Soliq to 'lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to 'g 'ri-sidagi
ma'lumotlarni (axborotlarni) beruvchi tashkilotlar va ularning majburiyatlari
ham bo'lib, ular quyidagilardan iborat.
Yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazgan organlar 10 kun muddat ichida
tegishli yuridik shaxsning davlat reestridan ko'-chirmani, shuningdek, bu boradagi
har qanday o'zgarishlarni soliq organiga qkazishi shart.
Litsenziyalar yoki ruxsat guvohnomalarini beruvchi organlar shaxslarning
istiqomat joyidagi DSOga bunday hujjat beril-ganligi to'g'risidagi, shuningdek,
uning bekor qilinganligi to'g'-risidagi, tqxtatib turilganligi, tugatilganligi
to'g'risidagi ma'-lumotlarni berishi kerak.
Ichki ishlar organlari har oyda pasportlar berilishi, yo'qo-tilgan yoki muddati
o'tgan pasportlar o'rniga berilishi, bekor qilingan pasportlar to'g'risida o'zi
joylashgan joydagi soliq organiga Davlat soliq qo'mitasining O'zR Ichki ishlar
vazirligi bilan birgalikda o'rnatgan shaklda va tartibda ma'lumotlar beri-shi kerak.
Ko'chmas mulkka huquqni qayd qiluvchi organlar o'z hududida joylashgan
ko'chmas mulklar va ularning egalari to'g'risidagi o'zi joylashgan joydagi soliq
organiga bunday huquq qayd qilinganidan keyinlO kun muddat ichida xabar berishlari
lozim.
Mazkur ma'lumotlarni taqdim qilish tartibi va shakli DSQ er resurslari,
geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari bo'yicha davlat qo'mitalari bilan
birgalikda belgilanadi.
Davlat notariuslari va xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar
merosga huquq to'g'risidagi shahodatnoma, hadya shart-nomasi guvohnomalari
berilishi, oldi-sotdi, almashuv, ko'chmas mulk ijarasi to'g'risidagi ma'lumotlarni o'zi
joylashgan joydagi soliq organiga yuqoridagi notarial harakatlar sodir bo'lganidan
keyin 10 kun muddat ichida xabar berishi lozim. Mazkur ma'lu-motlarni berish
tartibi va shakli DSQ va O'zR Yustitsiya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Foydalanishga berilgan tabiiy boyliklar uchastkalarining dav-lat hisobini
amalga oshiradigan organlar, tabiiy boyliklar uchastkalaridan foydalanish huquqini
davlat ro'yxatidan o'tkaza-digan organlar uchastkalar joylashgan joy va
foydalanish huquqi berilgan shaxslar to'g'risidagi ma'lumotlarni o'zi joylashgan
joydagi soliq organiga foydalanish huquqi ro'yxatdan o'tgan kundan 10 kun
18
muddat ichida berishi kerak.
Banklar va boshqa moliya-kredit muassasalari yuridik shaxslar va yakka
tartibdagi tadbirkorlar uchun bank hisobraqamlarini faqatgina ular tomonidan DSOda
hisobga turganligini tasdiq-lovchi hujjat berilgan taqdirdagina ochadilar va bu haqda
soliq organiga keyingi kundan kechiktirmasdan xabar beradilar.
Kameral nazorat ahamiyatini oshirish hozirgi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish
maqsadida soliq nazoratini erkin-lashtirish paytida dolzarb ahamiyatga ega.
Kameral nazorat soliq to'lovchi yoki soliq agenti tomonidan bel-gilangan
tartibda soliq organiga topshiriladigan soliq hiso-botlari va boshqa soliq to'lovchi
faoliyati to'g'risidagi hujjat-larni qrganish va tahlil qilish orqali amalga
oshiriladigan nazoratdir. Kameral nazorat soliq to'lovchi qatnashuvisiz amalga
oshiriladi.
Kameral nazorat uchun soliq organi boshlig'ining maxsus qarori talab qilinmaydi.
Kameral nazorat paytida soliq hisobotlarida xatolar yoki ma'lumotlarda bir biriga zid
holatlar mavjud bo'lsa, bu haqda soliq to'lovchiga uni tuzatish uchun xabar
etkaziladi. Soliq to'lovchi yoki soliq agenti talabnomani olganidan keyin 10 kun
muddat ichida tuzatilgan hisobotni taqdim etishi yoki mavjud hisoblardagi
farqlanishlarni asoslab berishi kerak.
Pul tushumlari xronometrajini o'tkazish ham soliq nazorati-ning usullaridan biri
hisoblanadi va haqiqatdagi pul tushum-larini aniqlash uchun foydalaniladi.
Xronometraj soliq organi tomonidan naqd pulga tovar sotadigan va xizmat
ko'rsatadigan so-liq to'lovchining bevosita tovarlar sotiladigan va xizmatlar ko'r-
satiladigan joyda amalga oshriladi.
Xronomotraj o'tkazish to'g'risidagi buyruq soliq organi rah-bari yoki uning
qrinbosari tomonidan soliqqa tortiladigan ob'ektlarni hisobini yuritish chog'ida
aniqlangan tushumlarni pa-saytirib ko'rsatilayotganligi to'g'risida taxmin qilingan
paytda beriladi. Buyruqda soliq to'lovchining nomi, manzili, muddati,
xronometraj o'tkazish davri, taxmin qilinayotgan farqlanish, uni o'tkazuvchi
soliq organi mansabdor shaxsi ko'rsatiladi.
Xronometraj pul tushumini kuzatish va belgilab qo'yish yo'li bilan o'tkaziladi.
Unga boshqa shaxslar, shu jumladan, ekspertlar jalb qilinishiga yo'l qo'yilmaydi.
Xronometraj o'tkazilayotgan paytda tekshirishlar o'tkazish, so-liq to'lovchidan
biror ma'lumot, tushuntirish berish yoki boshqa ta-lab qilishga yo'l qo'yilmaydi.
Lekin nazorat kassa mashinalari xo-tirasidagi xronometraj davrida yig'ilgan
ma'lumotlarni olishga haqlidirlar.
Xronometraj natijalari bo'yicha ma'lumotnoma tuziladi. Xro nometraj
natijalari faqat taqdim etiladigan soliq hisobotlari-ni ishonchliligini tahlil qilish
uchun foydalaniladi.
Xronometraj natijalari soliq to'lovchini javobgarlikka tor-tishga asos bo'la
olmaydi.
Soliq nazoratini o'tkazishning yana bir usuli fiskal xotiraga ega bo'lgan
19
nazorat kassa mashinalarini qo 'llanilishidir.
O'zbekiston hududida naqd pulga tovarlarni realizatsiya qilish xizmatlarni
ko'rsatish majburiy tartibda NKM qo'llaniladi.
O'z faoliyati xususiyatlariga ko'ra NKMdan foydalanmasdan naqd pulga hisob-
kitob qilishi mumkin bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslar toifasi tarkibi O'zbekiston
Respublikasi Moliya Vazir-ligi tomonidan belgilanadi.
O'zbekiston Respublikasi hududida NKMning Davlat reestriga kiritilgan fiskal
xotiraga ega bo'lgan turlari foydalanishga rux-sat etiladi.
NKMning Davlat reestriga kiritilgan ro'yxatini va ulardan foydalanish
tartibini QR VM tasdiqlaydi.
Vaqtinchalik texnik nosozlik yoki elektr energiyasi yo'q paytida naqd pul
muomalasini xaridorlarga QR MV belgilagan shaklda kvitantsiyalar, cheklar,
chiptalar, talonlar, pochta to'lovi belgilari yoki boshqa ularga tenglashtirilgan hisob-
kitob hujjatlari berish orqali amalga oshiradilar.
NKMning qo'llanilishida quyidagi talablar qo'yiladi:
1) NKM faoliyat ko'rsatish joyidagi soliq organidan ro'yxatdan qtadi
va qayd qilish kartochkalarini oladilar;
2) NKMga texnik xizmatni ko'rsatishni yo'lga qo'yiladi;
3) NKMlar uchun chek qog'ozlari berish amalga oshiriladi;
4) Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining NKM iga kira
olishi ta'minlanadi;
Fiskal xotiraga ega bo'lgan NKMlaridan foydalanish qoida-lariga rioya
qilinishini nazorat qilish davlat soliq xizmati or-gani zimmasiga yuklanadi.
Davlat soliq xizmati organlari soliq tekshirishlarida NKM fiskal xotira
bloklaridagi ma'lumotlaridan foydalanish huqu-qiga ega.
Davlat soliq xizmati organi xodimlari tomonidan davlat da-romadiga о 'tkazilgan
mulklarni sotishdan kelgan pul tushumlari о z vaqtida va to 'liq byudjet
daromadlariga о 'tkazilishi ham nazorat qilinadi.
Tamaki va alkogol mahsulotlariga aktsiz markalarini qo 'Hash soliq nazoratining
bir turi bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Va-zirlar Mahkamasi tomonidan
belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
Aktsizosti tovarlarga aktsiz markalarini qo'llashga bunday tovarlarni ishlab
chiqaruvchi va sotuvchilar javobgar hisoblanadi.
Markalash qoidalariga rioya qilishni nazorat qilish ham davlat soliq xizmati
organlari zimmasiga yuklatilgan. Aktsiz solig'ini to'lovchi korxonalarda va alohida
korxonalarda O'zbekiston Res-publikasi Moliya vazirligining moliya inspektori
lavozimi o'r-natilishi mumkin. Bunday korxonalar ro'yxati va moliya ins-
pektorining vazifalari, huquqlari, amalga oshirish tartibi O'zbe-kiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
20
Do'stlaringiz bilan baham: |