Key words: elementary school, book, students, person, reading, skill, reading, discourse, fiction, education, literacy, reading, technology, reading culture.
Har qanday pedagogik tadqiqot ta’limiy yoki ma’naviy-ma’rifiy jarayonni muayyan darajada tako- millashtirishga xizmat qiladi. Bunda yangi yondashuvlarni qaror toptirish, ilg‘or metodlarni asoslash, za- monaviy vositalardan samarali foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish, texnologiyalarni yaratish, amaliy- metodik tavsiyalarni ishlab chiqish kabi xatti-harakatlar takomillashuv jarayonini xarakterlaydi.
Shundan kelib chiqqan holda, shaklantiruvchi tajriba davrida o‘qituvchi (kutubxonachi)lar, ota- onalar uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik ko‘nikmalarini samarali rivojlantirishga oid bir qator amaliy-metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. Ular quyidagilardir:
Boshlang‘ich sinflarninng barchasida haftaning ikki kunida yarim soatdan “Mutolaa soati”ni tashkil etish.
“Mutolaa soati”ning haftaning aniq kunlarida tashkil etilishini qat’iy belgilash.
Boshlang‘ich sinflarda tashkil etiladigan “Mutolaa soati” uchun qiziqarli badiiy asarlarni tanlash, ta’lim muassasasining pedagogik kengashida muhokama qilish orqali ma’lumotlar bazasini shakllantirish (bunda ta’lim muassasasining axborot-kutubxona markazi, sinflarda tashkil etilgan “Sinf kutubxonasi” fondlarining imkoniyati inobatga olinadi).
O‘rta va yuqori yuqori sinf o‘quvchilarini volontyor sifatida “Mutolaa soati”ni tashkil etishga jalb qilinishi natijasida:
ijtimoiy-foydali ish (mehnat)ning ahamiyatini to‘g‘ri baholaydi;
ijtimoiy, muloqot (kommunikativ), amaliy va o‘z-o‘zini baholash ko‘nikma-malakalariga ega bo‘ladi;
o‘zining atrofdagilarga kerakligini anglaydi;
maktab jamoasidagi o‘rnini ijobiy baholaydi;
o‘ziga, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchi ortadi;
o‘zini hurmat qila boshlaydi;
hayotga muhabbati, yashashga bo‘lgan ishtiyoqi ortadi;
mehnatsevarlik xislatiga ega bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishda quyidagi usullardan foydalanish kutilgan natijalarni qo‘lga kiritishga yordam beradi: “Kitobxonlik kundaligi”ni yuritish; bos- ma shakldagi “O‘qish daftari”dan foydalanish; tanlab olingan asarlarga shaxsan muqova tayyorlash; “Kichkintoylar uchun kitobchalar”ni yaratish; badiiy kecha, viktorina va sahna tomoshalarini tashkil etish va h.k. Tadqiqot jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali bo‘lgan bir qator texnologiyalar takomillashtirildi. Quyida ular to‘g‘risida batafsil so‘z yuritiladi. “Savollarga asoslangan ertaklar” texnologiyasi. Ushbu metodika ham boshlang‘ich sinf o‘quvchi-
larida kitob o‘qishga bo‘lgan ijobiy munosabatni shakllantirish, kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish- ga xizmat qiladi. Texnologiya o‘quvchilarning kitob o‘qishga bo‘lgan munosabati qanday mazmunga egaligi (ijobiy yoki salbiy ekanligi)ni aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Shuningdek, metodika asosida tashkil etiladigan sinov ishlari respondent-o‘quvchilar bilan alohida-alohida olib borildi. O‘qituvchi (ku- tubxonachi yoki ko‘ngilli) har bir o‘quvchiga “Men hozir uchta ertak o‘qiyman. Sen ularni diqqat bilan tinglaysan. So‘ngra men o‘qilgan ertaklar asosida senga savollar beraman. Sen esa ularga javob qaytara- san”, deydi.
Tajriba-sinov ishlari jarayonida respondent-o‘quvchilarning e’tiboriga quyidagi ertaklar havola etil-
di:
Tulkining jazosi (o‘zbek xalq ertagi).
Kunlarning birida bir gala tovuq tulkining ustidan ayiqqa arz qilib boribdi.
Taqsir, tulkining dastidan kun ko‘rolmayapmiz. U hech kimdan tap tormaydi. Hatto sizning ham
yuz xotiringizni qilib, bir og‘iz so‘ramay, tovuqlarni qirgani-qirgan.
Voy, yaramas-ey,– debdi ayiq g‘azablanib. – Men u muttahamning ta’zirini beraman. U darrov tulkini chaqirtirib kelibdi.
Men sizning biqiningiz yerga botmasin deb paryostiq qilish tashvishi bilan yurgan edim, – debdi tulki va qo‘ltig‘idagi yostiqni darrov ayiqning yonboshiga qo‘yibdi. –Bu miyasi yo‘q tovuqlar sizning g‘amingizda yurganimni bilmay, ustimdan arz qilishibdi.
Ayiq yostiqqa suyanib, tovuqlarga o‘shqiribdi:
Qani, ko‘zimdan yo‘qolinglar! Ikkinchi bunaqa bema’ni gap bilan miyamni qotirmanglar!
Shu kuni kechasi yana ikki tovuqning sho‘ri quribdi. Tovuqlar endi bo‘rining oldiga arzga bori- shibdi.
Tulkining dastidan aziyat chekayapmiz. Yordam bering, – deyishibdi ular. Bo‘ri shu zahoti tulki- ni toptirib kelibdi.
Bo‘ri janoblari, men tuni bilan mijja qoqmay, sizga paryostiq tayyorladim, – tulki bo‘rining yon- boshiga yostiq qo‘yibdi. – Bu nodonlar sizning g‘amingizda yurganimni bilmay, ustimdan arz qilishibdi.
Bo‘ri tovuqlarni tiriqtirib quvibdi. “Tulki o‘z ishini bilib qiladi”, deb urishibdi.
Shu kuni kechasi uch tovuqning sho‘ri quribdi. Ertasiga tovuqlar tozi itga arzga borishibdi. Tulki unga ham paryostiq olib boribdi. Biroq tozi it yostiqqa qarab ham qo‘ymabdi.
Bu shum tulkining sho‘rini quritinglar! – degan ekan, itlar tulkini rosa talashibdi. – Uni cho‘lga quvinglar! Bo‘lmasa, u tovuqlarni qiyratib, patidan paryostiq tayyorlab, ishini bitirib yuraveradi.
Shu-shu tulki cho‘lga badarg‘a qilinibdi. Adolatli tozi itdan qo‘rqib, haligacha u bor joyga yaqin yo‘lamas ekan.
Savollar:
Tovuqlar tulkining ustidan, eng avval, qanday hayvonga shikoyat qildi?
Tulki ayiqqa nima deb javob berdi?
Tovuqlar ikkinchi marta qaysi hayvonning oldiga borib, tulkining ustidan shikoyat qildi?
Tulki bo‘rining oldida o‘zini nima deb oqladi?
Tovuqlar tulkining harakatlaridan shikoyat qilish uchun eng so‘ngida qanday hayvonning oldiga
bordi?
It tovuqlarning arzini tingladimi?
Tulki qanday jazolandi?
Sen nima deb o‘ylaysan, tulki nima uchun jazolandi? Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kitob-
xonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda bolalar adabiyotlari, oilaviy o‘qish, ta’lim jarayoni (dars), sinfdan tashqari o‘qish, ta’lim muassasasi va oila hamkorligi, ko‘ngillilik faoliyati. o‘yinlar, shuningdek, audio kitoblarni birgalikda tinglash kabi omillarning pedagogik-psixologik ta’siri yuqori ekanligi kuzatildi.
Xulosa qilib aytganda, shaxsda kitob o‘qish va kitobxonlikka ijobiy munosabatni qaror toptirish o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. Buning uchun har bir shaxsni maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab, kitoblar bilan tanishtirish, ularning jamiyat va inson hayotidagi ahamiyati, amaliy qiymatini tushunishlari uchun zarur pedagogik shart-sharoitni yaratish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |