikasi  referendumida  ishtirok  etib,  referendum  jarayonini  bevosita 
kuzatgan  xalqaro  kuzatuvchilar  Referendum  kelgusida  O`zbekistonning  xalqaro  aloqalarini 
kuchaytirishda hamda qonunchilikni mustahkamlashda muhim omil bo`ladi degan mulohazalaridan 
ham bilib olish mumkin.  

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish